Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, f f. n Aliev S. U



Download 1,52 Mb.
bet34/87
Sana30.05.2022
Hajmi1,52 Mb.
#620148
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
Bog'liq
psix 11111111

3. Ma’lumotlarni to‘plash. To‘plangan ma’lumotlar o‘rganilayotgan muammoga mos bo‘lishi yoki ularni to‘plash maqsadga muvofiq ravishda olib borilishi zarur. Ilmiy ma’lumotlarga bo‘lgan asosiy talablar - bu ularning xolisona, to‘la va izchil bo‘lishidir. To‘plangan ma’lumotlar o‘rganilayotgan muammoni har jixatdan tavsiflab berishi kerak,
4. Ma’lumotlarni qayta ishlash. To‘plangan ma’lumotlarni matematik va mantiqiy jixatdan ishlab chiqish umumiylikni, xususiylikni topish va ularni tasodifiy ma’lumotlardan ajratash imkonini beradi. Bunda to‘plangan ma’lumotlarning o‘rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va xokazo), protsentlari aniqlanadi, sonlarga oid ma’lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma va chizmalarda o‘z aksini topadi. Murakkab mutanosiblikdagi ma’lumotlarni topishda esa variatsion statistika metodlari qo‘llaniladi.
5. Qonuniyatlarning ifodalanishi. Bu tadqiqotning bir muncha murakkab va masxuliyatli bosqichi xisobanadi. CHunki, bu bosqichda ma’lumotlarning moxiyatiga qanchalik chuqur tushunilganligi, ularning o‘zaro bog‘liqligini xisobga olib, olingan ma’lumotdan xar turli xulosa chiqarish mumkin. Ko‘pincha chiqarilgan xulosalar ta’miniy xarakterga ega bo‘lib, keyingi tekshirishlar uchun asos bo‘ladi.
6. Qonuniyatni amalda qo‘llash. Aniqlangan qonuniyatlar ma’lum bir amaliyot sohasida qo‘llaniladi. Amalda qo‘llash aniqlangan qonuniyatning to‘g‘riligiga batamom ishonch xosil qilish imkonini beradi. Ko‘pincha o‘qituvchilar o‘z amaliy faoliyatlarida shaxsiy kuzatishlari va boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Biroq, bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan etarli asoslangan bo‘lmaydi, ya’ni, muammo aniqligi va teranligi bilan ajralib turmaydi.
Muammoli savol: Yosh davrlar psixologiyasining maxsus metodlari qaysilar?
Psixolog B.G.Anan’ev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik, (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki natijalarni sharxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruxlar o‘zining maqsad va vazifasi bo‘yicha yana bir necha toifa hamda turlarga bo‘linadi. Quyida mazkur metodlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifini keltiramiz.
Tadqiqot metodlarining birinchi-tashkiliy guruxi o‘z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz) kompleks (ko‘pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya sotsial psixologiya (katta yoki kichik guruxlarni hamda ularning xar bir toifalarini) meditsina psixologiyasi (sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini) sport psixologiyasi (sportchilarning xolati, kuchliligi va ishchanligini) o‘zaro taqqoslash kabilarda unumli foydalaniladi.
Yosh davrlar psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘ziga xosligi kabilarni o‘rganishda qo‘llaniladi.
Yosh davrlar psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir vaqtda longityud (uzluksiz) metodi ham qo‘llaniladi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, xatto o‘n yillab tekshirishidir. Longityud metodidan foydalanib, nemis olimi V.SHtern, fransuz tadqiqotchisi R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytes, V.S.Muxina va boshqalar tadqiqotlar olib borganlar. Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-Xusan, Fotima-Zuxra) yoki aralash jinsli (Xasan-Zuxra, Fotima-Xusan) egizaklar kuzatilgan. SHuning uchun qator tadqiqotlarning «Ona kundaligi» (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi bejziz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni kuzatish, unda paydo bo‘layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi illatlarni oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik munosabatlarining ichki bog‘lanish qonuniyati hamda mexanizmi to‘g‘risida mukammal ishonchli barqaror ma’lumotlar to‘plash imkonini yaratadi.
Xozirgi fan va texnika taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning ilmiyligini yanada oshirish uchun (sub’ektiv omillarning ta’sirini kamaytirish maqsadida) kompleks dastur asosida boshqa fanlar ( meditsina, fizika, fiziologiya, biologiya, sotsiologiya, kibernetika, statistika, filosofiya, logika va xakazolar) bilan birgalikda tadqiqot ishlari olib borishni taqazo etmoqda. Amaliy yo‘sindagi ilmiy tadqiqot ana shu ko‘p qirrali yondoshishni talab qiladi.
Psixologiya soxalarida (psixofiziologiya, kosmik psixologiya, meditsina psixologiyasi, injenerlik yoki aviatsiya psixologiyasi) tadqiqot ob’ektiga sistemali yondoshish prinsipi amalga oshirilmoqda. Kompleks metod yordamida o‘rganilayotgan ob’ektdagi o‘zgarishlar turli nuqtai-nazardan taxlil qilinadi yoki ularga turlicha yondoshiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o‘zlashtirish xususiyati psixologik jixatdan tekshirilayotgan bo‘lsa, kompleks yondoshish ta’sirida ana shu o‘zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik keksayishning biologik omillarini o‘rganish uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jixatlarini yoritishda xizmat qiladi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta yordam beradi.
Ilmiy tadqiqot metodikalarining ikkinchi guruxi empirik metodlaridan iborat bo‘lib, bu guruxga kuzatish, eksperiment, test, anketa, so‘rov, sotsiometriya, suhbat, intervg‘yu, faoliyat jarayoni va uning maxsulini tahlil qilish, tarjimai xol kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz va prognoz vazifalarni bajaradi. Insonda tug‘ilganidan umrining oxirigacha sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlarni chuqurroq va ob’ektivroq tadqiq etish uchun empirik metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish