«Tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha prorektor Prof. Teshayev O. R. 2015yil



Download 1,19 Mb.
bet12/18
Sana08.09.2017
Hajmi1,19 Mb.
#20140
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18

Maщxulotlar utkaziz xonalari

- tematichek ukuv xona «Teri va tanosil kasalliklari»

- palata, laboratoriya, stastionardagi shifokor davolash xonasi.

Uskunalar

- ko’rgazma materiallar

- stendlar

- jadvallar, albom, slaydlar, bemorlarning suratlari

- tarqatma materiallar: rentgen suratlar, vaziyatga bog’liq vazifalar

- texnik buyumlar, yangi axborot texnologiyalariga oid buyumlar

- amaliy ishni bajarish bo’yicha harakatlar algoritmlari

- mavzuga oid bemorlar

- ta’lim beruvchi-nazorat qiluvchi dastur

2. Mashg’ulot davomiyligi – 5,8


  1. MAShG’ULOT MAQSADI:

Talabalar terining pufakli va virusli kasalliklari: pursildok yara kasalligi, dermatit Dyuringa, oddiy uchuk, urab oluvchi temiratki, sugallar, utkir uchli kondiloma tugrisida umumiy bilim berish. Talablariga asoslanib davolash, diagnostik asoslarini, konsultativ erdam utkazish uchun kerakli mutaxassislarga murojt kilishni, zarur muassasalarga yuborishni urgatish. Profilaktik choralarni, dispanser xisobiga olish kriteriylarini urgatish.

Vazifalar

Talaba quyidagilarni bilishi shart:

- pursildok yara, dermatit Dyuring kasalliklari, oddiy uchuk, urab oluvchi temiratki,

sugallar, utkir uchli kondiloma klinik tasnifini.

- Pufakli kasalliklarni aniqlash va davolash prinstiplarini,

epidemiologiyasini, klinik ko’rinishini, davolashning zamonaviy xususiyatlarini

Talaba kila olishi kerak


  • Terining pufakli kasalliklari klinik manzarasini,

  • Birlamchi va ikkilamchi toshmalarni ajrata olishi kerak

  • Be’morlarni ko’rikdan utqazishi kerak

  • Tashxis qo’yib, kiesiy tashxis utqaza olishi kerak.

  • Dori vositalarni to’g’ri qo’llay olishi kerak.

Motivastiya

Umumiy amaliet shifokori xar kuni teri tanosil kasalliklar bilan boglik muammolarga duch keladi. , -birlamchi zaxm, gerpes, JYBYuK.To’g’ri tashxis qo’yish, ifodalash, qiesiy tashxis o’tqazish , resteplavrni to’g’ri ezish talabalar xususan dermatologiyani o’rganganda, xamda UASh kerak bo’ladi.



Fanlararo va fan ichidagi bogliklik

Shu mavzuni ukitish talabalarning normal va patologik fiziologiyasi, mikrobiologiya, infekstion kasalliklar buyicha olgan bilimlariga asoslanadi.

Dars davomida olingan bilimlar teri tanosil kasallliklarni urganishda, terapiya, akusherstvo-ginekologiya. xirurgiya, urologiya , allergologiya va boshka klinik yunalishlarda kerak buladi.

Nazariy qism

PO’RSILDOQ YaRA (Pemphigus)

Po’rsildoq yara – akantoliz (akantolizis) tufayli o’tkir yallig’la-nishsiz teri va shilliq pardalarda rivojlangan pufak hosil bo’li-shi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Po’rsildoq yara har ikkala jinsda uchrab, 40 yoshdan kattalarda ko’proq uchraydi, bolalarda kam kuzatiladi.

Po’rsildoq yaraning 4 xili tafovut etiladi: oddiy (P. vulgaris), barg-simon (R.foliaceus), tarqaluvchi (P. vegetans) va seboreyali (P.seborrhoi-cus). Oddiy turi boshqa turlariga nisbatan ko’proq uchraydi. Og’iz shil-liq pardasi jarohatlanishi bargsimon turidan boshqa hamma turlarida kuzatiladi.

Oddiy po’rsildoq yara deyarli doimo og’iz shilliq pardasi jaro-hatlanishi bilan boshlanadi yoki teri jarohatlanishi bilan boshlan-sada, albatta keyinchalik og’iz shilliq pardasi ham jarohatga uch-ray-di. Shu sababli kasallik avjiga chiqqan davrda doimo og’iz shilliq pardasi jarohatlanganligini kuzatamiz.

Klinikasi. Oddiy po’rsildoq yaraning klinik ko’rinishi tipik, monomorf pufaklar toshishi bilan xarakterlanadi. Ko’rinishidan sog’ bo’lgan teri sathida o’lchamlari 0,5–1,0 santimetrdan 5 sm, hatto undan katta o’lchamli, yupqa tomli pufak paydo bo’ladi. Pufak suyuqligi shaffof bo’lib, qisqa muddatda loyqalanadi. Pufak tomi oson yorilib, yuza, to’q qizil rangli chaqalar hosil qiladi. Bu chaqalar uzoq bitmaydi. Chaqa chetlarida epidermis bo’lakchalari saqlanadi. Epidermis bo’lakchalarini pinstet yordamida tortsak ko’rinishidan sog’ ko’ringan teri sathidan epidermis oson ko’chishi kuzatiladi va ayrim shaftoli mevasi terisining engilgina tozalanishini eslatadi. Bu holat akantolizis hodisasi tufayli kuzatilib, Nikolskiy simptomi deb nomlangan.

Og’iz shilliq pardasida hosil bo’lgan pufaklar juda yupqa tomli bo’lib, tikanaksimon qavatning yuqori sohalaridan akantoliz tufayli vujudga keladi. Ovqat luqmalari, til harakati ta’sirida tezda yorilib, yuza, dumaloq-suyri shaklli to’q qizil chaqalar hosil qiladi. Aksariyat og’iz shilliq pardasida pufakni kuzatish qiyin. Hosil bo’lgan chaqalar ko’rinishidan sog’ shilliq pardalar yuzasida kuzatiladi. Eroziya atroflarida epiteliy ko’chkilari, bo’lakchalari kuzatiladi, ularni chetlaridan tortilsa Nikolskiy alomati oson chaqiri-ladi. Ayrim hollarda eroziya yuzalarini parda qoplagandek bo’lib, uni shtapel yordamida oson ko’chirish mumkin va u parda emas, pufak tomi, ya’ni epiteliy ko’chkisi hisoblanadi. Agar o’z vaqtida tashxis qo’yilmay, davo boshlanmasa, yakka-yakka siyrak toshmalar ortidan ko’plab toshmalar lunj, milk, tanglay sohalarida paydo bo’ladi, yangi eroziyalar kuzatiladi, eroziyalar qo’shilib yirik-yirik o’choqlar ho-sil qiladi. Ularning bitishi sust bo’lib, uzoq davom etadi. Ovqatlanish, gaplashish og’riq tufayli og’irlashadi, gipersalivastiya tufayli lab burchaklari bichiladi, og’riydi. Bunday bemorlar og’iz bo’shlig’i-dan qo’lansa is anqiydi. Pufak va chaqalar og’iz shilliq pardasidan tashqari lab qizil hoshiyasi, og’iz burchaklari, iyak, dahanda ham paydo bo’ladi. Toshmalar ko’pincha qo’shilib lab qizil hoshiyasi va teri yuzasidagi chegara yo’qoladi. Jarohat yuzasi qonli, yiringli qaloqlar bilan qoplanib, joylarda namlik, joylarda quriq yoriqlar vujudga keladi. Ayrim hollarda ovoz bo’g’ilishi kuzatiladi, bu hol yutqun jarohatlanganidan darak beradi.

Oddiy po’rsildoq yara ko’pincha yutqunning jarohatlanishi bilan boshlanib, uzoq vaqt bilinmaydi.

Seboreyali po’rsildoq yaraning og’iz shilliq pardasidagi klinik kechishi oddiy po’rsildoq yaradan farq qilmaydi. U terida yog’li qaloqlar bo’lishi holida kechib, asosan, boshning soch qismi, burun qanotlari burmasi, lab burchaklari, quloq suprasi burmalari, ko’krak qafasi sohasida kuzatiladi. Yuzda xususan, yonoq, burun devorlari, qanotlari sohasida, peshonada eritematoz o’choqlari holida kechgani sababli "qizil yugirik" ko’rinishini eslatadi va shu sabab eritematoz tur deb ham ataladi.

Tashxis. Tashxis uchun asosiy belgi – Nikolskiy simptomi hisoblanib, u oson chaqiriladi. Agar chegaralangan jarohat holida og’iz shilliq pardasi shikastlansa va Nikolskiy simptomi musbat bo’lsa, po’rsildoq yara tashxisi yakuniy deb bo’lmaydi, sababi bu simptom allergik medikamentoz stomatitlarda ham uchraydi. Shu sabab tashxis qo’yish stitologik tekshiruv, ya’ni bosma surtmadan akantolik hujayra topilishiga asoslanadi.

Akantolik hujayrani aniqlash uchun o’choqdan, ya’ni pufak tubi chaqadan, bir bo’lak kanstelyariya rezinkasi yordamida surtma olinib, buyum oynachasiga surtiladi. Ashyo quritilib, spirt yordamida fiksastiya qilinadi, so’ngra Romanovskiy-Gimza usulida bo’yaladi. Akantolitik hujayra o’zgargan tikansimon hujayra bo’lib, u dumaloq shaklli va yirik siyohrang yadroga ega. Hujayra stitoplazmasi bir xil rangga ega emas: yadro atrofi och zangori rangda, chekkalari esa to’q ko’kish tusga ega. Akantolitik hujayralar to’p-to’p bo’lib joylashadi. Hujayralar soni kasallik avj olgan va qaytalangan paytda ko’payadi.

Po’rsildoq yara og’iz shilliq qavatida uchrasa, birlamchi toshmasi pufakli kasalliklar bilan qiyoslanadi. Po’rsildoq yarani pufakli dermatozlar bilan qiyoslaganda pufaklarni epiteliyga nisbatan joylashishini inobatga olish zarur. Pemfigoidda pufaklar subepitelial joylashadi, shu sababli ular qalin tomga ega va uzoq vaqt yorilmay saqlanadi, ularni kuzatish mumkin. Pemfigoidda hosil bo’lgan eroziyalar biroz yallig’langan, qizargan asosga ega va ko’pincha ularning yuzasi fibrinoz parda bilan qoplangan bo’ladi. Po’rsildoq yara tashxisida xal qiluvchi ahamiyatga ega belgilar: bosma-surtmadan akantolitik hujayra musbatligiga, IFR javobi, tikanaksimon qavat hujayralararo substanstiyalarida yig’ilishini kuzatishdir.

Oddiy po’rsildoq yaradan ko’z po’rsildoq yaraning farqi shuki, kon’yuktivada chandiq kuzatiladi. Ayrim, kam hollarda oddiy po’r-sil-doq yara ham ko’z kon’yuktivasini jarohatlashi mumkin, ammo hech qachon chandiq hosil qilmaydi va izsiz yo’qoladi.

Ko’p xilli eksudativ eritema o’tkir boshlanib, mavsumiylikka ega va nisbatan qisqa vaqt davom etadi (4–5 hafta) hamda rivojlangan yallig’lanish bilan xarakterlanadi, ayniqsa og’iz shilliq pardalari, lab sohasidagi toshmalar. Bosma-surtmadan akantolitik hujay-ra bo’lmasligi, Nikolskiy simptomlari kuzatilmasligi bilan farq qiladi.

Klimatik gingivit va pufak tomirlari sindromi oddiy po’rsil-doq yaradan shu bilan farq qiladiki, bu kasalliklarda og’iz shilliq pardalarida doimo pufakni ko’rish mumkin. Nikolskiy simptomi (–), akantoliz kuzatilmaydi.

Prognoz. Kortikosteroid preparatlarni qo’llangunicha bo’lgan davrlarda prognoz yomon hisoblangan. Kortikosteroid preparatlari faqatgina jarayonni to’xtatadi, shu sabab ularni to’xtovsiz, uzoq muddat qabul etishga to’g’ri keladi, bu esa o’z navbatida turli xil asoratlarga olib kelishi mumkin.

Davolash. Po’rsildoq yarani davolashda kortikosteroidlar va stitostatik preparatlar tayinlanadi. Kortikosteroidlardan prednizolon, deksametazon, triamstinolon qo’llaniladi. Prednizolon katta zarba beruvchi miqdorda tayinlanib, bemor holati inobatga olinadi. 50–80 mg sutkaga (deksametazon 8–10 mg sutkaga, triamstinolon 40–80 mg).

Yuqori miqdordagi dorini toshmalar toshishi tugab, chaqalar epitelizastiyaga uchrashigacha bir miqdorda qabul qilinadi, so’ng gormonlar miqdori kamaytirila boshlanadi. Prednizolon sutkalik miqdorini har 5 kunda 5 mg dan kamaytirilib, minimal miqdor ta’minlovchi miqdor deb ataladi. Ko’pincha bu miqdor 10–15 mg prednizolonga teng. Shunday tarzda davolash natijasida uzoq vaqtdan so’ng dorini man etish, taxminan 20% bemorlarga nasib etadi. Katta miqdorda prednizolon tayin etilsa, kuniga 2–3 g. kaliy xlorid yoki boshqa xil kaliy preparati (kaliy astetat, orotat kaliy, "asparkam"), askorbin kislotasi yuqori miqdori va turli vitaminlar tayin etiladi, vaqti-vaqti bilan anabolik steroidlar (nerabolil, retabolil, fenobolil) tayinlanadi. Suv-tuz almashinuvini regulyastiya qilish maqsadida diuretik vositalar: gipotiazid, furosemid tayin etiladi. Piodermiya vujudga kelishining oldini olish maqsadida antibiotiklar tayin etilishi kerak.

Po’rsildoq yara shunday kasallikki, kortikosteroidlar qo’lla-ni-shiga monelik yo’q, sababi shu preparatlargina bemorlarni o’limdan saqlab qoladi.

Mahalliy davolash. Og’iz shilliq pardasini turli xil dezinfekstiyalovchi va dezodorastiyalovchi vositalar bilan chayqash, eroziyalar-ni anilin bo’yoqlari bilan ishlov berish zarur. Eroziya o’choqlari-ni mumkin qadar tez epitelizastiyalanishi uchun og’iz bo’shlig’ini sana-stiya qilish hamda rastional protezlar zarur. Lab qizil hoshiyasi jaro-hatlansa antibiotik va kortikosteroid saqlovchi mazlar va 5% dermatol mazi surtish zarur. Po’rsildoq yara bilan og’ruvchi bemorlar dispanser hisobida turadilar va ambulator davolanib, bepul dori oladilar.

Pemfigoid faqat ko’rinishi pemfigusga (pufaklar borligi bilan) o’xshash kasalliklar guruhi pemfigoidlar deb ataladi va bu guruh quyidagi kasalliklarni o’z ichiga oladi:

1. Leverning bullyoz pemfigoidi, parampemfigus yoki xususiy noakantolitik po’rsildoq yara.

2. Chandiqlanuvchi pemfigoid.

3. Faqat og’iz shilliq pardasi noakantolitik xushfe’l po’rsil-doq yarasi. Bu guruh kasalliklarning asosiy belgisi ularning xushfe’l kechishi, pufakchalarning subepitelial (subepidermal) joyla-shishi, akantoliz va Nikolskiy alomati yo’qligidir.

BULLYoZ PEMFIGOID

Bullyoz pemfigoid, asosan, 50 yoshdan katta kishilarda uchrab taxminan 10 % hollarda kasallik og’iz shilliq pardasining jarohat-la-nishi bilan boshlanadi.

Klinik ko’rinishi. Terida, ayrim hollarda qizargan dog’ yuzasida tarang tomli, seroz suyuqlik saqlovchi pufak hosil bo’lishi bilan boshlanadi. Pufak o’rnida hosil bo’lgan eroziya nisbatan tez epitelizastiyaga uchraydi. Og’iz shilliq pardasida, ayrim hollarda biroz shishgan va giperemiyalangan yuzada 0,5–1 sm diametrga ega bo’lgan, tarang tomli va seroz, kamroq gemoragik suyuqlik saqlovchi pufak vujudga keladi. Ular bir necha soatdan bir necha kungacha saqlanadi, so’ng yorilib eroziya hosil bo’ladi, asta-sekin fibrinoz parda bilan qoplanib, epitelizastiyaga uchraydi.

Tashxisi. Og’iz shilliq pardasida joylashgan bullyoz pemfigoidni birinchi navbatda po’rsildoq yara bilan qiyosiy tashxis qilmoq zarur.

Bullyoz pemfigoidning chegaralangan holatda og’iz shilliq pardasida uchrashi, uni qolgan guruh pemfigoidlardan farqlanishini qi-yin-lashtiradi. Chegaralangan bullyoz pemfigoidning klinik ko’ri-ni-shini, fa-qatgina og’iz shilliq pardasining xushfe’l kechuvchi noakantolitik po’r-sil-doq yarasi-dan farqlash juda qiyin. Agar toshmalar teriga ham toshsa tashxis oson-lashadi. RIF tashxisda yordam beradi: faqat og’iz shilliq parda xush-fe’l kechuvchi noakantolitik po’rsildoq yarada nurlanish qaytishi kuza-til-maydi, chandiqlanuvchi pemfigoidda bevosita RIF musbat bo’ladi.

Klimakterik gingivitda pufaklarning milklarda hosil bo’lishi shu yoshdagi ayollarga xos, pufak o’rnida hosil bo’lgan eroziyalar tezda bitadi va yallig’lanish alomatlarisiz kechadi. Klimakterik gingivit amboseks guruhi preparatlari bilan muvaffaqiyatli davolaniladi, bu guruh preparatlar esa pemfigoidga ijobiy ta’sir eta olmaydi.

Joylashgan medikamentoz eritema, turli xil medikamentoz toksikodermiyalar kabi dorilar iste’mol etilgandan so’ng, og’iz shilliq pardasida hosil bo’ladi. Jarayon eritema va pufak bosqichlari bilan kechadi, shu sabab jarohat eroziya va uning atrofida rivojlangan eritematoz dog’ holida kuzatiladi.

Prognoz – hayot uchun xavfsiz. Uzoq remissiya bilan kechadi.

Davolash. Eng samarali vosita bo’lib, kortikosteroidlar hisob-lanadi, misol uchun prednizolon 20–30 mg sutkada va difenildiamin-sulfon (DDS). Shuni aytish kerakki, kortikosteroidlarning samarasi po’rsildoq yaradagiga nisbatan kam.

DYuRINGNING GERPETIFORM DERMATOZI

(DERMATOZIS HERPETIFORMIS)

Gerpetiform dermatoz (dermatit Duhring) yoki Dyuring kasalligi doimo terida qichimali, guruh-guruh joylashgan polimorf toshmalar toshishi bilan boshlanadi, og’iz shilliq pardasi jarohatlanishi 10% bemorlardagina kuzatiladi.

Klinik ko’rinishi. Gerpessimon dermatozda qanday toshmalar (pufak, pufakcha, dog’, tuguncha, bo’rtma, yiringcha) holida toshishidan qat’iy nazar, toshmalar guruh-guruh bo’lib toshadi, kasallik avjlanishi galogen preparatlar qabul qilinishi, ayniqsa yod preparatlari qabul qilingach kuzatiladi.

Toshmalar, asosan, qalin va tarang tomli subepitelial, o’lcham-la-ri no’xot kattaligidek pufakchalar holida tosha boshlaydi. Pufak-cha-lar shaffof suyuqlik saqlab, suyuqlik tarkibida 15–40% zozino-fillar aniqlanadi, pufakchalar atrofi shilliq pardasi biroz shi-shib, giperemiyali bo’ladi. Pufakcha yorilgach, eroziyalar nisbatan tez bitadi. Ni-kolskiy simptomi manfiy, bosma-surtmada akantolitik hujayra yo’q, aksincha zozinofillar aniqlanadi. Qonda zozinofiliya, kam ri-voj-langan leykostitoz kuzatiladi. Kasallik davriy (stiklik) kechishi bilan xarakterlanadi. Kasallikka Yaddosoning yodli sinamasi xos, ya’ni 50% kaliy yod mazi sog’ teriga surtilsa, 24–28 soatdan keyin shu sohada guruh-guruh toshmalar paydo bo’ladi.

Prognozi – yaxshi.

Davolash. Sulfon preparatlari bilan davolanadi: DDS 0,05–0,1 g dan 1 kunda 2 mahal tayin etilib, qon tahlil nazoratda 5 kunlik davriy ravishda, 3 kunlik tanaffus bilan beriladi.

Kasallik profilaktikasi bug’doy va javdar mahsulotli ovqatlar-dan parhez qilinishi kerak.

Dars 4 buskichdan iborat- teoretik, analitik, amaliet



ANALITIK QISM

«Yumaloq stol» uslubidan foydalanish Bir varaq qog’iz quyidagi kasallikning barcha turlarini yozib qo’yish vazifasi bilan davra bo’ylab aylantiriladi puzыrchatok i ix klinicheskie proyavleniya. Har bir talaba o’z javob variantini yozib boradi. Zatem idet obsujdenie, nepravilnыe otvetы zacherkivayutsya, a po kolichestvu pravilnыx otvetov ostenivaetsya znaniya studentov

«galereya bo’ylab tur» uslubidan foydalanish Talabalar juftliklarga bo’linadilar. 10 daqiqa davomida bir juftlik haqiqiy po’rsildoq yaraning namoyon bo’lishlari va uni davolashni yozsa, boshqasi - bargsimon yarani, uchinchisi - seboreyali po’rsildoq yara haqida yozadi. So’ng ular o’z javob variantlari bilan almashadilar va bir-birining javoblarini baholab, o’z tuzatishlarini kiritadilr.

Vaziyatga bog’liq vazifalar:

Bemorda badan terisida guruxlashgan pufaklar, mayda tugunchala, eroziyalar. Ekskoriastiyalar kuzatilyapti. Pufaklarda eozinofiliya 16%. Taxminiy tashxis. UASh taktikasi.



Amaliy qism

Anamnez egish, patologik jaraenga xarakteristika berish , maxaliy va umumiy davo tavsiya etish



Baxolash kriteriyalari



O’zlashtirish (%) va ballarda


Baho

Talabaning bilim darajasi




1

96-100

A’lo


«5»

Vaziyatga bog’liq ravishda to’g’ri qaror qabul qila oladi va xulosalaydi.

Amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanadi (ham o’z tilida, ham ingliz tilida)

Muammo mohiyatini mustaqil tahlil qiladi - Puzыrchatka, GDD, gerpesы. Kasalliklarning bolalik yoshidan namoyon bo’lish xususiyatlari. Diagnostika asoslari, VOP taktikasi, tashqi davolash, profilaktika, reabilitastiya, dispanserlashtirish.

Bemorni mustaqil ko’zdan kechiradi va to’g’ri tashxis qo’ya oladi(Puzыrchatka, GDD, gerpesы). naznachaet plan lecheniya i profilaktiki po bulleznыm dermatozam.

Interaktiv o’yinlar o’tkazishda faollik va ijodiy yondashuv namoyon etadi

Vaziyatga oid vazifalarni to’liq asoslagan holda to’g’ri hal qiladi

Mavzuni muhokama qilishda faollik bilan savollar beradi, to’ldirishlar kiritadi

Amaliy ko’nikmalarga ega, ishonch bilan bajara oladi, mohiyatini tushunadi






2

91-95

Amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanadi (ham o’z tilida, ham ingliz tilida)

Muammo mohiyatini mustaqil tahlil qiladi - Puzыrchatka, GDD, gerpesы.

Bemorni mustaqil ko’zdan kechiradi va to’g’ri tashxis qo’ya oladi(Puzыrchatka, GDD, gerpesы.) kasallikni davolash va profilaktika qilish rejasini tayinlaydi. Interaktiv o’yinlar o’tkazishda faollik va ijodiy yondashuv namoyon etadi

Vaziyatga oid vazifalarni to’liq asoslagan holda to’g’ri hal qiladi. Mavzuni muhokama qilishda faollik bilan savollar beradi, to’ldirishlar kiritadi. Amaliy ko’nikmalarga ega, ishonch bilan bajara oladi, mohiyatini tushunadi






3

86-90

Muammo mohiyatini mustaqil tahlil qiladi - Puzыrchatka, GDD, gerpesы.

Interaktiv o’yinlar o’tkazishda faollik va ijodiy yondashuv namoyon etadi.

Vaziyatga bog’liq vazifalarni to’g’ri hal qiladi, davolashni asoslab beradi, profilaktika chora-tadbirlari rejasini tuza oladi . Znaet pervichnыe i vtorichnыe elementы sыpi, rasskazыvaet uverenno. Etiologiya, patogenez, klinika bo’yicha aniq tasavvurga ega, qiyosiy diagnostika o’tkazadi, davolashni tayinlaydi, mojet provodit profilaktiku bullleznыx zabolevaniy uslug 2,3 i 4 kategorii VOP.

Amaliy ko’nikmalarga ega, ishonch bilan bajara oladi, mohiyatini tushunadi

Anamnezni to’g’ri yig’adi, bemorni ko’zdan kechiradi, dastlabki tashxis qo’ya oladi. Laboratoriya ma’lumotlarini izohlab bera oladi. SRS muhokamasida faol ishtirok etadi.





4

76-80

Yaxshi «4»



Interaktiv o’yinlar o’tkazishda yuqori faollik namoyish etadi.

Vaziyatga oid masalalarni to’g’ri hal qiladi, ammo muayyan (aniq) davolash tayinlay olmaydi, preparatlar dozalarini adashtirib yuboradi. Toshmaning 1 va 2 elementlarini biladi, ishonch bilan aytib beradi. Etiologiya, patogenez, klinika bo’yicha aniq tasavvurga ega, qiyosiy diagnostikani o’tkazadi, davolashni tayinlay oladi, ammo quyidagi kasalliklar profilaktikasini bajara olmaydi GDD, gerpesov.

Amliy ko’nikmalarga ega, qadamma-qadam amalga oshiradi

Anamnezni to’g’ri jamlaydi, bemorni ko’zdan kechiradi, dastlabki tashxis qo’yadi. Laboratoriya tadqiqoti ma’lumotlarini izohlab berishi mumkin. SRS muhokamasida faol ishtirok etadi.







5

71-75




Vaziyatga bog’liq vazifalarni to’g’ri hal qiladi, tasnifga ko’ra klinik tashxis qo’ya oladi, ammo davolash va profilaktika chora-tadbirlari rejasini tayinlay olmaydi.

Toshmaning 1, 2 elementlarini biladi, ishonch bilan aytib beradi.

Etiologiya, patogenez, klinika bo’yicha aniq tasavvurlarga ega va qiyosiy diagnostikani amalga oshiradi, ammo davolash tayinlay olmaydi

Amaliy ko’nikmani bajara oladi, ammo odimlarni adashtiradi.

Anamnezni to’g’ri jamlaydi, bemorni ko’zdan kechiradi, dastlabki tashxis qo’ya oladi. Laboratoriya tadqiqoti ma’lumotlarini izohlab berishi mumkin. SRS muhokamasida faol ishtirok etadi..


6

66-70

Qoniqarli

«3»


Vaziyatga bog’liq vazifalarni to’g’ri hal qiladi. ammo klinik tashxisni asoslab bera olmaydi

Toshmaning 1, 2 elementlarini biladi, ishonch bilan so’zlay oladi

Po’rsildoq yara, GDD, gerpeslar etiologiyasi, patogenezi va klinikasi bo’yicha aniq tasavvurga ega, ammo qiyosiy diagnostika o’tkaza olmaydi va davolash tayiinlay olmaydi.

Anamnezni to’g’ri jamlaydi, bemorni ko’zdan kechiradi, ammo holati og’irligiga baho bera olmaydi. Laboratoriya tadqiqoti ma’lumotlarini qisman izohlay oladi. SRS muhokamasida faol ishtirok etadi.



7

61-65

Vaziyatga oid vazifalarni hal qilishda xatolarga yo’l qo’yadi (tasnifga muvofiq tashxis qo’ya olmaydi)

Kasalliklar klinikasini biladi, ishonch bilan aytib bera olmaydi

Bullez kasalliklari etiologiyasi bo’yicha aniq tasavvurga ega, ammo klinikani patogenezga bog’lay olmaydi.

Sbor anamneza ne stelenapravlennыy, osmotr ne po sxeme. Laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlarini izohlab bera olmaydi. SRS muhokamasida ancha passiv



8

55-60




Imeet obщie predstavleniya o puzыrchatkax, GDD, gerpesax, rasskazыvaet ne uverenno

Toshmaning 1, 2 elementlarini adashtiradi.

Bemorni mustaqil so’rovdan o’tkaza olmaydi va ko’zdan kechira olmaydi. Laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlarini izohlay olmaydi. SRS muhokamasida ishtirok etmaydi





9

54 -30

Qoniqarsiz

«2»


Parazitar kasalliklar to’g’risida aniq tasavvurga ega emas

1, 2 morf. elementlarni bilmaydi






10


20-30

Qoniqarsiz

«2»


Talaba darsda bo’lganligi uchun, talab etilgan kiyimda, daftari o’zi bilan.





Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish