Elektr stansiyasi tortish tarmog‘igacha bо‘lgan qurilmalar yig‘indisi elektrlashgan temir yо‘llarning elektr ta’minoti tizimini tashkil etadi. Bu sistemadan nafaqat tortuvchi elektr istemolchilari balki notortuvchi elektr istemolchilari ham ta’minlanadi.
Elektr tortishni asosiy xususiyati elektr energiyasi sistemalar generatorda hosil qilib bu esa ancha afzalliklarga ega.
1.Elektr enrgiyasi yirik stansiyalarda hosil qilishi tufayli uning motori solishtirma yoqilg‘i sarfi past bо‘lishi FIK ning yuqoriligi.
2. Elektr stansiyalarda turli xil yoqilg‘ilardan foydalanish mumkin hattoki past kallaritli. Elektr stansiya yoqilg‘i qazib oladigan joyda qurilishi mumkin, bu esa yoqilg‘ini ishlatish zaruriyatidan halos etadi.
3. Elektr tortishda ishlatiladigan elektr energiyasini GES va AS lardan olishi mumkin.
4. Elektr tortishdagina elektr tormozlashda energiyaning rekuperatsiyasini amalga oshirish mumkin.
5. Elektr tarmoq lokomotiv dvigetellarini ta’minlovchi uskuna quvvati chegaralanmagan. Bu esa elektr lokomotivlar quvvatini anchagina oshirishga imkon beradi.
6. Elektr lokomotivda boshqa lokomotivlardan farqli ravishda generatolar о‘rnatilmagan. Bu uning massasi yengil bо‘lishiga imkon beradi.
7. Elektr lokomotivda yuqori haroratda ishlovchi kesimlar yо‘qligi ishlab harajatlarini kamaytirishga olib keladi.
8. Atrof muhit himoyasi yahshilanadi, ammo elektr tortishda yangi uskuna elektr ta’minot tizimi bо‘ladi. Bu tizim uchun anchagina yuqori, elektrlashgan temir yо‘llar mustahkamligi nafaqat lokomativga balki elektr ta’minot tizimi mustahkamlanishga ham bog‘liq bо‘ladi.
Elektr ta’minoti tizimlari poyezdlarning belgilangan yuk tezlik va intervalga harakat qilishini ta’minlashi kerak. Bu esa quyidagi shartlarda bajarilishi mumkin.
– elektr ta’minoti tizimi elektrlarining quvvati barcha lokomotivlarga yetarli quvvati uning о‘ziga xech qanday havfsiz holatda temir yо‘l mashinasining turli hil ish harakatlarida ta’minlab beradi.
– har qanday nuqtada lokomativ belgilangan xarakat grafigini bajarish uchun quvvatni hosil qila olishi ta’minlash. Masalalar elektr ta’minoti tizimining belgilangan darajasida ishlay olishi va elektr energiyasi sifatini (birinchi navbatda kuchlanish) ta’minlash parametrlari tо‘g‘ri ta’minlangaligiga bog‘liqdir.
Elektr ta’minoti tizimlari parametrlarini ishlashda ularning tо‘xtovsiz ishlashi va kam xarajat bо‘lishini hisobga olish kerak.
Ba’zan alohida eksplutatsiya sharoitlarida yuklamalarni keskin bо‘lishi (poyezdlarning ketma ket yurishi) ham kuzatilishi mumkin bu esa elektr ta’minoti tizimiga anchagina yuqori talablar qо‘yadi. Agar quvvatni oshirish yо‘lidan borsak xarajatlar keskin oshib ketadi, bunday holatlar elektr ta’minoti tizimi parametrlari ishlashda hisobga olinmaydi. Poyezdlarni boshqarish dispetcher tomonidan elektr tarmog‘i imkoniyatlarini hisobga olgan holda bajariladi. Elektr ta’minotida kuchlanish darajasini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Ma’lumki elektr energiyasini tarmoqlar orqali uzatishda kuchlanish pasayadi va uskunalar ishga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Elektrlashgan temir yо‘llarning tо‘xtovsiz va samarali ishlashi zaxiralash tizimiga ham bog‘liq bо‘ladi.
Elektrlashgan temir yо‘llar qо‘shni inshootlarga ham salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Ta’minlovchi uch fazali sistemada tok va kuchlanish simmetriyasi buziladi, bu esa generatorlar quvvatining pasayishiga, xizmat muddatining pasayishiga olib keladi.
Bosqich loyihasinini bajarishdan asosiy maqsad talabalarni mazkur fandan olgan nazariy bilimlarini elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti tizimlarini amalda hisoblay olishga tatbiq etishga о‘rgatishdir. Elektr ta’minoti tizimining barcha elementlarini hisoblashning aniq usullarini qо‘llab mufassal loyihalash diplom loyiha masalasi bо‘lsa, bosqich loyihasida esa kо‘riladigan masalalar, ularning dastlabki berilishi va bu masalalarini hal qilishda qо‘llaniladigan hisoblash usullari bir muncha soddalashgan holda beriladi. Masalan,turli tipdagi poyezdlarni bir xil tipdagi poyezdlar bilan almashtirilsa, masalaning dastlabki shartlari ancha soddalashadi.