Tasdiqlayman” Farg’ona davlat universiteti


MAVZU: GO‘ZAL XULQ - GO‘ZAL QALB IFODASI



Download 90 Kb.
bet2/4
Sana21.03.2022
Hajmi90 Kb.
#505011
1   2   3   4
Bog'liq
Dekabr oyi manaviy

MAVZU: GO‘ZAL XULQ - GO‘ZAL QALB IFODASI.


REJA:
1.Go‘zal xulq – mehr bulog‘i.
2 Go‘zal sifatlar odob gulshani.
3. Jamoadagi axloq -odob haqida.

Xulqi zebo, madaniyatli inson muloqotda odamlarga ruhiy oziq baxsh etadi va bundan o‘zi ham bir daryo zavq oladi.


Yaxshi inson ko‘rkam fazilatlar chashmasidir. Odamlar uning mehr bulog‘idan mudom bahra oladilar.Barcha xatti-harakatga oid qonun-qoidalarimiz vijdon amri bilan bitilgan. Shuning uchun har bir xatti- harakatingni vijdon amri bilan qil. Vaqti-vaqti bilan vijdoning qoshida tanho qolib, u bilan suhbatlashib turishni odat qil.
Kishi yoshlikdagi qiyofasini mudom saqlab qololmaydi, lekin yoshlikda kasb etilgan xulqi zebolikni saqlab qolish, uni kamol toptirish insonning qo ‘lidadir.
Javohirlar ichida gavhar xilma-xil nurlar sochib, zebolik namoyon etganidek, inson ham go‘zal fazilatlari va sermazmun muloqotlarga boy xulqi zebolik va jozibadorlik kasb etadi.
Xushmuomala bo‘lish sendan ortiqcha bir narsani talab etmaydi, lekin uning hosili bebahodir.
Agar insonning vijdoni bir ko‘rkam qasr bo‘lsa, bu qasrning zeboligi yaxshi xulqi va yuksak madaniyatida zohir bo‘ladi.
Ma’naviy kamoloting qay darajada ekanligi jamiyat a’zolari bilan muloqot doirang kengligi, rang-barangligi bilan o‘lchanadi.
Odob gulshaningga yaxshi odamlardagi go‘zal sifatlar niholidan ko‘proq ko‘chirishga harakat qil.Agar odamlar sendan uzoqroq yurishga intilsalar, xulq-atvoringga razm sol. Hatto asalari ham xushbo’y ko‘katga intiladi, badbo’yidan qochadi.Inson xulqi zebolik kasb etishi go‘zal fazilat, lekin u boshqalarning ham shunday bo‘lishiga yordam bersa, nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi.
Burchga sadoqat axlokiy fazilatlar gultojidir. Insondagi go‘zallik tuyg‘usi bamisoli g‘uncha bo‘lsa, uning mumtoz xulqi, odobi bu g‘unchaning xusn jamolidir. Bu fazilatlar bir-birlarini bezaydilar va boyitadilar.
Mansabdorlarning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritish qobiliyatsiz va iste’dodsiz shaxslarning odatidir. Oqil rahbar jamoani muhim ishlarga yo‘llaydi-yu, lekin ikir-chikiriga aralashaverib, boshqalarning erkini va tashabbusini bo‘g‘maydi, chunki buyrug’bozlik tashabbuskorlikning kushandasidir.
Kishi odamlarga qilgan yaxshiligi haqida qancha ko‘p gapirsa, uning el nazaridagi hurmati shuncha kamayadi.Modomiki, odamda oqil do‘stlarining foydali maslahatlarini mensimaslik kasali boshlangan ekan, bu uning boshiga kibr-havo mikroblari kira boshlaganidan nishonadir. Ba’zi kekkaygan amaldorlar qilmishlarining naqadar nomaqbul ekanligini boshiga mushkul ish tushganida bilishadi.Senga xalq ishonib amal bersa, omma bilan bevosita muloqotda bo‘l. Shunda sen hayotni ko‘zing bilan ko‘rasan, kerakli saboq topasan, el hurmatiga sazovor bo‘lasan. Senga rahbarlik nasib etsa, laganbardorlar sha’ningga ne-ne gaplarni tukib-bichib, maqtashlari ham mumkin. Laganbardorlarning maqtovi seni ommadan ajratib, sahroga eltadigan sarob bo‘lsa, mehnatkash xalqning mehri, ishonchi iqbol bo‘stonining sarchashmasidir.Xalq senga ishonib lavozim bersa, idorang atrofidagi parvonalar doirasida o‘ralashib qolma.Omma ichiga borganingda ham xushomadgo’ylar bilan emas, balki mehnat ahli bilan bevosita muloqotda bo‘l. Shundagina sen hayotni, haqiqatni, hatto o‘zingni ham chuqur anglab olasan.
O‘zini donish faxmlab, anjumanda hammaga aql o’rgatib, bo‘lar-bo‘lmasga nasihatgo’ylik qilib, hatto kishilarning nafsoniyatiga tegib, tanbeh beradigan kishi — beodoblar beodobidir.O‘z aqli va qobiliyatiga tayanmay, zahmat chekmay mansabi yoki unvoni bor kishilar atrofida girdikapalak bo‘lib, lavozim yoki unvon topgan kishi iste’dodli kishilarning istiqbol yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ladi, jamiyat uchun bu katta fojeadir. Manmanlik va maqtanchoqlikning eng xunuk ko‘rinishi to’y-marosimlarda qilinayotgan soxta saxiylikdir. Agar kishining o‘zi va so‘zi ko‘hlik bo‘lsa-yu, ammo nutqida kibr-havo anqib tursa, u rangi ko‘hlik, lekin nisori badbo‘y gulni eslatadi.
Ba’zi bir chiranuvchi qudalar o‘rtasidagi oliq-soliq qurilmoqchi bo‘lgan oila qasrining tagiga oldindan quyilgan portlovchi moddadir.Manmanlik bilan to‘yda bellashayotgan qudalar behuda urinib, kurashayotgan polvonlarga o‘xshaydi. Ko‘pincha bu kurashda ikki tomonning beli baravar uziladi. Shuhratparast ikki shaxs o‘rtasidagi adovat ularning izidan borayotgan yoshlar uchun eng xunuk sovg‘adir. Soxta yo’l bilan topilgan mansabdan mag‘rurlanma, chunki el nazarida buning aniq hisobi bor. Shogirdim, qanday lavozim, qanday unvon egasi bo‘lmagin, baribir ommaga bo‘lgan ehtiyojingni unutma. Ma’lumki, katta daryolar ham mudom irmoqlarga ehtiyoj sezadi.O‘zining tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini sezmaslik kibr-u havo belgisidir. Men mukammal tarbiya oldim deyishning o‘zi tarbiyasizliklar. Xalq- nazaridan qolma, bil’aks, barcha obro’-e’tiboring bir pul bo‘lib qoladi. Shuhrat nomusni ham, vijdonni ham sotishdan tortinmaydi. Agar munofiq kishilar seni maqtasa, buning ustiga maqtovlar o‘zingga yoqib, taltayib ketsang, odamlar sendan hazar qilib, chetlansalar, aslo ajablanma.
Hasadgo‘ylik yomon kasal, lekin o‘sib kelayotgan yoshlarning ijodiy kamolotini ko‘ra olmaslik — inson hazar qiladigan illat. Kishi gapga, nafsga, maqtanchoklikka qancha zo‘r bersa, uning el oldidagi hurmati shuncha kamayadi.
Boshingga kibr-u havo mikroblarining kirib qolishidan saqlan. Aks holda odob jarrohi miya qobigini ochib, undagi yovuz mikroblarni bartaraf qilishda juda qiynaladi. Bor imkoniyatlarni chuqur o‘rganmay, tahlil qilmay, faqat xo‘jako‘rsin uchun reja ketidan quvib, tantanabozlikka ruju qilinadigan joyda ko‘zbuyamachilik avj oladi. Mansabi ortsa, tumshug‘i ko‘tariladi, mansabi pasaysa, tumshuri tushadi. Biror tashkilotga boshliq bo‘lsang, huzuringga kirgan kishilarning ishlarini chuqur tahlil qilib, mohiyatini bilib, aniq va uzil-kesil hal qilishni odat qil. Bil’aks, ishga yuzaki qarab, sansalorlik qiladigan kishilarni xalqimiz "o‘tmas pichoq" yoki "latta chaynar" deydi. Jamoa a’zolarini tashabbusga undash va ular ko‘targan takliflarni sezgirlik bilan anglash, qo‘llash rahbarlik uslubidir. Bil’aks,masalaning ilmiy va amaliy mohiyatini tushunmay, bilar-bilmas ko‘rsatma berish va tashabbusni bo‘gish, kaltabinlarning ishi. Eldan, xalqdan ajralgan boshliq daryo yuziga qalqqan ko‘pikka o‘xshab, bir ko‘piradi-yu, tez o‘chadi.Jamoa ichidagi ayrim gap tashuvchi ig‘vogarlarning fikri bilan ish qiladigan, ommadan ajralgan boshliqning o‘radigan hosili o‘zaro ishonchsizlik va noahillik bo‘ladi. Ishdagi xato va kamchiliklar go‘yo bir ajriq bo‘lsa, dabdababozlik, maqtanchoqlik uning ustiga yog‘ayotgan yomg‘irni eslatadi. Bu yomg‘ir qancha ko‘p yog‘sa, ajriq shunchalar gurkirab o‘sadi. Odamning so‘zini maqtanchoqlik o‘tmas qiladi, haqqoniylik esa qilichdek o‘tkir qiladi. Amalga oshishi mumkin bo‘lgan va’dalarnigina berish va ularning ijrosi uchun matonat bilan kurashish rahbarning ko‘rkam fazilatidir.Agar kamtarlikni unutib, o‘z-o‘zini maqtash va taqdirlash kabi nomatlub ish uslubiga o‘rgansang, kamchiliklarni ko‘radigan ko‘z gavharini parda bosishi mumkin. Masalaning mohiyatini anglashga intilmaydigan boshliqning qo‘yilgan masalaga javobi mujmal va noaniq bo‘ladi. O‘zidan yuqoriroq mansabdagi kishining xatti-harakati nomatlub bo‘lsa ham, uning xohishiga moslashishga urinish laganbardorlikning bir ko ‘rinishidir. huquqi va mavqeini boshqalarga berib quyib faqat savlatga o‘tirgan boshliq vitrinaga quyilgan qo‘g‘irchoqni eslatadi. Boshi qovoq kishini maqtashning xunuk oqibati shundaki, unday shaxs o‘zini chindan ham aqlli deb o‘ylay boshlaydi, hadeb maqtayverilsa, u bor aqlidan ham ajraladi. Minbarga chiqqanicha o‘zingni alloma faxmlab, odamlarga qo‘lingni bugiz qilib nutq so‘zlama. Avvalo, bu kibr-u havo, odobsizlik nishonasi, qolaversa, ommaga nisbatan hurmatsizlikdir. Kishining qalbida shuhrat tuyg‘usi qancha kuchaya borsa, vijdon hissi shunchalik kamaya boradi. Biror shaxsning soxta shuhratga intilayotganligini bilgani holda manfaatini ko‘zlab, uni zo‘r berib maqtayotgan kishi bemahal qichqirayotgan ho‘rozni eslatadi.O‘z baxtini el baxti bilan mushtarak ko‘urish o‘rniga "davring keldi, sur begim" qabilida ish tutuvchi shaxsning chuvi tezda chiqib, sharmanda bo‘ladi. Oqil, pok insonning rahbarlik lavozimini egallashi elning baxti, yaxshi odamlar quvonchi, ishonchi va tayanchidir, chunki u yaxshi ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi, hammani ezgulikka boshlaydi.Jamoaga samimiy niyat bilan kirmagan boshliqni jamoa hurmat qilmasa, aslo ajablanmaslik kerak. Sening el aro hurmating senga bo‘lgan mehnatkash xalqning e’tiqodi bilan o ‘lchanadi. Jamoada mehnat qilayotganlar bilan o‘zi bevosita muloqotda bo‘lmay, odamlar o‘rtasida gap tashuvchi nosoz shaxslarning so‘zi bilan ish tutadigan mansabdor adolatdan uzoqda turadi. Oqil rahbar xodimlarning ijobiy ishlarini ham, kamchiliklarini ham aql tarozisida aniq o‘lchaydi, ularga insonparvarlik, talabchanlik nuqtai nazaridan odilona munosabatda bo‘ladi.
Qiyshiq ortilgan yuk manzilga yetib borolmaganidek, soxta shuhrat ham uzoqqa bormaydi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish