1.5.Talabalar bilimining nazorati
O‘qitilgan materiallar bo‘yicha talabalarning bilimini va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasini baholash butun dars o‘tish vaqtida 2 bosqichda olib boriladi : kunlik joriy nazorat va yakuniy nazorat bo‘yicha reyting ballari qo‘yiladi. Yakuniy nazorat fan tugashi bilan o‘tkaziladi. Talabalar bilimining nazorati har xil ko‘rinishda olib boriladi : og‘zaki so‘rov, vaziyatli masalalarni yechish, o‘rgatuvchi-nazorat qiluvchi testlarga yozma yoki ogzaki javob, amaliy ko‘nikmalarni bajarish, o‘qitishning yangi texnologiya usullari bilan baholash. Bundan tashqari talabalar mustaqil ish topshiradilar va ular kundalik joriy nazoratda baholanadi.
Fan bo‘yicha reyting ballari joriy va yakuniy nazorat ballarining yig‘indisi fan bo‘yicha qaydnomalarga va talabalarning reyting kitobchalariga qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |