.Baholash mezonlari
Talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholash 100 ballik tizim bo’yicha olib boriladi va semestr (o’quv yili) davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
joriy baholash (JB)
oraliq baholash (OB)
talabaning mustaqil ishi (TMI)
yakuniy baholash (YaB)
Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:
№
|
Baholash turi
|
Maksimal ball
|
Saralash bali
|
1
|
Joriy baxolash va mustaqil ishi uchun
|
50
|
37,4
|
2
|
Oraliq baholash
|
20
|
6,6
|
3
|
Yakuniy baholash
|
30
|
8,25
|
|
JAMI
|
100
|
55,0
|
Talabaning fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har-bir baholash turlarida to’plagan ballar yig’indisiga teng bo’ladi.
JORIY BAHOLASh (JB)
JBda fanning har bir mavzusi bo’yicha talabaning bilimi va amaliy ko’nikmalarini aniqlab borish ko’zda tutiladi va u laboratoriya mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. Baholashda talabaning bilim darajasi, mashg’ulot materiallarini o’zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv usullarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy va amaliy yondashuvlar) hisobga olinadi.
JB har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda og’zaki, yozma ish, test yoki ularning kombinasiyasi shaklida amalga oshiriladi.
Har bir mashg’ulotda barcha talabalar baholanishi shart.
TALABA BILIMINI BAHOLASh TARTIBI
Talabaning ballarda ifodalangan o’zlashtirishi quyidagicha baholanadi: har bir JB da talaba maksimal 8 ball oladi. 8 ta JB o’tkaziladi.
O’zlashtirish, %
|
Ballar
|
baho
|
86-100
|
3,44-4,0
|
“5” a’lo
|
71-85
|
2,84-3,4
|
“4” yaxshi
|
55-70
|
2,2-2,8
|
“3”qoniqarli
|
55 dan kam
|
1-2,2
|
“2” qoniqarsiz
|
№
|
O’zlashtirish (%)
|
Ballar
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
1
|
86-100
|
58,5-68
|
A’lo “5”
|
Talabalar uy vazifasini bajargan, og’zaki savollarga aniq javob beradi, mavzu bo’yicha qonuniyat, tariflarni yod biladi, mazmunini tushunadi, tenglamalarni yoza oladi mavzu bo’yicha mustaqil fikrlay oladi. Laboratoriya ishini mustaqil bajaradi, natijalarni rasmiylashtirib tahlil qila oladi.
|
2
|
71-85
|
47,7-58,4
|
Yaxshi “4”
|
Talaba uy vazifasini bajargan, og’zaki va test savollariga javob bera oladi. Qonuniyat va ta’riflarni yod biladi. Mavzuni tushungan, laboratoriya ishini mustaqil bajarib natijalarni rasmiylashtiradi, lekin tahlil qila olmaydi.
|
3
|
55-70
|
37,4-47,6
|
Qoniqarli “3”
|
Talaba uy vazifasini bajarib kelgan, og’zaki va test savollariga qiynalib javob beradi, tariflarni, tenglamalarni yod biladi, lekin mohiyatini yaxshi tushunmaydi. Laboratoriya ishini bajaradi, natijalani rasmiylashtiradi.
|
4
|
55 dan kam
|
17-37,3
|
Qoniqarsiz “2”
|
Talaba uy vazifasini daftariga yozib kelgan, lekin mavzu bo’yicha savollarga javob bera olmaydi. Mohiyatini tushunmaydi, tenglamalarni to’g’ri yoza olmaydi.
|
Talaba darsga kelib unga mutloq tayyorlanmaganida va muhokamada mutloq ishtirok etmaganida – 2 ball qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |