TASDIQLAYMAN”
Maktab direktori:________
N. I. Ro’zmatova
Biologiya 5-sinf
1. Suvo’tlarning poya va bargga ega bo’lmagan tanasi nima deb nomlanadi?
A) Vegetativ tana B) Qattama yoki talon C) Xromator D) Rizoid
2. Qaysi suvo’t oqsilga boy bo’lganligi sababli chorva mollari uchun ozuqa sifatida ishlatiladi?
A) Xlorella B) Xlomidomanada C) Ulotriks D) Spirogira
3. Bir hujayrali suvo’tlar (I) va ko’p hujayrali suvo’tlar (II) qaysilar?
A) I-xlorella, II-xlomidomonada B) I-Spirogira, ulotriks II- spirogira, ulotriks C) I-xlorella, xlomidomonada II- xlorella, ulotriks D) I-xlorella, xlomidomonada II- spirogira, ulotriks
4. Qizil suvo’t (I), qo’ng’ir suvo’t (II) qaysi:
A) I-profila, II-laminariya B) I-ulotriks, II-laminariya
C) I-profila, II-spirogira D) I-laminariya, II-profila
5. Zax joylarda o’sadi, ingichka poyasida barglari ketma-ket o’rnashgan, ildizi bo’lmaydi, bu qaysi o’simlik?
A) Qirqbo’g’im B) Qirquloq C) Suvo’t D) Yosin
6. Archa bo’yi qancha(a) va qarag’ay bo’yi qancha?
A) a-30 metr b-20 metr B) a-20 metr b-30-40 metr C) a-40 metr, b-30-40 metr D) a-30 metr b-30 metr
7. Ochiq urug’li o’simliklar qaysi qatorda berilgan?
A) archa,olma, tol B) archa, olma, tok
C) archa, qarag’ay, sarv D) qora qarag’ay, olma
8. Gulli o’simliklarni belgilang.
A) o’rik, archa, yosin B) tol, archa, qarag’ay
C) bug’doy, o’rik, anor D)archa, bug’doy, sarv
9. Qaysi o’simliklarning dastlab tukkan mevasi dovuchcha deyiladi?
A) Olma B) Olcha C) Gilos D) O’rik
10.Qaysi daraxtning uzunligi 30-45metr barglari oddiy tuxumsimon poyasi tik va tez o’sadi?
A) Tol B) Terak C) O’rik D) Yong’oq
11. O’zbekistonda o’sadigan dorivor o’simliklar:
A) mingdevona, banidevona, kanakunjut, ayiqtovon B) yalpiz, na’matak, isiriq, shirinmiya C)yalpiz, isiriq, kanakunjut, aloe D) mingdevona, banidevona, na’matak
12. Qaysi o’simliklar zaharli?
A) mingdevona, banidevona, kanakunjut B) yalpiz, isiriq, aloe
C)yalpiz, isiriq, kanakunjut D) mingdevona, shirinmiya, aloe
13. Qaysi hayvonlar kasallik qo’zg’atadi?
A)uy pashshasi, chivin B) bursiq, ilon C)leyshmania, tripanosoma D) it, pashsha
14. Hayvonlar sistemasida oilalaryig’ilib qaysi sistematik birlikni hosil qiladi?
A) tur B) turkum C)tip D)urug’
15. Sodda hayvonlarga qaysi hayvonlar kiradi?
A) amyoba, gidra, meduza B) evglida, nereida, gidra
C)aktiniya, odam askaridasi, oq planariya D) amyoba, evglena, infuzoriya
16. Suvarak, ninachi, chigirtka qanday ozuqalanadi?
17. Xonqizi nima bilan oziqlanadi?
18. Hayvonot dunyosiga qancha tur kiradi?
19. Qaysi o’simlik “dengiz karami” deb ham ataladi?
20. To’garak chuvalchanglar tanasi nima bilan qoplangan?
S
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
J
|
B
|
A
|
C
|
A
|
D
|
B
|
C
|
C
|
D
|
C
|
B
|
B
|
C
|
B
|
D
|
16. Kemirib
17. Yosh o’simlik mevasi, barg, gul
18. 500000
19. Laminariya
20. kutikula
Do'stlaringiz bilan baham: |