“TASDIQLAYMAN”
Maktab direktori:________
N. I. Ro’zmatova
| 9-sinflar uchun ona tili va adabiyotdan test
1. Kamtar bo’l, chunki kamtarlik insonni ulug’laydi. Bu gap…..
A. Bog’langan qo’shma gap B. Ergashgan qo’shma gap
C. Bog’lovchisiz qo’shma gap D. Murakkab qo’shma gap
2. Qoshma gaplar tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?
A. Fonetikada C. Sintaksisda
B. Leksikologiyada D. Morfologiyada
3. Mazmuni saqlanib, shakli o’zgartirilgan gap...
A. Ko'chirma gap C. O'zlashtirma gap
B. Sodda gap D. Muallif gapi
4. Qo'ng'iroq chalindi va dars boshlandi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub?
A. Ergashgan qo’shma gap C. Bog’langan qo’shma gap
B. Bog’lovchisiz qo’shma gap D. Murakkab qo’shma gap
5. Qismlari ohang yordamida bo’g’langan qo’shma qanday qo’shma gap hisoblanadi?
A. Bog'langan qo'shma gaplar C. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar
B. Ergashgan qo'shma gaplar D. Murakkab qo'shma gaplar
6. Ergash gap bosh gapga qaysi vositalar yordamida bog’lanadi?
A. Biriktiruv bog’lovchilar B. Ergashtiruvchi bog’lovchilar
C. Zidlov bog’lovchilar D. Ayiruv bog’lovchilar
7. Shart mayli qo’shimchasi qo’shma gapning qaysi turini bog’laydi?
Ergashgan qo’shma gap C. Bog’langan qo’shma gap
B. Bog’lovchisiz qo’shma gap D. Murakkab qo’shma gap
8. Suv keldi-nur keldi. Ushbu gap qo’shma gapning qaysi turiga kiradi?
Ergashgan qo’shma gap C. Bog’langan qo’shma gap
B. Bog’lovchisiz qo’shma gap D. Murakkab qo’shma gap
9. Kesimi bosh kelishik shaklidagi olmosh bilan ifodalanmagan kesim ergash gapni toping.
A. Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz.
B. Toleim shulki, jahonda bir guliston tanladim.
C. Muhammad Yusuf ijodining o'ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o'qiladi, sodda, xalqchil.
D. Buning natijasi shu bo'ldiki, To'laganning qanshariga musht tushdi.
10. Nisbiy so'zlar yordamida bog'langan qo'shma gapni toping.
A. Sizni qo'rqib ketmasin deb, kechqurun bezovta qilmadik.
B. Dutor chalib o'tirsam, tori uzilib ketdi.
C. Oyna opa xatni oxirigacha o'qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi.
D. Oqsoqol qayerda bo'lsa, o'sha joyda ish bir tartibda borardi.
11. Qo'shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalanganda, ular orasiga qanday tinish belgisi qoyiladi?
A. Ikki nuqta C. Vergul
B. Nuqtali vergul D. Tire
12. “Navoiy” romanining muallifi kim?
A. A. Oripov B. O. Yoqubov C. Oybek D. G’. G’ulom
13. Halima Xudoyberdiyeva qalamiga mansub to’plamni toping.
A. “Muqaddas ayol” B. “Mitti yulduz” C. “Ochiq derazalar” D. “Gullayotgan tosh”
14. “Uning taxtga o’tirganiga necha oy bo’ldi?.. Sha’bon oyi edi. Bukun rabbiul avval ... olti oy ... bo’lmish!” - jumla qaysi asardan olingan va kim haqida?
A. O. Yoqubov “Ulug’bek xazinasi” romanida Abdullatif haqida
B. A. Oripovning “Sohibqiron” dramasida Temur haqida
C. O. Yoqubov “Ulug’bek xazinasi” romanida Ulug’bek haqida
D. A. Oripovning “Sohibqiron” dramasida Boyazid haqida
15. Mirzo Abdullatif kimning qaysi asari qahramoni?
A. A. Qodiriy “O’tgan kunlar”
B. Oybek “Qutlug’ qon”
C. Odil Yoqubov “Ulug’bek xazinasi”
D. Cho’lpon “Kecha va kunduz”
16. Ergash gap necha qismdan iborat?
17. Omon Matchon qayerda tug’ilgan?
18. X. Xudoyberdiyeva qaysi asari uchun Davlat mukofoti olgan?
19. Shavkat Rahmon qaysi tillarni o’rgangan?
20. “Temir xotin” asari kimga tegishli?
S
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
J
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
16.__________________________________________________________________
17.___________________________________________________________________
18.___________________________________________________________________
19._____________________________________________________________________
20._____________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |