Faning qisqa mazmuni (summary). “Umumiy va noorganik kimyo”fani tabiatdagi kimyoviy hodisalar haqidagi umumiy qonunlarni ochib beradi. Ushbu fanning qamrovi juda keng boʻlib, oʻz ichiga moddalarning tabiatda uchrashi→ularning olinishi→ fizik va kimyoviy xossalarini oʻrganish va oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyalari va biotexnologiya sohalarida foydalanish istiqbollari hamda kimyoning asosiy tushuncha va qonunlarni oʻrganadi.
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga kimyoviy elementlar davriy sistemasi, eritmalar, kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat, eritmalar, ularning hosil boʻlish jarayonlari va bosqichlari, eritmalarni tabiatiga koʻra turlari, ular hodisa va xossalari, elektrolit eritmalar xususiyatlari, ion almashinish, tuzlar gidrolizi va oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari, kimyoviy elementlar, tabiiy minerallari, ular asosida birikmalar olish, qoʻllanish sohasi va hokazolarni o‘rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |