ELEKTROMAGNIT MAYDON KUCHLANGANLIGINI TEKSHIRISH
USULLARI
MASHG„ULOTNING QISQACHA MAZMUNI.
-
Elektromagnit maydonlari
turkumiga ionlashtirilmaydigan yig„indisi elektromagnit nurlanishlaridan elektrostatik
doimiy magnit past chastotali maydon radiochastotadagi EMM infraqizil ko„rinuvchi va
ultrabinafsha lazer nurlari kiradi. O„zgariuvchan EMM – magnit va elektro maydonlari
yig„indisi bo„lib, bo„shliqda yorug„lik tezligida to„lqin ko„rinishida tarqaladi. Manba
atrofida EMM tarkalishi 3 zonaga (yakin induksiya zonasi, oralik interferensiya zonasi,
uzok to„lqin zonasiga) bulinadi. Yakin induksiya zonasi, bu zonada shakllangan EMM
yo„q, chunki elektr va magnit maydonlari orasida boglanish bulmaydi, biri keng
kursatkichga erishsa, ikkinchisi eng oz kursatkichda bo„ladi. Shu sababli buzonada
tarkibiy kismlardan biri (elektr V/m
2
magnit A/m maydonlarning) ta'siri bo„ladi. Bunga
kura zonada har ikki tarkibiy kismlar ulchanadi. Uzok to„lqinli zona, bu yerda EMM
shakllangan bo„ladi, magnit va elektr maydonlari kuchlanganliklari fazasi bo„yicha bir-
biriga mos keladi. Har ikkala tarkibiy kism birgalikda ta'siri, energiya okimi zichligi
(EOZ) energetik kursatkich bilan ifodalanadi (birligi Vt/m
2
). EMM kursatkichlari
qatorida to„lqin uzunligi metrda (m) ifodalananuvchi tebranish soni gerslarda (Gs)
ifodalanuvchi birliklari kiradi.
EMM chastotasi bo„yicha kuyidagicha bo„ladi:
1. Sanoat chastotasidagi EMM (50-1000 Gs) manbaalari yuqori kuchlanishdagi
elektr uzatish yullari ochik elektr taksimlovchi moslamalar, transformatorlar.
2. Radiochastotadagi elektromagnit maydonlari (REMM) ular uz urnida kuydagicha
bulinadi:
- yuqori chastotali
- ultrayuqori chastotali
- utayuqori chastotali
YuCh va UYuCh elektromagnit maydonlari radioalokada, radioeshittirishlarda,
televideniyada, tibbiyotda, dielektriklarni isitishda (polimer materiallarni payvandlash,
yogochni kuritish, plastmassalarni isitish, va boshkalar). UYuCh va YuCh
radioalokasida, radioboshkarishda ko„p kanallik radioalokada radioastronomiyada,
radiospektroskopiyada, defektoskopiyada, fiziotekrapiyada va xokazo. Ishlab chiqarish
joylarida EMM manbalar bo„lib, generatorlar, fider yullari va ishlari hisoblanadi. EMM
radiotexnika moslamalarida kullanishda asosiy manba bo„lib anketa tizimlari
radiomoslamalarida mavjud ekranlardagi tirkishlar hisoblanadi. Fizioterapiyada esa
ishlayotgan apparatlar elektrodlari manba hisoblanadi.
Sanoat chastotasidagi EMM kuchlanganligini o„lchash uchun PZ-1, NFM-1
asboblaridan foydalaniladi.
Yuqori va ultrayuqori chastotalik EMM kuslanganligini o„lchash maksadida IEMP-
T , NFM (Germaniya) asboblaridan foydalaniladi.
Organizmdan utayotgan elektromagnit energiyasi ma'lum kismi tukimalarga
yutiladi. Tukimalarda yutiladigan elektromagnit energiyasi miqdori to„lqin uzunligiga
(tebranish chastotasi) intensivligi va ta'sir tartibiga (uzluksiz, uzlukli,impulsli) ta'sir
vaqtiga (doimiy tuxtab intermitrlangan), soat katta- kichikligiga a'zoning anatomik va
fiziologik xolatiga bog„liqdir. Elektromagnit maydonlari ta'siri suvning dipol
malekulasining va ionlarning tebranishlari issiklik energiyasini vujudga keltiradi.
2.2. Analitik kism
2. Poliklinikaning fizioterapevtik bulimida UVCh va SVCh apparatlari urnatilgan.
Kabinalarda «Luch» -58 apparati urnatilgan bo„lib, bir-biri bilan oddiy pardalar
yordamida ajratilgan. Xonada UVCh-4 apparati statsionar joylashtirilgan bo„lib,
personaldan izolyasiya kilingan emas. Hamshira 6 soat shu bulimda ishlaydi.
EMM kuchlanishi ulchanganda LUCh-58 apparati oldida 4 mkVt/sm
2
, UVCh-4
apparati oldida 12-40 V/m ga teng.
Kuyidagi savollarga javob bering:
1.
EMM kuchlanishlari qaysi asbob bilan ulchanadi?
2.
EMM kuchlanishlari San K va M bilan takkoslab,baho bering?
3.
Fizioterapevtik bulim xodimlarining EMM kuchlanishlaridan himoya qilish
choralarini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |