Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor O. R. Teshaev



Download 242,96 Kb.
bet1/3
Sana26.03.2017
Hajmi242,96 Kb.
#5355
  1   2   3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Tasdiqlayman”



o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

professor O.R. Teshaev

____________________________

«27» avgust 2015 yil

Kafedra: DAVOLASH FAKULTETI FAKULTET VA GOSPITAL JARROHLIK


Fan: Gospital jarrohlik

O‘TKIR TROMBOZLAR VA EMBOLIYALAR mavzusida

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI


Tashkent 2015

Tuzuvchilar:

Professor Xakimov M.Sh.

Dotsent Imamov A.A

Assistant Irnazarov A.A.


O‘qitish texnologiyasi tasdiqlangan:

kafedra o‘quv-uslubiy kengashi bayonnoma № 1 «27» avgust 2015 yil.

MAVZU: O‘TKIR TROMBOZLAR VA EMBOLIYALAR




  1. O‘quv mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqt – 6 soat

Talabalar soni: 8-10ta.

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulotlar (semenar) o‘quv xonalarida utkaziladi. Semenar “kora kuticha” va “urgimchak ini” metodlari yerdamida utkaziladi.

Mashg‘ulot o‘tkazish joyi

Mashgulotlar fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi o‘quv xonalarida, palatalar va bog‘lov xonalarida, poliklinikada utkaziladi.

O‘quv mashg‘uloti strukturasi

  1. Kirish

  1. Amaliy qism

- kuratsiya

- amaliy ko‘nikmalarni bajarish

- amaliy qismni tahlil qilish


  1. Teoretik qism

- teoritik qismni tahlil qilish

4. Baholash

- o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash

- o‘qituvchi bahosi

5. Uqituvchi tomonidan darsni tamomlash, bilimlarni baholash. Keyingi dars uchun mashg‘ulot savollarini e'lon qilish.


Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni o‘tkir trombozlar va emboliyalar va amalietlardan keyingi kelib chikadigan asoratalar va sabablar, uning rivojlanishi, klinik kelib chikishi va asoratlari, kiesiy tashxislash, tekshiruvlar va davolash usullari bilan tanishtirish.

O‘qituvchi vazifalari:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida talabalar bilmini chukurlashtirish;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilishni talabalar bilan muxokama kilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari tushuntirib berish;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini belgilab berish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish xakida talabalarga tushintirish



Ukuv faoliyat natijalari:

Talaba bilishi lozim:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlarini;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;



Talaba bajara olishi lozim:

- Amaliy ko‘nikmalarin bajara olishi – Utkir artarial tutilishi (UAT) bor bulgan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.



O‘qitish texnikasi va usullari

“Kora quticha” va “urgimchak turi” metodi, situatsion masala

O‘qitish jihozlari

Kitoblar, ukuv materaiallari, slaydlar, vidio va audiofilmlar, kasalik tarixi.

O‘qitish shakllari

Individual, guruhlarda va kollektiv biln ishlash, prizintatsiya kilish

O‘qitish shartlari

Auditoriya, palata.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat savollari, guruhlarda o‘quv vazifalarni bajarish, amaliy ko‘nikmalarni bajarish. yezma nazorat: mustakil ish, test olish.



2. Motivatsiya

Talabalarga kasalikni uz vaktida tashxislash va davolashni uktirish. Mumkin bulgan asoratlarni va ularni oldini olish choralarini, asoratlar rivojlanganda davolash usularinia urgatish. Mashg‘ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o‘zini tuta bilishga o‘rgatishga, tashxis qo‘yishda ma'suliyatni xis qilishga o‘rgatadi.


3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, mikrobiologiya, bioximiya, terapiya, klinichesk farmakologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar UASh va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.


4. Darsning mazmuni

4.1. Nazariy qism
Anatomik-fiziologik xususiyatlar

Shunday qilib, tomirlar xirurgiyasining ta'siri xozir g‘oyatta katta va undan go‘yo uzoqda turgan tibbiy ixtisosliklarga ham tarqaladi. Shularning hammasi tibbiyot oliy bilimgohi talabalarini angiologiya va angioxirurgiyaning xozirgi holati: uning diagnostik va operativ imkoniyatlari bilan tanishtirishni taqozo etadi.

Bemorlarni tekshirish metodlarini yoritishdan oldin arterial sistemaning ba'zi bir asosiy kasalliklari ustida to‘xtalib o‘tish zarur. Bular: ateroskleroz, nospetsifik aorta-arteriit, fibroz-mushak displaziyasi, obliteratsiyalaydigan endarteriit.

Ateroskleroz atamasini 1904 yilda Marshan taklif qilgan, bu aorta va arteriyalarning o‘ziga xos kasalligidir. Bu kasallik arteriyalar intimasi ostida lipidlarning o‘choqli yig‘ilib biriktiruvchi to‘qima atrofi o‘sib qalinlashuvi, kalsiy yig‘ilishi va mediyaning o‘zgarishi bilan bog‘liq: asosiy sabablari - tashqi omillar (xolesteringa boy ovqat, xis-hayajonlar, gipokineziya, chekish), genetik moyillik, endokrin buzilishlar, modda almashinuvi buzilishlaridir.

Ateroskleroz patogenezining eng tarqalgan nazariyasi N. N. Anichkov, G. F. Lang, A. L. Myasnikovlar taklif qilgan neyrometabolitik nazariyadir. Gidrofil xolesterin kompleksi yaratilishida beqaror lipoprotein kom-plekslariga - 3/4 qismi lipidlardan iborat beta-lipo proteidlarga va 1/4 qismi oqsil bo‘lgan xolesteringa katta ahamiyat beriladi. Ularning tomirlar orqali bunday tashilish usuli ishonchli emas, komplekslar erimaydigan lipidlar cho‘kishi bilan oson parchalanadi. Xolesterinning bu esterlari erimaydigan komplekslar holida arteriyalar intimasida to‘xtalib qoladi va asta-sekin yig‘ilib, uning devoriga o‘tadi.

Aterosklerozning Urugvay xirurgi Palme tavsiya qilgan gemodinamik nazariyasi nuqtai nazardan ateroskleroz sistolik qon to‘lqini zarblarining arterial devorni surunkali shikastlashi natijasi hisoblanadi. Bu arteriyalarning himoya sistemasi o‘z vazifasini ado etolmaganda ro‘y beradi.

Aterosklerozning trombogen nazariyasini ingliz patologi Dugayt taklif etgan. Uning tadqiqotlariga binoan aortadagi tromblar avval g‘ovak, so‘ngra kontakt fibrindan tashkil topgan. Tromb yuzasi endoteliy bilan qoplanadi, shunga ko‘ra u go‘yo tomir devorining tarkibiy qismiga o‘xshab, intimaga joylanib olganday bo‘ladi. Shundan keyin fibrin kondensatsiyasi va tromb hosil bo‘lishi yuz beradi. Fibrin yig‘ilishi takrorlanadi. Takrorlanish tez yuz bersa, fibrinning bir qatlami ikkinchi yangi qatlami bilan aloqaga kirishadi.

Nospetsifik aorta-arteriit - tomirlarning sistema kasalligi bo‘lib, asosiy xususiyati aortada va uning shox tarmoqlarida stenozlovchi, anevrizmatik yoki aralash jarayon hisoblanadi. Uni 1956 yilda Savori tasvirlagan. Nospetsifik aorta-arteriitning haqiqiy tarixi yapon vrachi M. Takayasuning 1905 yilda aorta ravog‘i tarmoqlari zararlanishining klinik tasvirini bayon etishdan boshlangan.

Aortitning allergik tabiatini hisobga olib, qator mualliflar uning autoimmun kelib chiqishi to‘g‘risidagi taxminni bayon qiladilar. Ayrim mualliflar uni kollagenozlar qatoriga kiritadilar, chunki unda kollagenozga xos yallig‘lanish reaksiyalari, subfebrilitet, sistem zararlanish, klinik polilorfizm, ayrim musbat laboratoriya sinamalari qayd qilingan. Bu kasallikda, odatda, arteriyaning birlamchi tashqi qatlamlari zararlanadi, so‘ngra jarayon tomirning birmuncha chuqur qatlamlariga tarqalib, intimani qalinlashtiradigan ikkilamchi yallig‘lanish xodisalari yuz beradi.

Obliteratsiyalaydigan endarteriit - oyoq distal arteriyalarining yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, tromboz va o‘tkazuvchanligining buzilishi bilan o‘tadi.



Etiologiyasi va patogenezi. Xozircha noaniq, uning rivojlanishini tushuntiradigan nikotin, infeksion, endokrin, buyrak usti bezi, trombogen nazariyalar rad etiladi. Arteriospazm rivojlanishida nikotin intoksikatsiyasining ishtiroki yaxshi ma'lum, biroq so‘nggi yillarda chekadigan ayollar sonining ko‘payishi ayollar o‘rtasida endarteriit bilan kasallanish darajasini oshirgani yo‘q. Bugungi kunda endarteriit rivojlanishida allergik komponentning ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi. Neyrogen omil diqqatni tortadi. Endarteriitda nerv sistemasi zararlanishini ko‘pgina mualliflar isbotlab berganlar, bunda morfologik o‘zgarishlar oyoqdagi obliteratsiyaga uchramagan arteriya nervlarida ham topiladi. Arterial devorning maxalliy o‘zgarishlari allergik komponentni ham o‘z ichiga oladi. Autoantigenlar, autoantitelalar hosil bo‘ladigan murakkab immun biologik reaksiyalar ro‘y beradi, arteriya devorlarida morfologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

Arteriyalarning fibroz displaziyasi - jarayon etiologiyasi xali to‘liq o‘rganilmagan. Birinchi martta De Kamp va Birxall tasvirlagan. Gistologik tekshirishda o‘rta parda normal elementlarining gipertrofiyasi aniqlanadi, natijada arteriya bo‘shlig‘i konsentrik torayadi, u anevrizmatik kengaymalar bilan navbatlashadi. Katta anevrizmalar hosil bo‘lishi ham mumkin. Asosan navqiron yoshdagi ayollar kasallanadilar. Fibroz displaziya ilgari faqat buyrak arteriyalarida uchrar edi. So‘nggi vaqtlarda jaxon adabiyotida uning umumiy tomir kasalligi bo‘lib, buyrak arteriyalaridan boshqa tomirlarni kasallantirishi haqida asarlar paydo bo‘ldi.

Endovazal sabablardan tashqari, aorta va uning tarmoqlaridagi qon oqimi ularning turli ekstravazal omillardan bosilishi sababli buzilishi ham mumkin. Aorta tarmoqlarining rivojlanish nuqsonlari, arteriyalarning uzayishi va patologik egri-bugriligi, umurtqa arteriyasi og‘zining surilishi shular jumlasiga kiradi. Suyak kanalida umurtqa arteriyasining kompressiyasi buyrak osteoxondrozida osteofitlardan, umurtqalararo diskalar tushib qolganda va umurtqalar oldinga surilganda yuz berishi mumkin.

Braxiotsefal arteriyalarda qon oqimi buzilishiga ularning karotid tana o‘smalaridan va bo‘yin chandiqlaridan bosilishi kamdan-kam sabab bo‘ladi.

Qorin stvoli anatomik joylashuviga ko‘ra diafragma medial oyoqchasining fibroz boylami, quyosh chigalining gangliyalari va nerv tolalaridan bosilishi mumkin. Uning me'da osti bezi o‘smasi, periarterial fibrozdan kompressiyaga uchrash hollari tasvirlangan. Tomir kasalliklarini aniqlash qiyinligiga qaramay, ularning ko‘pchiligini be-morni odatdagi klinik tekshirishda bilib olsa bo‘ladi.
Oyoklarning surunkali kritik ishemiyasi

Etiologiyasi. Ateroskleroz, obliteratsiyalovchi endarteriit (tromban-gait), diabetik angiopatiya oyoklar surunkali kritik ishemiyasini (OSKI) kelib chiqishiga sabab bo‘lishlari mumkin. Oyoqlar arterialarini surunkali obliteratsiyalovchi kasalliklari (OASOK) nozologik turlari bo‘yicha ajratilganda, V.S.Savelev (1997) bo‘yicha: ateroskleroz - 81,8%, obliteratsiyalovchi trombangiit - 14%, diabetik angiopatiya – 6% va nospetsifik aortoarteriit (periferik shakli) – 9% holatlarda uchraydi. A.V. Gavrilenko (2000) esa aterosklerozni 82,2%, endarteriitni 17,6%, aortoarteriitni 0,3% kasallarda aniqlagan. Aorta va oyoqlar arterialari obliteratsiyalovchi aterosklerozi yurak va miya qon tomirlari jarohatlari-dan keyin uchinchi o‘rinda turadi.

Birlamchi OSKI aterosklerozda 61,1% hollarda ko‘p qavatli zararlanishi bilan kuzatiladi. Aorto-son segmentining zararlanishi 50,6% holatlarda, boshqa arterial segmentlar bilan birgalikda zararlanishi esa 49,4% holatlarda uchraydi.



Patogenezi. OSKI o‘rta va kichik diametrli, magistral va kollateral arteriyalarda qon aylanishining yetishmovchiligi sababli kelib chiqadi. Proksimal zararlanishda kollateral qon aylanishining rivojlanishi darajasi ichki yonbosh va chuqur son arteriyalari zararlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Tomirlarning distal zararlanishida kollateral qon aylanishi rivojlanishi juda sust bo‘ladi. Bu holatda boldirning pastki uchligida va oyoq panjalarida mushaklar gipotrofiyasi va trofik o‘zgarishlar rivojlanadi.

Oyoq arteriyalarning surnkali obliteratsiyalovchi kasalliklari (OASOK) patogenezi nafaqat magistral qon tomirlar yopilishi bilan tushuniladi, bu holat shu kasalliklarda qon aylanishini to‘liq o‘rganishni talab kiladi. Obliteratsiyalovchi kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni morfologik tekshiruvida mikrotsirkulyasiyaning barcha sathida o‘zgarishlar aniqlangan. Arteriolalar konturlarining notekisligi, g‘adir-budirligi, torayishi va devorlarining qalinlashishi kuzatiladi. Kapillyarlar ham keskin detursiyaga uchragan va to‘g‘nogichsimon kengayib ketgan bo‘ladi. Kasallik og‘irlashishi bilan ishlab turgan kapillyarlar soni kamayadi, ularda qon aylanishi keskin sekinlashadi. Tomir bazal qavati kengayadi, perikapilyar skleroz kuchayadi, kapillyarlarning bir qismi parchalanadi va nekrozga uchraydi. Magistral arteriyalarning yopilgan qismidan pastda tomir ichi bosimning kamayishi, arteriola va kapilyarlarning yopilishi kuzatiladi. Kapillyar qon aylanishining yetishmovchiligi bemorlarda trofik yaralarni kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

V.S. Savelev (1997) bo‘yicha, oyoqlarning og‘ir darajali ishemiyasi arterial qon aylanishi yetishmovchiligining asta-sekin zo‘rayishi sababli kuzatiladi va oyoqlar arteriyalarining periferik qismida qon aylanishining dekompensatsiyasiga olib keladi. Kritik ishemiyaga xos bo‘lgan patofiziologik fenomenlar kuzatiladi: perfuzion bosimning keskin kamayishi, qonni arteriovenoz shuntlanishi, boldirni ishemik shishishi, regulyator sistemalarni disbalansi, trombotsit va neytrofilli leykotsitlar biologik aktiv substansiyalarini giperproduksiyasi. A'zoga kislorodni yetkazib kelishini keskin kamayishi va hujayra metabolizmining buzilishi boshlang‘ich sabablardan biridir. Bunda mushak qon aylanishining buzilishi kelib chiqishi va oyoqlar ishemiyasi darajasiga bog‘liq bo‘lgan metabolik o‘zgarishlar to‘qimalarda regionar endotoksikozni kuchaytiradi. Bu o‘z navbatida eritrotsitlar va boshqa xujayralar membranasiga ta'sir qilib, umumiy intoksikatsiyaga olib keladi. Tomir tonusini oshishi, arterial qon aylanishining kamayishi va venoz gipertenziyasi, ishemiyani zo‘raytiradigan arteriolo-venulyar shuntlashga olib keladi. Keyinchalik kasallikni zurayishi a'zolardagi qon yetishmovchiligini yanada ko‘paytiradi. Bu esa, o‘z navbatida a'zodagi distal qismlarda arteriovenoz-shuntlashga va og‘ir ishemiya (“tinchlikdagi og‘riqlar”) klinikasini yuzaga keltiradi. Bu yerda gemodinamik buzilishlar «xalqali zo‘rayish» hosil bo‘ladi, natijada arterial oqimining keskin susayishiga, arteriovenoz vazoplegiyaga, venoz dimlanish va arteriovenoz shuntlashning proksimal tarqalishiga olib keladi. Boldirning ishemik shishi, keyinchalik esa yumshoq to‘qimalarda destruktiv jarayonlar, ya'ni kritik ishemiya rivojlanadi.

Boldir ishemik shishiga olib keluvchi sabablar: venoz dimlanish, limfovenoz yetishmovchilik, kallikrein-kinin tizimining faollashuvi, zararlangan a'zo to‘qimalaridagi gipoksiya, giperkapniya va atsidoz, antioksidant faolligini kamayishi bilan kechuvchi lipidlarning perikisli oksidlanishi faollashuvi, trobotsit va leykotsitlarning faolashuvi, ularning qon tomir devoriga adgeziyasining ortishi (biologik aktiv substansiyalarning ko‘p chiqarilishi bilan) natijasidagi endoteliyaning funksiyasini buzilishi, oksidlovchi fermentlarning faolligini kamaytiruvchi autolitik fermentativ jaroyonlar. Bu buzilishlarning hammasi, a'zo mushaklarning ishemiyasini qaytmas ekanligini ko‘rsatadi.

Qandli diabet asoratlaridan oyoklarning diabetik gangrenasi jarrohlar diqqatini o‘ziga tortadi. O‘zbekistonda 1994 yilda 1500 dan ortiq qandli diabet kasallarida oyoqlarning yiringli-nekrotik asoratlari qayd etilgan. Bu asoratlarning kelib chiqishiga oyoqlar makro- va mikroangiopatiyasi, neyropatiya sabab bo‘lgan.

Yaqin kunlargacha bizning adabiyotlarimizda “diabetik panja” atamasi ishlatilmagan, shuning uchun, shifokorlar bu jarayonni mustaqil kasallik deb hisoblashmagan, lekin bu muammo juda dolzarb hisoblanadi.

"Diabetik panja" atamasi – yig‘ma tushuncha bo‘lib, katta tibbiyot ensiklopediyasida bu atama panjadagi anatomo-funksional o‘zgarishlar simptomokopleksi deb hisoblanadi. Yiringli-nekrotik jarayonlarning rivojlanishiga diabetik neyropatiya, mikro- yoki makroangiopatiya, osteoartropatiya sabab bo‘ladi.

"Diabetik panja" sindromi kandli diabet kasalligida 30-80% holatlarda uchraydi. Bu guruhda oyoqlar amputatsiyasi 15 barobarga ko‘p bajariladi.

“Diabetik panja” rivojlanishida uchta asosiy omillar, ya'ni neyropatiya, makro- yoki mikroangiopatiya va infeksiya muhim o‘rin tutadi.

Oyoqlarning periferik qon tomirlari zararlanishi, asosan panja tomirlari neyropatiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, klinik manzarali yoki yashirin kechishi mumkin. Neyropatiya “diabetik panja” rivojlanishida asosiy boshlang‘ich omil bo‘lib hisoblanadi. Qon tomir o‘zgarishlari diabetning yashirin davrida paydo bo‘lib, diabetni kelib chiqishini oldindan xabar beruvchi belgisi bo‘lishi mumkin. Kandli diabetda qon tomir devoridagi mikroskopik o‘zgarishlardan gialinoz, bazal membrana qavatini qalinlashishi, qon tomir devorida oqsil-lipid RA-pozitiv moddalarini yig‘ilishi va keyinchalik ularni kamayishi kuzatiladi va bu o‘zgarishlar tomir ichi obliteratsiyasiga olib keladi. Bu holatni boldir mushaklari perinevral arteriolalarida, kapillyarlarida, teri va panja mushaklari arteriolalarida uchratish mumkin.

Arteriola, prekapillyarlar, kapillyarlar, postkapillyar va venulalar-dagi o‘zgarishlar diabet uchun xos bo‘lib, boshqa to‘qima va a'zolarda ham aniqlanadi. Qator chet el va o‘z olimlarimizning fikriga ko‘ra, mikroangiopatiya asorat emas, balki qandli diabet klinik sindromining neyropatiya singari, asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi.

Elektron mikroskopiya va maxsus miqdoriy tahlil usuliga yordamida diabet kasalligida arteriyalar advetitsiyasi aksonlari sonining kamayishi aniqlanadi. Nerv oxiri va mushak xujayrasi oralig‘i biriktiruvchi to‘qima bilan to‘ladi, bu esa mushak to‘qimasi yuzasidagi mediator konsentratsiyasi va effektor xujayralar yuzasiga yetib boradigan mediator tezligiga ta'sir qiladi. Xarakat nervlaridagi degenerativ o‘zgarishlar panja mushagining atrofiyasi, uning detursiyasi, panjadagi “yuqori bosim nuqtalarining” o‘zgarishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida yumshoq to‘qimalarda o‘zgarishlar va zararlanishlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Vegetativ nerv sistemasining zararlanishida panja terlashining kamayishi, infeksiya darvozasi bo‘luvchi panja terisini qurishi, darz ketishi va qadoqlar paydo bo‘lishi kuzatiladi.

Yuqorida aytilganlarning barchasi “diabetik panjani” keltirib chiqaruvchi angiopatiya va neyropatiya bir-biriga bog‘liq bo‘lgan patologik jarayonlar ekanligini, hamda panja mikrotsirkulyasiyasini keskin kamayishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatadi.

Diabetik mikroangiopatiyani zo‘rayib borishi natijasida infeksiya qo‘shilishi kuzatilishi mumkin, bunda yiringli-nekrotik jarayonlar, ya'ni oyoqlarning diabetik gangrenasi kuzatiladi. Bunga teriga o‘sib kirgan tirnoq, ishqalanish, tirnalishlar va boshqalar sabab bo‘ladi.

Diabetik gangrena o‘ziga xos xususiyatlariga ega: ko‘pincha nam bo‘ladi, tez rivojlanuvchi nekroz bilan birga kuzatiladi, jarayonni cheklanishi kuzatilmaydi. F.S. Tkach (1987) fikricha, ikkita patogenetik shaklni farqlash kerak: 1) tomir zararlanishi ustuligi bilan; 2) og‘ir mikroangiopatiya fonidagi infeksion jarayon – gangrena ustunligi bilan kuzatiladigan. Diabetik mikroangiopatiyada – nam gangrena, obliteratsiya-lovchi endarteriitda esa quruq gangrena kuzatiladi (1 rasm).

Rasm 1. Chap oyoq kritik ishemiyasi - 3 barmoq quruq gangrenasi.
Tashxislash. Laborator tekshiruv usullaridan qondagi fibrinogen miqdorini, plazmani geparinga tolerantligini, qondagi geparin miqdorini, antitrombin III miqdorini, qonni fibrinolitik faolligini aniqlash zarur. Bundan tashqari, trombotsitlar agregatsion funksiyasini tekshiruvchi usullar mavjud. Bularninig hammasi bemor qonining reologiyasi ko‘rsatkichlari bo‘lib, bemor ahvolini baholash uchun omil bo‘lishi mumkin. Qonda umumiy holesterin, zichligi past holesterin liporoteidlar, zichligi yuqori holesterin lipoproteidlar, triglitseridlar, aterogen koeffitsienti aniqlanishi mumkin.

Obliteratsiyalovchi aterosklerozda arteriyalar devorida va qon plazmasida lipidlar perekisi miqdorini yuqoriligi aniqlanishi mumkin. Bunda arteriya qanchalik og‘ir zararlansa, qonda malon dialdegidning miqdori shunchalik yuqori bo‘ladi. Aterosklerozda lipidlar perekisli oksidlanishiga sabab deb antioksidant yetishmovchiligi hisoblanadi. Bunga alimentar buzilishlar, chekish va endoteliyda fagotsitlar faolligini aktivlashtiruvchi immun va mikrobli omillar sabab bo‘ladilar. A.A. Tarkovskiyning (1996) fikricha, lipidlar perekisli oksidlanish mahsulot-larining yuqori miqdori va antioksidant aktivlashuvi ko‘rsatkichlarining kamligi oyoklar kritik ishemiyali guruhda kuzatiladi.

OSKI aniqlashda funksional va rentgenologik tekshiruv usullari qo‘llaniladi. Funksional usullarga reovazografiya, sfigmografiya, pletizmografiya, ossillografiya va ultratovush dopplerografiyalar (UTDG) kiradi. Rentgenologik usullarga esa rentgenkontrastli, digital subtraksion va magnit-rezonans angiografiya kiradi.

Ko‘rsatilgan funksional tekshiruv usullaridan reovazografiya o‘ziga xos o‘rniga ega. Bu usulda to‘qimalardan yuqori chastotali tok o‘tganda hosil bo‘ladigan pulsli tebranishlar yozib olinadi. Bunda arterial, venoz, kapillyar holati birgalikda yozib olinadi, ammo har birini alohida aniq o‘zgarish darajasini ham aniqlab bo‘lmaydi va bir oyoqni yo‘qligida ko‘rsatkichlar olinmaydi. Sfigmografiya, pletizmografiya, ossillografiya, taxiossillografiya kabi usullar nisbiy ma'lumot beradilar, kollaterallar holatini ko‘rsatishmaydi va tomirlar holati xaqida noto‘liq tushuncha beradilar.

OSIKni keng tarqalgan noinvaziv tekshiruv usullaridan biri bo‘lgan ultratovush dopplerografiya, ob'ektiv usul hisoblanadi, klinik va metodik chegarasizligi bilan, yuqori informativligi bilan ajraladi. Unda yelka-oyoq indeksini (OeI) hisoblash, regionar qon oqimi holati xaqida xabar olish, atravmatik va kasal uchun bezarar qo‘llash, regionar gemodinamikani buzilishlarida, oyoqlar ishemiya darajasini aniqlashda omil sifatida ishlatish mumkin. (2 rasm).

Rasm 2. Orqa tibial arteriyasi okklyuziyasi, qon oqimi kollateral tip.
Oyoqlar kritik ishemiyasini dianostikasi va davolashi buyicha Rossiya konsensusida (2002 y) UTDG yordamida olsa bo‘ladigan ko‘rsatgichlar berilgan: to‘piq bosimi ≤ 50 mm sim.ust.; OeI ≤ 0,4; barmoq bosimi ≤ 30-50 mm sim.ust..

Rangli duppleks-sonografiya (RDS) klinik amaliyotga kiritilgach, oyoqlar surunkali kritik ishemiyasida magistral va kollateral qon oqimining qator gemodinamik holatlarini noinvaziv o‘rganishga imkon berdi. Bu usulning yuqori diagnostik aniqligi rentgen-kontrast angiografiya bilan raqobatlashadi. Rangli duppleks-sonografiya yordamida aorto-son sohasini okklyuzion-stenotik zararlanishida qon oqimini buzilishi holatini ko‘rsatuvchi ob'ektiv omilar ishlab chiqildi, bunda 82% hollarda angiografiyasiz operativ taktikani aniqlash mumkin. Kritiik ishemiyada omillar diagnostik ahamiyati - 96,3%, sezgirligi - 96,4%, xosligi - 96,3%. Boldir arterialari uchun sezuvchanligi - 88,9-97,1% bo‘lgan holda, xosligi 50,0-73,0% gacha kamayadi. Shunday qilib, RDS yuqori inturtiv, noinvaziv usul bo‘lib hisoblanadi. Bunda aorto-son sohasini okklyuzion-stenotik zararlanishida magistral, kollateral va periferik qon aylanishining o‘zgarishini asosiy tarkibiy qismlarini aniqlashda, OSKIda regionar gemodinamikasini aniqlashda va angiografiyasiz davolash taktikasini tanlashga imkon beradi. (3 rasm).



Rasm 3. Yon bosh arterialarining rangli duppleks-sonografiya va angiogrammasi. Chap umumiy yon bosh arteriyasini stenozi.
Angiografiya tekshiruv usuli qon tomir jarrohligini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va oxirgi 10 yillik ichida asosiy tekshiruv usul bo‘lib qolgan (4 rasm). U «oltin standart» tekshiruv usuli bo‘lib, ko‘p hollarda tomirlarni zararlanishida jarrohlik taktikani aniqlaydi, hamda oyoq gangrenasida amputatsiya uchun eng qulay joyni aniqlaydi. Angiografiyadan so‘ng asoratlar qator olimlar fikricha 0-14% ni tashkil etadi.

Rasm 4. Oyoklari kritik ishemiya bulgan bemorning angiogrammasi Yuzaki son arteriyasining okklyuziyasi.

Bu usullar yuqori ma'lumotligiga qaramay kapillyarlarda qon oqimi xaqida ma'lumot bermaydilar. Vaholanki OASOKda zararlangan oyoqning to‘qimasida qon aylanishini va metabolizmini baholashda kapillyarlardagi qon oqimi holati katta rol o‘ynaydi. Kapillyaroskopiya -mikrotsirkulyasiya-ni oddiy tekshiruv usuli hisoblanadi. Lekin bunda mikrotsirkulyasiyani miqdoriy buzilishini va okklyuzion jarayonni joyini aniqlab bo‘lmaydi. Xozirgi paytda to‘qima qon oqimini o‘rganuvchi yangi tekshiruv usullardan biri bo‘lgan lazerli doppler floumetriyadir (LDF). LDF turli xil funksional testlarni (reaktiv postokklyuzion giperemiya testi, Valsalva sinamasi, pozitsion sinama, vazaprostanli sinama) ishlatib oyoqlar subkritik va kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda mikrotsirkulyator reaktivlik darajasini aniqlaydi.

Kislorodni panja va boldirda teriosti kuchlanishini (TcPO2) aniqlash mikrotsirkulyasiya tizimida qon oqimi xaqida baho beradi, kasallik klinik manzarasini aniqlashtiradi va OSKIli bemorlarni ajratadi. Oyoqlar kritik ishemiyasini tashxislash va davolash buyicha Rossiya konsensusiga asosan (2002) kritik ishemiyaning chegarali ko‘rsatkichi TcPO2 ≤ 40 mm sim.ust.ga teng.

Shunday qilib, OSKIda arterial rekonstruksiyani bajarish uchun tomirlar zararlanganligini darajasini bilish kerak. Buning uchun bemorga umumiy klinik va laborator tekshiruvlar, mikrotsirkulyasiyani (LDF, TsRO2) aniqlash, qorin aortasi va oyoqlar arteriyalarini ultratovush tekshiruvlar (UZDG, UDS), oyoqlar aortoarteriografiyasi bajarilishi zarur. Shu tekshiruv algoritmini qo‘llaganda ko‘pgina (90%) bemorlarda jarrohlik amaliyoti bajarish uchun ko‘rsatma aniqlanadi. Tekshiruvning oxirgi boskichi arteriyaning intraoperatsion reviziyasi bo‘lib hisoblanadi, bunda operatsiya qilib bo‘lmaydiganlarni 8% da rekonstruksiya uchun sharoit aniqlanishi va oyog‘ini saqlab qolinishi mumkin.



Download 242,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish