Biologik model turli tirik ob’eklar va ularning qismlari-molekula, hujayra, organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashda qo’llaniladi. Biologiyada, asosan, uch hil modeldan foydalaniladi. Ular biologik, fizik, va matematik modellardir.
Biologik model – odam va hayvonlarda uchraydigan ma’lum bir holat yoki kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko’rish imkonini beradi. Bunda shu holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi, kechishi, oqibati kabilar tajriba asosida o’rganiladi. Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga ta’sir qilish, mikroblar yuqtirish, ba’zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo’lgan garmonlarni kiritish va boshqa usullar qo’llaniladi. Bunday modellarda genetika, fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi.
Biologiyada turli jarayonlarni o’rganishda modellashtirishdan foydalanish muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki inson bevosita ishtirok etmaydigan biologik (kimyoviy, fiziologik) jarayonlar ma’lum qonuniyatlar asosida ro’y beradi. Bu qonuniyatlarni o’rganishda, asosan, abstraksiya usulidan foydalaniladi.
Kompyutyerdan, ayniqsa, yuqori tezlikda ishlaydigan kompyutyerdan foydalanish turli biologik jarayonlarni modellashtirishda qo’l keladi.
Biologik jarayonlarni modellashtirish—bu jarayonning matematik ifodasi yordamida (ya’ni, qonuniyatni tashkil etuvchi elementlar va ularning o’zaro bog’lanish funksiyalari) uning borishi va undagi natijalarni oldindan aytib bera olish imkoniyatidir. Bu xususiyatlarni algoritmlash va shu algoritm asosida dasturlash usuli orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bundan tashqari, murakkab biologik jarayonlarni mashinali eksperimentlar yordamida o’rganish va tadqiq qilish mumkin.
Ko’pincha, biror jismning (masalan, molekula, atom, DNK, RNK) harakatini differensial tenglamalar yordamida tavsiflash mumkin bo’ladi. Bunday tenglamalar yordamida bir necha kattalik (m-molekula massalari, M-DNK massalari, Vm-ularning o’lchamlari) va ularning o’zgarish munostabatlari beriladi. Masalan, berilgan biologik (kimyoviy) reaksiya tezligi unda ishtirok etadigan biologik (kimyoviy) moddalarning konsentrasiyasiga bog’liq. Masalan, chirmoviqgulning bir sutkadagi o’sish tezligi havo temperaturasiga (T), yorug’lik miqdori (kuchi) va uning tanasidagi namlik (N-suv miqdori)ga bog’liq bo’ladi. Gulning o’sishi jarayonini modellashtirish uchun quyidagi ko’rinishda tenglamalar tizimi tuziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |