2. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik
An'anaviy va noan'anaviy usullar bo‘yicha talabalar bilimini kengaytirish maksadida UASh ichki kasalliklar, UASh –xirurgiya, UASh-ginekologiya, travmatologiya, nevrologiya, pediatriya, klinik farmakologiya va boshka bilimlariga asoslangan. .
|
3. Mashg‘ulotning tarkibiy qismi
|
3.1.Nazariy qism
Akusherlik va ginekologiya amaliyotida davo fizkul-turasini homiladorlikda, tug‘ruqdan keyin, erta chilla davrida va ginekologik kasalliklarda qo‘llaniladi. Homiladorlikda qo‘llanilgandaDJTiayol organizmiga gigienik faktor sifatida va ayolning salomatligida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan har turli o‘zgarishlar va buzilishlarning oldini olish chorasi bo‘lib ta'sir qiladi. Davo gimnastikasining maqsadi quyidagilardan iborat: nerv sistemasini mustahkamlash, moddalar al-mashinuvini oshirish, qon aylanishini, nafasni yaxshi-lash, tug‘ruq jarayonida qatnashadigan muskullarni (qo-rin pressi, chanoq tubi va oraliq muskullari) mustah-kamlash, to‘g‘ri nafas olishga o‘rgatish (ritmi, amplitudasi, kuchi — bularning hammasi tug‘ruq davrida ni-hoyat muhimdir), asoratlar va zararli o‘zgarishlar paydo bo‘lishi (tromboflebit, venalarning varikoz ken-gayishi) ning oldini olishdan iborat. Davo gimnastikasi mashg‘ulotlarini individual me-todda va gruppa metodida ham o‘tkazilsa bo‘ladi. Qomp-leks tarkibiga barcha muskul gruppalari uchun mashqlar kiradi, xususan, kichik chanoq va qorin bo‘shlig‘ida qon aylanishini kuchaytiruvchi, chanoq tubi muskullarini mustahkamlovchi, chanoq-son bo‘g‘imi harakatchanligini va umurtqa pog‘onasi harakatchanligini oshiruvchi mashqlardan iborat. Mashqlarni ertalab va kechqurun, sekin sur'atda ba-jariladi (homiladorlikning IH-IV oylarida), homi-ladorlikning V oyidan VI oyiga qadar sur'atni tez-latish mumkin, IX oyda esa harakatlar amplitudasi sekinlashtiriladi va mashqlarni tashrorlashni kamay-tiriladi.
Chilla davri. Bu davrda davo fizkulturasining maqsadi barcha sistema va organlarning normal faoliya-tini jadal ravishda qayta tiklash, bachadon involyusiya-sini ta'minlash, muskul va boylamlarning normal ho-latga qaytishi, qon aralash ajralmalarning tezroq to‘x-tashi, og‘riq sezgilarini yo‘qotish, homiladorlik aso-ratlariniig (tromboflebit, venalarning varikoz kengayishi, ichki organlarning pastga siljishi va hokazo) oldini olishdan iborat. Davo gimnastikasi odatda tug‘ruqdan 14—16 soat ke-yin yotish dastlabki holatida qilina boshlanadi va 2—3-kundan boshlab sekin sur'atda oyoqlar, qorin pres-si va chanoq tubi muskullari uchun mashqlar qo‘shiladi. 4-kundan boshlab mashqlarni yotish va o‘tirish dastlab-ki holatlarida bajariladi, b-kundan tik turish dastlabki holatida ham bajariladigan mashqlar qo‘shiladi. Mashg‘ulotlarniDJTiinstruktori kuni-ga 2 marta o‘tkazadi. Ichki organlaning pastga silji-shini, jinsiy organlar kasalliklarining oldini olish va butun organizmni mustahkamlash maqsadida mashg‘u-lotlarni tug‘ruqxonadan chiqqandan so‘ng uy sharoitida ham kamida 2—3 oygacha davom ettirish lozim.
Ginekologik kasalliklar. Davo gimnastikasini qu-yidagi kasalliklarda keng qo‘llanish tavsiya etiladi: bachadoi va chanoq tubi muskul-boylamlarining funksio-nal zaifligida, bachadon noto‘g‘ri joylashganida, ayollar jinsiy organlari surunkali kasalliklarida funksio-nal sabablarga ko‘ra siydik tutolmasligida va hokazo.BukasalliklardaDJTimetodikasi organizmni umumiy chiniqtirish,chanoq muskul sistemasi va boylamlarni mustahkamlashga qaratilgan barcha cho;ralari ishlatiladi. Mashqlar kompleksi umumiy chiniqtirish mashqlari va har bir kasallikning o‘ziga mos maxsus mashqlardan iborat. Masalan, chanoq tubi mus-kullarini mustahkamlash uchun chalqancha yotgan holatda oyoqlarini bukish va yozish, oyoqlarni kerish, tizzalarni kerish va juftlash, gavdani egish va burish mashqlari qilinadi. Bachadon orqaga siljiganda qo‘llaniladigan maxsus mashqlarni quyidagicha dastlabki holatlarda: qorinda yotish, «to‘rt oyoqlab» turish, tirsak-tizzada turish, dum-bani yuqori ko‘tarib va boshqa holatlarda bajariladi. So‘nggi holatda oyoqlarni galma-galdan ko‘tariladi, oldinga engashiladi, bu bachadon joylanish holatini to‘g‘-rilashga yordam beradi.
B achadon egilganda qilinadigan maxsus mashqlar.
Davo jismoniy tarbiyasi kabinetining asosiy hujjati 42-nomerli forma hisoblanadi, uni vrach va instruktor to‘ldiradi. Har kuni instruktor tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va qatnashgan bemorlar soni hisobga oli-nadi, harakat rejimidagi o‘zgarishlar qayd qilinadi va hokazo. Bu ma'lumotlar asosidaDJTikabinetining oylik ishi bo‘yicha hisobot tuziladi (be-morlar, o‘tkazilgan mashg‘ulotlar soni, zrtalabki gi-gienik gimnastika va hokazo). DJTi kabinetining asosiy hujjati 42-nomerli forma hisoblanadi, uni vrach va instruktor to‘ldiradi. Har kuni instruktor tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va qatnashgan bemorlar soni hisobga oli-nadi, harakat rejimidagi o‘zgarishlar qayd qilinadi va hokazo. Bu ma'lumotlar asosidaDJTikabinetining oylik ishi bo‘yicha hisobot tuziladi (be-morlar, o‘tkazilgan mashg‘ulotlar soni, zrtalabki gi-gienik gimnastika va hokazo).
. Homiladorlik davrida fizioprofilaktika muolajalari
Homiladorlik davrida turli patologik holatlar rivojlanishining oldini olish uchun, tug‘ishda va tuqqandan so‘ng bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning asoratini tuzatish uchun quyidagi fizikaviy uslublar qo‘llaniladi. Bu usullar yordamida homilador ayolning moddalar almashinuvi normallashadi, homilaning nogrmal rivojlanishi ta'minlanadi, yurak-qon tomir sistemasi, endokrin va nerv sistemalarining ishi yaxshilanadi, teridagi mexanik himoya xususiyatlari kuchayadi.
1.Sekinlashtirilgan sxemada umumiy UBN qabul qilish (yon bosh holatda). Homila 32-34 haftalik bo‘lgandan keyin boshlanib, kun ora 15-20 seans qabul qilinadi. Kam quvvatlik va anemiyasi bor ayollarga, ayniqsa yilning sovuq oylarida homiladorlikning boshlang‘ich oylarida UBN tavsiya qilinadi.
2.Tuzli – igna bargli vannalar (37-36 0S) yoki oddiy chuchuk suvda (36-35 0S) kun ora, 10-15 daqiqa vanna qabul qilish homiladorlikning boshlanishidan to homila 6 oylik bo‘lgunga qadar tavsiya etiladi. Bu usul ayniqsa umumiy UBN qabul qilish mumkin bo‘lmagan ayollarga tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |