12. O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Mashg‘ulot bosqichlari va vaqti
|
Foaliyat mazmuni
|
Ta'lim beruvchi
|
Ta'lim oluvchi
|
1- bosqich
Mashg‘ulotga kirish
(20daq)
|
1.1.Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg‘ulot rejasi bilan tanishtiradi.
1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini aytadi.
|
Tinglaydilar, yozib
oladilar.
savollar beradilar
|
2-bosqich. Asosiy
Nazariy qism (120daq).
Analitik qism (70daq).
Amaliy qism (90daq).
|
2.1.Jarrohlik kasalliklarda va travmatalogiya-ortopediyada DJTni qo‘llash mavzusini muxokamasini boshqaradi, mavzuni izohlaydi, talabalarga ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatadi, savollar beradi, nazariy qism bo‘ycha xulosa qiladi.
2.2.Olingan nazariy bilimlarni mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari, testlar, vaziyatli masalalar bilan mustahkamlab, baholaydi. Talabalar mustaqil ishlash uchun vazifa beradi, olingan ma'lumotlarni asosiylariga e'tibor qaratadi va daftarga qayd qilishini talab qiladi.
2.3.Amaliy ko‘nikmalarni to‘g‘ri bajarishni tashkil etadi. Olingan natijalarini muxokamasini eshtadi.
|
Javob beradilar
Yozadilar.
Jadvalar bilan ishlaydilar
Guruhlarda
ishlaydilar,
Olingan ma'lumotlarni daftarga qayd va taqdimot qiladilar
|
3 etap
Yakuniy xulosa qism
15 min
|
3.1.Mavzu bo‘yicha yakun qiladi.
3.2.Guruhlar ishini (alohida ishtrokchilarni) baholaydilar, o‘zaro baholash natijalari bo‘yicha xulosa qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.
3.3.Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baholash mezonlarini yetkazadi
Keyngi mashg‘ulotlga tayorlanish uchun vazifalar beradi.
|
O‘z-o‘zini, o‘zaro
baholashni
o‘tkazadilar.
Savol beradilar
Topshiriqni yozadilar.
|
13. Motivatsiya
Zamonaviy jismoniy davo tibbiy yordamning samarali turi hisoblanib, davo tiklovchi jarayonlar kompleksida muhim o‘rin egallaydi va kun sayin turli klinik sohalarga kirib bormokda. Ayniqsa davolashning jismoniy usullarini o‘tkir va surunkali xastalik jarayonlarida, ichki a'zolarning jarrohlik xastaliklarida, yumshoq to‘qima va suyaklarning yallig‘lanishida, jarohat oqibatlarida, operativ va profilaktik hamda kasallikni davolash vositasi sifatida keng qo‘llanilmoqda.
Hozirgi vaqtda DJT jarrohlik, travmatalogiya va neyroxirurgiyada ilmiy-nazariy asosga ega bo‘lib, kompleks davoning bir usuli sifatida davolashning barcha bosqichlarida bemorlarga tavsiya etiladi. Jismoniy davolash usullaridan o‘z vaqtida foydalanish natijasida patologik jarayonlarni tezlik bilan xal etish, kompensatorlik moslanishlarni rivojlantirish, yallig‘langan to‘qimalarning bitishi hamda buzilgan funksiyalarning tezlik bilan tiklanishiga yordam beradi. Ushbu usullar jarrohlik va neyroxirurgik kasalliklar, hamda travmatik jarohatlarni davolash kompleksida muhim o‘rin egallaydi, jismoniy davo va massaj bilan davolashdan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |