- kirish qismi - bunda organizm asosiy yuklamani bajarishga tayyorlanadi. Birinchi qismda yengil mashqlar berilib, umumiy vaqtning 15-25 %ni tashkil etadi;
- asosiy qismi - bunda organizmga aso-siy mashqlar beriladi va uning jismoniy yuklamaga moslashishi amalga oshiriladi. Mashqlar, yuklamalar asta-sekin o‘sib boradi, avvaliga umumiy vaqtning 50 %, keyinchalik 70 % ajratiladi;
- tugallanish qismi – bunda organizm-ga yengil, bo‘shashtiruvchi mashqlar beriladi, organizmning dastlabki holati-ga qaytishi ta'minlanadi. Avvaliga umumiy vaqtning 25 %, keyinchalik 15 % ajratiladi.
Shifobaxsh gimnastika muolajasini amalga oshirish uchun har bir sistema kasalligiga, har bir kasallikka alohida gimnastik mashqlar kompleksi tuziladi va yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi;
-bemorlarga beriladigan individual topshiriqlar
bemorlarga kasalligini bilgan holda shifokor yoki metodist tomonidan individul bajarishi uchun mashqlar beriladi. Masalan : nafas organlari kasalligida – drenajlovchi dastlabki holatlarda mashqlar baja-rish, maxsus tovushli nafas mashqlari va h.z.;
-me'yorli yurish
bu shakl yurak-qon tomir sistemasi, nafas organlari, tayanch-harakat apparati kasalliklarida, modda almashinuvi buzilishlarida qo‘llaniladi. Shakl davolovchi shifokor yoki metodist tomonidan nazorat qilinadi. Masalan : miokardning o‘tkir infarkti – bemorlar me'yorli yurishni palata-da, so‘ngra koridorda ma'lum masofalarni o‘tish bilan amalga oshiradilar.
2.Shifoxonadan tashqarida qo‘llaniladigan ShJT shakllari :
-terrenkur
Har xil ko‘tarilib tushish burchagiga, masofa uzunligiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan yo‘lka. Bu shakl asosan sanatoriya-kurortlarda, dispan-serlarda qo‘llaniladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida, nafas organlari, oshqozon-ichak yo‘li, tayanch-harakat apparati kasalliklari va modda almashinuvi buzilishi bor bemorlarga tavsiya etiladi. Davolash maqsadida buyurilishi uchun terrenkurning 4 ta mashruti tavsiya etiladi, ular :
-1-marshrut – ko‘tarilish burchagi 4 gradusdan oshmaydi, masofa uzun-ligi 500 metr;
-2-marshrut – ko‘tarilish burchagi 5-10 gradus, masofa 1000 metrgacha;
-3-marshrut – ko‘tarilish burchagi 11-15 gradus, masofa 2000 metrgacha;
-4-marshrut – ko‘tarilish burchagi 16-20 gradus, masofa 3000-5000 metrgacha.
-sog‘lomlashtiruvchi yugurish
me'yorli sur'atda yugurish uchun oyoqlar ma'lum balandlikka ko‘trilib yuguriladi;
-sayr qilish, ekskursiya
sog‘lomlashtirish, organizmni mustahkamlash, chiniqtirish, emotsional tonusni tiklash maqsadida foydalaniladi;
-yaqin turizm
asosan sanatoriya-kurortlarda, tog‘li sharoitda qo‘llanilib, bemorlarga kuniga ko‘p emas, kam emas o‘rta hisobda 15 kmgacha yurish tavsiya etiladi;
-o‘yinli darslar
shifoxonadan tashqarida o‘yin vositalaridan foydalangan holda o‘yinli darslar amalga oshiriladi. Bu bilan bemorlar organizmini o‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga moslashtirib boriladi.
-ommaviy jismoniy tarbiyaviy chiqishlar.
Shifobaxsh jismoniy tarbiyada harakat tartibotlari
ShJTda quyidagi harakat tartibotlari va ularning vazifalari farqlanadi :
1.Tushak harakat tartiboti
A) qat'iy
B) kengaytirilgan
Muolajaning davomiyligi 5-7 minut, ishlash – dam olish nisbati 1:1, o‘rta hisobda 8-10 ta mashq beriladi, har bir mashq 3-4 marta sekin sur'atda qaytariladi.
Umumiy vazifalari :
a.Bemorga ta'sir etayotgan ruhiy va jismoniy ta'sirlarni kamayti-rish yoki yo‘qotish.
b.Qon aylanishning ekstrakardial omillarini faollashtirish yoki yaxshilash.
v.Qat'iy tushak tartiboti asoratlarining oldini olish (yotoq yara, qon dimlanishi, ichak parezi, mushak atrofiyasi, kontraktura va h.z.).
2.Yarim tushak yoki palata harakat tartiboti
Muolajaning davomiyligi 15-20 minut, ishlash – dam olish nisbati 3:1, o‘rta hisobda 20-25 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 6-8 marta, sekin sur'atda.
Do'stlaringiz bilan baham: |