Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor, professor Teshaev O. R



Download 197.48 Kb.
Sana24.03.2017
Hajmi197.48 Kb.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI
TASDIQLAYMAN”

O’quv ishlari bo’yicha prorektor,

professor Teshaev O.R.__________

«____» __________2012yil


Kafedra: Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya

Fan: XARBIY DALA JARROXLIGI
4- KURS DAVOLASh FAKULTETI

TALABALARI UChUN


YaGONA USLUBIY TIZIM
MAVZU: « Qul oyoqlarda jangovor shikastlar»







Mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulot


TA’LIM TEXNOLOGIYaSI

Toshkent - 2012



Tuzuvchilar:

-Toshkent Tibbiyot Akademiyasi travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri t.f.d : Karimov M.Yu.

-Kafedra ukuv ishlari mudiri t.f.n. Saloxiddinov F.B.

-assistentlar: t.f.n. D.I. Ibragimov, A.I. Shodiev, V.V. Grebenkin.

Resenzentlar:

Mashg’ulot №6

Mavzu: Qul oyoqlarda jangovor shikastlar


Vaqt: 270 dakika

Talabalar soni:8-10

O’quv mashg’ulotining shakli va turi

Amaliy mashg’ulot

O’quv mashg’ulotining tuzilishi

1. Kirish kism..

2. Nazariy kism

3.Analitik kism:

-Organayzer

-Testlar

4. Amaliy kism



O’quv mashg’uloti maqsadi:

Talabalarga tibbiy evakuatsiya vaktida yaralanganlarni saralash, jaroxatlangan bemorlarga tibbiy yordam kursatish turlarining asosiy prinsiplarini tanishtirish. Talabalarga xar bir tibbiy yordam tarkibiga kiruvchi tibbiy muolaja xajmini, yaralanganlarga tibbiy evakuatsiyaning u yoki bu etapida tibbiy yordam kursatish prinsiplarini urgatish.


Talaba bilishi lozim:


  • jaroxatlanganlarni tibbiy evakuatsiyasining etaplari deb nimani aytishadi

  • tibbiy evakuatsiyasining etaplarida jaroxatlanganlarni saralash asosiy prinsiplari

  • tibbiy evakuatsiyaning maksadlarini

  • jaroxatlanganlarga kursatiladigan tibbiy yordamning turlarini

- tibbiy yordamning xar bir turida kursatiladigan asosiy yordamning xajmini


Talaba bajara olishi lozim:


Amaliy kunikmani bajarish- qo’l va oyoq jangovor shikaslaridagi yaradorlarga birinchi yordam kursatish.


Pedagogik vazifalar:

  • Qo’l-oyoq shikastlarida birinchi tibbiy yordam kursatish

  • tibbiy evakuatsiya etaplarini

  • Qo’l-oyoq shikastlarida xar bir tibbiy yordam kursatishning asosiy chora-tadbirlari xajmini




O’quv faoliyati natijalari:

-jaroxatlanganlarga birinchi tibbiy yordam kursatishni bilishi

-tibbiy evakuatsiya prinsiplarini urganishi

-jaroxatlanganlarni tibbiy evakuatsiya etaplarida yordam kursatish usullarini urganadi

- qon ketganda vaqtinchalik qon tohtatish


Ta’lim usullari

Aqliy ҳujum, ma’ruza, pinbord texnikasi, amaliy ish usuli, mavjud xujjatlar bilan ishlash

Ta’lim shakli

Jamoaviy, guruҳlarda ishlash («Aqliy xujum»), yakka tartibli

Ta’lim vositalari

  • Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: birinchi yordam kursatish vositalari

  • Kramer, Ditirixs shinalari, Shans yokkasi, jgut va aseptik boglov vositasi

  • Yangi axborot texnologiyalari vositalari, ko’rgazmali q’urollar, slaydlar, videofilmlar.




Ta’lim berish sharoiti

  • texnik vositalar bilan ta’minlangan, amaliy ishlarni bajarish mumkin bo’lgan travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya kafedrasi auditoriyalari, OSKE xonasi.

  • Manipulyatsion xona, gips xona




Monitoring va baholash

Og’zaki so’rov: tezkor-so’rov ,yozma so’rov: test


Yirik qon tomirlarini shikastlanishi, qon oqishi va qon quyish o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqich-lari va vaqti

240 daq


Faoliyat

ta’lim beruvchi

ta’lim oluvchilar

1-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish

10 daqika


5 dakika

    1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni etkazadi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar: etiologik, patogenetik, simptomatik davo to’g’risida tushuncha beradi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.

    2. Adabiyotlar ro’yxatini beradi (ilova №9)

    3. Talabalarni aqliy ҳujumga tortish uchun jonlantiruvchi savollar beradi Amaliy mashgulot rejasi va tuzilishiga qarab ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha ҳarakatlar tartibi bayon qilinadi.

1.4. Amaliy mashgulotda talabalar faolligini baҳolash mezonlarini e’lon qiladi (ilova №5):


Tinglaydilar va yozib oladilar.

Tinglaydilar va yozib oladilar


Savollarga javob beradi.

Tinglaydilar


2-bosqich.

Asosiy qism

30 daqiqa

90 daqiqa

15 daqiqa

45 dakika
45 dakika

5 dakika


2.1. Amaliy mashg’ulot mavzusini muҳokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llagan ҳolda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish ( Ilova№ 2).

2.2. Talabalarning amaliy qismini egallashi bo’yicha mustaqil ishi ( Ilova№3 ).

2.3. Vaziyatni mustaqil taҳlil qilishni, muammoni ifodalashni, echish yo’llarini aniqlashni, so’ngra uni echish topshirig’ini beradi( Ilova№3.1).
Tanaffus

2.4.Testlarni yakka tartibda ishlaydilar

( Ilova№ 3.2).

2.5.Talabalarga ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish

(slaydlar, prezentatsiya, videofilmlar va bq.), ularni izoxlash

Tanaffus


Savollarga javob beradilar.

Muҳokama qiladilar, aniqlashtiruvchi savollar beradilar


Amaliy qism materiallarini muҳokama qiladilar,

aniqlaydilar, savollar beradilar.

Mustaqil ravishda taҳlil qilish varag’ini to’ldiradilar, muammoni echadilar.

Testni muҳokama qiladilar

taqdimot kiladilar boshqa talabalar munozarada ishtirok etadilar, savollar beradilar





Mashg’ulotni o’tkazish joyi va jiҳozlanishi:




  • texnik vositalar bilan ta’minlangan, amaliy ishlarni bajarish mumkin bo’lgan travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya kafedrasi auditoriyalari, OSKE xonasi.

  • Manipulyatsion xona, gips xona




1. Mavzuni asoslash:

Bu darsni o’tkazishdan maqsad talabalarga jaroxatlanganlarni kerakli joyga tugri evakuatsiya va transportirovka kilishni urgatish; tibbiy evakuatsiyani etaplari va turlarini urgatish; talabalarga jaroxatning xar bir turida utkaziladigan asosiy yordamni urgatishdir. Bundan tashkari, talabalar jang maydonida jaroxatlanganlarga tugri tibbiy yordam kursatishni amaliyotda urganishadi, ya’ni - asfiksiya va ochik pnevmatoraksni yokotish, gemostaz kilishni, va olib chikish uchun kul oyokni makamlash.






2. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik:

Bu mavzuni urganishda, talabalarni odam anatomiyasini, topografik anatomiya va operativ jarroxlikni, radiologiya, anesteziologiya, raenimatologiya va umumiy jarroxlik fanlarida olgan bilimlari tekshirish kuzda tutilgan.

Bu fanlarda olingan bilimlar, talabalarga birinchi tibbiy yordamni, ogriksizlantirishni va jaroxatlangalarni jang maidonidan tugri kilishda yordam beradi. Shu sababli, kursatilgan tibbiy yordamni foydasi kuchayib, kelib chikishi mumkin bulgan asoratlarni foyizi kamayadi.






3. Mashg’ulotning tarkibiy qismi(mazmuni):

3. 1.Nazariy qism:

Zamonaviy boskichli davo va yagona xarbiy dala jarroxligi kuyidagi xolatlarga asoslanadi:

  1. Barcha o’q sababli olingan jaroxatlar infeksiyalangan deb xisoblanadi

  1. Ushbu jaroxatlarning ko’p kismi mumkin kadar tezrok jarroxlik yordamga muxtoj.

  2. O’q jaroxatlarining infeksiyasi bilan kurashishni birdan bir yuli bu jaroxatni tez mudatda jaroxlik tozalashdir.

  1. Birinchi soatlarda tozalangan jaroxatlar eng yaxshi natijani berishadi.

  2. Yaradorlarga xirurgik yordam berishda front orti, umumxarbiy va sanitar-taktik vaziyat bilan zich bog’lik bo’lishi kerak.

  3. Jaroxatlanganlarning ko’pchiligida shok xolati kuzatiladi.

  4. Katta shikastlanishlarda ko’l-oyoklari jangovor shikastlanganlarning soni keskin oshadi.

Ushbu xolatlardan kelib chiqib, zamonaviy boskichli davo keyingi qoidalarni o’tkazadi:

  1. Yaradorlarni jang vaqtida dushmanlarning kurol-pulemyotlari ostidan olib chikish.

  2. Yaradorlarni o’z vaqtida yakin tibbiy punktlarga kerakli yordamni olish uchun olib borish.

  3. Jang chizigiga xirurgik yordam berish uchun yaqinlashish. Jarroxlik ishini jang chizigiga yakinlashtirib tashkil kilish kiyin bulsada, xirurgik yordamning yakinlashishi shikastlanganlarga xayotiy kursatma asosida erta operativ aralashuv utkazishga yordam beradi. Bunda xarakatlangan paytdan yordam kursatilgungacha bulgan ivakt va shikastlangan joydan, yordam kursatiladigan joygacha bulgan masofa nazarda tutiladi. U xam, bu xam vaziyatga karab imkon kadar kiskartirilishi kerak. Tajriba shuni kursatadiki, nafakat kechikayotgan xar bir soat (ayniksa ogir jaroxatlarda), xdr bir kilometr yul xam natijani ogirlashtiradi.

  4. Keng qamrovli jarroxlik yordami barcha yaradorlarga imkon kadar va xayotiy kursatma buyicha birinchi soatlarda va tezkor kursatma buyicha

birinchi sutkalarda uz vaktidagi erta xirurgik aralashuvdan yaradorlarni keyingi axvoli va ogir jaroxatdan chikishi va shikastlanishdan keyin birinchi soatlarda birlamchi jarroxlik ishlovga muxtoj engil yaradorlarning axvolini yaxshilash.

  1. Yaradorlarni xayotiy ko’rsatma buyicha erta gospitalizatsiyalash. Tajriba shuni kursatadiki, og’ir axvoldagi yaradorlarga erta operatsiyadan tashkari, tinchlik va operatsiyadan keyingi parvarish lozim. Juda ogir yaradorlar va ichki a’zolari shikastlanganlar operatsiyadan so’ng operatsiya kilingan boskichida bir necha kunga gospitalizatsiya kilinishi kerak, evakuatsiya kilinishiga ko’rsatma bo’lguncha.

  2. Yaradorlarni tavsiyaga ko’ra o’z vaktida evakuatsiya qilish. Yaradorlar evakuatsiyasi transportga tibbiy kursatma va karshi kursatmalarga va jaroxat soxasi va tavsiya joyiga kura, ya’ni yaradorlarni u yoki bu kategoriyasiga kura tor mutaxasis davolashi buyicha olib boriladi.

  3. Bosqichlarda yaralanganlarni evakuatsiya va tibbiy saralash. Yaralanganlarni saralash sistemali bajarilgan barcha boskichlarida yaradorlarga keng kulamda xirurgik yordam kursatish va barcha yaralanganlarga tibbiy kursatmalarga kura takkoslama yordam kursatish.

  4. Maxsus tibbiy yordam. Xarbiy va armiya ortida davolash sifatini yaxshilash uchun mutaxasislarni jalb kilish va maxsus bulim va gospitallar-neyroxirurgik, stomatologik, kuz kasalliklari, LOR, urologik, travmotologik, kukrak jaroxatlari va boshqalarga ajratish.

  5. Yaralanganlarga turli boskichlarda o’tkaziladigan yakka sistema va ketma-ket xirurgik davo. Katta mikdorda yaradorlarni ko’plab o’tkaziladigan boskichlarda davolash chora-tadbirlarini ketma-ketligini ta’minlash. Jang vaktida yaradorga bir vaktda turli usulda davo olib borish imkoniyati yuk, birorta yarador bitta davolovchi vrach nazoratida bulmaydi va kuplab boskichlardan va kuplab vrachlar kulidan utadi. Bundan tashkari, yaradorlarga yoppasiga xirurgik yordam fakatgina yakka tartibga kat’iy rioya orkali bajariladi. Yaradorlarni yakka tartibli davo utkazilishini boshkarish va nazorati front, armiya va korpus jarroxlari zimmasida buladi.

  6. Aniq va to’liq xujjatlashtirish yaradorlarni bosqichlarda saralash
    imkoniyatini beradi va yakka tartibli davo o’tkazishi va evakuatsiya
    bosqichida xajmli davolash chora-tadbirlarini ta’minlaydi.

Evakuatsiya bosqichlari va uning tibbiy yordam xajmi.

Tibbiy evakuatsiya boskichi - bu tibbiy xizmat kuchi va vositasi bo’lib, yaradorlarning jang maydoni ortida xarakatlanish yo’lida yordam ko’rsatish uchun joylashgan. Xar bir boskich uchun xirurgik chora-tadbirlarning

ma’lum doirasi ishlab chikilgan. Yordam xajmi - bu shu boskich uchun muljallangan va tayyorlangan bajariladigan xirurgik chora-tadbirlar yigindisidir. Yordam x,ajmini doimiyga belgilash mumkin emas, u kengayish yoki torayish tomoniga uzgarish mumkin, shu sabab uch turdagi yordam xajmi farkdanadi:


  1. To’liq, qachon nimaiki zarur bo’lsa bajariladi.

  2. Qiskartirilgan, masalan: ko’plab yaralanganlar kelganda barchaga xizmat ko’rsatish uchun ba’zi bir manipulyatsiyalardan bosh tortiladi.

  3. Minimal, ko’plab jaroxat etkazuvchi kurol ishlatilganda ko’llaniladi. Bunday sharoitda xayotiy ko’rsatmalarga asosan yordam ko’rsatiladi.

Yaradorlarga tibbiy yordam turlari:

  1. Birinchi tibbiy yordam jang maydonida ko’rsatiladi.

  2. Vrachgacha tibbiy yordam batalon tibbiy punktida ko’rsatiladi.

  3. Birinchi vrach yordami polk tibbiy punktida ko’rsatiladi.

  4. Kvalifikatsiyalashgan tibbiy yordam aloxida tibbiy batalon yoki aloxida tibbiy otryadlarda ko’rsatiladi.

  5. Maxsus yordam-front maydonida ko’rsatiladi, frontning ilg’or gospital bazasida va frontdan tashqari front orti gospital bazada ko’rsatiladi.

Jang maydonida sanitar va saninstruktor yordam ko’rsatadi. Ularning sumkasida individual bog’lov paketchasi, korin, kukrak uchun steril bog’lamlar, kuyish uchun bog’lam, narkotik, antidodli ampulalar, qon to’xtatuvchi jgutlar bor. Transport shinasi yo’q. Bular evakuatsiya bosqichida bo’lib, yul-yulakay bajariladi. Bu joyda o’z-o’ziga va o’zaro yordam ko’rsatiladi (fakat komandir ko’rsatmasiga binoan amalga oshiriladi). Saninstruktor yaradorlar uyasini tashkil etadi, yordam ko’rsatadi, yaradorlar uyasidan evakuatsiya kilinadi: Polk tibbiy punkti transport yuboradi va yaradorlarni tashiydi. Transparterlarda yaradorlar uchun oldinda 2 ta o’tiradigan, ortida 2 ta yotadiganlar uchun joy buladi.

Batalon tibbiy punktida feldsher ishlaydi, u xam yo’l-yo’lakay yordam kursatadi: Transport shinasani taqadi yoki kulbola vositalar yordamida immoblizatsiya kiladi, autoimmoblizatsiya (yaralangan qo’lni ishlovdan keyin tanaga bog’laydi, yaralangan oyoqni sog’ oyoqqa).

Jgut 3 sotdan kup vaqtga kuyilmaydi undan oshsa nekroz boshlanadi. Avgon madjixidlari kon tuxtatishni asl usulini foydalanishgan: Deshan tipidagi nina olingan, tuqima teshib, tomir tegidan trubka utkazilgan va tomir siqilgan, bunda kon aylanish kollaterallar xisobiga buladi.

Yaradorlar 3 ta batalondan polk tibbiy punktiga evakuatsiya qilinadi. Bu uch xisa oshgan yaradorlar yigindisi yaradorlar okimi deb ataladi. Polk tibbiy punktida vrachlar ishlaydi, ular xirurgik manipulyatsiyalarni bajara oladi.

Saralash maydonchasida yaralanganlarni zaxarli moddalar va radioaktiv moddalardan zaxarlanishiga kura taksimlanadi, ularni maxsus ishlov maydonchasiga (MIM) yuboriladi, u erda kisman maxsus ishlov beriladi.

Og’ir yaralanganlar bog’lov xonasiga, kolganlar evakuatsiya palatasiga va u erdan kerakli joyga yuboriladi.

Saralash evakuatsiya bulimida bajariladi:

- Ruyxatga olish (birlamchi tibbiy yordam kartasini tuldirish:


antibiotiklar, anatoksinlar, antidotlar, zardoblar, narkotiklarni
kiritish). Qushimcha jaroxatlarga kura kartada tur li rangli chiziklar
chiziladi:

  • Nurlanishda - xavo rang.

  • Zaxarlanishda - sarik.

  • Bakterial zararlanish - qora.

  • Qon ketish va jgut – qizil.

Bu karta yarador pasporti xisoblanadi.
Xayot uchun xavfli bulgan sharoitda zarur bulgan chora-tadbirlar:

  1. Qon ketishni vaqtinchalik to’xtatish va jgut nazorati.

  2. Transport amputatsiya.

  3. Shok oldini olish uchun jaroxatlangan qul-oyoqlarni novokainli blokada, vagosimpatik blokada, paranefral blokada.

  4. Shok va kup qon yuqotishda qon quyish.

  5. Siydik tutilishida siydik qopi kateterizatsiyasi.

  6. Zo’rikuvchi pnevmotoraks va asfiksiyada kovurag’alararo bushliqdan teshish, xavoni chiqarish va klapanli drenaj qilish.

  7. Qisman kimyoga qarshi ishlov, antibiotik, kokpyulga qarshi zardob yuborish.

Qiskartirilgan yordam turida blokada, yara atrofiga antibiotik yuborish, bog’lam va immobilizatsiyani almashtirish va xujjat tuldirish shart emas.

Aloxida tibbiy bulimda kvalifikatsiyalashgan tibbiy yordam boskichi. Bu gospital uzining transportiga ega. Bu erda kuyidagilar bajariladi:



  • Saralash: yuradiganlar ketadi, kuzdan jaroxatlanganlar og’ir xisoblanadi (ikkinchi kuzning simpatik zararlanishi xisobiga kurlik bulishi mumkin).

  • Talonlar beriladi: E1-E2- ishlovdan keyin zudlik bilan evakuatsiya qilish kerak. Bular engil jaroxatlanganlar, ular maxsus engil yaralanganlar gospitaliga yuboriladi. Oqim 20-25%ga kamayadi.

1 va 2 kizil rangli talon bilan qorin va kukrakdan og’ir jaroxatlanganlar operatsion blokga yuboriladi. 1 va 2 kuk rangli talon bilan og’ir yaralanganlar bog’lov xonasiga yuboriladi. Bu erga qul va oyoq yaralanganda, amputatsiya yoki operatsiya kilish lozim bulganda, kombinatsiyalashgan jaroxatlar- turg’un zaxarlovchi moddalar va radiaktiv moddalardan zaxarlanganlar yuboriladi.

Asosiy joy - kukrak va qorin jaroxatlarida operatsiya qilinadigan katta operatsiya xonasi. Agarda og’ir shok xolati bulsa yoki jaroxatlanganning

axvoli og’irlashib qolsa uni vaqtinchalik shokga qarshi palataga joylanadi, ular ikkita- biri yaradorlar uchun, ikkinchisi Sh-talonli kuyganlar uchun. Xamma operatsiya kilinganlar O-talon oladi.

Gospitaldagi maxsus yordam.


  • Engil yaradorlar uchun gospitallar, bu erda kaft-barmoq jaroxatlari davolanadi, davo 60 kundan oshmaydi.

  • Qolgan gospitallar xarbiy dala jarroxlik gospitali va maxsus tibbiy yordam otryadiga bulinadi (torakoobdaminal, kuyish, rentgen va boshka guruxlar).

  • Maxsus xarakatlanuvchi dala jarroxlik gospitali - eng asosiy va katta, bosh, buyin, umurtqa jaroxatlari uchun moslashgan. Bu erda yaradorlar sanpropusknikdan utadi va jarroxlik bulimlariga bulinadi:




  1. neyroxirurgiya bulimi spinal va yuz-jag’ jarroxlik bulimlari bilan.

  2. LOR bulimi.

  3. Kuz kasalliklari bulimi.

- Ortopedik gospital (rentgen bulimi va gipslash guruxi).

- Torakoobdaminal gospital.


Rotada yaradorlarga birinchi yordam uz-uziga yoki uzaro kursatiladi, asosan sanitar va saninstruktorlar tomonidan bajariladi. Birinchi yordamda individual paket bilan yaraga bog’lam quyib yopiladi, qon ketishini tuxtatish va ijobiy xolatlarda oddiy immobilizatsiya qilinadi.

O’qchi batalonida sanitar vzvodi yaradorlarni rotadan olib chiqishni tashkillashtiradi, yaradorlarga vrachgacha yordam kursatadi va ularni polk tibbiy punktiga evakuatsiya qiladi, imkon qadar batalon tibbiy punktini jang maydonidan 0.5-1.5km kengaytiradi, kelgan yaradorlarni saralaydi va vrachgacha bulgan yordamni kursatadi. PTP da barcha sinishlar immoblizatsiya qilinadi va boshqa katta yaralar standart transport shinasiga quyiladi, zardoblar yuboriladi, shokka karshi kurash, quyilgan jgutlar tug’riligi tekshiriladi, bog’lamlar almashtiriladi, kartalar tuldiriladi.

Diviziyada tibbiy-sanitar batalon (TSB) polkdan yaradorlar evakuatsiyasini tashkillashtiradi. Divizion tibbiy punktini (DTP) front chizigidan 6-10 km.ga kengaytiradi va engil yaradorlar yordam punkti(EYaTP), yaradorlarga xayotiy va tezkor kursatmalarga binoan xirurgik yordam kursatadi va og’ir yaradorlarni xayotiy kursatmaga kura gospitalizatsiya qiladi.

DTB da amalga oshiriladi: kon ketishni tuliq tuxtatish, amputatsiya, ochiq pnevmotoroksni yopish, qorin bushligi jaroxatlarida operatsiya, yaradorlarni shok va anemiya xolatidan chiqarish va yaralarga xirurgik ishlov berish, transport shinalar kuyish.

EYaTPda kaft, barmokdar va immoblizatsiyalovchi shina qo’yilgan yuruvchi yaradorlarga 1 lamchi ishlov o’tkaziladi. Front ortida xarbiy xarakatlanuvchi gospital (XXG) 15-30 km. masofada TSB dan keluvchi yaradorlarni saralash, yaralarga 2 lamchi shoshilinch 1 lamchi ishlov berish, jaroxatni infeksiya asoratini oldini olish uchun operatsiya va yaradorlarni vaqtincha gospitalizatsiya qilish, navbatdagi evakuatsiyaga tayyorlash va

asorati borlarga (qon tupirish, pnevmaniya, gazli infeksiya, shok, ikkilamchi qon ketish ) barxam beriladi.

XXG sharoitdan kelib chikib 1 lamchi ishlov utkazish va maxsus jarroxlik yordami (neyroxirurgik, stomatologik, oftalmologik) kursatadi. Ammo bu yordamlar keyingi etaplarda kursatiladi.

Armiya ortida armiya bosh xarbiy evakuatsiya punkti (ABXEP) armiya xarakatdagi gospitali (AXG) va evakuatsiya qabullovchi (EK,) ta’minot stansiya maydonini kengaytiradi. Armiya xarbiy evakuatsiya punkti (AXEP) armiya gospital bazasini (AGB) boshqariladigan stansiya maydonini kengaytiradi.

Armiya xarakat gospitali(AXG) TSB va XXG dan zambilli bemorlarni qabul qiladi, ularni saralaydi, kalla suyagi, jag’ va kuz jaroxatida maxsus xirurgik yordam ko’rsatadi, jaroxat infeksiyasini asoratini davolaydi. Yaradorlarni evakuatsiyaga tayyorlab vaktincha gospitalizatsiya qiladi. AXG BDEAG dan biri engil yaradorlarni qiska muddatli 10-15 kungacha davolash uchun ajratiladi.

Evakopriemnik TSB va XXG dan engil bemorlarni qabul qiladi, ularni saralaydi, yaralarga 2 lamchi shoshilinch 1 lamchi ishlov beriladi, infeksiya asorati operatsiyasi va yaradorlarni keyingi evakutsiyaga tayyorlaydi.



Mashg’ulot jarayonida qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari:
«KUChSIZ XALQA»

Ish uchun zarur narsalar:

1. Tematika bo’yicha savollar yig’indisi: «Qo’l-oyoq jangovor shikastlari».

2. O’yin protokolini kiritish uchun oq qogoz va gurux ro’yxati.

Ish jarayoni:


  1. O’yinni pedagog va yordamchi talaba - xisobchi o’tkazadi.

  1. Xisobchi varaqda sana, gurux, raqami, fakultet, uyin nomini va talabalar gurux ro’yxatini yozadi.

  2. O’qituvchi talabalarga savollar tuplamidan ketma-ket savollar beradi.

  1. Talaba 5 sekund ichida javob berishi kerak.

  1. O’qituvchi "to’g’ri" yoki "noto’g’ri" so’zi bilan javobni baxolaydi, agar "noto’g’ri" bo’lsa to’g’ri javobni o’zi beradi.

  1. Xisobchi talaba familiyasining qarshisiga "Q" yoki "-" qo’yadi.

  2. Shunday qilib, talabalar 2ta tur savoldan o’tadi.

  1. 2chi tur savollaridan keyin o’yin to’xtatiladi va 2ta minus olgan talabalar o’yindan "KUChSIZ XALQA" sifatida chiqariladi.

  2. O’yin qolgan talabalar bilan davom ettiriladi. Yana yangi savollar beriladi va yana 2 ta minus olgan talaba uyindan chetlatiladi.

10.Turdan turga savollarga ko’p javob bergan talaba o’tadi.

11.Oq’ituvchi varakda xar bir familiyaning qarshisiga talaba qaysi turda chiqib, "KUChSIZ XALQA"ligini belgilab qo’yadi.

12.O’yin maksimal 0.8 ballda baxolanadi. Birinchi 2ta turda chiqib ketgan talabalar "0" ball oladilar,

3-tur javobidan keyin - «0,2» ball;

4-tur javobidan keyin - «0,4» ball;

5 tur javobidan keyin - «0,6»ball;

Eng kuchli qatnashchi «0,8» ball oladi.

13.Protokolga qo’yilgan ballar joriy baxolarga nazariy baxo sifatida xisolanadi.

14. Jurnalning pastki bo’sh kismida oq’ituvchi o’yin kanday o’tganligini
yozadi, gurux sardori tasdiklaydi.

15. O’yin protokoli saqlanadi.



Mavzu: " Qo’l-oyoq jangovor shikastlari "


  1. Yaradorlar evakuatsiyasi uchun muljallangan tibbiy punkt va davolash muassasalari (jang maydoni turli oraliqlarida joylashgan) nima deb ataladi?

Tibbiy evakuatsiya bosqichlari.

  1. Qanday xajmli tibbiy yordam noqulay jang va tibbiy sharoitda yaroqli?

Tibbiy yordamning qisqartirilgan turi.

  1. Yaradorlarni etapli davolash sistemasidagi kerakli element?

Yaradorlarni tibbiy saralash.

  1. Yaradorlarni tibbiy saralash – bu ...

Yaradorlarni guruxlarga ajratish, bir xil davo zarurlarga - evakuatsion

chora-tadbirlar.

5. Tibbiy saralash moxiyati nimada ?

Tibbiy yordamni aniqlashni ketma-ketligi va xarakteri, yaradorga

ma’lum etapda keraklisini aniqlash.

6. Tibbiy saralashni utkazishda vrach tayanadi...

Ushbu shikastlanuvchini taxminiy tashxisi va shikastlanish oqibati.

7. Tibbiy saralashning asosiy 2 turi: Punktichi va evakuatsion-transportirovka.

8. Punktichi saralashda aniqdanadi...

Ushbu etapni asosan qaysi funksional bulinishida va yarador qaysi

bosqichga junatilishi kerak.


  1. Evakuatsion- transportli saralash maksadi:

Shikastlanganni evakuatsiya qilishni aniqlash, kaysi navbatda, kanday transport bilan va qayoqa.

  1. Saralash-evakuatsion bulim tarkibiga kiradi:

Saralash posti, saralash maydoni, qabul- saralash palatasi, evakuatsion bulim.

11. Maqul saralash maydoni ATO uchun tashkil kiladi: 800 m2.

12. Qaysi tur shikastlanuvchilar izolyatsiya qilinadi?

Infeksion kasallar va infeksion kasalga taxmin qilingan bemorlar.

13. Qaysi gurux shikastlanuvchilar maxsus ishlovga zarur?

Yaradorlar, radioaktiv moddalar va zaxarlanuvchi moddalar bilan zaxarlanuvchilar.

14. Tibbiy yordam zarurligidan, yaradorlar xar bir etapda bulinadi...

Ushbu etapda yordamga muxtojlar; ushbu etapda yordamga muxtoj emaslar; xayot bilan to’g’ri kelmaydiganlar.

15. Engil yaradorlarni saralash olib boriladi...

Bog’lamni echmasdan, kuruv asosida ust soxa va qul oyoqni funksional shikastlanishini aniqlash.

16. Engil yaradorlar uchun bog’lov xonasi joylashtiriladi ...

2 ta stolda.

17. Og’ir yaradorlar uchun bog’lov xonasi joylashtiriladi ...

6 ta stolda.

18. Tibbiy saralash xajmi, saralash brigadasi bilan 1 soat ichida bajariladi:

15-20 yaradorga.

19. Saralash brigadasi tarkibiga kiradi:

Vrach, 2 ta xamshira, 2ta registrator va sanitar.

20. 1 chi tibbiy yordamni asosiy maqsadi:

Yaradorlar xayoti uchun xavf soluvchi sabablarni vaqtincha yo’qotish.

21.. Jangchini individual aptechkasi tarkibi:

Radioximoyalovchi, qusushga qarshi, antibakterial, og’rik qoldiruvchi.

22. Yaradorlarni mexanizatsiyalashgan yig’ish va olib chikish amalga

oshiriladi:

Oldingi qanot transpartyorlari bilan.

23. Og’ir yaradorlarni 1 chi yordam kursatilgandan keyin kayoka yuboriladi?


Sanitar transporti postiga.

24. Tibbiy evakuatsiyani qaysi etapida vrachgacha yordam kursatiladi?


Batalon tibbiy punktida.

  1. BTP kim vrachgacha yordam kursatadi? Feldsher.

  2. Vrachgacha yordam kursatishni asosiy maksadi:

Xayot uchun xavf soluvchi organizmni kerakli funksiyalarini buzilishida

kurashish va 1 chi yordamni tuldirish.

27. 1 chi vrach yordamiga aniklik bering:

Shoshilinch chora-tadbirlar guruxi, shikastlanuvchini xayotiga xavf

solish bartaraf qilinadi.

28. 1 chi vrach yordamini asosiy vazifasi:

Jaroxat infeksiyasini oldini olish va yaradorni keyingi

evakuatsiyaga tayyorlash.

29. Tibbiy evakuatsiyani kaysi boskichida 1 chi vrach yordami ko’rsatiladi?

Polk tibbiy punktda.

30. 1 chi vrach yordamini to’lik xajmi o’z ichiga oladi.

Chora-tadbir, shoshilinch tarzda bajariluvchi va chora-tadbir, keyinga

koldirish munkin bo’lganda.

31. Kvalifitsirlashgan xirurgik yordamni asosiy maksadi:

Jarroxlik va jarroxlikdan keyingi aralashuvni utkazish, asoratni

oldini olish va rivojlangan xavfli asorat bilan kurashish.

32. Kvalifitsirlashgan xirurgik yordamni 1 chi guruxiga kiradi:

Xayotiy kursatma buyicha amalga oshiriluvchi aralashuv.

33. Kvalifitsirlashgan xirurgik yordamni 2 chi guruxiga kiradi:

1 chi navbatda tezkor aralashuv.

34. 1 chi navbatdagi tezkor aralashuvga kanday operatsiyalar kiradi:

Jaroxatni oldindan ma’lum ogir asorati oldini olib, operatsiya.

35. Kvalifitsirlashgan xirurgik yordamni 3 chi guruxiga kiradi:

2 chi navbatda tezkor aralashuv.

36. 2 chi navbatda tezkor aralashuvga kiradi:

Operatsiya, erta sharoitda va AB ni sistemali qabul qilish xar doim xavfli asoratga olib kelmaydi.



  1. Maxsus xirurgik yordam kim tomonidan amalga oshiriladi?

Ushbu xirurgiyani tor soxasiga maxsus tayyorlangan vrachlar.

  1. Maxsus xirurgik yordam kursatiladi...

Maxsus gospitallarda yoki gospitalning profilizatsiyalashgan bulimida.

39. Maxsus gospitallarda amalga oshiriladi...

Shikastlanishlarda tulik xajmda davo-diagnostik choratadbirlar.

40. Bir momentli xirurgik yordamni kursatish prinsipi o’z ichiga oladi:


Shu va u gospitalda bir momentli kvalifitsiyalashgan xirurgik va maxsus
vrach yordamini ko’rsatish.
3.2. Taxliliy qismi

Mavzuga oid test savollar.

1. Son suyagi chiqishida oyoqlarda qanday kaltalashish kuzatiladi?

A)anatomic

B)tuyuluvchi

C)qiyosiy

D)funksional
2. Son suyagi chiqishidan son arteriyalari qilishi mumkin bo’lgan chiqish tutini aniqlang

A)yonbosh

B)o’tirg’ich

C)qovusti

D)yopqich
3. Normada 1-kaft suyagi bo’ylama o’qiga nisbatan 1-barmoqning og’ishi kuzatiladi. To’g’ri javobni aniqlang

A) 100 gacha

B) 150 gacha

C) 200 gacha

D) 300 gacha

4. Quyidagilardan qaysi biri tug’ma mushak bo’yin qiyshiqligi ga olib keluvchi sabablarga kirmaydi

A)To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushakning tug’ma kaltalashishi

B) To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushakning tug’ruq paytida jarohatlanishi

C) To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushakning interstitsial mioziti

D)Umurtqa pog’onasi rivojlanishi anomaliyasi
5. Yassioyoqlik diagnostikasida Frindler indeksi normal ko’rsatkichlari??
A) 29-31мм

B) 21-25мм

C) 15-20мм

D) 35-40мм
6. Berilgan jarohatlardan kombinirlanganini toping

A)son suyagi, bolder va yelka suyagi sinishi

B)bosh jarohati va qorinning o’q-dori jarohati

C)yelka suyagi maydalanib qo’sh sinishi

D)ko’krak qafasi o’qotar jarohati va 200rentgen dozaga tarqalishi
7. Quyidagilardan qaysi biri umurtqa asoratlanmagan sinishlariga kirmaydi? A)sinish sohasidagi local og’ri

B)palpaciayada o’tkir o’siqning shishi

C)o’;q bo’yicha yuklamada local ogriq

D)siydik ajralishining buzillishi
8. Ochiq pnevmotoraksning kvalificirlangan yordamida qanday tadbirlar amalga oshiriladi?

A)plevral bo’shliqnig Byulau bo’yicha drenalash

B)ochiq pnevmotoraksni tikish

C)o’pka sun’iy ventilyatsiyasi

D)katta okluziv bog’lam
4. Analitik qism
4.1 Grafikli organayzar: Bezgakning etiologiyasi, klinik tashxist bo’yicha Klaster tuzish

KLASTER

(Klaster-tutam, bog’lam)-axborot xaritasini tuzish yo’li- barcha tuzilmaning moҳiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish.

Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.

13.2.2. Grafikli organayzer: konseptual jadval

O’rganilayotgan ҳodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jiҳatlari bo’yicha taqqoslashni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Qadamlar:

1. Konseptual jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar.

2. Taqqoslanadiganlarni aniqlaydilar, olib boriladigan taqqoslanishlar bo’yicha, xususiyatlarni ajratadilar

3. Aloҳida konseptual jadvalni to’ldiradilar.

- Uzunlik bo’yicha taqqoslanadigan (fikr, nazariyalar) joylashtiriladi;

- Yotig’i bo’yicha taqqoslanish bo’yicha olib boriladigan turli tavsiflar yoziladi.




5. Amaliy qism

Mavzuga oid manual ko’nikma:

Oyog’i o’q bilan shikastlangan yaradorga birinchi yordam ko’rsatish.

Maksad: Jang maydonida yaradorga birinchi yordam ko’rsatish texnikasini o’zlashtirish.

Bajariluvchi boskichlar:




etap №

Chora-tadbir

Bajarilmagan (0 ball)

To’lik to’g’ri bajarilgan

1.

Analgetik yuborish, iloji bo’lsa antibiotik xam yuborish.

0

20

2.

Shikastlangan joydan yukoriga jgut qo’yish.

0

20

3.

Ochiq sinish xolatida, aseptik bog’lam ko’yish.

0

20

4.

Oyoqni shinalash.

0

20

5.

Yaradorni keyingi evakuatsiya etapiga zambil bilan transportirovka kilish.

0

20




Jami:




100








6. Bilim, ko’nikma va bilishlarni nazorat shakllari

- Og’zaki javob

-Baҳsda aktiv ishtrok etish

- Yozma javob natijalari

- Test masalalarini echish

- Amaliy ko’nikmalarni bajarish

- OSKI savollari.

- Ko’rgazmali materiallar.

- Tarqatma materiallar.



6.1 Xarbiy dala jarroxligi fani bo’yicha talabalar bilimini baҳolashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi:



Baxo

a’lo

yaxshi

urta

konikarsiz

yomon




O’zlashtirish % ҳisobida

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan kam

1

Nazariy kism

20-19

ball


18-17 ball

16-15 ball

14-13 ball

12 ball

2

Analitik kism:

organayzer

15-14 ball

13-12 ball

11-10 ball

9-8 ball

7-6 ball

3

Test

15-14 ball

13-12 ball

11-10 ball

9-8 ball

7-6 ball

4

Amaliy kism

40-34,4-ball

34-28,4ball

28-22ball

21,6-14,8 ball

14,4 ball

5

Nazorat savollari

10-7,9

7,75-5,6

5,5-4,25

4,1-2,5

2,4 ball




Talabalar bilmi, ko’nikma va maxoratini baҳolashda qo’llaniladigan nazorat mezonlari



O’zlashtirish % ҳisobida

Baҳo


Talabaning bilim darajasi

1

96-100%

A’lo

"5”


Savollarga to’liq va to’g’ri javob

Javob dastur me’yoridandan yuqori, qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan ҳolda yuqori sifatda va ijodiy yondoshgan ҳolda berilgan. Mustaqil ravishda savolni taҳlil qiladi va ijodiy fikrlaydi, xulosa qiladi.

Ҳolatiy masalalarni eng yuqori darajada echadi. Interfaol o’yinlarda faol qatnashadi va to’g’ri xulosa va yakun yasaydi. Masalalarni yuqori darajada taҳlil qiladi. Mustaqil ishlarni to’liq va ortig’i bilan bajargan.

Amaliy ko’nikmalarni yuqori darajada va mustqil bajaradi.



2

91-95%

A’lo "5"

Savollarga to’liq javob. Javob dastur me’yoridandan yuqori, qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan ҳolda yuqori sifatda va ijodiy yondoshgan ҳolda berilgan . Mustaqil ravishda savolni taҳlil qiladi va ijodiy fikrlaydi, xulosa qiladi.

Ҳolatiy masalalarni eng yuqori darajada echadi.Interfaol o’yinlarda faol qatnashadi va to’g’ri xulosa va yakun yasaydi. Masalalarni yuqori darajada taxlil qiladi. Mustaqil ishlarni to’liq bajargan.

Amaliy ko’nikmalarni to’liq bajargan.


3

86-90%

A’lo

Savollarga to’liq, lekin 1-2 xatoliklar bilan javob berilgan. Mustaqil ravishda savolni taҳlil qiladi. Ҳolatiy masalalarni to’g’ri yo’nalishda, lekin bir qancha xatoliklar bilan echadi Interfaol o’yinlarda faol qatnashadi va to’g’ri xulosa va yakun yasaydi. Mustaqil ishlarni to’liq bajargan.

Amaliy ko’nikmalarni to’liq, lekin o’qituvchi ko’magida bajargan



4

81-85%


Yaxshi “4"

Mavzu bo’yicha savollarga to’liq, lekin 2-3 xatoliklar bilan javob berilgan. Javoblarni amaliyotda qo’llay oladi, savol mag’zini anglab etadi, tassavurga ega.

Ҳolatiy masalalarnito’g’ri echilgan, lekin mavzu darajasida etarli emas. Ҳolatiy masalalarni echishda faol qatnashadi va to’g’ri yo’nalishda echadi.

Mustaqil ishlarni to’liq , lekin 1-2 ta kamchiliklar bilan bajargan

Amaliy ko’nikmalarni to’liq, lekin kamchiliklar bilan bajargan.


5

76-80%


Yaxshi “4"


Mavzu bo’yicha savollarga noto’liq javob berilgan. Talaba mavzuni biladi, ammo uni to’liq anglab etmaydi.

Savol mag’zini tushinadi, javob beradi, tasavvurga ega. Interfaol o’yinlarda faol ishtrok etadi.

Ҳolatiy masalalarni noto’liq echadi. Mustaqil ishlar etarli darajada bajarilmagan.

Amaliy ko’nikmalarni noto’liq, 2-3 ta xatoliklar bilan bajarilgan



6

71-75%



Yaxshi

“ 4”


Savolga to’g’ri, lekin noto’liq javob berilgan.Talaba mavzuni o’zlashtirgan, lekin savollarga to’liq javob bermaydi.

Savol mag’zini tushinadi, etarli aniqlikda javob beradi, tasavvurga ega. Ҳolatiy masalalarni noto’liq echadi. Mustaqil ishlar etarli darajada bajarilmagan, 3dan ortiq xatoliklar mavjud. Amaliy ko’nikmalarni noto’liq, 4 dan ortiq xatoliklar bilan bajarilgan.





7

66-70%

Qoniqarli “3”

Qo’yilgan savollarning yarmiga javob berilgan.

Talaba mavzuni o’zlashtirgan, lekin savollarga noto’liq,ba’zilariga javob beradi. Ҳolatiy masalalarni to’g’ri echgan, lekin javob asoslanmagan. Mustaqil ishlar bajarishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Mustaqil ishlar etarli darajada bajarilmagan, sifatsiz.

Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.


8

61-65%

Qoniqarli “3”

Qo’yilgan savollarning yarmiga javob berilgan.

Savollarga noto’liq, xatoliklar bilan javob beradi. Mavzuning ba’zi yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega, noaniq tushunchaga ega. Mustaqil ishlarni bajarishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Mavzu asoslanmagan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.



9

55-60%

Qoniqarli “ 3”

Qo’yilgan savollarning yarmiga javob berilgan.

Savollarga noto’liq, xatoliklar bilan javob beradi. Mavzuning ba’zi yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega, noaniq tushunchaga ega. Ҳolatiy masalalar va testlar noto’g’ri echilgan.



Mustaqil ishlar bajarishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan, mavzu ochib berilmagan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.

10

50-54%

Qoniqarli “ 3”

Qo’yilgan savollarning 1G’3 noto’liq va xatoliklar bilan javob berilgan.Talaba mavzuni bilmaydi va ҳolatiy masalalar va testlar echilmagan. Interfaol o’yinlar xaqida tassavur va tushunchaga ega emas.Mustaqil ishlar noto’liq va kamchiliklir bilan bajarilgan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.

11

46-49%

Qoniqarsiz "2"

Qo’yilgan savollarning 1G’4 noto’liq va xatoliklar bilan javob berilgan.Talaba mavzuni bilmaydi va ҳolatiy masalalar va testlar echilmagan.Interfaol o’yinlarda mutloq ishtrok etmaydi. Mustaqil ishlar bajarilmagan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.

12

41-45%

Qoniqarsiz "2"

Mavzu bo’yicha 1G’5 qo’yilgan savollarga javob beradi. Talaba mavzuni bilmaydi. Savollarga noto’liq va noto’g’ri javob beradi. Ҳolatiy masalalar ko’plab xatoliklar bilan va noto’g’ri echilgan. Mustaqil ishlar qo’yilgan 1G’5 masala bo’yichagina ҳal qilingan. Amaliy ko’nikmalar o’zlashtirilmagan, bajarilmaydi.

13

36-40%

Qoniqarsiz "2"

Mavzu bo’yicha 1G’10 qo’yilgan savollarga, noto’g’ri yo’nalishda javob berilgan. Mavzuni bilmaydi, savollarga javobni almashtirib beradi. Mavzu mutloqo o’zlashtirilmagan, ҳolatiy masalalar va testlar echilmagan. Amaliy ko’nikmalar o’zlashtirilmagan, umuman bajarilmaydi.


14

31-35%

Qoniqarsiz "2"

Savollarga mutloqo javob berilmaydi. Mavzuni bilmaydi. Ҳolatiy masalalar va testlar echilmagan. Mustaqil ishlar va amaliy ko’nikmalar mutloqo bajarilmagan.






7. Mashg’ulotning xronologik xaritasi






Mashg’ulot bosqichlari

Shakl

Vaqt

240 daqiqa

Tanaffus

1

Tekshirish

Davomat, talabalar daftarini tekshirish

5 daqiqa




2

Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni etkazadi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar beradi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.Baҳolash mezonlarini e’lon qiladi

Mavzuni izoxlash

10 daqiqa




3

Amaliy mashg’ulot mavzusini muҳokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llagan ҳolda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish

Baҳs

Og’zaki javob,

“Aqliy xujum”, o’yinini o’tkazish

30

daqiqa

5 daqiqa

4

Taxliliy qism

Test masalalarni echish. Klaster tuzish

40 daqiqa

10 daqiqa

5

Talabalarga ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish( slaydlar, prezentatsiya, videofilmlar va bq.), ularni izoxlash




40 daqiqa

5 daqiqa

6

Talabalarning amaliy qismini egallashi bo’yicha mustaqil ishi

Amaliy ko’nikmalarni bajarish

90 daqiqa

40 daqiqa

7

Ushbu mashg’ulot bo’yicha o’qituvchining xulosasi, ҳar bir talabani 100 ballik tizimda baҳolash va e’lon qilish. Keyingi mashg’ulotga tayyorlash uchun talabalarga vazifa berish

Ball bilan baҳolash, uy vazifasini berish, mustaqil bajarish uchun vazifa,

ma’lumot berish

40 daqiqa





8. Nazorat uchunsavollar

1. Tavsiya buyicha tibbiy evakuatsiyaga tushuncha bering.

2. Tibbiy evakuatsiyani asosiy ishini sanab bering.

3. Yaradorlarni tibbiy evakuatsiya kilish etapi kanday ataladi. Fsosiy

etaplarni sanab bering.

4. Yaradorlarni saralashni asosiy kridalari kanday.

5. Tibbiy yordam turlari.

6. Qo’l-oyoq shikastlanish xolatida tibbiy yordamning xar bir turida

ko’llaniladigan chora-tadbirlar.

7. Qo’l-oyoq o’qdan shikastlanganda suyakni sinish klassifikatsiyasini

ayting.

8. Suyak yopiq sinishini spesifik belgilari



9. Standart immobilizatsiya shinalarning qanaqa turlarini bilasiz

10. Qo’l-oyoq jangovor shikastlanganda ko’p uchraydigan asoratlarni ayting.



9.Tavsiya etilgan adabiyotlar

  1. Lеbеdеv V.V., Oxotskiy V.P., Kanshin N.N. Nеotlojnaya pomoh pri sochеtanno`x travmatichеskix povrеjdеniyax. M., Mеditsina, 1980 g

  2. Lisitso`n K.M. Voеnno-polеvaya xirurgiya. M., 1982 g.

  3. Opеrativnaya ortopеdiya. M., 1983 g.

  4. Nikitin G.D. Mnojеstvеnno`е pеrеlomo` i sochеtanno`е povrеjdеniya. L.,Mеditsina, 1983 g.

  5. Еpifanov V.A. Opеrativnaya travmatologiya rеabilitatsiya bolno`x. M., 1983 g.

  6. Kaplan A.V. Maxson N.Е. i dr. Gnoynaya travmatologiya kostеy i sustavov. M., 1985 g.

  7. Kolontay Yu.Yu., Panchеnko M.K., Andruson M.V., Vasilеv S.F. Otkro`to`е povrеjdеniya kisti. Kiеv, Zdorovya, 1993 g.

  8. Musalatov X.A. «Travmatologiya i ortopediya» M., «Meditsina» 1995.

  9. Yumashev G.S. «Travmatologiya i ortopediya» M., «Meditsina» 1990.

  10. WWW.ejbjs.org WWW.jbjs.org.uk WWW.traumatic.ru WWW.trauma.bd.ru

O’zRSSV sayti WWW.minzdrav.uz. TTA sayti - WWW.tma.uz da keltirilgan mavzular bo’yicha ma’ruzalardan foydalanilgan

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa