Mustaqil ish mavzulari
|
Topshiriq va tavsiyalar
|
Bajarish muddati
|
Hajmi
(soat)
|
|
Tasviriy san’atning turlari, rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika san’ati
|
Mavzuga oid referat tayyorlash
|
sentyabr
|
2
|
|
Markaziy Osiyoning mezolit va neolit davri ornamenti
|
Prezentatsiya tayyorlash
|
sentyabr
|
2 4
|
|
Ornament turlari
|
Slaydli taqdimot tayyorlash
|
sentyabr
|
2
|
|
Epiqrafik va geometrik ko’rinishdagi ornamentlar
|
Mavzuga oid referat tayyorlash
|
oktyabr
|
2
|
|
Eneolit davrida sopol idishlarning rangdor bo’lishi, naqshlar ichida ko’proq egri va uchburchak geometrik tasvirlar
|
Prezentatsiya tayyorlash
|
oktyabr
|
2
|
|
Markaziy Osiyoda qadimdan yog’och o’ymakorligining rivojlanishi. Yog’ochlarda aks etgan naqshlar
|
Slaydli taqdimot tayyorlash
|
oktyabr
|
2
|
|
Kushonlar davri me’morchiligi
|
Mavzuga oid referat tayyorlash
|
oktyabr
|
2
|
|
Afrosiyob devoriy suratlari tasnifi
|
Prezentatsiya tayyorlash
|
noyabr
|
2
|
|
Eftalitlar va Turk hoqonligi davrida O’rta Osiyo tasviriy san’ati
|
Slaydli taqdimot tayyorlash
|
noyabr
|
2
|
|
Arab yozuvining joriy qilinishi
|
Mavzuga oid referat tayyorlash
|
noyabr
|
2
|
|
Somoniylar maqbarasi ornamenti
|
Prezentatsiya tayyorlash
|
noyabr
|
2
|
|
Qoraxoniylar davrida me’moriy yodgorliklari
|
Slaydli taqdimot tayyorlash
|
dekabr
|
2
|
|
Amir Temur bog’lari
|
Мавзуга оид реферат тайёрлаш.
Презентация тайёрлаш
|
dekabr
|
2
|
|
Shayboniylar davri me’morchiligi
|
Prezentatsiya tayyorlash
|
dekabr
|
2
|
|
Ashtarxoniylar davridagi me’moriy obidalar
|
Slaydli taqdimot tayyorlash
|
yanvar
|
2
|
|
Xonliklar davrida me’momiy inshootlar va tasviriy san’at
|
Мавзуга оид реферат тайёрлаш.
Презентация тайёрлаш
|
yanvar
|
2
|
|
XX asr boshlarida O’rta Osiyo tasviriy san’ati
|
Prezentatsiya tayyorlash
|
yanvar
|
2
|
Jami:
|
34
|
GLOSSARIY
Animalist (lotincha «animal» hayvon) - hayvonlarni tasvirlovchi rassom.
Animalistik - janr o‘zgacha tasviry san’at turidir. U lotincha “anima”, “hayvonot olami” degan ma’noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot dunyosiga zo‘r qiziqish, sevgi va mahorat bilan yondoshadi. Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘sha davrda ular g‘orlarining devorlariga kiyik, qo‘tos, mamontlarning suratlarini chizganlar.
Antifiks - bezak san’ati bo’lib, olovning alangalari chiroyli va tartibli qilib ishlangan shakli.
Avtoportret - portret janrining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, musavvir o‘zining tashqi qiyofasini o‘zi tasvirlaydi.
Afrosiyob - Samarqandning qadimgi shahri bo’lib, mazkur qadimgi nom miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Turon davlatini boshqargan harbiy sarkarda va mashhur davlat arbobi Afrosiyob nomidan kelib chiqqan. Turkiy manbalarda u Alp Er To‘nga, forsiy manbalarda Afrosiyob nomi bilan tilga olinadi. Ko‘pchilik mutaxassislar Afrosiyobni hozirga qadar afsonaviy timsol sifatida e'tirof etadi. Ammo Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, Alisher Navoiyning asarlarida va yana ko‘plab boshqa manbalarda u real tarixiy shaxs ekani qayd qilinadi.
Botal janr - “botal” fransuzcha so‘z bo‘lib, “jang”, “urush” ma’nosini bildiradi. U jang manzaralarini o‘zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy yurishlar manzarasi asosiy o‘rinni egallaydi. Botalist - rassomlarning asarlarida jangchi obrazi, uning qahramonligi, mardligi, jasorati hamda o‘z ona Vataniga bo‘lgan cheksiz muhabbati ifodalanadi.
Varaxsha - Buxorodan 40 km shimoliy-gʻarbda, Dashti Urganji koʻlining qadimiy Rajfandun vohasida joylashgan bo’lib, uning maydoni 9 gektar va balandligi 10-20 metrli ulkan tepa shaklida saqlangan.
Gliptika (yun. qlypho — kesaman) — qimmatbaho, yarim qimmatbaho toshlarga naqsh yoki tasvir o’yish san’ati, amaliy bezak san’ati turi hisoblanadi. Gliptika asari gemma qadimdan muhr (egalik belgisi), tumor va taqinchoq vazifasini o’tagan.
Grafika - lotincha “grafo” so‘zidan olingan bo‘lib, “yozaman”, “chizaman” degan ma’noni anglatadi. Tasviriy san’atning bu turiga oddiy va rangli qalamda ko‘mir, pastel, sangina, suvbuyoq, guash va tushda ishlangan bezaklar, turli plakatlar, hajviy rasmlar va hokazolar kiradi.
Dualizm – insonning ilk diniy e’tiqodlaridan biri bo’lib, lotincha “dualis” – ikki yoqlama degan ma’noni anglatadi. Dualizm – bir-biri bilan birlashtirib bo’lmaydigan holatlar, tamoyillar, fikrlash tarzi, dunyoqarash, intilish va gneseologik tamoyillar yonma-yon mavjudligini targ’ib qiluvchi ta’limot.
Iskаna – durodgorlik asbobi bo’lib, undan o’yish-teshish ishlarini bajarishda foydalаniladi. Iskаnalarni o’yuvchi hamda yo’nuvchi xillari bor. Kovza iskаna -to’g’ri va egri tig’li bo’ladi. To’g’ri iskаna – to’g’ri sterjen keskichli bo’lib, tig’ining eniga qarab kichkina, o’rtacha va katta iskаnalarga bo’linadi. Tig’ining eni 1.5 mmdаn 10 mmgacha bo’ladi. Nova iskаna tuzilishi bo’yicha tig’ining uchi nov shaklida bo’ladi. Zamin iskаna naqshning zaminini o’yib olishda ishlatiladi. Zamin iskаnаning eni 2 mmdаn 8mm gacha bo’ladi. Baliq sirti iskаna tig’i botiq, kamalaksimon ko’tarilgаn, baliq qovurg’asi shaklida bo’lgаn asbobdir.
Kаndаkоrlik - mеtаlldаn yasаlgаn bаdiiy buyumlаrgа o’yib yoki bo’rtiq qilib nаqsh berish.
Karkas (frans. - skelet, asos) - binoning asosi sinchi
Kompozitsiya (lotincha «compositio» tuzilish, qurilish) - badiiy asardagi obrazlar va badiiy vositalarning muayyan g‘oyaviy maqsadga xizmat qiladigan tartibda joylashishi.
Manzara - janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi ko‘rinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqealar emas, balki musavvirning ichki kechinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog‘u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo‘lsalar, boshqalari dengiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar.
Maishiy janr: tasviriy san’atda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik hayotini, turli voqealarni o‘zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yevropalik rassomlar ijodida namoyon bo‘ldi.
Miniatyura (fransuzcha, miniature; lotincha, minium - qizil boʻyoq) - badiiy usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʻʼjaz) tasviriy sanat asarlari bo’lib, oʻrta asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʻʼjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirlardir.
Mezolit - oʻrta tosh davri bo’lib, miloddan avvalgi 12-7 mingyilliklarni o’z ichiga oladi. Mezolit davrida hayvonot dunyosi, landshaftlar muzlik davridan xalos boʻlib, hozirgi tabiiy sharoitga moslashgan. Muzlik davriga moslashgan yirik hayvonlar (mamontlar) yoʻq boʻlib, yangilari paydo boʻlgan. Inson hayotida katta oʻzgarishlar sodir bo’lgan. Mezolitda oʻq-yoyning kashf etilishi bilan yakka oila boʻlib yashash imkoniyati tugʻilgan. Tosh, suyak, yogʻochdan mikrolit qurollar (pichoq, qirgʻich, bolta) kashf qilingan.
Natyurmort - fransuzcha so‘z bo‘lib, “jonsiz tabiat” degan ma’noni anglatadi. Bu janrda musavvir asosan insonni o‘rab turgan atrof muhitdagi narsalar, turmushda qo‘llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gullar, meva va boshqalarni tasvirlaydi. U o‘z asarida tevarak-atrofdagi narsalarni tasvirlash orqali uning xarakterli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda ro‘y berayotganligini ham ko‘rsata oladi.
Naqqoshlik - amaliy sanʼatning qadimgi sohasi bo’lib, naqqosh usta qogʻozga yoki matoga naqsh mujassamotini yoki naqsh taqsimini chizib oladi (ayniqsa, girih va islimiy kabi murakkab naqshlarda), axta, andoza tayyorlaydi. Amaliy sanʼat ustalari 2 xil usulda: naqqoshlar tayyorlagan axta, andoza yordamida hamda naqsh (gul) toʻgʻridan-toʻgʻri bezash jarayonida ustalar tasavvurining mahsuli sifatida yaratiladi.
Neolit - yangi tosh davri bo’lib, miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Neolit davrida odamzodning turmush tarzi va iqtisodiy hayotida bir qator yirik tub oʻzgarishlar sodir boʻlgan. Ovchilik va terimchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashgʻulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor dastlabki ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklarga asos solingan.
Numizmatika – tangashunoslik fani bo’lib, turli davrlarda zarb qilingan tangalar va qogoz pullardagi tasvirlar hamda bezaklarni o’rganishda ushbu fanga yordam beradi.
Ornament - lotincha “Ornamentum” so’zidan olingan bo’lib, "bezatish", “bezak berish” ma’nosini anglatadi. Turli xil buyumlar (idish, qurol-yarog’, kitob va boshqalar), me’moriy yodgorliklar (ichki va tashqi tomonlari), shuningdek, inson tanasiga bezak berish san’ati ornament deyiladi.
Palmetta fransuzcha so’z bo’lib, yelpig’ichsimon bargning tasviriga o’xshash arxitektura detali bo’lib hisoblanadi.
Paleolit - qadimgi tosh davri bo’lib, miloddan avvalgi 1 mln.-12 mingyilliklarni o’z ichiga oladi. Paleolit ilk, oʻrta va soʻnggi qadimgi tosh davrlariga boʻlinadi. Paleolit davrining ibtidoiy odamlari chertilgan dagʻal tosh qurollardan foydalanganlar. Ular tosh qurollarga sayqal berish hamda sopol idish yasashni hali bilmaganlar. Asosan, ovchilik va termachilik bilan kun kechirib, ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilik kabi mashgʻulotlarni hali kashf etmaganlar.
Portret - rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bo‘lib, kishilarning tashqi va ichki kechinmalarini tasvir orqali ochib beradi. Portret janrida ishlangan tasviriy san’at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini hamda tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi.
Poykend - qadimgi karvon yoʻli ustida qad koʻtargan shahar harobasi (miloddan avvalgi IV–III–milodiy XI-asrlar) bo’lib, Buxorodan 44 km janubi-gʻarbda, Jondor va Qorakoʻl tumanlari tutashgan hududda joylashgan. Oʻrta asr yozma manbalarida shahar Boykand, Xitoy solnomalarida esa Bi nomlari bilan tilga olinadi. Poykend “Quyi shahar” maʼnosini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |