Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud boʻlib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni mustaqil ravishda, yani auditoriyadan tashqarida bajarishi, oʻqib oʻrganishi va shu yoʻnalish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Ushbu shakllarga quyidagilar tegishlidir:
darslik, oʻquv qoʻllanma yoki oʻquv-uslubiy majmua boʻyicha fan boblari va mavzularini oʻrganish;
tarqatma materiallar boʻyicha ma’ruzalar qismini oʻzlashtirish;
avtomatlashtirilgan oʻrgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar boʻyicha fanlar boʻlimlari yoki mavzulari ustida ishlash;
talabalarning oʻquv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan fanlar boʻlimlari va mavzularini chuqur oʻrganish;
keys-stadilar va oʻquv loyihalarini mustaqil bajara olish;
faol va muammoli oʻqitish uslubidan foydalaniladigan oʻquv mashgʻulotlarini oʻzlashtirish.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
1. “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi” fanining mazmuni, asosiy kategoriyalari va metodologik asoslari.
2. Prezident asarlarida ta’lim – tarbiya va jismoniy tarbiyaga oid gʻoyalar taraqqiyoti.
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻgʻrisidagi Qonun” hamda “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisidagi Qonun”da pedagogik jarayonning aks ettirilishi.
4. Ilmiy tadqiqot ishlarining samarali natijalarini amaliyotda qoʻllash.
5. Sharqda ilk Uygʻonish davri (IX-XII asrlar) Oʻrta Osiyoda (XIV-XX asrlar) ta’lim tarbiya va pedagogik fikrlar rivojlanishi.
6. Jismoniy tarbiya va sport ta’limining paydo boʻlishi va rivojlanish bosqichlari.
7. Sport jamoasini pedagogik boshqarish uslublari.
8. Jismoniy tarbiyaning umumiy metodlari konsepsiyasi.
9. Sport pedagogikasi novatorlari.
10. Oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning pedagogik shartlari
11. Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi faoliyatida nizo psixologo-pedagogik muammo sifatida.
12. Jismoniy tarbiya darslarida tashkillashtirilgan ta’lim shakllari.
13. Sportchining faol turmush tarzi.
14. Insonning rivojlanish omillari va uning shaxs sifatida tarkib topishi jismoniy va psixik rivojlanishning birligi va oʻziga xosligi.
15. Sport faoliyati jarayonida yosh xususiyatlarini hisobga olish va yoshni davrlarga boʻlinishi: ilk bolalik davri, maktabgacha tarbiya yoshi, kichik maktab yoshi, oʻsmirlik, oʻspirinlik davrlarini oʻziga xosligi.
16. Rivojlanishning individual xususiyatlari va uni jismoniy tarbiya va sport faoliyatida hisobga olish.
17. Oʻqitish jarayonining mohiyati, vazifalari, didaktika va xususiy metodikalar haqida tushuncha.
18. Jismoniy tarbiya va sportga doir fanlarda sport turlariga oʻrgatish metodikalari.
19. Jismoniy mashqlarga oʻrgatishda pedagogik – psixologik jihatlarini hisobga olish.
20. Asosiy didaktik tushunchalar va jismoniy tarbiya darslarida ularning ahamiyati.
21. Jismoniy tarbiya darslarida bilim, koʻnikma malakalarni amalda qoʻllashga oʻrgatish pedagogik asoslari.
22. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga oid mashgʻulotlarni oʻtkazishda oʻqitish tamoyillarining nazariy va amaliy ahamiyati.
23. Oʻqitish nazariyasida metod va metodik usul tushunchasi va uning jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga doir mashqlarni bajarishdagi ahamiyati.
24. Jismoniy tarbiya darslarida oʻqitish metodlarini bilim manbai boʻyicha tasniflanishi va bilish boqichlari.
25. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga oid fanlarni oʻqitishda ta’lim metodlarini qoʻllanilishi.
26. Tarbiya usullaridan foydalanishda sportchilarning yosh va individuval sifatlarini xisobga olish.
27. Sportchi shaxsni shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning oʻziga xos spesifik ahamiyati.
28. Shaxs shakllanishi va hayot faoliyatida sport spesifik (oʻziga xos) muhit sifatida.
29. Sportning tuzilishi, mazmuni va shaxsni rivojlantiruvchi imkoniyatlari.
30. “Trener – sportchi” munosabatlari tizimining psixologik-pedagogik tuzilishi va mazmuni.
31. Sportchi shaxsini shakllanishiga tarbiya metodlarining ta’siri.
32. Yosh sportchilarni tarbiyalashning individual, guruhiy va jamoaviy shakllarini pedagogik – psixologik asoslari.
33. Sport jamoasini jipsligi va uni uyushtirishning asosiy vositalari va uslubiy asoslari.
34. Murabbiy faoliyati tizimida pedagogik tahlil.
35. Murabbiy-pedagog faoliyati tizimida ijodiy izlanish.
36. Sport faoliyatida yuzaga keladigan nizolar ularning tasnifi, kelib chiqish sabablari, shart – sharoitlari va ularni oldini olish pedagogik – psixologik yollari.
37. Jamoa haqida tushuncha, uning turlari va shakllanish bosqichlari.
38. Sport jamoasining o„ziga xosligi va sportchida sportga xos spesifik xarakter xususiyatlarni shakllantirishdagi o„rni.
39. Sport jamoasini jipsligi va uni uyushtirishning asosiy vositalari va uslubiy asoslari.
Do'stlaringiz bilan baham: |