Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshayev O. R


Fizioterapiya fani bo‘yicha o‘zlashtiradigan amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati



Download 1,1 Mb.
bet4/10
Sana07.04.2017
Hajmi1,1 Mb.
#6183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Fizioterapiya fani bo‘yicha o‘zlashtiradigan amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati :

1.Galvanizatsiya muolajasini o‘tkazish.

2.Elektroforez muolajasini o‘tkazish.

3.UVCh-terapiya muolajasini o‘tkazish.

4.Diadinamoterapiya muolajasini o‘tkazish.

5.Darsonvalizatsiya muolajasini o‘tkazish.

6.Magnitoterapiya muolajasini o‘tkazish.

7.Ultratovushterapiya muolajasini o‘tkazish.

8.Parafin-ozekerit applikatsiya muolajasini o‘tkazish.

9.Fizioterapevtik muolajalarga retsept yozish.



Amaliy ko‘nikmalarni baholash mezonlari

Joriy nazoratning 40%ni amaliy qism tashkil qiladi.Maksimal 20 ballga teng.

Fizioterapiya fanidan joriy nazorati bo‘yicha o‘zlashtiriladigan har bir amaliy ko‘nikmalar bosqichda amalga oshiriladi va maksimal 100 ball bilan baholanadi.

Amaliy ko‘nikmalar qadamma-qadam bajarilishida xatolar qilinganda, bajarilmagan qadam hisobidan maksimal ajaratilgan ballar olib tashlanadi. Oxirgi qo‘shilgan ballar summasidan quyidagi koeffitsent bilan hisoblanadi, 20 * x/100 koeffitsentga o‘tkaziladi.

Masalan: talaba 80 ball olsa amaliy ko‘nikmani joriy baholashdagi balli 16 ga teng bo‘ladi. 16 ball yoki joriy baholashni 38% tashkil etadi.


Joriy baholash

Nazariy qism – 25%

12.5 minimal ball

Analitik qism – 30%

15.0 ball

Amaliy qism – 40%

20 ball

TMI –

5%

2.5 ball.

Tekshirish tadbirlari

O‘quv mashg‘ulotin io‘zlashtirish sifatini baholash 2 xil nazorat : joriy va yakuniy baholash orqali amalga oshiriladi.

1.Joriy baholash (JB) - har kuni talabalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirilishi tekshirilib boriladi. Baholash quyidagicha amalga oshiriladi :

-sovollarga og‘zaki javob berishi;

-vaziyatli masalalarni yechish,takliflar berish;

-amaliy ko‘nikmalarni bajarish;

-yangi usullarni qo‘llab, bilimni baholash;

-mavzu bo‘yicha testlarni qo‘llash.

Talabalarning mustaqil ishlari (TMI) – talabalar tomonidan mustaqil tayyorlangan ishlari (referat, slayd, krassvord, tarqatma material, vaziyatli masala) amaliy mashg‘ulotlarda eshitilib, tahlil qilinadi va reyting nazorati tizimi asosida ballarda baholanadi. Mustaqil ish mavzusini o‘qituvchi belgilaydi, bajarish shaklini esa talabaning o‘zi tanlaydi.

Talabaning mustaqil ishi O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligining 21.02.2005 yil 34-sonli buyrug‘i va TTA rektori 2009 yildagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida Namunaviy nizom» asosida tashkil etiladi.

Har bir bajarilgan ish reyting nazorati tizimiga asosan ballarda baholanadi.

2.Yakuniy baholash (YaB) – amaliy mashg‘ulotlar tugagach, quyidagicha olib boriladi:.

-YaB ga joriy bahoning maksimal reyting ballining 55 foizidan yuqori ball olgan talabalar qo‘yiladi;

-yakuniy baholash og‘zaki yoki yozma test shaklida olinadi;

-reyting nazorti tizimiga asosan ballarda baholanadi.

Fan bo‘yicha umumiy reyting balli JB va YaB ballarini qo‘shib olinadi. Olingan ballar qaydnoma va talabalarning reyting kitobchasiga qo‘yiladi.

Fan bo‘yicha umumiy reyting balli quyidagicha baholanadi :

86,0 – 100,0 ball - a'lo

71,0 – 85,9 ball - yaxshi

55,0 – 70,9 ball - qoniqarli

54,9 va undan past - qoniqarsiz

7. Adabiyotlar:

Asosiy (A):


  1. Bogolyubov V.A. «Obщaya fizioterapiya», M.: Meditsina, 2001g.

  2. Bogolyubov V.A. «Metodika i texnika provedeniya fizioterapeticheskix protsedur» M. 2001g.

  3. Yefanov O.I., Dzanagova G.R. «Fizioterapiya stomatologicheskix zabolevaniy», M.: Meditsina, 1980, - 296 s.

  4. Ulaщik V.S., Lukomskiy I.V. «Obщaya fizioterapiya» Minsk, «Knijniy dom», 2003. – 512 s.

  5. Lukinix L.M., Uspenskaya O.A. «Fizioterapiya v praktike terapevticheskoy stomatologii» Uchebnoe posobie.- Nijniy Novgorod: izd-vo NGMA, 2003.- 36 s.

  6. Muravyannikova J.G. «Osnovi stomatologicheskoy fizioterapii», Rostov-na-Donu, «Feniks», 2002, 320 s.

  7. Pastuxov O.G., Sheftelovich T.K., yermoshenko L.S., Markarov X.A. «Fizioterapiya v stomatologii» (Uchebno-metodicheskoe posobie dlya studentov stomatologicheskogo fakulteta i vrachey stomatologov). Krasnodar, 2002, 102 s.

  8. Pasinkov ye.I. «Obщaya fizioterapiya» (uchebnik dlya med. institutov) 1969g.

  9. Pasinkov ye.I. «Fizioterapiya» darslik – 4-chi nashr.- T.: Meditsina, 1985g. (na uzb. yazike)

  10. Speranskiy A.P. «Uchebnoe posobie po fizioterapii» (dlya med. institutov) 1975g.

  11. «Spravochnik po fizioterapii» pod red. Obrosova A.N.

  12. «Fizioterapevticheskiy spravochnik» pod red. I.N. Sosina.

  13. Yuldashev K.Yu., Kulikov Yu.A. «Fizioterapiya» (uchebnik dlya studentov), T.: izd-vo Ibn Sino, 1994g.

  14. Yasnogorodskiy V.G. «Elektroterapiya» 1987. Meditsina.

Qo‘shimcha (Q)

  1. Sarfis P.G., Kiselev V.B. «Lechebnie gryazi i drugie prirodnie teplonositeli», 1990g.

  2. Bassina V.G., Bergnitskiy Ya.M. «Klimatolechenie» Spravochnik. Semfiropol: Tavriya, 1990g

  3. Vorobev M.G., Vorobev V.M. «Fizioterapiya na domu». S.- Peterburg: Gippokrat, 1992.- 308 s.

  4. Oranskiy I.ye., Ilxamdjanova D.S. «Kratkiy spravochnik po fizioterapii». T.: Izd-vo Ibn-Sino, 1992g. – 94 s.

  5. «Spravochnik po fizioterapii» pod red. V.G. Yasnogorodskogo. M.: Meditsina, 1992g.

  6. Ulaщik V.S. «Domashnyaya fizioterapiya» Minsk. Belorus. 1993g

  7. Umarova X.T. , Karachevseva T.V. «Fizioterapiya v pediatrii» T.: izd-vo Ibn-Sino, 1993g

  8. Larskiy E.G. «Sovremennie metodi elektroforeza» Obzor lit. 1990g.

  9. Soloveva T.R. «Magnitoterapevticheskaya apparatura». M.: Meditsina, 1991g.

  10. Yuldashev K.Yu. «Nemedikamentoznie metodi lecheniya profilaktiki i meditsinskoy reabilitatsii». Sb. nauch. trudov. T.-1994g.

  11. Yuldashev K.Yu. «Preformirovannie i yestestvennie fizicheskie faktori v profilaktike i meditsinskoy reabilitatsii». T. – 1991g.

Internet manbalari:

http://www.doktor.ru

http://www.medinfo.org

http://www.restart-med.ru

http://www.mirmed.ru

http://micropolarization.narod.ru

http://www.aapmr.org

http://www.alhealth.com

http://www.docguide.com

http://www.healthweb.com

http://www.acsm.org

http://www.apta.org

http://www.jphysiol.org

http://www.Stomfac.ru


Fan: Fizioterapiya
Elektr toki bilan davolash: Doimiy va impulsli toklarning stomatologiyada ahamiyati.
Mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot

TA'LIM TEXNOLOGIYASI
4-kurs stomotologiya fakulteti uchun

2013 - yil.


Amaliy mashg‘ulot ta'lim texnologiyasi

Mavzu:Elektr toki bilan davolash: Doimiy va impulsli toklarning stomatologiyada ahamiyati.

Mavzuni o‘rganish davomiyligi: 5 soat.(225min)

O‘quv mashg‘ulot tuzilishi:

(mashg‘ulot rejasi)

-Kirish

-Asosiy qism

1.nazariy

2.tahliliy

3.amaliy

4.talabalar mustaqil ishi

-Yakuniy-xulosa qiluvchi qism


Mashg‘ulot shakli va maqsadi: Talabalarni doimiy va impulsli toklar ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab galvanizatsiya va elektroforez muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgatish,elektro uyqu muolajasini uning ta'sir mexanizmini asoslangan holda tushuntirish, kichik kuchli va past chastotali impulsli toklarni maqsadga muvofiq qo‘llashga o‘rgatish;

O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari:

•galvanizatsiya, elektroforez, elektrouyqu,diadinamik toklar, sinusoidalmodulashgan toklar haqida tushunchalarga ega bo‘lish;

•normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini tushuntirish;

•stomatologik kasalliklarning davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, qarshi ko‘satmalarni to‘g‘ri aniqlash;

•fizoterapevtik muolajalar stomotologiyada metodikalarini ko‘rsatish va talabalarga mustaqil qo‘lashga erishish;

•talabalarga fizioapparatlarining ishlash prinsiplarini va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilinishi bilan mustaqil qo‘llashga o‘rgatish;



O‘quv faoliyatini natijalari:

Talaba biladi:

    • Doimiy toklar va impulsli toklarga sinflanishini ;

    • Bemor organizmiga fizioterapevtik omillar ta'sir mexanizmlarini yaxshi biladi;

    • Stomatologik kasalliklarda ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni aniqlaydi;

    • Stomotalogiyada tok muolajalar muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rganishadi;

Talaba qila oladi:

  • Amaliy ko‘nikmalarni bajaradi;

  • galvanizatsiya, elektroforez, elektrouyqu, diadinamik toklar, sinusoidal modulashgan toklarga retsept yozadi.

Ta'lim texnikasi va usullari:

Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli. grafik organayzer – klaster.

Ta'lim shakllari:

Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.

Ta'lim shart sharoitlari:

Texnik ta'minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya, TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi.

Monitoring va baholash :

Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqchilari ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi.


O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Mashg‘ulot bosqichlari, vaqti 5soat

Foaliyat mazmuni

Ta'lim beruvchi

Ta'lim beruvchi

1- bosqich

Mashg‘ulotga kirish

(25daq)


1.1.Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan natijalarni, asosiy tushunchalarni tushuntiradi

1.2. Mashg‘ulot rejasi bilan tanishtiradi.

1.3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini aytadi.

1.4.baxolash kriteriylari bilan tanishtiradi



Tinglaydilar, yozib

oladilar.

Aniqlashtiradilar,

savollar beradilar



2-bosqich. Asosiy

(4soat)


Nazariy qism (1soat).

Analitik qism (2 soat)

Amaliy qism

(1 soat)


  1. Talabalar boshlang’ich bilimini aniqlash maqsadida blits so‘rov o‘tkazadi:

  • Fizik omillar sinflanishi.

  • Fizioterapevtik omillar asosiy ta'sir mexanizmi: neyro-gumoral (umumiy, nomaxsus) va maxsus (mahalliy).

  • Fizioterapiyaga ko‘rsatmalar va umumiy qarshi ko‘rsatmalar.

  • Olingan nazariy bilimlarni mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari, testlar, vaziyatli masalalar bilan mustahkamlab, baholaydi. Talabalar mustaqil ishlash uchun vazifa beradi, olingan ma'lumotlarni asosiylariga e’tibor qaratadi va daftarga qayd qilishini talab qiladi.

  • Amaliy ko‘nikmalarni to‘g‘ri bajarishni tashkil etadi. Olingan natijalarini muhokamasini eshitadi.

Javob beradilar


Yozadilar.
Jadvalar bilan ishlaydilar
Guruhlarda

ishlaydilar,


Olingan ma'lumotlarni daftarga qayd va taqdimot qiladilar


3-bosqich

Yakuniy xulosa qism

20 min


3.1.Mavzu bo‘yicha yakun qiladi.

3.2. Guruhlar ishini (alohida ishtrokchilarni) baholaydilar, o‘zaro baholash natijalari bo‘yicha xulosa qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.

3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baholash mezonlarini yetkazadi

Keyingi mashg‘ulotlarga tayorlanish uchun vazifalar beradi.



O‘z-o‘zini, o‘zaro

baholashni

o‘tkazadilar.
Savol beradilar
Topshiriqni yozadilar.




Mavzu:Elektr toki bilan davolash: Doimiy va impulsli toklarning stomatologiyada ahamiyati.

1. Mashg‘ulot o‘tkazish joyi, jihozlanishi:-TTA 3-klinika,tibbiy reabilitatsiya bo‘limi va fizioterapevtik muolaja xonalari;

2. Mashg‘ulotning davomiyligi: 5 soat(225daqiqa).

3. Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarni doimiy va ipulsli toklar ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab galvanizatsiya va elektroforez muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgatish, elektruyqu muolajasini uning ta'sir mexanizmini asoslagan holda tushuntirish, kichik kuchli va past chastotali impulsli toklarni maqsadga muvofiq qo‘llashga o‘rgatish;

4. O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari:

•galvanizatsiya, elektroforez, elektrouyqu, diadinamik toklar, sinusoidal modulashgan toklar haqida tushunchalarga ega bo‘lish;

•normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini tushuntirish;

•stomatologik kasalliklarning davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, qarshi ko‘satmalarni to‘g‘ri aniqlash;

•fizoterapevtik muolajalar stomotologiyada metodikalarini ko‘rsatish va talabalarga mustaqil qo‘lashga erishish;

•talabalarga fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi bilan mustaqil qo‘llashga o‘rgatish;



5. O‘quv faoliyatini natijalari:

Talaba bilishi kerak:

-turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma va mo'neliklarga rioya qilishni;

-davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olishni;

-normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini;

-fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilishni;

-sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llashni;



Talaba qila olishi kerak:

-fizik muolaja usullarini mustaqil bajarishni;

-fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozishni;

-fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlashni;

-birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishni.

6. Ta'lim texnikasi va usullari:

Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli. grafik organayzer – klaster.



7. Ta'lim texnikasi va usullari: Hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.

8. Ta'lim shakillari: Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.

9.Ta'lim vositalari: Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, tekst.

10. Ta'lim shart sharoitlari: Texnik ta'minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya, TTA 1- va 3-klinika fizioterapiya bo‘limi.

11. Monitoring va baholash : Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, test, amaliy ko‘nikmalar bosqchilari ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi.

12. Motivatsiya

Fizioterpiya - fizik muolajalarni organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini,turli kasalliklarda davolash va reabilitatsiya davrida to’laqon kompleks tuzib organizmni sog‘lomlashtirishda oqilona foydalanishni o‘rgatadi.

Hozirgi kunda turli kasalliklarni davolash va oldini olish jarayonlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Turli patologik holatlarida o‘z vaqtida reabilitatsion dasturlarni tanlash va tavsiya etish vrachning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.

Amaliy tibbiyotda fizik omillar keng qo‘llanilishi, sohada o‘tkaziladigan ilmiy ishlarga, yangi davolash usullarining yaratilishiga va davolash maqsadlarida dori-darmonsiz davolash uslublarini qo‘llash talablariga bog‘liqdir. Fizik omillarning fiziologik va shifobaxsh ta'sirini o‘rganish, ba'zi muolajalarning texnikasini va qo‘llanilish uslubini, apparatlarning tuzilishini, toklarning qo‘llanilishiga umumiy ko‘rsatmalarni va bunga yo‘l qo‘ymaydigan moniyliklarni o‘rganish, davolashning ta'sirini kuchlantirishga imkoniyat beradi.



13. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:

Fizioterapiya fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, biofizika, biokimyo, farmakologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha fakultativ va gospital terapiya, travmatologiya va ortopediya, fakultativ va gospital jarrohlik, doya-ginekologiya, nevrologiya, LOR kasalliklari, pediatriya fanlari bilan uzviy bog‘langan.



14. Mashgulot mazmuni

14.1. Nazariy kismi

Fizioterapiya tabiatning bir tarmog‘i bo‘lib, tabiiy va odam hosil qiladigan fizik omillarining fiziologik va davolash ta'sirlarini o‘rgatadi, ularning kasallikni oldini olish va davolash uchun yangi usullarni, shuningdek davolab-tiklash usullarini ham ishlab chiqaradi, shu bilan bir qatorda ularni hayotga tadbiq etadi. Fizik omillarga quyidagilar kiradi : suv, quyosh, havo, balchiq, elektr toki, ozokerit va boshqalar.

Fizioterapiya 2 qismga bo‘linadi :

Umumiy fizioterapiya – organizmning normal va patologik holatlarida ta'sir etuvchi fizik omillarning xususiyatlarini va ta'sir mexanizmini o‘rganadi.

Xususiy fizioterapiya – o‘rganilgan fizik omillarni davolash va kasallikni oldini olish maqsadida qo‘llanilishini o‘rganadi.

Fizik omillarning xarakteristikasi

1.Toksigenligi yoki zaharli xususiyati yo‘q.

2.Og‘riqlik sezgirligini chaqirmaydi.

3.Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lantirishga, spazmga qarshi, tonusni oshiruvchi va bakteriotsid ta'sir qilish xususiyatiga ega.

4.Organizm reaktivligiga ta'sir qilish, shu bilan birga tabiiy va maxsus immunitetni oshirish xususiyatiga ega.

5.Organizmda har xil biologik aktiv moddalar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Masalan : vitamin D, gistamin, atsetilxolin, serotonin va boshqalar.

Fizik omillar yordamida patologik jarayonlarning kechishiga ta'sir qilish va ularni maqsadga muvofiq o‘zgartirish mumkin.

Fizioterapiya – bu patogenetik va simptomatik davolashdir, ya'ni fizik omillar kasallik patogeneziga yoki rivojlanish mexanizmiga ta'sir qilib, ularning belgilarini, ya'ni simptomlarini yo‘qotishga egadir.

Bundan tashqari fizioterapevtik muolajalar bilan kasallikni oldini olish – fizioprofilaktika ham alohida o‘rin tutadi.

Fizioprofilaktika 2 qismdan iborat.

Birinchi qismi – kasallikni oldini olish;

Ikkinchi qismi – kasallikning asoratini oldini olish.

Fizioterapevtik muolajalar organizmga teri va shilliq qavatda joylashgan nerv tolalari orqali ta'sir qilib, kerakli organlarni qo‘zg‘atadi. Bu turli muolajalarda turlicha bo‘ladi - ba'zida tez, ba'zida sekin namoyon bo‘ladi.

Avval fizik omillar energiyasining organizmga yutilishi sodir bo‘ladi. Bu fazada sodir bo‘ladigan hamma jarayonlar fizika qonuniga bo‘ysinadi. Bunda fizik omillarning tanaga ta'sir qilish chuqurligi, to‘qima turi, qaysi to‘qimalarda energiya qay tarzda yutiladi, issiqlikning paydo bo‘lishi, ionazitsiya hodisasi, molekula hosil bo‘lishi va h.k. Masalan - nurlanish vaqtida nurlar epidermisga bir necha mikron chuqurligiga kirib boradi va o‘z yo‘lida suv molekulalarini kuchli ionlanishishini hosil qiladi, buning natijasida to‘qimalarda issiqlik paydo bo‘ladi. Past chastotali impuls toklari harakatlanuvchi nervlarda 0,5-2 sm chuqurlikda ionlarni doimiy darajasini o‘zgartiradi, buning asosida harakatlantiruvchi qo‘zg‘atish yordamida mushaklarning qisilishi kuzatiladi.

Fizik omillar energiyasining yutilishi, hosil bo‘lgan issiqlikning ta'siri natijasida organizmda biologik aktiv moddalar paydo bo‘ladi. Bunda qon tomirlarining kengayishi, qon aylanishining kuchayishi sodir bo‘ladi, buning natijasida yurak urishi tezlashadi, ba'zida bemorlarda qizish holatlari kuzatiladi. Bu organizmning umumiy reaksiyasidir.

Fizik omillarning kam intensivlik bilan ta'sir qilishida katta bo‘lmagan sohada qizarish, qichishish, mahalliy haroratning oshishi kuzatiladi. Bu organizmning mahalliy reaksiyasidir.

Fizik omillarning energiyasi yutilishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik ta'sirida yoki kuchli issiqlik energiyasi ta'sirida segmentar ta'sir vujudga keladi. Agarda ularning ta'siri kam bo‘lsa, unda termoregulyatsiya sistemasi ishga tushib, mushaklar tonusini va oksidlanish–qaytarilishi reaksiyasining bosqichini o‘zgartiradi.

Fizik omillar maxsus va nomaxsus ta'sir ko‘rsatadi. Bir necha fizik omillar ta'sirida qon aylanishi tezlashib, modda almashinuvi kuchayadi – bu nomaxsus ta'sirdir, ya'ni bir necha omillar uchun umumiy bo‘lgan ta'sirdir.

Shu bilan birga har bir fizik omillarning o‘ziga xos maxsus ta'siri ham bo‘ladi,ya'ni faqat bitta fizik omil uchun tegishli bo‘lgan ta'siri.

Masalan : faqat impuls toklari bilan mushaklarni qo‘zg‘atish mumkin; UFO nurlari bilan ta'sir etganda «D» vitaminini hosil bo‘lishi;vannalarning kimyoviy tarkibiga qarab o‘ziga xos maxsus ta'siri bo‘ladi.

Fizioterapiyada muolajalar ikki xil turga bo‘linadi. Biri – asosiy muolajalar, ikkinchisi qo‘shimcha muolajalardir. Har bir fizioterapevtik muolaja asosiy yoki qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.

Asosiy muolajalar - bunda ta'sir ichki organlarda kasallikni qaytarishga qaratilgandir. Masalan : DMV buyrak usti beziga ta'siri natijasida gormonlarni stimulyasiyalaydi; elektrouyqu qondagi qand miqdorini kamaytiradi.

Fizioterapevtik muolajalar kasallikning patogeneziga qarab, kasallikning kelib chiqish mexanizmiga ta'sirini hisobga olib belgilashimiz kerak.

Fizioterapevtik muolajalar organizmning umumiy holatiga, patologik jarayon spetsifikligiga, uning klinik holatlariga, bosqichiga, yo‘ldosh kasalliklarga qarab tavsiya etiladi. Fizik omillarning dozasini belgilayotganimizda bemorning shu vaqtdagi boshlang‘ich holatiga va patologik jarayonning belgilariga, organizmning sezuvchanligiga e'tibor berishimiz lozim.

Shuni doim esda tutishimiz karakki, fizioterapevtik muolajalarni asosan kichik intensivlikda berish maqsadga muvofiqdir. Muolajalarni kichik dozada berish hujayra funksiyasini qo‘zg‘atadi, katta dozalar bosadi.

Fizioterapevtik muolajalarga organizmning javob berishi asosida, muolajalarning berilishini tartibga solishimiz yoki ularni belgilashda ko‘rsatmalarni tartibga solishimiz mumkin.

Fizioterapevtik muolajalar, jumladan elektr bilan davolash turlari xilma xildir va ular organizmga har xil ta'sir ko‘rsatadi. Ularning ta'siri turli tarmoqlaridagi (regionar, periferik, markaziy) qon aylanishini yaxshilaydi, to‘qima trofikasini, modda almashuvini, yaxshilaydi, neyro – gumoral ta'sir etadi, buzulgan immun jarayonlarni tiklaydi. Ko‘p fizik omillar sedativ va og‘riq qoldiruvchi ta'sirga ega.



Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish