D. MICROSOFT ACCESSDA MA’LUMOTLAR OMBORINI YARATISH.
Ma’lumotlar omborining dastlabki oynasida yuqorida sanab o’tilgan oltita asosiy ob’yektlarning
ilovalardan tashqari yana uchta buyruq tugmachalari mavjud. Bular: «Отkрыть» (ochish),
«Kонстukтор» (tuzuvchi), «Создать» (yaratish). Ochish tugmachasi tanlangan ob’yektni ochadi.
Tuzuvchi ham tanlangan ob’yektni ochadi, lekin u ob’yekrtning tuzilmasinigina ochib, uning
mazmunini emas balki, tuzulishini to’g’irlash imkonini beradi. Agar ob’yekt jadval bo’lsa, unga
yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o’zgartirish mumkin. Yaratish
tugmachasi yangi ob’yektlarni: jadvallar, so’rovlar, shakllar va hisobotlarni yaratish uchun
ishlatiladi.MS Accessda MOni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo’sh ba’zani yaratib,
so’ngra unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa ob’yektlarni kiritishdan iborat. Ikkinchi usul
―Master‖ (usta) yordamida amalga oshirilib, uning yordamida barcha kerakli jadvallar, shakllar va
hisobotlar ega bo’lgan ma’lum turdagi MO birdaniga yaratiladi. So’ngra tegishli o’zgartirishlarni
bajarish mumkin. Access ishga tushurilgandan keyin paydo bo’lgan oynada ―ustani ishga tushurish‖
parametrini tanlab, OK tugmasi bosiladi. Agar MO oldindan ochilgan bo’lsa yoki dastlabki oynasi
yopilgan bo’lsa, uskunalar panelidagi «Создать базu данных» tugmasini bosish kerak. Kerakli
MOning shabloni ustida sichqonch chap tugmasini ikki marta bosiladi. Ochilgan «Фаyл новоy
базы» muloqot oynasidagi «Папkа» papkani tanlash «Имя фаyла» maydonida MOning nomini
kiritsh va yaratish tugmasini bosish kerak. Keyingi muloqot oynasida usta yaratilayotgan MO
qanday axborotni saqlashi kerakligi haqida ma’kumot chiqaradi. Muloqot oynasidagi ko’rsatmalarga
amal qilish lozim. «Готово» parametri MO yaratish ustasini ishga tushiradi. Ochjiladigan muloqot
oynasi ikkita ro’yhatdan iborat bo’ladi. Ulardan biri MO jadvallar ro’yhati, ikkinchisi – tanlangan
kjadvalning maydonlari ro’yhati. Ushbu ro’yhatda jadvalga kiritilayotgan maydonlar belgilangan
bo’ladi. Ustaning keyingi qadamida taklif qilinayotgan namunalardan ekranni jihozlashni tanlab
olish va yana «Далее» tugmasini bosish kerak. Usta ishining keyingi bosqichida MO uchun
yaratilayotgan hisbotlar ko’inishini aniqlash mumkin. Oxirgi oynada «Готово» bosish ustani MOni
tuzosh uchun ishga tushirib yuboradi va u avtomatik yuqorida belgilangan parametrli MOni yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |