«Tasdiqlayman» O’quv ishlar bo’yicha Direktor o’rinbosari



Download 1,91 Mb.
bet47/92
Sana23.08.2021
Hajmi1,91 Mb.
#154195
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92
Bog'liq
Axborot-texnologiyalari-fanidan-maruza-II-kurs-I-II-semestr (1)

Tayanch iboralar: ma’lumotlar, axborotlar , axborot tizimi, axborot tizimining turkumlanishi, ma’lumot almashinish, axborot almashinish turlari
Axborot tizimlari deganda axborotni saqlash, izlash, turlarga ajratish, uni qayta ishlash prinsiplari, usullari, vositalari tushuniladi.

Axborot tizimi foydalanuvchiga ma’lumotlarni tartiblash, avtomatik izlash, ma’lumot almashish kabi ishlarni bajaradi.

Tizim, ya’ni sitema yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida bir-biriga bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmui tushuniladi.

Axborot tizimini yaratish va undan foydalanish qo’yiladigan maqsadga muvofik bo’lishi lozim. Aks holda undan foydalanish ma’noga ega bo’lmaydi. Shu ma’noda ma’lumotlar omborlarini umumiy bir turda tasnif qilish mushkul. Ba’zi tizimlar esa, umuman tasnif qilinmaydi.

Bajaradigan vazifasiga ko’ra axborot tizimlarining ikki turini ajratamiz va ularning mazmuni bilan tanishib chiqamiz.

Ma’lumotlar omborlarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: birinchisi—foydalanuvchilar uchun biror tashkilot (o’quv muassasasi, xususiy shaxs va h.k.) yoki firma tomonidan yaratilgan va umumiy bo’lgan ma’lumotlarni beruvchi tizimlar; ikkinchidan—ma’lum dastur asosida ma’lumot beruvchi ma’lumotlar omborini yaratish.

Birinchi turdagi ma’lumotlar ombori qo’yilgan masalalarga aniq javob bera oladi va ularga shartli ravishda axborot-ma’lumotnomali tizimlar, axborot izlashlovchi tizimlari va ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlarini kiritish mumkin.

Axborotlarni izlovchi tizimlar (ma’lumotnomalar) to’plangan bilimlarni yigish, ro’yxatlash, turlarga ajratish va undan foydalanish imkonini beradi (masalan, telefon ma’lumotnomalari, xodimlar haqida ma’lumotlar va h.k.). Bunday ma’lumotlar ombori yangi bilimlar manbai vazifasini bajarish ham mumkin.

Ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlari ko’pgina amaliy masalalarni xal qilish, ishlab chiqarishni boshqarish, buxgalteriya hisoboti va hokazolarni xal qilishga mo’ljallangan bo’ladi.

Hajmi va ma’lumotlaridan foydalanishga ko’ra axborot tizimlari quyidagilarga ajratiladi:

· avtonom yoki «shaxsiy» axborot tizimlari;

· «fayl-server» texnologiyasi bo’yicha ko’rilgan oddiy tarmoqli axborot tizimlari;

· «klient-server» tuzilishiga ega quvvatli axborot tizimlari.

Endi faktografik tizimlarni ta’riflashga o’tamiz.

Ko’rinishi sodda va qo’yilgan masalalarga yagona, aniq yechimni ko’rsata oladigan tizimlar faktografik tizimlar deyiladi.

Faktografik tizimlarni universal va maxsus tizimlarga ajratish mumkin.

Universal tizimlar turli sohalarda har qanday ma’lumot bilan ishlashi mumkin. Bu tizimda asosiy vazifa kiritilgan ma’lumotlar omboridan to’g’ri foydalana olishdir. Universal tizim ma’lum ma’noda televizorga o’xshaydi, chunki u hamma narsani xokkey o’yini, simfonik konsert, badiiy film va boshqalarni ko’rsataveradi.

Lekin insoniyat faoliyatining ko’pgina sohalarida universal tizimlardan foydalanib bo’lmaydi. Masalan, samolyotdagi joylarni oldindan belgilash tizimlarida (minglab yo’lovchilar, yuzlab yo’nalishlar va h.k.) universal usullardan foydalanib bo’lmaydi. Bunday tizimlar uchun maxsus ma’lumotlarni kiritish, izlash, qayta ishlash va chiqarish algoritmlari loyixalanadi va barcha ma’lumotlarning xususiyatlari hisobga olinadi. Bunday hollarda har bir qo’yilgan masalaga moslab tizimlar yaratiladi.Bunday tizimdagi ma’lumotlar tez-tez o’zgarib turadi va ular turli sohalarda ishlatilishi mumkin (masalan, moddiy ishlab chiqarish, bank ishlari, kriminalistika, ilmiy izlanishlar va h.k.). Unda o’rganiladigan faktlar ham haqiqiy dunyoning ob’yektlari haqidagi qiymatli ma’lumotlardan iborat bo’ladi.

Foydalanuvchi tomonidan turli mazmunga ega bo’lgan ma’lumotlar (masalan, maqola, kitob, referat, qonun matnlari, me’yoriy hujjatlar va h.k.), odatda, tartibsiz joylashgan bo’ladi. Axborot tizimlari bunday ma’lumotlar ichidan berilgan savolga yagona va bir qiymatli javob topib bera olmaydi. Ular hujjatli tizimlar deb ataladi.

Tizimning maqsadi, odatda, foydalanuvchining so’roviga ko’ra uni qanoatlantira oladigan darajada javob berishdir. Masalan, «kuchlanish» so’zi ishlatiladigan barcha maqolalar ro’yxatini ekranga chiqarish masalasini qaraylik. Hujjatli tizimning asosiy xossalaridan biri shundaki, foydalanuvchiga kerakli hujjatlarni bermasdan (masalan, «kuchlanish» so’zi boshqa ma’noda ishlatilgan axborotlar) kerakli ma’lumotlarni berishidir (masalan, muallif «kuchlanish» so’zini noto’g’ri yozib yuborganda). hujjatli tizim biror-bir iborani gapda qanday ma’noda kelishiga qarab ajrata olishi kerak (masalan, qisqichbaqa—hayvon, qisqichbaqa—yulduzlar turkumi, rak (qisqichbaqa)—kasallik).

Ko’p hollarda faktografik va hujjatli tizimlardan birgalikda foydalaniladi. Bunday tizimlardan foydalanish qulayliklarga ham ega, imkoniyatlarga ham boy bo’ladi.

Shuningdek axborot tizimida ma’lumotlar bilan almashinish katta ahamiyatga ega.

Biror moddiy ko’rinishda mujassamlangan va uni ifodalovchi axborot xabar dеyiladi va signallar yordamida bir joydan boshqa joyga uzatiladi. Signallarning almashinish jarayoni rasmda ko’rsatilgan.

Har bir xabar ma'lum hajmga ega bo’ladi va u biror fizik kattalik sifatida ishlatiladi. Fizik kattaliklarni uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar ikki turga bo’linadi.

Bunday qurilmalarda ishlatiladigan signallar analog (uzluksiz) signallar dеyiladi.

Axborot signallarining xaraktеrli tomoni shundaki, ular ma'lum vaqt oralig’ida chеksiz ko’p qiymatga ega bo’lishi mumkin.

Analog qurilmalarni ishlab chiqarish tеxnologiyasi va ulardan foydalanish ancha murakkab jarayondir. Ularning asosiy kamchiliklaridan biri ularda kattalikni o’lchash xatoligidir.

Shuning uchun ko’p hollarda analog signallar diskrеt (uzilishli) ko’rinishga aylantiriladi. Bunday aylantirish jarayoni diskrеtlash dеyiladi. So’ngra diskrеt signalning har bir qiymati son orqali ifodalaiadi. Raqamli tеxnikada bunday jarayon kodlash, bеrilgan sonlar majmui esa signal kodi dеyiladi.

Raqamli tеxnika qurilmalarida bеrilgan signallar yoki o’zgartirishlar ularning kodlari ustida amalga oshiriladi.


Axbortni qayta ishlash jarayoni shartli ravishda ikki turga ajratiladi. Birinchisi ma'lumotlar bilan hisob-kitob ishl-ri va ikkinchisi mantiqiy amallarni bajarish. Bu ishlar qayta ishlash qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.




Ma'lumotlarni qayta ishlash qurilmalarining asosiy vazifasi ma'lumotni foydalanuvchiga kеrakli ko’rinishda o’zgartirib bеrishdir. Ular ikki turga bo’linadi. Oddiy ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonining umumiy ko’rinishi rasmda tasvirlangan. Uning kirish qismiga boshlang’ich ma'lumotlar kiritiladi, chiqish qismida esa ma'lum qonuniyat asosida qayta ishlanib, o’zgartirilgan ma'lumotlar chiqariladi. Bunda ma'lumotlarni o’zgartirishning qonuniyatlari doimiy bo’ladi.
Ikkinchi jarayon (tashqi) buyruqlar orqali boshqariladi. Boshqariladigan ma'lumotlarning qayta ishlanish jarayoni ikki turga ajratiladi. Birinchi turda boshqaruvchi signallar axborotlarni o’zgartirish davomida o’zgarishsiz qoladi. Ikkinchi turda esa boshqarish signallari foydalanuvchining talabiga mos holda o’zgartirib turiladi. Axborotlarni ancha murakkab bo’lgan qonuniyat asosida qayta ishlashda, ya'ni uni o’zgartirishni bir nеcha bosqichlarda olib borish uchun ikkinchi usuldan foydalaniladi.


Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish