I. SHARTNOMANING UMUMIY QOIDALARI
1.1. Ikki tomonlama oliy ta’lim muassasalari kafedralarining o‘quv va ilmiy bazasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish.
1.2. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun zarur asbob–uskunalar, jihozlar, ko‘rgazmali qurollar va darsliklardan o‘zaro foydalanish.
1.3. Hamkorlikda ilmiy–tadqiqot, tajriba–konstruktorlik ishlari o‘tkazish, tadqiqotlar natijalarini nashr qilish va ishlab chiqarishga joriy etish.
1.4. Professor–o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy–nazariy konferensiyalarini birgalikda tashkil etish va ularda ishtirok etish.
1.5. Talaba, magistr va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar bilan mashg‘ulotlar, tadqiqotlar va amaliyot o‘tkazish uchun bir–birlariga auditoriya xonalari, o‘quv- ilmiy tadqiqot bazalari, zarur adabiyotlardan amaliy yordam ko‘rsatish.
1.6. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘zaro almashinuvi dasturi bo‘yicha hamkorlik qilish.
1.7. Bitiruv malakaviy va magistrlik dissertatsiya ishlarini yoqlash oldidan bo‘ladigan amaliyotlarni yotoqxona bilan ta’minlangan holda hamkorlikda o‘tkazish, shuningdek ularga rahbarlik qilish bo‘yicha hamkorlik qilish.
1.8. Oliy ta’lim muammolari bo‘yicha ilmiy – tadqiqot ishlari natijalarini o‘quv jarayonida uzluksiz joriy etishni ta’minlash.
II. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
2.1.1. Andijon mashinasozlik institutidagi mavjud yo‘nalishlar va mutaxassisliklarning o‘quv mashg‘ulotlari sifatini oshirish maqsadida tajribali professor–o‘qituvchilarni ma’ruzalar o‘qish va tajriba almashish uchun yuborish.
2.1.2. Turdosh yo‘nalishlar va mutaxassisliklarni DTS, na’munaviy va o‘quv rejalar, fanlar bo‘yicha na’munaviy va ishchi dasturlar bilan ta’minlashga amaliy yordam berish.
2.1.3. Turdosh yo‘nalishlar va mutaxassisliklar uchun yaratilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar va ularning elektron nusxalaridan amaliy yordam berish.
2.1.4. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar, virtual laboratoriyalar va boshqa zarur o‘quv qo‘llanmalardan amaliy yordam berish.
2.1.5. Talabalarning bitiruv malakaviy va magistrlik dissertatsiya ishlarini bajarishda turdosh kafedralar professor-o‘qituvchilari salohiyatidan, o‘quv–ilmiy bazasidan va Axborot resur markazidan foydalanishni tashkil qilish.
2.1.6. Katta ilmiy xodim, mustaqil-izlanuvchilarning nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzulariga maslahat berish va himoya qilishda ilmiy hamda tashkiliy yordam berish.
2.1.7. AndMI ning professor–o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun imkon yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |