“tasdiqlayman” O„quv ishlari bo„yicha prorektor


“...o„zbek  tilining  asl  tabiati  va



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/79
Sana18.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#390869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
IMLO MAJMUA 21-22

“...o„zbek  tilining  asl  tabiati  va 

xususiyatlarini  to„la  aks  ettiradigan  mukammal  akademik  va  o„quv 

grammatikalarini  yaratish,  uning  tovushlar  tizimi  va  ularning  yozuvda  aks 

etishi,  joriy  imlo  qoidalarini  takomillashtirish  bo„yicha  ilmiy  asoslangan 

takliflar tayyorlash” vazifasi alohida ta‟kidlangan.  

Davlatimiz  rahbariyati  ushbu  masalaga  alohida  e‟tibor  qaratmoqda.  2018 

yilning  15-may  sanasi  bilan  “Lotin  yozuviga  asoslangan  o„zbek  alifbosini  keng 

joriy  etish  va  yana-da  takomillashtirish  bo„yicha  harakatlar  rejasi”  ishlab  chiqildi 

va Respublika Bosh vaziri hamda Prezident maslahatchisi tomonidan imzolandi.  

O„zbek  yozuvining  XX  asr  tarixi  murakkab  jarayonlarga  boy  bo„ldi:  bu 

asrda yozuv uch marta tub isloh qilindi – bir grafik tizimdan boshqa grafik tizimga 




 

ko„chirildi.  Jahon  xalqlarining  yozuv  tarixida  bunday  hodisa  kamdan-kam 



kuzatiladi.  

Mavjud manbalar va hujjatlar tahlilidan shu narsa ma‟lum bo„ladiki, o„zbek 

yozuvining XX asr tarixi to„rt davrni o„z ichiga oladi:  

1-davr – arab grafikasiga asoslangan yillar (1900-1929).  

2-davr – lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929-1940).  

3-davr – rus grafikasiga (kirillitsaga) asoslangan yillar (1940-1993).  

4-davr  –  ikkiyozuvlilikka  (rus-o„zbek  va  lotin-o„zbek  alifbolariga) 

asoslangan yillar (1993-2010 va hozirgi davrda).  

Birinchi  davrning  1916-1917  yillargacha  bo„lgan  bosqichida  yozuvni  isloh 

qilishga  qaratilgan  jiddiy  harakatlar  kuzatilmaydi.  Bu  bosqichda  asosiy  e‟tibor 

yangi  usulda  ta‟lim  berishga  asoslangan  maktablarni  tashkil  etishga,  ularda  diniy 

darslar  bilan  birga  dunyoviy  ilmlarni  ham  o„qitishga,  shu  orqali  xalq  ommasini 

ma‟rifatli qilishga qaratiladi.  

Bu  jarayonni,  tabiiyki,  yangi  mazmundagi  o„quv-uslubiy  qo„llanmalarisiz 

tasavvur  qilib  bo„lmas  edi.  Ayni  shu  ehtiyoj  bir  qator  yangi  kitoblarning 

yaratilishiga  olib  keladi:  «Ustodi  avval»  (Saidrasul  Saidazizov.  Toshkent,  1900, 

1902),  «Adibi  avval»  (Munavvarqori  Abdurashidxonov.  Toshkent, 1907),  «Adibi 

soniy»  (Munavvarqori  Abdurashidxonov.  Toshkent,  1907),  «Kitob  ul-atfol» 

«Bolalar  uchun  kitob»  (Mahmudxo„ja  Behbudiy.  Samarqand  –  1908,  1914), 

«Birinchi  muallim»  (Abdulla  Avloniy.  Toshkent,  1911),  «Ikkinchi  muallim» 

(Abdulla  Avloniy.  Toshkent,  1912),  «Turkcha  qoida»  (Faxriddinov 

Muhammadamin.  Toshkent,  1913),  «Savod»  (Xivalik  muallim  Muxtor  Bakr. 

Qozon, 1913), «Ta‟limi avval» (Rustambek Yusuf  o„g„li. Toshkent, 1912, 1914), 

«Turkiy  alifbe»  (Muhammadxon  Abdulxoliq  o„g„li.  Qo„qon,  1916),  «Rahbari 

soniy»  (Abdullaxo„ja  Saidmuhammadxo„jaev,  1916),  «Birinchi  yil»  (Saidrizo 

Alizoda.  Samarqand,  1917),  «Rahbari  avval»  (Faxriddinov  Muhammadamin. 

Toshkent, 1917) kabi kitoblar shular jumlasidandir.  

Bunday  kitoblarda  yozuvni  isloh  qilish  masalalarini  ko„rish  maqsad 

qilinmagan  bo„lsa-da,  ularni  (kitoblarni)  yaratish,  shular  asosida  savod  chiqarish, 

to„g„ri  yozish  va  to„g„ri  o„qish  ko„nikmalarini  shakllantirish  jarayonida  imlo 

qoidalarini  mukammallashtirish,  alifboni  o„bek  tili  xususiyatlariga  moslashtirish, 

tinish belgilari  tizimini  va qoidalarini  shakllantirish  zarurati borligi  sezila borgan, 

bunday zarurat sezgisi esa, o„ylaymizki, yozuv islohotiga jiddiy zamin hozirlagan.  

Buni  qo„qonlik  ma‟rifatchi  Ashurali  Zohiriyning  quyidagi  gaplari  ham 

isbotlaydi.  U  o„zining  1916  yilda  nashr  ettirgan  «Imlo»  darsligida  bu  haqda 

shunday deydi: «... Bizning hozirgi (eski) imlomizda qoida degan narsa aslo rioya 

etilmag„onligidan  har  kim  o„zicha  qanday  yozmoqni  xohlasa,  o„shanday  yoza 

berg„on;  bu  adabiyotimizning  kengayishiga  sad(devor)  bo„lib,  yoshlarimizning 




 

qiynalishidan  boshqa  ajnabiy  millatlarning  qoshida  tilimizni  masxara  qildirib, 



madaniy tillarga baho qo„yg„onda, qimmati hech bo„lishiga sabab bo„ldik. Shunga 

binoan  bul  «Imlo»  risolasini  yozdim.  Eng  zarur  qoidalarni  darj  etdim...  «hoye 

rasmiya»ni imlomizg„a kirg„izdim...»  

1919-yilda  Toshkentda  Fitrat  boshchiligida  til-imlo  va  adabiyot  masalalari 

bilan  shug„ullanuvchi  to„garak-seminar  –  «Chig„atoy  gurungi»  jamiyati  tashkil 

topadi.  Bu  haqda  «Ishtirokiyun»  gazetasi  shunday  yozgan  edi:  «Toshkentda  yosh 

buxoroliklarning  faol  a‟zolaridan  Fitrat  afandi  ila  o„zbek  yoshlari  tarafidan 

«Chig„atoy gurungi» nom(li) yangi bir jamiyat tuzilgan. Milliy ishlar komissariati 

tarafindan tasdiq etilib ishka kirishkan.  

Bu  jamiyatning  maqsadi:  Turkistondagi  eski  va  yangi  turkiy  asarlarni  jam 

qilib,  turkiy  tilini  ihyo  qiluv  haqinda  materiyol  hozirlamoq,  lug„at  va  adabiyot 

dunyosin boyitmoqdir».  

Shun  kabi  harakatlar  o„tgan  asr  boshida  keng  amalga  oshirilgan  bo„lib, 

o„zbek  ziyoliylarining  dunyoviy  qarashlaridan  sobiq  ittifoq  hukumati  o„z 

maqsadlari yo„lida foydalanishga erishgan.   

 


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish