Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


Davlat ta’lim standartlari



Download 0,62 Mb.
bet6/98
Sana10.03.2022
Hajmi0,62 Mb.
#488660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi1

Davlat ta’lim standartlari - kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan talablarni; ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va etarlicha darajasini hamda ta’lim muassasalarini bitiruvchilarga qo‘yiladigan malakaviy talablarni; o‘quv yuklamasining earur hajmini; ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi. (DTS to‘g‘risidagi Nizom, «O‘zbekiston ovozi» gazetasi, 1998 yil 6 yanvar soni).

Xar bir o‘quv fani uchun o‘quv dasturi tuziladi
. O‘quv dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturi xar bir o‘quv fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim xajmi, tizimi va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini aniklab beradigan davlat xujjatidir.
O‘quv dasturi quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan xolda tuziladi.
1.Dasturning qat’iyligi. O‘quv dasturlari jamiyatimiz taraqqiyotining har bir boskichida fan, texnika, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar soxasida erishilgan darajani aks ettirishi lozim. Bu, ular xar yili kurib chiqilishi kerak, degan gap emas, aksincha, hamma o‘quv fanlariga oid dasturlarning bir necha yillar mobaynida kat’iy bo‘lishiga erishmok darkor. Dasturning qat’iyligi kat’iy dasturlar ishlab chikish uchun katta ahamiyatga egaki, bu darsliklar uzok yashashi va o‘quv jarayonida o‘zok foydalanishi kerak.
2. O‘quv dasturida ilmiylik qoidasi.
Dasturga borlikni anik, haqqoniy aks ettirgan, ilmiy jihatdan tekshirilgan ishonchli materiallar kiritiladi.
Ilmiy bilimlarning tobora rivojlanib borishi va uni ishlab chiqarishda tadbik etilishiga doir ma’lumotlar maktab o‘quv fanlarga ham o‘zgarishlar kiritishga olib kelganidek, o‘quv dasturidagi ayrim eskirgan masalalar o‘quv fanlaridan chikarib tashlanadi.
3.O‘quv materiallari mazmunini to‘g‘ri tanlash. Fan materiallarini tanlashda unda isbotlar, misollar, mantiqiy umumlashma va xulosalarning to‘g‘ri uygunlashuviga alohida e’tibor beriladi. Aniq misollar bo‘lmasa o‘rganilayotgan hodisalarni nazariy jihatdan tushunish mumkin emas.
4.Nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi. O‘quv dasturida nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi, birinchi navbatda, eng avvalo, ilmiy bilimlarning turmushda, ishlab chiqarish amaliyotida tutgan urni kursatib beriladi. Ilmiy bilim kunikma va malakalarning o‘zaro mustahkam bog‘liq bo‘lishi hamda ta’lim jarayonidagi nazariy ma’lumotlarning amalda qo‘llanib borish jarayonida o‘z aksini topadi.
5.O‘quv dasturlarida tarixiylik qoidasi. O‘quv dasturlari tarixiylik qoidasiga asoslangan xolda to‘ziladi. Bunda o‘quv fanlarining xarakteri nazarda tutiladi. Masalan, tarix fanini o‘qitishda tarixiy voqealar izchillik va xronologik tarzda bayon etilsa, matematika, informatika, fizika va boshka qator fanlarni o‘qitishda fan olamidagi ma’lum bir ilmiy xodisa, qoida va qonunlarning paydo bo‘lishi, uning kelajak istikboliga oid ma’lumotlar berib utiladi.
6.Dastur ikki usul bilan: ketma-ket (muntazam) va konsentrik (markazlashgan) tarzda joylashtirilishi mumkin.
Ketma-ket joylashtirilganda o‘quv materialining har biri keyingi qismi avvalgi qismining davomi bo‘ladi, har bir qismdagi materialning mazmuni uning mazkur oliy sinf o‘quvchilariga tushunarli bo‘lishini hisobga olgan holda to‘la yoritiladi.
Ta’lim mazmunining oydinlashtirilishida o‘quv adabiyotlarining roli katta. Ular o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv adabiyotlari – muayyan ta’lim turi (yo‘nalishi yoki mutaxassisligi) o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bo‘lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi:

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish