Masshtab samarasi
|
–
|
bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi surati bilan mahsulot ishlab chiqarishni o‘sish surati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi deyiladi
|
Mediana
|
–
|
bu to‘plamni teng ikki qismga bo‘luvchi belgi qiymatidir
|
Moda
|
–
|
to‘plamda eng ko‘p uchraydigan belgi qiymatidir
|
Model
|
–
|
lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor degan ma’nolarni anglatadi
|
Modelning adekvatligi
|
–
|
modelning modellashtirilayotgan ob’ekt yoki jarayonga mos kelishi
|
Multikollinearlik
|
–
|
umumiy natijaga birgalikda ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi zich korrelyasion bog‘liqlik.
|
Nol-gipoteza
|
–
|
ikkita to‘plam taqqoslanadigan belgilariga qarab bir biridan farq qilmaydi deb aytilgan taxmindir:
|
|