Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshayev O. R



Download 1,1 Mb.
bet7/10
Sana07.04.2017
Hajmi1,1 Mb.
#6183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

17. Adabiyotlar

Asosiy

1.Yuldashev K.Yu., Kulikov Yu.A. «Fizioterapiya» (uchebnik dlya studentov) 1994 s. 298

2.S.N Babadjanov Spravochnik fizioterapevta “Abu Ali Ibn Sino”, T, 1999 s.279
Qo‘shimcha (Q)


  1. Meditsinskaya reabilitatsiya (rukovodstvo). Pod redaksiey akademika RAMN, professora V.M. Bogolyubova. M.,2007. Tom 2. S.476-532.

  2. Yefanov O.I., Dzanagova T.F. Fizioterapiya stomatologicheskix zabolevaniy. M.: Meditsina, 1980. 296 s.

  3. Muravyannikova J.G. Osnovi stomatologicheskoy fizioterapii. M.: Feniks, 2002.- 320 s.

  4. Pastuxov O.G., Sheftelovich ye.K., yermoshenko, Markarov X.A. Fizioterapiya v stomatologii: Uchebno-metodicheskoe posobie. – Krasnodar:KGMA, 2002.-103 s.

  5. Ponomarenko T.N. «Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po obщey fizioterapii», M, 2000g.

  6. Yuldashev K.Yu., Kulikov Yu.A. «Fizioterapiya». T. 1984g.


Internet manbalari

http://www.doktor.ru

http://www.medinfo.org

http://www.restart-med.ru

http://www.mirmed.ru

http://micropolarization.narod.ru

http://www.aapmr.org

http://www.alhealth.com

http://www.docguide.com

http://www.healthweb.com

http://www.acsm.org

http://www.apta.org

http://www.jphysiol.org

http://www.Stomfac.ru


Ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya. Darsonvalizatsiya. Magnitoterapiya. Ultratovush bilan davolashni stomatologiyada o‘ziga xosligi.
Mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot

TA'LIM TeXNOLOGIYaSI
4-kurs stomotologiya fakulteti uchun

2013 yil.
Amaliy mashg‘ulot ta'lim texnologiyasi

Mavzu:Ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya. Darsonvalizatsiya. Magnitoterapiya. Ultratovush bilan davolashni stomatologiyada o‘ziga xosligi.

Mavzuni o‘rganish davomiyligi: 5 soat.(225min)

O‘quv mashg‘ulot tuzilishi:

(mashg‘ulot rejasi)

-Kirish

-Asosiy qism

1.nazariy

2.taxliliy

3.amaliy

4.talabalar mustaqil ishi

-Yakuniy-xulosa qiluvchi qism


Mashg‘ulot shakli va maqsadi: Talabalarni ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya, darsonvalizatsiya, magnitoterapiya, ultratovush ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgatish, ta'sir mexanizmini asoslagan holda tushuntirish, toklarni maqsadga muvofiq qo‘llashga o‘rgatish;

O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari:

•ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya,darsonvalizatsiya,magnitoterapiya,ultratovush haqida tushunchalarga ega bo‘lish;

•normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini tushuntirish;

•stomatologik kasalliklarning davolashda fizioterapevtik muolajalrni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, qarshi ko‘satmalarni to‘g‘ri aniqlash;

•fizoterapevtik muolajalar stomotologiyada metodikalarini ko‘rsatish va talabalarga mustaqil qo‘lashga erishish;

•talabalarga fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilinishi bilan mustaqil qo‘llashga o‘rgatish;



O‘quv faoliyatini natijalari:

Talaba biladi:

    • ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya,darsonvalizatsiya,magnitote-rapiya,ultratovush siniflanishini ;

    • Bemor organizmiga fiziotera-pevtik omillar ta'sir mexa-nizmlarini yaxshi biladi;

    • Stomatologik kasalliklarda ko‘rsatma va qarshi ko‘rsat-malarni aniqlaydi;

    • Stomotalogiyada tok muolaja-lar muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgani-shadi;

Talaba qila oladi:

  • Amaliy ko‘nikmalarn bajaradi;

  • Retsept yozadi.

Ta'lim texnikasi va usullari:

Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.–birga o‘qiymiz; texnika: grafik organayzer Venna diagramasi na temu «Elektroforez i ultrafonoforez».

Ta'lim shakillari:

Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.

Ta'lim shart sharoitlari:

Texnik ta'minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya, TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi.

Monitoring va baholash :

Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqchilari ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi.


O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Mashg‘ulot bosqichlari, vaqti 6soat

Foaliyat mazmuni

Ta'lim beruvchi

Ta'lim beruvchi

1- bosqich

Mashg‘ulotga kirish

(15daq)


1.1.Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan natijalarni, asosiy tushunchalarni tushuntiradi

1.2. Mashg‘ulot rejasi bilan tanishtiradi.

1.3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini aytadi.

1.4.baxolash kriteriylari bilan tanishtiradi



Tinglaydilar, yozib

oladilar.

Aniqlashtiradilar,

savollar beradilar



2-bosqich. Asosiy

(5soat)


Nazariy qism (2soat).

Analitik qism (2 chasa)

Amaliy qism

(1 soat)


  1. Talabalar boshlangich bilimini aniqlash maqsadida blits so‘rov o‘tkazadi:

  • Fizik omillar sinflanishi.

  • Fizioterapevtik omillar asosiy ta'sir mexanizmi: neyro-gumoral (umumiy, nomaxsus) va maxsus (maxaliy).

  • Fizioterapiyaga ko‘rsatmalar va umumiy qarshi ko‘rsatmalar.

  • Olingan nazariy bilimlarni mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari, testlar, vaziyatli masalalar bilan mustahkamlab, baholaydi. Talabalar mustaqil ishlash uchun vazifa beradi, olingan ma'lumotlarni asosiylariga etibor qaratadi va daftarga qayd qilishini talab qiladi.

  • Amaliy ko‘nikmalarni to‘g‘ri bajarishni tashkil etadi. Olingan natijalarini muxokamasini eshtadi.

Javob beradilar


Yozadilar.
Jadvalar bilan ishlaydilar
Guruhlarda

ishlaydilar,


Olingan ma'lumotlarni daftarga qayd va taqdimot qiladilar


3-bosqich

Yakuniy xulosa qism

30 min


3.1.Mavzu bo‘yicha yakun qiladi.

3.2. Guruhlar ishini (alohida ishtrokchilarni) baholaydilar, o‘zaro baholash natijalari bo‘yicha xulosa qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.

3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baholash mezonlarini yetkazadi

Keyngi mashg‘ulotlga tayorlanish uchun vazifalar beradi.



O‘z-o‘zini, o‘zaro

baholashni

o‘tkazadilar.
Savol beradilar
Topshiriqni yozadilar.



Mavzu: Ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya. Darsonvalizatsiya. Magnitoterapiya. Ultratovush bilan davolashni stomatologiyada o‘ziga xosligi.

1. Mashg‘ulot o‘tkazish joyi, jihozlanishi: -TTA 3-klinika,tibbiy reabilitatsiya bo‘limi va fizioterapevtik muolaja xonalari;

2. Mashg‘ulotning davomiyligi: 6 soat.

3. Mashg‘ulot maqsadi:Talabalarni ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya, darsonvalizatsiya, magnitoterapiya, ultratovush ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgatish, ta'sir mexanizmini asoslagan holda tushuntirish, toklarni maqsadga muvofiq qo‘llashga o‘rgatish;

4. O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari:

•ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya, darsonvalizatsiya, magnitoterapiya, ultratovush haqida tushunchalarga ega bo‘lish;

•normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini tushuntirish;

•stomatologik kasalliklarning davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, qarshi ko‘satmalarni to‘g‘ri aniqlash;

•fizoterapevtik muolajalar stomotologiyada metodikalarini ko‘rsatish va talabalarga mustaqil qo‘lashga erishish;

•talabalarga fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilinishi bilan mustaqil qo‘llashga o‘rgatish;



5. O‘quv faoliyatini natijalari:

Talaba bilishi kerak:

-turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma va mo'neliklarga rioya qilishni;

-davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni xisobga olishni;

-normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini;

-fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilishni;

-sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llashni;



Talaba qila olishi kerak:

-fizik muolajausullarini mustaqil bajarishni;

-fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniqva to‘g‘ri yozishni;

-fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlashni;

-birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishni.

6. Ta'lim texnikasi va usullari:

Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.–birga o‘qiymiz; texnika: grafik organayzer Venna diagramasi na temu «Elektroforez i ultrafonoforez»



7. Ta'lim texnikasi va usullari: Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.

8. Ta'lim shakllari: Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.

9.Ta'lim vositalari: Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, tekst.

10. Ta'lim shart sharoitlari: Texnik ta'minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya, TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi.

11. Monitoring va baholash : Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqchilari ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi.

12. Motivatsiya

Elektrdavo muolajalarida muhim o‘rinni yuqori chatotali elektromagnit usulari egalaydi va bu usllar ko‘p qo‘llaniladi

Hozirgi kunda texnologiyalarni rivojlanishi,turli hil elektr tuzulmalarni fzioterapiyada qo‘llash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Yuqori chatotali omillar o‘ziga xos davolovchi ta'sirlaridan foydalanib (yalig‘lanishga qarshi,so‘rdiruvchi, og‘riq qoldiruvchi), amaliy tibbiyotda kasalliklarni turli xil bosqichlarida keng qo‘llanilash imkonini beradi.



13. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:

Fizioterapiya fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, biofizika, biokimyo, farmakologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha fakultativ va gospital terapiya, travmatologiya va ortopediya, fakultativ va gospital jarrohlik, doya-ginekologiya, nevrologiya, LOR kasalliklari, pediatriya fanlari bilan uzviy bog‘langan.



14. Mashg’ulot mazmuni

14.1. Nazariy kismi

Yuqori chastotali va yuqori kuchlanishli toklar elektrodlar atrofida magnit, elektr, elektromagnit maydonlarni hosil qiladi va ular orqali organizmga fiziologik ta'sirini ko‘rsatadi. Hosil bo‘ladigan maydonlar energiyasi organizmga chuqur kirib borib, u yerda joylashgan to‘qimalarda murakkab fizik-kimyoviy o‘zgarishlar paydo qiladi.

Asosan 5 turdagi yuqori chastotali va yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan toklar qo‘llaniladi :

1.Darsonvlizatsiya – yuqori kuchlanishli (10-100 kv), kichik kuchli (10-15 ma) va yuqori chastotali (100-400 Gs) impulsli tok.

2.Franklinizatsiya – yuqori kuchlanishli (50 kv) o‘zgarmas elektr maydoni.

3.Induktotermiya – yuqori chastotali (13-56 mGs) magnit maydoni.

4. UVCh terapiya -ultra yuqori chastotali (40, 68 mGs) elektr maydoni.

5.SVCh(mikroto‘lqin) terapiya- o‘ta yuqori chastotali (237,5 mGs va 461,5 mGs) elektromagnit maydoni.

So‘ngi yillarda elektr, magnit, elektromagnit o‘zgarmas va o‘zgaruvchan maydonlari davolash maqsadlarida muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda.

Darsonvalizatsiya

Darsonvalizatsiya - yuqori kuchlanishli (20 kV gacha), kichik kuchli (0,015 – 0,02 mA) va yuqori chastotali (110 kGs) impuls toklar bilan davolash usulidir. Bu tok turini birinchi marta fransuz olimi D.Arsonval taklif qilgan. D.Arsonval toklari teriga elektroddan tushib turadigan mayda-mayda uchqunlar bilan, hamda bu uchqunlardan havoda paydo bo‘ladigan ionlar va kimyoviy moddalar (ozon, azot oksid va boshqalar) bilan ta'sir ko‘rsatadi. Bu bemorda igna sanchilish xissiyotini uyg‘otadi, ayni vaqtda issiqlik sezilishi paydo bo‘ladi.

Muolajalarni o‘tkzishda “Iskra” apparatidan foydalaniladi. Bunda 7 xil shakldagi shisha vakuumli elektrodlardan foydalaniladi va asosan ikki xil usul qo‘llaniladi, ya'ni labil va stabil.

D.Arsonal toklari teridagi retseptorlarning sezgirligini pasaytirib, tomir va sfinkterlarning spazmini yo‘qotuvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ular to‘qimalar trofikasiga ta'sir etib, to‘qimalarda modda almashinuvini kuchaytiradi.

Ko‘rsatmalar : yurak nevrozi, venalarning varikoz kengayishi, gipertoniya, klimakterik buzilishlar, quruq ekzema, teri qichishi, nevralgiya, soch to‘kilishi, trofik yara va jaroxatlar, anusning yorilishi, gemorroy, parodontoz, surunkali gingivit, vazomotor rinit, eshitish nervining nevriti va h.z.

Qarshi ko‘rsatmalar : tokni ko‘tara olmaslik, yomon sifatli shishishlar, qon ketishga moyillik, miokard infarkti, isteriya v h.z.



Franklinizatsiya

Bu yuqori kuchlanishli (50-60 kV gacha) doimiy elektr maydoni bilan davolashdir. Hosil bo‘lgan maydonda, elektr zaryadlarining joyini o‘zgartirishi hisobiga, havodagi gazli molekulalarning parchalanishi hosil bo‘ladi. Havo tok o‘tkzuvchan bo‘lib qoladi, aeroionlar oqimi hosil bo‘ladi, natijada muolaja olayotgan bemor kuchli bo‘lmagan “elektr shaboda”ni sezadi. Franklinizatsiya yuqori kuchlanishli doimiy elektr maydonining aeroionlar va havo ionizatsiyasi mahsulotlarining – ozon, azot okisi ta'siriga asoslangan.

Elektr maydoni ta'sirida to‘qimalarda elektr zaryadlangan dipol molekulalar harakatining o‘zgarishi hosil bo‘ladi, shuningdek zaif doimiy tok hosil bo‘ladi.

Ozon va azot okisi teri retseptorlarini va yuqori nafas yo‘llarining shilliq pardalarini qo‘zg‘atadi, bu esa afferent yo‘llari bo‘yicha impulslarni MNSga yetkazadi, u yerda tormozlovchi jarayonlarni stimullaydi va bu bilan vegetativ nerv sistemasining funksiyasini oshiradi. Retseptorlarning qo‘zg‘alishi yuzaki kapillyarlarning qisqa vaqtli torayishini hosil qiladi va mahalliy haroratni pasaytiradi, keyinchalik kapillyarlarning kengayishi kuzatiladi va mahalliy harorat oshadi. Bunday reaksiyalar faqat yuzaki emas, balki chuqur to‘qimalarda ham qon serkulyasiyasining o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Bu MNSning funksional holatida o‘zgarishga olib keladi, u tormozlanish jarayonlarining ortishi, kayfiyatning va uyquning yaxshilanishi, ishtahaning ortishi bilan yuzaga chiqadi. Shuningdek vegetativ nerv sistemasini normallashtiruvchi ta'sir kuzatiladi, u og‘riqning kamayishi, teri qichishishida retseptorlar sezuvchanligining pasayishi, modda almashinuvining tezlashishi, bakteriotsid ta'siri, yaralarning tez bitishi holida amalga oshadi.

Muolajani o‘tkazishda AF-3, AF-2 apparatlaridan foydalaniladi. Muolaja umumiy va mahalliy holda qabul qilinadi. Mahalliy franklinizatsiyada 3ta darajali kuchlanishdan foydalaniladi, bu darajalarning har biri kuchlanishni 5 kV ga oshirib beradi. Umumiy franklinizatsiyada bemorlar yechinmasdan stulda o‘tirgan holatda qabul qiladilar. Sochlardagi metalli buyumlar olib qo‘yilganidan keyin boshdan 15-20 sm balandlikda elektrod qo‘yiladi.

Ko‘rsatmalar : umumiy franklinizatsiyaga – MNSning funksional kasalliklari (ayniqsa bosh og‘riqlari va uyqusizlik bilan kechadigan kuchli asabiylashish), I- va II-darajali gipertoniya kasalligi, aqliy va jismoniy charchash holatlari; mahalliy franklinizatsiya – teri qichishi, teri sezuvchanligining pasayishi, trofik yara, sekin bituvchi infeksiya tushgan jarohatlar.

Qarshi ko‘rsatmalar : yomon sifatli o‘smalar, arterial bosimning pasayishi, qon ketishga moyillik, tana haroratining ko‘tarilishi, o‘pka silining faol shakli, nerv sistemasining organik kasalliklari, II- va III-darajali yurak yetishmovchiligi, kaxeksiya.

Induktotermiya

Bu yuqori chastotali magnit maydoni bilan davolashdir. Indukta – to‘plash, termo – issiqlik,ya'ni issiqlikni to‘plash ma'nosini bildiradi.

Apparatga ulangan yuqori voltli kabel o‘ramlari atrofida yuzaga keladigan magnit maydoni bemor tanasida induksion toklar – Fuko toklari paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu toklarning hosil bo‘lishi to‘qimalarning qizishiga olib keladi. Issiqlik asosan elektrni yaxshi o‘tkazuvchi to‘qimalarda, ya'ni qon, limfa, parenxematoz organlar to‘qimasi, mushaklarda hosil bo‘ladi. Issiqlik to‘qima ichkarisida (6-8 sm) hosil bo‘ladi, teri va teri osti kletchatkasida kamroq. Induktotermiya o‘rta hisobda mahalliy haroratni 3-4 gradusga oshiradi, kamida esa 1-1,5 gradusga. Haroratning ko‘tarilishi to‘qimalarning periferik va chuqur qismida qon aylanishni kuchaytiradi, fermentlar almashinuvi jarayonlarini tezlashtiradi. Induktotermiya ta'sir qilgan joyda suyak to‘qimalarida kalsiyning yig‘ilishi ortadi. To‘qimalarning bitishi va regeneratsiyasining tezlashishi kuzatiladi. Buyrak usti bezi po‘stlog‘ining glyukokortikoid funksiyasini stimullaydi, katexolaminlarning sekretsiyasi oshadi. So‘rilish jarayonlari tezlashadi, organizmning immunologik xususiyati yaxshilanadi, fagotsitozning faolligi ortadi, tomir, ichak, bronxlar, sfinkterlarga antispazmatik ta'sir ko‘rsatadi. Muolaja IKV-4, DKV-2 apparatlari yordamida o‘tkaziladi. Bunda elektrod vazifasini bajaruvchi induktor disk va induktor kabel qo‘llaniladi.

Ko‘rsatma : tayanch-harakat apparatining, kichik tos organlarining, siy-dik qopining, nafas organlarining, hazm organlarining, LOR organlari-ning o‘tkir osti va surunkali kasalliklari, o‘tkir va surunkali nefrit, nevrit, radikulit, artrit va artroz.

Qarshi ko‘rsatma : terining og‘riq va harorat sezuvchanligining buzili-shi, seringomieliya, o‘tkir yiringli jarayonlar, yomon sifatli o‘smalar, qon ketishga moyillik, silning faol shakli, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, miokard infarkti.

Tibbiyot amaliyotida bundan tashqari bir yo‘la bir necha xil ta'sir ko‘rsatish usuli ham qo‘llaniladi. Masalan : dorili elektroforez va induk-totermiyadan bir vaqtning o‘zida foydalanish mumkin. Bunda ikkala usulning terapevtik aktivligi oshadi, ya'ni to‘qimalarning o‘tkzuvchanligini induktotermiya usuli yaxshilaydi, bu esa dori moddalarining to‘qimalarga ichkariroq kirishiga yordam beradi. Muolaja vaqtida prokladka dori moddasi bilan namlanadi, ustiga qo‘rg‘oshinli elektrod qo‘yiladi, uning ustidan induktor disk qo‘yiladi.

Bundan tashqari, induktorbalchiq usuli keng qo‘llaniladi. Muolaja o‘tkazish vaqtida il yoki torf balchig‘idan foydalaniladi. Muolaja boshida avval ta'sir etish sohasiga balchiq surtiladi, so‘ngra uning ustiga induktor disk qo‘yiladi. Natijada organizmga balchiqdagi foydali kimyoviy element-lar, biologik aktiv moddalar kirgiziladi.
UYuCh (UVCh)-terapiya

Davolash maqsadida ultra yuqori chastotali o‘zgaruvchan elektr maydonidan foydalaniladi. Ultra yuqori chastotali elektr maydoni uzluk-siz va impulsli rejimda qo‘llaniladi. Impulsli rejimda elektr maydo-nining kuchli impuls seriyalari va ular o‘rtasidagi pauza almashinib turadi. Ultra yuqori chastotali impulsli elektr maydonining organizmga ta'siri MNSga kuchli “urishlar” hosil qilish bilan namoyon bo‘ladi, bu vaqtincha parabiozga olib keladi. Bunday mexanizm MNSda dimlanish jarayonlarini bartaraf etishga qaratilgan.

UYuCh o‘zgaruvchan elketr maydoni teridagi retseptorlarga ta'sir etmasdan chuqur kirib boradi, u yerdagi to‘qimalarda issiqlik hosil bo‘lishiga olib keladi. UVCh maydon ta'siri tok o‘tkazuvchi suyuqlikda ionlar tebranish yo‘nalishini chaqiradi, dielektrik to‘qimalarda yadro va elektronlar tebranishini qutb molekulalari o‘rta holat atrofida aylanma harakatni yuzaga keltiradi. Ionlar, dipol va qutb molekulalar holatining o‘zgarishi issiqlik hosil bo‘lishiga olib keladi. Issiqlikning hosil bo‘lishi ko‘proq maydon quvvatiga va to‘qimalarning energiyani o‘ziga olishiga bog‘liq. UYuChning issiqsiz dozirovkada qo‘llanilishi yaqqol bo‘lgan ossilyator ta'sirni chaqiradi. Zaryadlangan tolachalarning tebranishli harakatlari to‘qimalarning, ayniqsa kolloidlarning xujayra va molekulyar tuzilishida fizikaviy-kimyoiy o‘zgarishlarga olib keladi.

UYuCh elektr maydonining fiziologik ta'siri uning dozasiga bog‘liqdir : kuchsiz dozalari to‘qimalar va organlar funksiyasini oshiradi, kuchli dozalari aksincha ularning funksiyalarini susaytirib qo‘yadi. Masalan : kuchsiz dozalar o‘t (safro) ishlab chiqishini kuchaytirsa, kuchli dozalari susaytiradi; kuchsiz dozalari nerv regeneratsiyasini tezlashtiradi, kuchlilari susaytiradi. UYuCh elektr maydonining ta'siri ostida granu-lyasiyalarning o‘sishi tezlashadi, leykotsitlarning fagotsitar aktivligi kuchayadi, qon va limfa oqimining kuchayishi tufayli to‘qimalarning oziqlanishi yaxshilanadi, shunga ko‘ra to‘qimalar har xil zararli ta'sirlarga yaxshi-roq bardosh beradi, tomirlarning o‘tkazuvchanligi kuchayadi, bu ekssudatlarning tezroq so‘rilib ketishiga va to‘qimalardagi shishning qaytishiga yordam beradi, fagotsitlarning qondan to‘qimalarga chiqishi osonlashadi. UYuCh elektr maydoni ta'siriga bosh miya bilan orqa miyadagi vegetativ markazlarning hujayralari, shuningdek vegetativ tugunlarining hujayralari sezgirdir. Bu maydon ta'siri ostida organizmda moddalar almashinuvi kuchayadi va faollashadi, immunologik jarayonlar kuchayadi, u yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, antispazmatik ta'sir ko‘rsatadi. Yallig‘lnish o‘chog‘ida kalsiy ionlari sonini oshiradi, u yerdan zaharli maxsulotlarining so‘rilishini sekinlashtiradi, bakteriyalarning hayot faoliyatini pasayti-radi.

Muolaja o‘tkazish uchun partotiv “UVCh-4”, “UVCh-30”, “UVCh-62”, “UVCh-66” va statsionar “Ekran-1”, “Ekran-2”, “UVCh-300”, “Impuls-2”, “Impuls-3”, “UVCh-54” apparatlaridan foydalanib, elektr maydon kondensator plastinalar yordamida havo bo‘shlig‘i orqali uzatiladi.

UYuCh-terapiya tavsiya etilganda quyidagi holatlarni esda tutish zarur:

1.Kondensator plastinalar yaqinlashganda maydon zichligi oshadi, ular orasidagi masofa uzoqlashganda maydon zichligi kamayadi va tarqalishi ortadi.

2.Agar maydonga yod metall buyumlar tushsa, u o‘ziga elektr maydonini qaratadi, ya'ni metall buyum atrofida maydon yig‘ilishi kuzatiladi.

3.Kondensator plastinalarining burchak ostida joylashishida elektr maydoni bir me'yorda bo‘lmaydi va bir-biriga juda yaqin tursa issiqlik ta'siri ko‘p bo‘lmaydi.

4.Kondensator plastinalarining yuzasi bir xil bo‘lmasa, u holda kichik yuzalida maydon zichligi ko‘payadi va bu yerda biofizik jarayonlar va organizm reaksiyasi yaqqolroq bo‘ladi.

5.Kondensator plastinalar joyidan qo‘zg‘atilsa maydonning bir xilligi o‘zgaradi.

UYuCh-terapiya kasalliklarining hamma davrida qo‘llanilishi bilan boshqa usullardan afzalroq hisoblanadi, Uni o‘tkir yiringli kasalliklarda, yallig‘lanish jarayonlarida, atoniyalarda, spazmlarda, nevrit, nevralgiyalarda va h.z. tavsiya etiladi. Qon ketishga moyillik, yomon sifatli o‘sma, II – III darajali yurak yetishmovchiligi, aorta anevrizmi, gipotoniya, miokard infarkti bo‘lsa tavsiya etilmaydi.

Muolaja maxsus tayyorlangan xonalarda o‘tkaziladi. Bu xonalarda metall buyumlarning bo‘lishi mumkin emas, devorlari ichkaridan qo‘rg‘oshinli rezina bilan qoplanadi.


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish