Tasdiqlayman” Mirzacho’l tumani kasb-hunar maktabi direktori M. Mirzayev “ “


-mavzu; BUTUN ZANJIR UCHUN OM QONUNI. TOK MANBAYINING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI



Download 10,68 Mb.
bet135/143
Sana01.07.2022
Hajmi10,68 Mb.
#724197
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   143
Bog'liq
Fizika majmua

38-mavzu; BUTUN ZANJIR UCHUN OM QONUNI. TOK MANBAYINING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI

Reja;


1.To’liq qarshilik.
2.EYuK
3.Butun zanjir uchun Om qonuni
4.Tok manbalarining FIK.
O‘tkazgichdan tok o‘tganda u qiziydi va ma’lum miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Demak, energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra, o‘tkazgich bo‘ylab erkin elektronlar ko‘chganda elektrostatik maydon ish bajaradi. Lekin, elektr zanjirida energiya ajralsa, energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra, shuncha energiya elektr zanjiriga kelishi kerak. Shunday savol tug‘iladi: bu zanjirning qaysi qismida ro‘y beradi va qanday fi zik jarayonlar natijasida energiya elektr zanjiriga beriladi? Dastlab aniqlashtirib olamiz: elektr zanjiridagi energiya manbayi vazifasini elektrostatik maydon bajara oladimi?Bajara olmaydi, chunki 34-mavzuda ko‘rib o‘tilganidek elektrostatik maydonda zaryadni berk trayektoriya bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ish nolga teng. Demak, faqat elektrostatik maydon ta’sirida erkin zaryadlar berk zanjir bo‘ylab harakatlana olmaydi.Aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, zanjirning qandaydir bir qismida zaryadlarga elektrostatik bo‘lmagan kuchlar ta’sir qilishi kerak. Bu kuchlarni chet kuchlar deyiladi. Ular zaryadga tok mabayining ichida ta’sir qilib, aynan shu kuchlar energiyani elektr zanjiriga yetkazib beradi.
Tok manbayida chet kuchlar ta’sirida zaryadlarning ajralishi ro‘y beradi. Natijada manbaning bir qutbida musbat zaryad, ikkinchi qutbida manfi y zaryad to‘planadi. Qutblar orasida potensiallar farqi vujudga keladi.Tokning kimyoviy manbalarida chet kuchlar kimyoviy tabiatga ega bo‘ladi. Masalan, agar rux va mis elektrodlarni sulfat kislotaga tushirilsa, ruxning musbat ionlari, misning musbat ionlariga nisbatan elektrodini tez-tez tashlab ketib turadi. Natijada mis va rux elektrodlar orasida potensiallar farqi vujudga keladi: mis elektrodning potensiali, ruxnikiga nisbatan katta bo‘ladi. Mis elektrod tok manbayining musbat qutbi, rux elektrod esa manfi y qutbi bo‘ladi.Tok manbayida chet kuchlar erkin zaryadlarni elektrostatik maydon kuchlariga qarshi ko‘chirishda Achet ish bajaradi.
Bu ish berilgan vaqt ichida zanjir bo‘ylab ko‘chayotgan q zaryad miqdoriga proporsional bo‘ladi. Shunga ko‘ra chet kuchlarning bajargan ishining zaryad miqdoriga nisbati Achet ga ham, q ga ham bog‘liq bo‘lmaydi. Demak, u tok manbayining xarakteristikasi hisoblanadi. Bu nisbat, ya’ni
birlik q musbat zaryadni berk zanjir bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ishi manbaning elektr yurituvchi kuchi (EYuK) deyiladi va ε harfi bilan belgilanadi: ε = Achet/q .(1)EYuK kuchlanish kabi voltlarda o‘lchanadi.Agar zanjirdagi tok kuchi I bo‘lsa, t vaqt ichida zanjirdanq=It zaryado‘tadi. Shunga ko‘ra (1) formulani quyidagicha yozib olamiz Achet = εIt.
I=ε/R+r formulaga butun zanjir uchun Om qonuni deyiladi Berk zanjirdan oⸯtayotgan tok kuchi zanjirdagi EyuKga toⸯgⸯri proporsional boⸯlib zanjirdagi toⸯla qarshilikka teskari proporsional boⸯladi. Manba qutblarning orqsidagi mimimal kuchlanishnolga teng boⸯlib qolsa yaⸯni R→0 shart qanoatlantirilsa qisqa tutashuv toki yuzaga keladi

Download 10,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish