III.Yakuniy qism:
Kuz: Qani mening ne`matlarim tasvirlangan rasmlarni tezda, men tez aytish aytib bo`lgunimcha, 3 guruhga ajrating.
1.Mevalar: Olma, anor, uzum, behi, nok.
2.Sabzavotlar. Sabzi, karam, kartoshka.
3. Poliz ekinlari. Qovun, tarvuz, bodring, pomidor.
Bolalar uch guruhga bo`ladilar.
Kuz: Rahmat. Hammalaringiz juda to`g`ri bajarganingizni tekshiramiz. Qani endi guruhda nechtadan narsa borligini sanaymiz.
Nechtadan?
Mevalar 5 ta.
Sabzavotlar 3 ta.
Poliz ekinlari 4 ta.
Endi sizlar bilan "Kuz" haqida she`r aytamiz.
KUZ
Kuz keldi, bizlarga oltin kosada
Sharbat ola keldi, bol ola keldi.
Savat-savat qilib shirin mevalar
Omborlar liq to`la don ola keldi.
Keng vodiylar bilan, dala bilan bir
Paxta ola keldi, shon ola keldi.
O`quvchilarni rag`batlantirish.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |