Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Temurning Eron, Hindiston va Kichik Osiyoga yurishlari. Anqara jangi



Download 464,52 Kb.
bet50/152
Sana06.01.2022
Hajmi464,52 Kb.
#323009
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   152
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Temurning Eron, Hindiston va Kichik Osiyoga yurishlari. Anqara jangi. Xuroson va Eronni fatx etishni Temur hal i To‘xtamishni yengmasdan oldin boshlagan edi. Fors yerlarini bosib olishda Temur Eronda hukm surgan siyosiy parokandalikdan foydalandi. XIV asrning ikkinchi yarmida Eronda birlashgan yagona davlat mavjud emas edi. Mamlakat bir necha mustaqil o‘lkalarga bo‘linib idora qilinardi. Ozarbayjonda Jaloirlar davlati (1336-1441), Sabzavorda Sarbadorlar davlati (1336-381), Xirotda Kurdlar davlati (1337-1381) yillar hukm surardi. Bu davlatlar garchi o‘zro birlashib harakat qilgan takdirda ham Temurning juda katta qo‘shiniga qarshi tura oladigan harbiy kuchga emas edi. Shu sababli Temur ular ustidan osonlik bilantezda galaba kozondi. 1380 yilda Temur bir necha yetuk sarxanglar bilan o‘g‘li Mironshox Mirzoni Xurosonni fatx etish uchun yuboradi. Uning orkasidan asosiy kuch bilan tezda o‘zi ham yetib boradi. Xurosonda u ikki xonadon-shimolda sarbadorlar, janubda kurdlar bilan jang qilishga majbur bo‘ladi. Ayniqsa, kurdlar hoqimi Giyosiddin Pirali Temurga kattik qarshilik ko‘rsatadi. Mustahkam shahar devori va mashhur Ixtiyoruddin arkiga ega bo‘lgan Xirot shahri 1381 yilda shiddatli jangdan so‘ng zabt etiladi. Temur shahar devori va istexkomlarini buzib tashlaydi. Xirotning mashhur ulamo va fozillari Shahrisabzga junatiladi. Shaharga katta ulpon solinadi. Xirotning kulashi bilan deyarli bir vaqtda Sabadorlar davlati o‘z mustaqilligidan ajraladi. O‘sha davrning ilm- ma’rifat va san’at markazlaridan hisoblangan Tus, Nishopur va Sabzovor shaharlari jangsiz taslim bo‘ladi. Chunki o‘z shaharlarini harobazora aylanishini istamagan xurosonliklar ixtiyoriy ravishda shahar darvozalarini fotix qo‘shiniga ochib beradilar.

Shunday qilib, butun Xuroson Temur tasarrufiga o‘tadi. Temurning Eronga yurishi bu bilan cheklanmaydi. U Eronga 1386 yildan boshlab «uch yilik», 139 yildan boshlab «besh yillik» va nihoyat 1399 yildan boshlab «etti yillik» yurishlar qiladi.

1383 yilda Temur Seiston, so‘ngra Balujistoni zabt etib, Eronning janubiy va shimoliy-g‘arbiy viloyatlari tomon askar tortadi. Eroninng bu o‘lkalarida O‘sha vaqtda ikki sulola hukm surardi. Janubiy Forsd-Isfaxonda mo‘zaffariylar hoqim edi. Iroq va Ozarbayjon viloyatlari esa elxoniylar qulida edi. 1387 yila Fors viloyatining hukmdori Shoxshujo o‘z yurtini talon-taroj va vayronagarchilikdan saqlab kolish maqsadida o‘z ixtiyori bilan Temurga jangsiz taslim bo‘ladi. Kizini Jahongir Mirzoning o‘g‘li Pirmuhammadga berib, sulxni nikox bilan mustahkamlaydi. Biroq, sulton Axmad jaloir o‘zining kurd suvoriylari hamda Ozarbayjon harbiylaridan tashkil topgan qo‘shiniga suyanib Temurga qarshi turadi. Jangda muvaffakiyatsizlikka uchrab Bog‘dodga chekinishga majbur bo‘ladi. So‘ngra Temur Araks daryosidan kechib o‘tib, bir zarba bilan butun Kavkazni o‘ziga buysindiradi. Naxichevon, Shervon va Tbilisiga golibona kirib boradi. Gilonni bosib olgach, Armanistonga hujum qiladi. Mashhur Van kal’asini zabt etgach, armanlar podshoxi Toxirjon soxibkironning amiri sifatida o‘z yurtida unga mute voliy bo‘lib kolishga majbur bo‘ladi.

1392 yilda Temur Astrabod va Mozandaron kulga kiritgach, shiddatli maxorobadan keyin togli Eronning asosiy shahri Omulni zabt etadi. So‘ngra Luriston va Xo‘zistonni bosib oladi. Temur Ozarbayjonni o‘ziga batamom buysindirish uchun katta qo‘shin bilan uning ustiga bir necha bor yurish qilishga majbur bo‘ladi. Nihoyat 1397 yilda Ozarbayjon Temurga butunlay taslim bo‘ladi.

1398 yilning may oyida Temur 90 ming askar bilan Amudaryodan o‘tib Hindistonga yurish qiladi. Avgustda Kobul shahrini zabt etgach, olti oy mobaynida Multoniyani qamal qilib turadi. So‘ngra Xind daryosidan o‘tib, dekabrda u Deliga yetib boradi. Deli ostonasida sodir bo‘lgan jang Temurning ko‘p yillik yurishlari tarixida zng shiddatli va ko‘p talafotli maharoba hisoblanadi. Bu harbiy to‘qnashuvda Deli Hukmdori Sulton Maxmud dushman saflariga qarshi urgatilgan jangovar fillarni ishga soladi. Fillar hujumi zug‘otali mixlar qoqilgan taxtalarni bostirib kelayotgan hayvon yo‘liga tashlash, pistirmadan chiqib fillar hartumiga qilich soluvchi sarbozlar otryadi hamda ustiga shox-shabba bog‘lamlari ortilib, jang paytida ularga o‘t quyib yuborilgan tuya va qutoslar vositasida daf etiladi. Fillarning bir qismi shikast topib, qolganlari qo‘rquvdan orqaga qaytib hind askarlari safini buzib , ularning bir qismini yanchib yuboradi. Dexli hoqimi jangda yengiladi. 1399 yilning boshlarida Temur 15 ming askar bilan Dexliga kirib boradi. Shahar bir necha kun davomida talanib, juda ko‘p boyliklar bilan bir qatorda behisob asirlar olinadi. Asirlar orasidan binokor ustalar Samarqanddagi qurilishlar uchun ajratilib, qolgan barcha hunarmandlari amir va lashkar boshliqlariga bo‘lib beriladi. Ularning har biriga 150 nafardan asir olingan hunarmandlar tegadi. Temur qo‘shintortib Gang daryosi sohillarigacha boradi. O‘zi bilan behisob o‘ljalar hamda ko‘pgina Hindiston fillarini olib 13.99 yilning bahorida Samarqandga qaytadi.

Poytaxtda Temur qisqa vaqt dam olgach, g‘arbiy Osiyoga qarshi yangi safarga xozirlik ko‘ra di. qish mavsumini u qorabog‘da o‘tkazib, 1400 yilning yozida Suriyaga yurish qiladi. Avval Hal ab (Aleppo) va Beyrut shaharlari olinib, 1401 yilning boshlarida bir oylik qamaldan so‘ng Damashq (Dimishq) taslim bo‘ladi. Damashq zabt etilgach, Temur qo‘shinga biroz dam berish maqsadida qorabog‘ga qaytadi. Chunki muttasil yurishlar, shiddatli janglardan xorib, behisob o‘ljalardan me’dasi tuygan qo‘shin o‘zining avvalgi jangavorligini yuqotgan edi. Buning ustiga yoshi oltmishdan oshib keksayib qolgan soxibqironning o‘zi qattiq xastalangan edi. Ammo kasallik Temurning qaddini ham, irodasini ham buka olmagan edi. Shu ahvolda u usmonli turklar sultoni Boyazidga qarshi urush e’lon qiladi.

O‘z davrining jangovor suvoriylari hamda yangitartibda tuzilgan piyoda askarlari «enicheri» lardan iborat qo‘shinga ega bo‘lgan usmonli turklar Sulton Boyazid (1389—1402 yillar) davrida Kichik Osiyoda kuchli harbiy-feodal davlatga aylanadi. Bosfor bug‘ozi orqali o‘tib ular butun Bolqon yarim orolini zabt etishga kirishadi. Avval ular Bolgariya yerlarini bosib oladi. 1396 yilda Nikopol ostonasida Boyazid Germaniya, Vengriya, Polsha, Valaxiya, Burundiya va Navarrlarning 100 minglik birlashgan qo‘shiniga qaqshatqich zarba beradi. Jangda Yevropa risarlarining barcha sarasi halok bo‘ladi. So‘ngra Sulton Boyazid Konstantinopolni qamalga olib, Vizantiya ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Bu voqealardan so‘ng butun Sharqiy Yevropa davlatlari taxlikaga tushib qoladi. Xuddi shu paytda Temurning Kichik Osiyoga usmonli turklar sultoni Boyazidga qarshi yurishi boshlanadi. Bu davrda sodir bo‘lgan bunday murakkab siyosiy vaziyatdan Sulton Boyazid ham, Sharqiy Yevropa davlatlark hukmdorlari ham o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga va undan iloji boricha beshikast chiqib olishga harakat qiladilar. Sharqiy Yevropa davlatlari Boyazidga qarshi kurashish uchun Temur bilan ittifoq tuzish ga intilsalar, turk sultoni esa Temurni birgalikda Ovrupoga qarshi kurashga da’vat etadi.

Boyazidga qarshi birgalikda kurashish taqlifi bilan 1401 yilning avgust oyida Konstantinopolning muvaqqat hoqimi Ioann VII Paleolog qoraboqga Temur qarorgoxiga Dominikan monaxlari Fryansis bilan Aleksandrni elchi qilib yuboradi. Yunoniston imperatori Manuel III Trapezunskiy va arxiepiskop Ioann Sultoniyskiylar ham mana shunday taqlif bilan Temurga murojaat qiladilar. Venesiya Temur agarda Boyazidga qarshi urush boshlagudek bo‘lsa , kemalar bilan yordam qilishga va’da beradi. O‘z navbatida Temur bilan Boyazid o‘rtasida ham yozishmalar olib boriladi. Xatto Boyazid o‘z maktubida Temurga birgalikda Ovrupoga qarshi kurashish imkoniga ishora qiladi. Biroq, Temur bunday taqlifni rad qiladi. Aksincha, u usmonli turklar saroyida panox topgan turkmanlarning isyonkor Oqquyunlu va qorakquyunlu qabilalarining boshliqlarini unga topshirilishini talab qiladi.O‘zaro mUzoqaralar davomida har ikki tomonlar ham hayot-mamot yo‘lida bo‘ladigan katta jangga tayyorgarlik ko‘ra dilar.

Temur bilan Boyazid qo‘shinlari o‘rtasida jang 1402yilning 28 iyo‘lida boshlanadi. Bu muxoraba tarixda «Anqara jangi» nomi bilan shuxrat topadi. Chunki Anqara yaqinida sodir bo‘lgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bo‘lib 400 ming nafardan iborat qurolli kuch ishtIroq etadi. Bu tarixiy jangda Temurning buyuk sarkardalik qobiliyati va maxorati har tomonlama to‘la namoyon bo‘ladi. 200 minglik Temur qo‘shinining ung qanotiga ug‘li MironshoH chap qanotiga nabiralari Sulton Husayn va Hal il Sultonlar bilan kenja ug‘li Shoxrux qumondonlik qiladi. Samarqanddan yetib kelgan yangi jangovor qismlardan tashkil topgan qo‘shin markazini Temurning sevimli nabirasi va valiaxdi Muhammad Sulton boshqaradi. qo‘shin markazi manglayida uchiga yarim oy shaklidagi oltin tug‘ro o‘rnatilib, turiq ot yeli osilgan zangori davlat alami (bayrog‘i) muttasil to‘tib turilgan. Markaz va qanotlar ortida soxibqiron va uning ikki nabirasi Pirmuhammad va Iskandarlar boshliq zaxiradagi izofa qismlar joylashtirilib, ular jang xolatini muttasil ko‘zatgan holda dushmanga tusatdan beriladigan xalqiluvchi zarbaga tayyor turgan.

Boyazid armiyasining ung qanotiga Sultonning qaynisi serb knyazi Lazarevich qumondonlik qiladi. Bu qism ut irg‘itgich (ra’dandoz) lar bilan qurollangan serb polklaridan tashkil topgan edi. Makedoniyalik askarlardan iborat qo‘shinning sul qanotini Boyazidning ug‘li Sulaymon Chalabiy boshqaradi. Bu qanot turk suvoriylari bilan kuchaytirilgan edi. Besh minglik piyoda «enicheri»lar, hamda otliq sipoxiy qismlardan iborat markaz esa Boyazid va uning ug‘illari Muso, Iso va Mustafolar tomonidan boshqariladi.

Ikki katta qo‘shinlar o‘rtasida boshlangan jang avjiga chiqib, xalqiluvchi pallaga yetganda Boyazid lashkarining Onaduli qismlari Temur tomoniga o‘tib ketadilar. Manbalarning guvohlik berishicha, turklar lashkarlarining kattagina qismi dushmanga jangsiz taslim bo‘lgan, natijada Sulton Boyazidning qo‘shini batamom tor-mor etilib, o‘zi asir qilib olinadi.U bilan birga uning xotini serb malikasi Olivera, ug‘illari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga tO‘shadilar. Temur bu zafarli g‘alaba bilan butun Kichik Osiyoni zabt etib.O‘rta Yer dengizining sharqiy soxilida joylashgan Izmir shahriga yetib boradi. Izmir zabt etilgach, salbchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgoxi tugatilib, O‘rta Yer dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari taslim bo‘ladilar. O‘z navbatida Misr podshoxlari ham Temurga o‘z itoatkorliklarini izxor ztadilar. Temur usmonli turklarining poytaxti Anqara, Nikeya, Brussa va Izmir shaharlarini hamda ko‘plab qishloqlarni talon-taroj qiladi. Brussa shahrida u Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga yig‘ib bergan bojlaridan iborat katta o‘ljani qulga kiritadi. Birgina Brussa shahridan olingan oltin va javoxirlar esa kattagina karvonga yuk bo‘ladi.

Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alabasi bilan Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV va Vizantiya imperatori Temurga o‘z muboraknomalarini yuboradilar. Xullas, Ovrupo va uning asriy madaniyatiga ulkan xavf solib turgan tajovo‘zkor dushmanga berilgan qaqshatqich zarba uchun TemO‘rda n endigina uyg‘onayotgan bu­tun Ovrupo hukmdorlari minnatdor edi. Ammo Temur Usmonli turklari davlatini tagi-tugi bilan yuq qilib yuborish niyatida emas edi. U bundan manfaatdor ham emasdi. Chunki salb yurishlarining oqibatlari, Ovropo davlatlarining Osiyo mintaqasidagi ilinjilari hal i musulmon olami yodidan ko‘tardilmagan edi. Shuning uchun Ham Temur Boyazid vorislariga himmat ko‘zi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Sulaymon Chalabiyni u turklarning Ovrupodagi viloyatlariga hoqim qilib ta’minlab, unga hukmdorlik toji va yorliqlar in’om etdi va mansabdorlik sarposini kiygizdi. Andriopol shahri uning poytaxtiga aylantirildi. Onatuli yarim orolining shimoli-g‘arbiy qismi suyurg‘ol sifatida Iso Chalabiyga in’om etilib, Brussa shahri uning poytaxti bo‘lib qoldi. 1403 yilda asirlikda vafot etgan Boyazid lozim darajadagi izzat-ikrom bilan Brussa shahridagi Usmonlilar sulolasining daxmasiga dafn etildi.

1404 yilning may oyida Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytib keladi va o‘zining Xitoyga bo‘lgan harbiy yurishiga taraddud ko‘ra di. Shubhasiz, Temur Xitoyga yurish uchun bir necha yil puxta tayyorgarlik ko‘rgan edi. Safar uchun kerakli ma’lumotlar yillar davomida Xitoyga yuborilgan savdo karvonlari orqali allaqachon to‘plab olingandi. 1404 yilning oxirida qaxraton qishda u yaxshi qurollangan 200 minglik qo‘shin bilan Sa­marqanddan Xitoy safariga chiqadi. qo‘shinning asosiyqismi hisoblangan ung qanot Shoxruxiya, Toshkent va Say­ram oralig‘ida to‘planadi. Unga Mironshoxning ug‘li Hal il Sulton hamda Umarshayxnnng ug‘li Axmadlar qumondonlik qiladilar. Temurning nabirasi Sulton Xusayn boshliq qo‘shinningsul qanoti Yassi (Turkiston) va Savronda joylashadi, Temurning o‘zi qo‘shinning markazini boshqarib, dekabr oyida Oqsulot deb atalgan mavzeda tuxtaydi. Shu oyning 25 kuni u O‘tror shahri tomon yo‘l oldi. 1405 yilning boshlarida Sirdaryoga yetib boradi. qish nihoyatda qaxraton edi. Sirdaryo qalin tung‘ib qolganidan qo‘shin 4 yanvarda mo‘z ustidan bemalol daryoni kesib o‘tadi. Sovuqning qattiqligidan askarlarning aksariyatini quloq va burunlarini, ko‘pchiligining esa qul va oyoqlarini sovuq olgan edi. Bir qancha askarlar va ayrim harbiy boshliqlar xatto sovuqdan tung‘ib, hal ok ham bo‘lgan edi. Biroq Temur hal ok bo‘lganlar to‘g‘risida kayg‘urish u yokda tursin, xatto ular xaqida bosh ham qotirmasdi. Mag‘rurona qaysarlik bilan qo‘shinni faqat olg‘a surardi. 14 yanvarda u O‘trorga yetib kelib, shahar yaqinida urdugox (lager) qurishga majbur bo‘ladi. Chunki u yo‘l da shamollab, qattiq betob bo‘lib qolgan edi. O‘trorda uning kasali avj olib, u yetib qoladi. Zudlik bilan uni O‘tror hoqimi Berdibekning saroyiga oladilar. Saroy tabibi Mavlono Fayzullox bemor Temurning xolati umidsiz ekani to‘g‘risida ma’lum qiladi. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, xolati razl vaqtini yaqinlashganini sezgan soxibqiron hamsafar nabiralari va quroldosh amirlarini o‘zaro ittifoq va dustona hayot kechirishlarini istab, o‘ziga voris etib tayinlangan Pirmuhammadga itoat etishlarini vasiyat qilgan. Xattoo Temur xilvatgoxida xozir bo‘lgan amirlardan Shoxmalik va Shayx Nuruddinlar uning vasiyati vojibini og‘ishmay so‘zsiz ado etajaqlari xaqida axdi va’da ham berganlar. Bu voqeadan so‘ng 1405 yilning 18 fevral kuni kechqurun Temur vafot etadi. Uning vafoti haqida gi xabar garchi avvalda sir tutilsa-da, ammo ko‘p vaqt o‘tmay bu noxush xabar mamlakat buylab tarqalib ketadi. Temurning jasadi Samarqandga olib kelinadi va dafn qilinadi.

Shunday qilib, Temur 1370 yildan 1405 yilgacha bo‘lgan 35 yillik hukmronlik davrida qushni mamlakatlarga birin-ketin bostirib kirib, ularni zabt etdi. Hindiston hamda Xitoydan to qoradengizga qadar va Orol dengizidan to fors qultig‘igacha qadarli g‘oyat katta xududni o‘z ichigaolgan ulkan bir davlatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, yana u OsiyonIIg janubi-g‘arbiy tomonlari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shimoli-g‘arbda Volga, Don vodiylari, qoradengiz soxillariga qadar, shimoli-sharqda Balxash quli va Ili daryosi buylari hamda janubi-sharqda Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga buysundirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu mamlakatlardan u juda boy o‘ljalarni olib chiqib ketdi. Temur faqat o‘ljalar bilan cheklanib qolmay, balki Ovrupo va Osiyo mamlakatlarini Uzoq Sharq bilan bog‘lagan jahon karvon savdosi yo‘l lari ustidan hukmronlik qilishni ham o‘z oldiga maqsad qilib quydi. U Oltin O‘rda xududidan o‘tgan shimoliy savdo magistralini ishdan chiqarishga va savdo yo‘lini O‘rta Osiyo orqali o‘tgan qadimiy yo‘l ga yana burib yuborishga zur berib harakat qildi. Temur ana shu maqsadni ko‘zda tutgan xolda Oltin O‘rda ning savdo-sotiq rivojlangan shaharlari Azov, Saroy Berka, Astraxan, Urganch va boshqa shaharlarni vayron qiladi. Temurning vafoti va undan keyin yuz bergan siyosiy tangliklar bu rejaning to‘la amalga oshiriluviga hal aqit berdi.

Temurning harbiy yurishlari, olib borgan janglarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni ta’kidlab utish kerakki, uning faoliyati oldiga qo‘yilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga bulinadi. Birinchi bosqich 1360—1386 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda Temur Movarounnaxrda mo‘g‘ul xonligidan mustaqil kuchli markazlashgan davlat tuzish iulida kurashdi, Movarounnaxrni birlashtirishdan manfaatdor bo‘lgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar bilan birgalikda o‘rta asrlarning o‘zboshimcha feodal mulkdorlariga, markazlashish va birlashishga zid harakatlarga, mamlakatni parchalangan xolatda saqlashga intiluvchi va o‘zaro urushlarga undovchi viloyat hoqimlari amirlarga qarshi kurash olib bordi. Temurning bu davrdagi faoliyati O‘rta Osiyo xalqlarini ijtimoiy-Iktisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yo‘lida shubhasiz ijobiy ahamiyat kasb etdi.

Markazlashgan davlat tuzilganligi, feodal tarqoqlik tugatilganligi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning va mo‘g‘ullarning asriy hukmronligi davrida vayron bo‘lgan ekonomikani tiklash uchun qulayroq shart-sharoit vujudga keldi. Shu bilan bir vaqtda mehnatkash aholining kuch g‘ayrati va mehnati tufayli xo‘jalik ning asosi bo‘lgan dehqonchilikda muayyan siljishlar ruy berdi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning kengayishi, fan va madaniyatning ravnaqi uchun ma’lum shart-sharoit vujudga keldi.

Temur faoliyatining ikkinchi bosqichi asosan 1386 yildan boshlanib 1402 yilgacha davom etadi. Bu davr Temur uch yillik, besh yillik va yetti yillik deb yuritilgan harbiy yurishlari bilan harakterlanadi, Bu davrda Oltin O‘rda , Ersn, Ipoq, Kavkazorti, Kichik Osiyo, Misr va Hindistonda olib borgan yurishlari va jangu jadallari, shubhasiz, tajovo‘zkorlik tusiga ega bo‘ldi.

Temurning harbiy yurishlari va jangu-jadallaridagi bunday faoliyati teranroq talqin etilib, unta baho beriladigan bo‘lsa , shuni aytish mumkinki, u avvalo Osiyo sarkardasi edi. Temur o‘zining g‘olib askarlari va qurollaridan o‘z zamonasining taomili bo‘yicha foydalandi. Uning jangu jadallardagi, xususan qo‘zg‘olonlarni bostirishdagi xolati ko‘p jiHatdan qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlarning moneligi jinoyat deb hisoblanib, ularga jazo tarzida yuz bergandi. To‘g‘ri jazo nihoyatda qattiq, lekin ko‘pincha adolatli bo‘lgandi. Xullas, Temur O‘rta asrlarda shakllanib, rivoj topgan feodal jamiyatining murakkab siymosi edi. U yagona shuhrat orttirish yo‘lida harbiy daxo va qat’iyatlik bilan o‘z jamiyatiga xizmat qildi. Shu sababli bo‘lsa kerak, muarrixlar bunday xosiyatlarga ega bo‘lgani uchun Temurni Makedoniyali Iskandar, Yo‘liy Sezar va boshqa tarixiy daxolarga qiyos qilib, ular bilan bir safga qo‘yadilar.

Shunday qilib, Temurning ko‘p yillik yurishlari oqibatida katta kuch bilan bo‘lsa da O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq, hamda Shimoliy Hindistonni qamrab olgan o‘z davrida jahondagi eng yirik harbiy-feodal davlat tashkil topdi. Bu davlat tasarrufida mamlakatlarda yashagan xalqlar o‘rtasida bevosita iqtisodiy va madaniy aloqalar kuchayib, ularning qismatida u ijobiy rol o‘ynadi.


Download 464,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish