Xukukshunos fanining ukitishda har bir pedagog davlatning asosiy qonunlari, Prezident asarlari va xukuk manbalaridan o‘z o‘rnida foydalanishi maqsadga muvofiqdir. CHunki bunday yunalishdagi ma’lumot va xabarlar o‘quvchlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuqori bosqichga ko‘tarishda va xar kanday ukuvchi va tinglovchi dikkatini o‘ziga tortishda muhim ahamiyatga egadir.
Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi konunchilikning asosiy negizi, davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fukarolar faoliyatining asosiy maksadi va yunalishini belgilab beradi. U oliy yuridik kuchga ega bulib, kolgan xar kanday konun xujjatlar Konstitutsiya normalirga mos bulishi, uning talablariga zid kelmasligi shart. Davlat va huquq asoslari, huquqshunoslik, O‘zbekiston Konstitutsiyasi kabi fanlarni o‘rganishda Konstitutsiyaning mavzuga doir moddlaridan unumli foydalanish va asosli misollar orqali mavzuni etkazish muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Masalan “O‘zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy xuquqlari,
erkinliklari va burchlari” mavzusini o‘qitishda quyidagi misollar asosida darsni tashkil etish samarali natija beradi. Ushbu mavzuni o‘tishda quyidagi rejaga tayanish mumkin:
1. SHaxsning xuquqiy xolati.
2. Fuqarolik va uning konstitutsiyaviy asoslari.
3. Konstitutsiyaviy siyosiy xuquqlar
4. SHaxsiy xukuq va erkinliklar.
5. Iktisodiy va ijtimoiy xuquqlar.
6.Inson xuquq va erkinliklarining kafolatlari xamda fuqarolarning burchlari.
Huquqshunoslik fanlarining metodologik asosini 1-chi Prezident Islom Karimov asarlari, ma’ruza va nutqlari tashkil etishini e’tiborga olsak, ushbu fanning asosiy manbalarini Islom Karimov asarlari tashkil etadi. Huquqiy demkoratik davlat barpo etish strategiyasining “O‘zbek modeli”ni ishlab chiqqan YUrtboshimiz huquq fanini isloh etish,huquqiy bilimlarni chuqurlashtirish, har bir fuqaroning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali fuqarolik jamitiyatini qurishga erishishimiz mumkinligiga alohida ahamiyat qaratadi. Islom Karimovning qator asarlari,nutq va ma’ruzalarida bu masalalar o‘z ifodasini topgan. Albatta,har bir huquq fani o‘qituvchisi ularni o‘z o‘rnida foydalanib,o‘quvchilarga etkazishi muhim ahamiyatga egadir. Masalan, YUrtboshimizning “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida Siyosiy sohadagi vazifalar: - qonun chiqaruvchi, ijroetuvchi vasud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish. Kuchli ijroiya hokimiyat bo‘lmasa, hatto eng demokratik yo‘l bilan qabul qilingan qarorlar ham bajarilmasligi mumkin. Bu esa qonuniy qarorlarning ro‘yobga chiqarilishini, fuqarolarning huquq va erkinliklari himoya qilinishini, siyosiy va iqtisodiy islohotlar turmushga tadbiq etilishini ta’minlaydigan prezidentlikhokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirishni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |