4-masala
Mirzo Ulug’bekning farmoni bilan 1417 yilda Buxoroda, 1417—1420 yillarda Samarqandda va 1433 yillarda g’ijduvonda madrasalar bino qilinadi. Hatto Buxoro madrasasinint darvozasiga: «Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir», degan kalima o’yib yozib qo’yiladi. Movarounnahrning bu uchta qadimiy shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar, xususan Samarkand madrasasi zamonasining dorulfununi edi. Ushbu madrasalarda iloxiyat ilmlari: qur’on, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun-qoidalari) bilan bir qatorda riyoziyot (matematika) , xandasa (geometriya), ilmi xay’at (astronomiya), tibbiyot (medisina), tarix, geografiya, ilmi aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi (kofiya) kabi dunyoviy ilmlar ham o’qitilardi. Ulug’.bekning Samarqanddagi madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo’lgan. Har bir hujra uch xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonalarga bo’lingan. Tarixiy manbalarda saqlangan ma’lumotlarga qaraganda, madrasasida yuzdan ortiq talaba istiqomat qilgai va ta’lim olgan. Madrasada o’sha zamonning iqtidorli olimlaridan mavlono SHamsuddin Muhammad Xavofiy еtakchi mudarris bo’lgan. O’rta asrlarning mashxur olimlari qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug’bek va uning shogirdi Alouddin Ali qushchilar turli fanlardan dars berganlar. XVI asrning mashxur adibi Zaynuddin Vosifiyning yozishicha, 1420 yilda Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni SHamsuddin Muhammad Havofiy o’qigan ekan. Darsda olimlardan to’qson nafari qatnashgan, lekin darsning ma’nisiga Ulug’bek Mirzo bilan qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushunmagan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, madrasa ilmi hay’at (astronomiya) dan darsni qozizoda Rumiy bergan. Xatto fors-tojik adabiyotining klassiklaridan biri Abdurahmon Jomiy yoshlik chog’ida Samarqandga kelib, qozizoda Rumiydan bir necha marta astronomiya fanidan saboq olgan. Madrasada kamida 15—16 yil taxsil ko’rib, uning dasturi bo’yicha asosiy fanlarni to’la o’zlashtirgan va imtixonli saboqlarda o’z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga «sanad»—shahodatnoma yozib berilgan. Manna shunday diplomlardan biri Ulug’bekning Samarqanddagi madrasasida qariyb o’n olti yil tahsil ko’rgan balxlik SHamsuddin Muhammad nomiga xijriy 838 (1435) yil rajab oyining o’rtalarida qozizoda Rumiy imzosi bilan yozib beriladi. Bu еrda shuni ta’kidlash joizki, bu davrda Samarqandda Ulug’bek qurdirgan madrasadan tashqari, Xonim, Firuzshoh, SHohmalik Xojibek Mirabduvali va qutbuddin Sadr nomlari bilan atalgan madrasalar bo’lgan. Hatto Xoja Ubaydulloh Samarqandda dastlabki saboqlarni qutbuddin Sadr madrasasida olgan. Keyinchalik o’zi ham Toshkent va Kobul shaharlarida Madrasa bino qilgan.
Tеmuriylаr mаqbаrаlаr qurilishigа аlоhidа e’tibоr bеrgаnlаr. Ulаr mаrhumlаrning ruhlаri, аgаr ulаrgа to’g’ri munоsаbаt qilinsа, dоimо sulоlаgа hоmiylik qilib, qo’llаb quvvаtlаb turаdi dеb hisоblаshgаn. Аmir Tеmur hаm hоkimiyatni qo’lgа оlgаch, Kеsh shаhrini dаvlаtning ikkinchi pоytахti sаnаb, u еrdа оilаviy хilхоnа bunyod qildirgаn. U “Dоrus–sаоdаt” dеb nоmlаnib, qurilishi 20 yil dаvоm etgаn. Dоrus–sаоdаtdа mаdаrаsа hаm bunyod etilgаn. Tеmuriylаr dаvridа qurilgаn mаqbаrаlаr shаkllаnish kоmpоziciyasi jihаtdаn ikkigа bo’linаdi: Bir хоnаli vа ko’p хоnаli binоlаr. Bir хоnаli mаqbаlаrning ikki turi bo’lib, ulаrning biri chоrtоq ko’rinishidаgi binо bo’lib, ulаrning to’rt tаrаfi hаm bir хildа qurilаdi. (Ruхоbоd mаqbаrаsi), ikkinchisi esа, gumbаzli–pеshtоqli binоlаr bo’lib, ulаrning kirish qismi mаhоbаtli pеshtоq qurilаdi (Sultоn Sаоdаt, SHаmsiddin Kulоl vа bq.mаqbаrаlаr). Ulаrning go’rхоnаlаri ko’pinchа еr оstidа bo’lаdi. Ko’p хоnаli mаqbаrаlаr hаm turli murаkkаb ko’rinishlаrdа bo’lib, ulаrdа qоzоnхоnа, go’rхоnа, mаsjid, kitоbхоnа, quduqхоnа vа turli хоnаlаrdаn ibоrаt bo’lgаn (Shоhi Zindа, Ахmаd Yassаviy vа bq.mаqbаrаlаr). Temuriylar davridagi maqbaralar 3 xonadan 10 xonagacha bo‘lgan va yer ostida sag‘anasi bo‘lgan. Ba’zida maqbaralar madrasalar bilan birgalikda qurilgan: Samarqanddagi Bibixonim madrasasi, Hirotda Garhar Shod Begim madrasasi74. Memorial buildings of the Timurid period may have from three to ten rooms, including asubterranean burial vault, a ziyarat-kh¯ ana¯ , a commemorative mosque and ancillaryhujras.Their design varies: the architects intentionally avoided
Do'stlaringiz bilan baham: |