102
TAYANCH KONSPEKT
Jadval ilovasida ―yaratish‖ tugmachasini bosish kerak. ―Jadvallar ustasi‖ elementida
sichqoncha tugmachasini ikki marta bosiladi. Natijada ekranda muloqot oynasi hosil bo’ladi.
Jadvallar ustasining muloqot oynasidagi ko’rsatmalarga rioya qilish lozim. Kerak bo’lgan holda
―Jadvallar ustasi‖ bilan ish tugagandan so’ng, hosil bo’lgan jadvalni ―Konstruktor‖ holati yordamida
o’zgartirish yoki kengaytirish mumkin.
So’rovlarning ko’p uchraydigan turi bu tanlab olish so’rovlaridir. Uning maqsadi MO
ma’lumotlari orasidan berilgan shartlarga bo’ysunadigan ma’lumotlarni tanlab natijaviy jadvalni
chop etishdir. Ombor uchun so’rov yaratishda MO ning muloqot oynasida ―so’rovlar‖ ilovasini
tanlash, so’ngra ―yaratish‖ tugmachasini bosish kerak. Natijada ―yangi so’rov‖ muloqot oynasi
ochiladi. ―Konstruktor‖ holatida so’rovni yaratish MOdan shu so’rov asosini tashkil etadigan
jadvallarni tanlashdan boshlanadi. Jadvalni tanlash ―jadvalni qo’shish‖ muloqot oynasida bajariladi.
Shakl ustasi asosiy ishlarni avtomatik bajargani uchun shaklni yaratish jarayoni tezlashadi.
Undan foydalanganda Access shakl yaratish uchun asos bo’ladigan ma’lumotlarni kiritshni so’raydi.
Shakllni sozlash uchun ―Konstruktor‖ holatiga o’tib olish kerak. ―Avtoforma‖ yordamida
shakl yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: MO oynasida ―jadvallar‖ yoki ―so’rovlar‖
ilovasini tanlash; shakl yaratishga asos bo’ladigan ―jadval‖ yoki ―so’rovni‖ ixtiyoriy holatda
ochish; ―Yangi ob’yekt‖ tugmachasi yonidagi ro’yhatni ochish tugmachasini bosish va ―avtoforma‖
elementini tanlash. ―Avtoforma: v stolbets‖, ―Avtoforma: lentochnaya‖ yoki ―Avtoforma:
tablichnaya‖ elementlari tanlanganda shakl avtomatik ravishda yaratiladi. MO muloqot oynasida
―hisobotlar‖ ilovasini tanlanadi va ―yaratish‖ tugamachasini bosiladi. ―Yangi hisobot‖ muloqot
oynasida kerakli hisobot ustasini tanlanadi. Bunda ustaning bajarishi mumkin bo’lgan ishlari ro’yhati
muloqot oynasining chap qismida chiqadi. ―Hisobot‖ga kiritiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga
oluvchi ―jadval‖ yoki ―so’rov‖ tanlanadi va OK tugmachasi bosiladi. Agar yangi ―hisobot‖ oynasida
―hisobot‖ ustasi, diagramma ustasi yoki yopishtiriluvchi suratlar ustasi tanlab olingan bo’lsa, ularni
tegishli muloqot oynalarida chiqadigan ko’rasatmalarni bajarish lozim. Agar ―avtohisobot‖
ustalaridan biri tanlab olingan bo’lsa, ―hisobot‖ avtomatik tarzda yaratiladi. Yaratilgan ―hisobotga‖
o’zgartirish kiritish kerak bo’lsa, buni ―konstruktor‖ holatida bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: