«Tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha prorektor Prof. Teshayev O. R. 2015yil


Mashg’ulot utkazish joyi, jixozlar



Download 1,19 Mb.
bet10/18
Sana08.09.2017
Hajmi1,19 Mb.
#20140
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18

Mashg’ulot utkazish joyi, jixozlar:

- «Teri va tanosil kasalliklari» kafedrasi tematik ukuv xonasi, bemorxona, laboratoriya, stastionardagi shifokor xonasi.



Mavzuning jixozlanishi:

-stendlar, bemorlar fotografiyalari, tarkatma materiallar, vaziyatli masalalar

- texnik predmetlar, yangi informastion texnologiyalar predmeti

- amaliy ishlarni bajarish bo’yicha xarakatlar algoritmi

- tematik bemorlar

Mashg’ulot davomiyligi – 5,8 soat.

Mashg’ulot MAKSADI:

- talabalarga virusli kasalliklarning erta tashxisi, kiyosiy tashxisi, optimal davoni aniklash bo’yicha bilimlar berish.

- virusli kasalliklar tasnifini berish.

- ushbu kasalliklar etiopatogenezi xakida ma’lumot berish

- klinik ko’rinishlar va simptomlarini berish

- Status localis bo’yicha tavsiflash

- xususiy resteptura misollari bilan maxalliy va umumiy davolash asoslari xakida

tushunchalar berish.



Talaba bilishi kerak

- pursildok yara, dermatit Dyuring kasalliklari, virusli kasalliklari: oddiy uchuk,

urab oluvchi temiratki, sugallar, O’tkir uchli kondiloma klinik tasnifini.

- pufakli va virusli kasalliklarni aniqlash va davolash prinstiplarini,

epidemiologiyasini, klinik ko’rinishini, davolashning zamonaviy xususiyatlarini

Talaba kila olishi kerak


  • Terining pufakli va virusli kasalliklari klinik manzarasini

  • birlamchi va ikkilamchi toshmalarni ajrata olishi kerak.

  • Be’morlarni ko’rikdan utqazishi kerak.

  • Tashxis qo’yib , kiesiy tashxis utqaza olishi kerak.

  • Dori vositalarni to’g’ri qo’llay olishi kerak.

4.Mavzuni asoslash

- virusli infekstiyalar va OITS bilan bemorlar kurigi

- laborator-serologik taxlil natijalarini interpretastiya kilish.

Motivastiyalash

Virusli kasalliklar umumiy simptomatikasi va patomorfologiyasini, tugri tashxislash va yorita olishni, kasalliklarni ajrata olishni xamda maxalliy va umumiy davolash asoslarini bilish xususiy dermatologiya xamda umumiy amaliyot shifokori faoliyatida muxim axamiyatga ega.



Fanichi va fanlararo bogliklik

Ushbu mavzu bo’yicha ukitish talabalarning dermatozlarni umumiy simptomatikasi va patomorfologiyasi, anatomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiya bo’yicha bilimlarga, xamda turli dori vositalarini kasalliklar davosida kullay bilishga asoslanadi. Talabalar tomonidan amaliy mashg’ulot vaktida olingan bilimlar keyinchalik turli terapevtik va xirurgik klinik yunalishlarda kullaniladi.



Mashg’ulot tarkibi.

NAZARIY KISM

Oddiy uchuk (HERPES SIMPLEX)

Oddiy uchuk (pufakchali temiratki) yoki oddiy gerpes (herpes simplex), ko’p uchrovchi terining virusli kasalligi hisoblanadi. Kasallik har ikkala jinsda, har xil yoshda uchraydi. Kasallikning joylashishi, kechishi va og’irligiga qarab bir necha turi farqlanadi.

Etiologiyasi. Oddiy uchuq chaqiruvchisi filtrlanuvchi virus hi-soblanadi. Bugun odam gerpes virusi bilan chaqiriladigan hasta-liklar soni ko’payib dunyoda gripp kasalligidan keyingi o’rinni egallaydi. Gerpes viruslarining turlaridan odamda OGV–1 (yuz uchu-g’i) va OGV–2 (genital gerpesi) turi ajratilgan. Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infekstiyalar guruhiga genital gerpes qo’zg’atuvchisi OGV–2 kiritilgan.

Patogenezi. Organizmga virus turli yo’llar bilan tushadi (havo tomchi yo’li, teri va shilliq pardalar orqali) va gerpetik infekstiya klinikasini yuzaga keltirib, organizmda bir umr qolib ketadi, latent holatdan aktiv holatga o’tib, kasallikning qaytalashiga olib ke-ladi. Virus teri, shilliq qavatlar periferik va markaziy nerv sistemasi, jigar, qon tomirlar endoteliysini va qon hujayra-larini (T-lim-fostitlar, eritrostitlar, trombostitlarni) zararlaydi va (OGV-2) odam hujayrasining genetik tizimiga integrastiyalanib hujayra-lar-ning atipik trasformastiyalanishiga olib keladi (bachadon bo’yin ra-ki). Ko’p hollarda virus organizmda tinch holatda turib klinik alomat-larsiz kechadi va bu odamlar infekstiya manbai va tar-qa-tuvchilardir. Gerpes kasalligining tez-tez qaytalab turishiga va og’ir kechishiga gumoral va hujayra immunitetining ahamiyati juda katta.

Kasallik patogenezida va uning qaytalashida quyidagi omillarning ahamiyati katta: organizmning issiqlanishi, sovuq qotishi, yuqumli kasalliklardan keyingi holat, rak va boshqa holatlar, qaysiki, hujayra immunitetining susayishiga olib keluvchilar.

Klinikasi. Oddiy uchuqning ko’p uchrovchi sohasi tabiiy yoriqlar atrofi hisoblanadi: burun qanotlari, og’iz burchaklari, lab qizil hoshiyasi, jinsiy a’zolar. Dastlab bir joyda, kamroq ikki va undan ortiq sohalarda chegaralangan giperemiya yuzasida o’lchamlari moshdek yoki mayda no’xotdek pufakchalar hosil bo’ladi. Har bir o’choqda pufakchalar 2–3 tadan 8–10 tagacha etadi. Pufakchalar guruh-guruh joylashib, shaffof eksudat saqlaydi, suyuqlik 2–3 kunda xiralashadi. Ayrim hollarda pufakchalar tomi birikib, 1–1,5 sm li ko’pkamerali pufak hosil bo’ladi, pufak chetlari gajimdor ko’rinishga ega. Keyinchalik pufakchalar qurib sarg’ish-qo’ng’ir qaloqga aylanadi va 5–6 kundan so’ng ko’chadi. Qaloqlar o’rnida biroz qizg’ish yoki pigmentli dog’ qoladi. Ayrim hollarda esa pufakchalar 2–3 kundan so’ng yoriladi va to’q qizil rangli, atrofi gajimdor eroziya hosil bo’ladi. Pufakchalar toshishi sanchiq, achishish, ayrim hollarda atrof to’qi-ma-larning shishishi bilan kechadi. Bemorning umumiy ahvoli odatda o’z-garmaydi, ayrim bemorlargina holsizlik, mushaklar og’rishi, et uyushi-shidan shikoyat qiladilar. Tana harorati 38–39° S gacha ko’ta-ri-lishi mumkin.

Gerpetik stomatit – oddiy uchuqning bir ko’rinishi hisoblanadi. Pufakchalar og’iz shilliq pardasida tarqoq holda toshadi va lab, lunj, milk hamda tanglayni jarohatlaydi. Shishib, qizargan shil-liq pardada to’p-to’p pufakchalar hosil bo’lib, 1 soat ichida yoriladi va ular o’rnida mayda gajimdor eroziyalar kuzatiladi. 2–4 kun o’tgach, eroziya yuzalari mayin, yupqa fibrinoz parda bilan qoplaydi. 6–14 kun va undan uzoqroq vaqt o’tgach eroziyalar epitelizastiyaga uchraydi.

Bemorlar gipersalivastiya va og’riqdan shikoyat qiladilar.

O’tkir gerpetik (o’tkir aftoz) stomatit 6 yoshgacha bo’lgan bolalarda tashxis qilinadi. Bexosdan boshlanib, ayrim hollarda kamqonlik, harorat ko’tarilishi kabi holatlar bilan boshlanadi. Giperemiyalanib shishgan shilliq parda yuzasida aftasifat toshma toshadi, toshma har xil sohada joylashishi mumkin. Oddiy gerpetik tosh-ma-dan farqli o’laroq ular markazidan nekrozlangan afta ko’rini-shida bo’lib, atrofi o’tkir yallig’langan halqa bilan o’ralgan holda bo’ladi. Ular o’lchami 0,5–10 sm keladi. Dastlab toshmalar chegarali bo’lib, juda afta ko’rinishiga o’xshab ketadi, ko’plab toshmalar kuza-til-sa, qo’shilib, katta-katta eroziv yarali o’choqlar vujudga keladi. Jarayon gipersalivastiya va kuchli og’riq bilan kechadi.

Ayollarda jinsiy a’zolar sohasi uchug’i qo’zg’atuvchisi homila va yangi tug’ilgan chaqaloqlarning zararlanishiga sabab bo’ladi. Bunda homila tash-lash, homila o’limi yoki har turdagi nuqsonlarning paydo bo’lishi kuzatilishi mumkin. Shular bilan bir qatorda virus bachadon bo’yni raki (saratoni) rivojlanishiga asosiy sabab bo’lib hisoblanadi.

Keyingi yillarda jinsiy yo’l bilan yuqadigan turli infekstiyalar ko’payib ketib, birgalikda kechishini hisobga olgan holda, genital gerpes bilan murojaat qilgan bemor nikohdan tashqari, ko’p va betartib jinsiy aloqalar borligini ko’rsatsa – bu bemorni boshqa JYBYuIlarga tekshirish maqsadga muvofiqdir.

Tashxis. Tipik klinik ko’rinish va joylashish bilan kechgan oddiy uchuq tashxisi qiyinchilik tug’dirmaydi. Og’iz shilliq pardasida joylashib, gerpetik stomatit holida kechsa ko’p xilli eksudativ eritema yaralari bilan qiyosiy tashxis qilinadi.

Ko’p xilli eksudativ eritemada mavsumiylik (bahor, kuz) bor; o’ta qizarib shishgan shilliq pardada yirik pufak hosil bo’lib, tezda yoriladi. Yorilgan pufak o’rnida yirik, noaniq shaklli eroziya o’chog’i hosil bo’ladi va fibrinoz parda bilan qoplanadi. Lab qizil hoshiyasida pufak suyuqligi tezda qurib, qalin qonli qaloq vujudga kela-di. Gipersalivastiya kuzatilib, ovqatlanish og’riqli va qiyin bo’ladi.

Differenstial tashxisi:

1. Siphilis primaria.

2. Herpes zoster.

3. Impetigo contagiosa.

4. Ulcus vulvae acutum.

Pufakchalar yorilib, eroziya hosil bo’lganda birlamchi zaxm tosh-malariga o’xshab ketadi. Ammo shankrning oval shaklli, atrofi qizar-magani, qattiq-elastik infiltrat borligi, yuzasidan oqish trepone-malar topilishi, shu bilan birgalikda achishmasligi, uni qiynal-masdan oddiy uchuqdan ajratishga imkon beradi.

Laorator tekshiruv usullari: polimeraz zanjir reakstiyasi (PZR).

QAMRAB OLUVChI TEMIRATKI (HERPES ZOSTER)

Qamrab oluvchi temiratkini filtrlanuvchi virus chaqiradi. Har ikkala jinsda ham uchrab, har xil yoshlarda kuzatiladi, ammo 10 yoshgacha bo’lgan bolalarda uchramaydi.

Kasallik o’tkir kechib, qattiq nevralgik og’riqlar bilan kuzatiladi va tana harorati ham ko’tariladi.

Klinikasi. Asosan periferik nerv tolalari bir tomonlama jarohatlanadi, ko’pincha qovurg’alararo nerv jarohatlanib, nerv tolalari yo’nalishi bo’yicha toshma toshib, og’riq bezovta qiladi.

Uchlamchi nervning birinchi va uchinchi shoxi jarohatlansa og’iz shilliq pardasida toshmalar toshishi kuzatiladi. Toshmalar xuruj-xuruj qilganday toshadi, ular paydo bo’lgach, harorat ko’tariladi. Giperemiyalangan teri yuzasida guruh-guruh pufakchalar paydo bo’lib, ular dastlab seroz suyuqlik saqlaydi, asta-sekin suyuqlik loyqa-lanadi, qurib seroz qaloq hosil qiladi. Dastlabki guruh toshmalaridan so’ng navbatdagi guruh toshmalar paydo bo’lib, nerv tolasi yo’nalishini qoplaydi. Toshmalar bir vaqtda toshmaydi, shu sabab bir bemorda har xil toshma: eritema, pufakcha, seroz qaloqlar, eroziyalar kuzatiladi, eroziyalar cheti mayda gajimdor. Qaloqlar ko’chib, eroziya bitgach, o’rnida ikkilamchi dog’ hosil bo’ladi.

Og’iz shilliq pardasining chegaralangan holdagi jarohatlanishi juda kam uchraydi. Qamrab oluvchi temiratki oddiy uchuqdan farqli o’laroq bir tomonlama jarohat chaqirib, toshmalar nevralgik og’riq bilan kechadi va toshmalardan oldin bezovta eta boshlaydi. Pufakchalar tanglay, lunj, til shilliq pardasida joylashadi. Til jarohatlansa jarayon tilning ikkinchi yarmiga ham o’tadi va uni 2/3 qismini egallaydi, bu holat til innervastiyasi bilan bog’liq, sababi uchlamchi nerv shoxlari bir-biri bilan anastomoz hosil qiladi. O’ta shishgan, qizargan shilliq pardada hosil bo’lgan to’p-to’p pufakchalar tezda yorilib, gajimdor eroziyalar hosil qiladi. Eroziya yuzalari 2 kunda zich fibrinoz pardalar bilan qoplanadi. Qamrab oluvchi temiratki uzoq kechib, ayrim hollarda 5 hafta davom etadi.

Kam quvvatli, og’ir xastalikka chalingan bemorlarda kasallikning gangrenoz turi kuzatiladi. Bu hollarda toshmalar o’rnida yaralar hosil bo’lib, o’rnida chandiqlar qoladi.

Qamrab oluvchi temiratki o’zidan so’ng immunitet qoldiradi, qaytalashi kuzatilmaydi. Ammo og’ir kasalliklar bilan og’rigan kishilarda, immunitet susayishi ( rak, leykoz) qaytalash va tarqoq turi kuzatilishi mumkin. Ayrim bemorlarda kasallikdan so’ng nevralgik og’riq uzoq vaqt saqlanishi mumkin.

Patogenezi. Kasallikni filtrlanuvchi virus chaqiradi, u der-matoneyrotrop xususiyatga ega. Virus, bolalarda suvchechak chaqiruvchi virus bilan bir xildir. Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar: sovuq olishi, surunkali intoksikastiyalar, qon kasalliklari, o’sma kasalliklari.

Davosi. Birinchi navbatda analgetiklar (analgin, baralgin) tayin etiladi. Astetilsalistil kislotasi yoki amidopirin 0,5 g. dan kuniga 3–4 marta, antibiotiklar, xususan, rifampistin 0,6 g. 1 sutkada (0,3 g. dan 2 mahal). Vitaminlardan V12 – 500 m/o har kuni. Mahalliy anilin bo’yoqlarining spirtdagi eritmalari, virusga qarshi ta’sirga ega vositalar, saqlovchi mazlar (aklovir 5%, tebrofen 2%, oksalin 3%) tayin etiladi. Mahalliy qo’shimcha quruq issiq ta’siri, UBN, ultratovush, diadinamik tok nerv yo’nalishi bo’ylab tayin etiladi.

YuQUMLI MOLLYuSK

Yuqumli mollyusk degenerativ va stitoliz holatlari bilan kechadigan virus kasallik.

Etiologisi va patogenzi. Kasallik qo’zg’atuvchisi (Molluscovirus hominis) filtrlanuvchi, DNKli virus bo’lib, aksariyat bog’cha, kichik maktab yoshdagi bolalarda (1–7 yosh) kasallik chaqiradi. Ularga kasallik to’g’ridan-to’g’ri virus tashuvchidan yoki umumiy sochiq, vanna, idish-tovoq, o’yinchoq va boshqalardan yuqishi mumkin. Ayrim holat-larda kasallik bolalar muassasasida epidemik tarqalib ketishi mumkin. Kattalarga virus maishiy- kontakt yo’li bilan birgalikda jinsiy aloqa yo’li orqali yuqadi. Shu sababli yuqumli mollyusk jinsiy yo’l bilan yuquvchi kasalliklar guruhiga kiradi.

Klinikasi. Kasallikning inkubastion davri 2–3 haftadan bir necha oygacha davom etadi. Shundan so’ng sog’lom teri yuzasida mayda (1–2 mm), asta-sekin kattalashadigan, chegaralari aniq, yaltiroq, oqish marvarid rangli, markazida kindiksimon botiqchali, zich-elastik konsistenstiyaga ega tugunchalar paydo bo’ladi. Ular yuz, ko’z atrofi, bo’yin, ko’krak, qo’l panjasi, qorin sohasi, jinsiy a’zolar terisida uchraydi. Kasallik toshmalari sub’ektiv hissiyotlarsiz kechadi. Tugunchalarni yon tomonlaridan siqib ko’rilganda, markazidagi botiq-cha-dan bo’tqasimon massa chiqadi. Bu massa mug’uzlangan eniteliy hujay-ralaridan iborat bo’lib, mollyusk tanachalari deb ataladi. Tugun-cha-lar son va hajmi jihatidan har xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ayrim hollarda tugunchalar ingichka asosda, oyoqchada joylashadi. Yuqumli mollyuskning quyidagi klinik turlari farqlanadi: ko’p sonli mayda toshmali, ingichka asosli (oyoqchali) va gigant toshmali.

Diagnozi. Klinik belgilarga asoslanib kasallikni aniqlash qi-yin emas. Yuqumli mollyuskni terining o’simtali toshmalari va jinsiy a’zolarda joylashgan holatlarda zaxm toshmalari bilan taq-qoslab ko’riladi. Bunda, yuqumli mollyuskni boshqa turdagi toshma ele-ment-laridan ajratib turuvchi belgi – siqib ko’rilganda, markazdagi bo-tiq-chadan bo’tqasimon massa chiqishi va mikroskopda ko’rilganda, katta, oval, protoplazmasida kiritmalari bor hujayralar (mollyusk tanachalari) topilishidir. Jinsiy aloqa orqali kasallik yuqtirilgan hollarda zaxm va OIVga qon tekshiruvlarini o’tkazish o’rinlidir.

Davosi. Tugunchalar pinstet bilan siqib tashlanadi yoki o’tkir uchli Folkman qoshiqchasi bilan qirib olinadi, ba’zan diatermokoagulyastiya, kriodestrukstiya usullari qo’llaniladi. O’rni – 2–5% li yodning spirtli eritmasi bilan artiladi va yuzasiga virusga qarshi (bonafton, oksalin, gossipol, tebrofen, interferon) malhamlar surtiladi.

Ikkilamchi infekstiya bilan asoratlangan hollarda antibiotikli malhamlar (tetrastiklin, sintomistin, eritromistin va boshqalar) ishlatiladi.

SO’GALLAR

So’gallarni papillomatoz virus chaqiradi. So’gallarning to’rt turi bor: oddiy, yassi, o’tkir uchli (o’tkir uchli kandilomalar) tovon so’gali. So’gal hamma yoshdagi kishilarda uchraydi, oddiy va yassi so’gal ko’proq bolalar va yoshlarda uchraydi. Kasallik yuqumli.

Oddiy so’gal, asosan, qo’llarda, yuzda, lab qizil hoshiyasida, lab burchagiga yaqin sohada, juda kam hollarda og’iz shilliq pardasida uchraydi. Oddiy so’gal diametri 1 sm gacha boruvchi tugunchadan tashkil topadi. Tuguncha teri sathidan ancha ko’tarilib turadi, rangi qo’ng’ir yoki teri rangida, zich konsistenstiyada. Uzoq saqlanuvchi yirik so’gal yuzasida so’rg’ichsimon o’simtasi bo’lib, yuzasi mug’uzlanib turadi.

Yassi so’gal ko’proq bolalar va yoshlarda kuzatiladi. O’lchamlari 3 mm gacha bo’lgan, yassi teri sathidan biroz ko’tarilib turuvchi, ko’pincha poligonal shaklidagi tugunchalardan iborat. Rangi teri rangida yoki pushti, qo’ng’ir tusda bo’ladi. Bu xil so’gallar ko’p uchrovchi soha: qo’l panjasi yuzalari va yuz terisi. Yuzda ko’plab toshsa, lab qizil hoshiyasida ham kuzatiladi. Ayrim bolalar biroz qichishi-shi-dan shikoyat etadilar.

Davolash. Yuqoridagi tur so’gallarda virusga qarshi 3% li oksalin, 5% li tebrofen, 0,5 % bonafton mazlari ishlatiladi. Suggestiv terapiya ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Krioterapiya va elektrokoagulyastiya yaxshi samara beradi.

O’TKIR UChLI KANDILOMALAR

Yumshoq konsistenstiyali, bo’lak-bo’laklardan tashkil topgan va ko’rinishi "gulkaram", "xo’roz toji"ni eslatuvchi, ingichka "oyoqcha"da turuvchi hosiladir. Rangi pushti yoki sog’ teri rangida, ta’sirlanish natijasida kattalashadi. O’tkir uchli kandilomalar, asosan, jinsiy a’zo, anal soha, olat toji, yopqichi sohasi, qinga kirish sohasida, bolalarda esa burun, yonoq, burun-lab burmalari sohasida uchraydi. Davosi: jarrohlik usulida olib tashlanadi.

ANALITIK BULIM

Ushbu mashg’ulotda kullaniladigan yangi pedogogik texnologiyalar

«Aylana stol» usulini kullash.

Virusli kasalliklarning barcha turlarini yozib chikish uchun bir varak kogozi aylana buylab utkaziladi. Xar bir talaba uz variantlarini yozib chiqadi. Sungra muxokama utkazilib, notugri javoblar uchiriladi va tugri javoblar mikdori bo’yicha talabalar bilimi baxolanadi.

«Galereya bo’yicha sayoxat» usulini kullash.

Talabalar juftliklarga bulinishadi. 10 dakika davomida bir juftlik urab oluvchi temiratki klinikasi va davosini, boshkasi mollyuskni, uchinchisi esa sugallarni yozib chiqadi. Sungra ular uz variantlari bilan almashib, bir-birlarini javoblarini baxolashadi, uz tuzatishlarini kiritishadi.

Vaziyatli masalalar: (ilova 1)

AMALIY BULIM

Anamnez yigish, teri patologik jarayonini tavsiflash, davo tayinlash(antigistamin, desensibilizastiyalovchi vositalar, infuzion terapiya, vitaminoterapiya, maxalliy davo – primochkalar, pasta, malxamlar, kremlar) bo’yicha vazifalarni bajarish.



BEMORNI PROFESSIONAL SUROVI VA KURIGI

Maksad: teri va shilliq qavatlarni tekshirish.

Bajariladigan bosqichlar (darajalar):

Bosqich №


Tadbir

Bajarilmadi (0 ball)

Tulik va tugri bajarildi

1.

Kuruv xonasi yaxshi jixozlangan bulishi lozim

0

5

2.

Kuruv xonasining xaroratiax 22-23 gradus atrofida bulishi lozim

0

5

3.

Teri rangiga e’tibor berish zarur: u okish, pushti, kora bulishi mumkin

0

10

4.

Teri turgori, elastikligi, namligi yoki kurukligini aniklash

0

20

5.

Tartib bo’yicha yuz, kullar, tana, jinsiy a’zolar va oyoklarni kuzdan kechirish. Toshmalar borligiga va ularning xususiyatlariga e’tibor berish.

0

30

6

Birlamchi va ikkilamchi toshmalar borligiga, jarayon lokalizastiyasiga e’tibor berish.


0

30



Ja’mi


0

100

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish