Oraliq nazorat (ON) – talabaning ma’ruza va seminar mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, semestr davomida o`quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash uchun olinadigan sinov natijalari asosida baholanadi. “Ona tili va bolalar adabiyoti” fanidan oraliq nazorat bir semestrda bir marta o`tkaziladi va shakli (yozma, og`zaki, test va hokazo) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Oraliq nazoratdan «2» baho olgan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.(Umumiy hajmi 38 soatdan ortiq bo’lgan fanlardan oraliq nazorat olinadi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |