Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


- Mavzu. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari darslarida pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish



Download 0,62 Mb.
bet34/98
Sana10.03.2022
Hajmi0,62 Mb.
#488660
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi1

7- Mavzu. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari darslarida pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish
Reja:

  1. Texnologiya va pedagogik texnologiya tushunchalarining mazmun mohiyati.

  2. Ta’lim jarayonida interfaol usullar

  3. Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash samarali usullardan biri.

  4. Milliy g‘oyani o‘rganishda masofali o‘qitishning o‘rni.

  5. Elektron o‘quv darsliklari va o‘quv metodik komplekslarni yaratish.



Texnologiya – grekcha so‘z bo‘lib, “texnos” san’at, mahorat “logos” ta’limot degan ma’nolarni bildiradi.
Pedagogik texnologiya ko‘p jihatdan o‘tmishdagi mashxur pedagoglarning orzulariga mos keladi. Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy o‘n ettinchi asrdayoq ta’limning «vaqt, fanlar va uslublarni moxirona taqsimlashdan» boshqa narsani talab qilmaydigan umumiy tartibini topishga harakat qilgandi.
Komenskiy fikricha, idealda o‘qitishning yagona mukammal uslubi topilsa, «hamma narsa toshlari to‘g‘ri muvozanatlangan soatdek aniq, faqat ana shunday mahorat bilan yaratilgan asbobda erishish mumkin bo‘lgan bexatolik bilan ilgarilaydi».
“Pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondoshuvlar mavjud:
Pedagogik texnologiya” - o‘qitish jarayonining shakl, metod, usul, o‘qitish yo‘llari, tarbiya vositalarining maxsus yig‘indisi va joylashuvini belgilab beruvchi psixologik tartiblar majmui, tashkiliy -uslubiy vositalari. (B.Lixachev).
Pedagogik texnologiya – Kutilayotgan natijaga erishish jarayonining tavsifi (I.P.Volkov).
Umuman, pedagogik texnologiya – ta’lim oluvchi shaxsiga yo‘naltirilgan, demokratik hamda takrorlanuvchan o‘qitish natijalarini kafolatlaydigan ta’lim jarayonini loyihalash, amalga oshirish va baholashning tizimli metodidir.
O‘qitish texnologiyasi” tushunchasi ilk bor 1970 yilda YUNESKO konferensiyasida yangradi. SHu tashkilot tomonidan nashr qilingan “YAshash uchun o‘qish” nomli ma’ruzada yuqoridagi atama ta’limiy jarayonni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuch sifatida aniqlandi. “Qanday o‘qish kerak?” nomli ma’ruzada esa birinchi marta unga ta’rif berildi. Unda o‘qitish texnologiyasi informatsion inqilob natijasida paydo bo‘lgan va didaktikada foydalanadigan inson o‘rtasida aloqa (muloqot) usul va vositalari yig‘indisi sifatida tavsiflanadi.
Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va aniqlashning izchil metodidir (YUNESKO).
O‘zbekistonda pedagoglar N.Sayidahmedov, U.Tolipov, U.Nishonaliev, A.Ochilov, N.Azizxo‘jaevalar o‘qitish texnologiyasi muammolari bilan shug‘ullanib, bu sohaga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. V.P.Bespalko, M.V.Klarin, N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin, T.SHopavalenko, A.Monaxov, D.Blok, B.Blum, T.Gilbert, R.Maydtir kabi chet ellik tadqiqotchilar xizmatlarini ham e’tirof etish zarur. Albatta, olim va mutaxassislarning qarashlari bir-biriga mos kelmasligi tabiiydir. Ba’zilari o‘qitish texnologiyasini pedagogika fani sifatida qaraydi.
Zamonaviy pedagogikada o‘qitish texnologiyasining asosiy tavsifi sifatida uning tizimliligi, ilmiyligi, qayta tiklanuvchanligi, qo‘shiluvchanligi, samaradorligi, sifat va motivlashganligi, algoritmlashganligi, axborotliligi, nusxa olish imkoniyati, yangi sharoitga ko‘chirish mumkinligi kabi jihatlariga e’tibor qaratiladi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish