Javoblar shabloni: Miokardning o‘tkir infarkti bilan kasallangan bemorni statsionar sharoitda DJTning harakat tartibotlari va uning vazifalari;
1.Qat'iy to‘shak harakat tartiboti.
DJTning vazifalari :
-bemorlarning ruhiy-emotsional holatini yaxshilash;
-modda almashinuvini yaxshilash, ayniqsa miokardda;
-bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish;
-ekstrakardial qon aylanishi omillarini yaxshilash;
-diafragmal nafasga o‘rgatish;
-o‘ziga-o‘zi xizmat qilishning oddiy usullariga o‘rgatish;
-yelka bo‘g‘imida og‘riqning rivodlanishini yoki yelka-qo‘l sindromining rivojlanishini oldini olish.
2.Kengaytirilgan to‘shak harakat tartiboti.
DJTning vazifalari :
-lozim bo‘lsa asoratlarning oldini olishni davom ettirish;
-qon aylanishning ekstrakardial omillarini asta-sekin chiniqtirish;
-sistemalarning o‘zaro aloqalarini yaxshilash va tiklash;
-vestibulyar apparatning funksional holatini tiklash;
-bemorni o‘tirgan holatga o‘tkazish va o‘rgatish;
-bemorni turishga va yurishga tayyorlash va h.z.
3.Yarim to‘shak tartiboti.
DJTning vazifalari :
-bemorlarni vertikal holatga o‘tkazish va moslashtirish;
-tayanch-harakat apparatini asta-sekin chiniqtirish;
-asta-sekin miokardning funksional holatini yaxshilash;
-palata miqyosida o‘ziga-o‘zi xizmat qilishni o‘rgatish va h.z.
4.Erkin harakat tartiboti.
DJTning vazifalari :
-yurak-qon tomir sistemasini chiniqtirish;
-tayanch-harakat apparatini chiniqtirishni davom ettirish;
-zinapoyada yurish ko‘nikmasini o‘rgatish;
-mayishiy ko‘nikmalarga tayyorlash va h.z.
Ushbu uyin o‘zining fikrinini nuqtai nazarini shakllantirishga, optimal yechim hosil qilishga qaratilgan.
2. YuQTga DJT terapevtik ta'siri asosida nima yotadi ?
Javobi: DJT terpevtik ta'siri asosida dozalangan shug‘ullanish yotadi, aniq meyorlangan mashqlar a'zolar va tizimlarga MNS boshqaruv va koordinatsiyalovchi ta'sirini kuchaytiradi, ya'ni reflekslarni mustaxkamlanishi va rivojiga olib keladi, tizimlarni tashqi ta'sirotlari ga moslashishi o‘zagaradi.
Qontomir tizimidagi o‘zgarishlar:
- yurak mushaklarida mitoxondriylarning ko‘payishi;
-sarkoplazmatik retikulimda membrana massasining ortishi;
-modda almashinuvining kuchayishi;
-yurak dakapilyarlar sonining ortishi;
-koronar tomirlarda qon oqish hajmining ortishi;
-mioglobin miqdorining ortishi;
-adrenoergik nerv oxirlarining ortishi.
Natijada:
- yurak mushaklarining maksimal qiqarishi va bo‘shashishining tezligi ortadi;
- yurakning qisqarish soni va minutlik hajmi ortadi;
- yurak urish soni ortadi.
Qon aylanish tizimi quvvatining va ekonomik faoliyatining ortishi bilan nafas olish tizimida ham o‘zgarishlar kuzatiladi, o‘pka tiriklik sig‘imining ortishi, kislorod utilizatsiyasi koeffitsentining ortishi, o‘pkada maksimal ventilyasiyaning ortishi, nafas markazlarining uzoq vaqt davomida qo‘zg‘alishga chidamliligi ortadi.
3.“Mushaklar ichidagi yurak” deganda nima tushinasiz?
Javobi: Tananing ayrim mushak tolalarini doimiy qisqarishidan hosil bo‘lgan tebranishlar qon tomir devorlariga uzatiladi, pereferik qon aylanish aktivlashadi. Jismoniy yuklamalarga chidamlilikning ortishida qon aylanishning fiziologik himoya mexanizmlari shakllanadi :
-antioksidant tizim quvvatining ortishi, lipid almashinuvi ahamyatli;
-yurak qon-tomir tizimini zararlovchi omillarga qarshiligi ortadi;
-miokardning kislorodga bo‘lgan extiyojini kamaytiradi.
4.Miokard infarkti bilan bemorlarning og‘irligi bo‘yicha (sinfi) darajasi nechta?
Do'stlaringiz bilan baham: |