Tasdiqlayman” maktab rahbari


Foydalaniladigan adabiyotlar



Download 1,29 Mb.
bet152/219
Sana06.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#322548
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   219
Bog'liq
6-sinf adabiyot yillik dars ishlanma yangi

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

Aziz o‘quvchi! Balki Sizning maktabingizda yoki qo‘shni maktablarda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan qizlar o‘qir. Siz, albatta, shunday mukofot borligini yaxshi bilasiz. U har yili respublikamizda ta’lim, fan, adabiyot, san’at sohasida o‘z iste’dodini namoyon etayotgan maktab, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan qizlarga taqdim etilishini ham eshitgansiz. Ana shunday nufuzli mukofot nega Zulfiya nomida, uning o‘zi kim, qanday xizmatlari bilan bunday sharafga sazovor bo‘lgan deb, qiziqqan bo‘lsangiz ham kerak? Keling, yaxshisi hikoyamizni diqqat bilan o‘qing!

Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli vakili, O‘zbekiston xalq shoiri, xalqaro «Nilufar», Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasidir. U 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang‘ich maktabda, so‘ng xotin-qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1953-yildan 1980-yilgacha, qariyb o‘ttiz yilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan «Saodat» nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo‘lgan.

Zulfiyaning dastlabki she’rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932-yilda bosilib chiqqan. Shundan so‘ng shoiraning «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig‘i» (1938-yil), «Uni Farhod der edilar» (1943-yil), «Hijron kunlarida» (1944-yil), «Dalada bir kun» (1948-yil), «Tong qo‘shig‘i» (1953-yil), «Yuragimga yaqin kishilar» (1958-yil), «Kuylarim sizga» (1965-yil), «O‘ylar», «Shalola» kabi o‘nlab she’riy to‘plamlari chop etildi. U atoqli o‘zbek shoiri Hamid Olimjon bilan oila qurgan. Biroq ular orzularga to‘la hayot kechirayotgan pallada - 1944-yili mashina avariyasi tufayli turmush o‘rtog‘idan ayriladi. Shundan so‘ng umr bo‘yi o‘z muhabbatiga sodiq qolib, Hamid Olimjonning ishlarini sabot bilan davom ettiradi. Uning «Semurg‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pyesa va opera librettolarini yaratadi. O‘zi ham «Quyoshli qalam», «Mushoira», «Xotira siniqlari» kabi poemalar yozadi. Rus, ukrain, ozarbayjon, hind shoiralarining she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qiladi.

Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi. U Osiyo, Afrika va Yevropaning o‘nlab davlatlarida bo‘lib, xalqaro xotin-qizlar hamda adabiyot namoyandalarining harakatlarida faol ishtirok etardi. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’riflaricha «Uning jahon minbarlaridan yangragan she’rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she’riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan». Shoiraning she’rlari ingliz, nemis, rus, bolgar, xitoy, hind, yapon, arab, fors, vetnam kabi juda ko‘p xorijiy tillarga tarjima qilingan edi. Shoira 1997-yil 82 yoshida vafot etgan.


Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish