“TASDIQLAYMAN” Buxoro davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor ________________________________ “_____”___________________ 2022 yil TDPU tayanch doktoranti Nasimova Zarina Isomiddin qizining “Oliy ta`lim muassasalarida modulli ta’lim tizimini zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalangan holda samaradorlikni oshirish konseptsiyasi” mavzusidagi 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi” ixtisosligidan pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi natijalarining Buxoro davlat universitetida amaliyotga tatbiq etilganligi to'g'risidagi
DALOLATNOMA
Tuzildi ushbu dalolatnoma shu haqdakim, TDPU doktoranti Nasimova Zarina Isomiddin qizining “Oliy ta`lim muassasalarida modulli ta’lim tizimini zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalangan holda samaradorlikni oshirish konseptsiyasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga oid tajriba-sinov ishlarini o'tkazdi. Nasimova Zarina Isomiddin qizining “Oliy ta`lim muassasalarida modulli ta’lim tizimini zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalangan holda samaradorlikni oshirish konseptsiyasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga oid tajriba-sinov ishlari Buxoro davlat universiteti rektorining 2022 yil 7 fevral №42-U sonlibuyrug'i asosida tashkil etildi. Tajriba-sinov ishlari davomida talabalarga modulli ta’lim tizimidan foydalangan holda ta’lim samaradorligini oshirishning pedagogik asoslari tushuntirildi. Shuningdek, modulli ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llash orqali ta’lim samaradorligini oshirish shartlari pedagogik hodisa sifatida tavsiflanib tushuntirildi.
Talabalar o`zlashtirgan bilimlari yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bildirdi. Doktorant Nasimova Zarina tomonidan modulli ta`limning ta`lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati va unda pedagogik texnologiyalarni qo`llashning ahamiyati to`g`risida qator taklif va tavsiyalar berib o`tdi. Shuningdek, ushbu mavzuni o'rganish maqsadida anketa so'rovnomalari o'tkazildi. O'tkazilgan so'rovnomalar tahlil qilindi va tegishli xulosalar chiqarildi. Nasimova Zarinaning ushbu tadqiqot ishida, modulli ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari oliy o'quv yurtlaridagi o'quv mashg'ulotlari, talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishning asosini tashkil etishi, o`tmish qadriyatlari talaba-yoshlarni buyuk kelajak va ulug'vor maqsadlarga yetaklashi, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi uchun doimo mas'uliyat sezib yashash hamda yetuk shaxs, bir so'z bilan aytganda vatanparvar bo'lib tarbiyalanishlariga katta imkoniyat yaratadi. Ayniqsa mazkur o'quv yurtida tahsil olayotgan talabalar o'zlarining munosib o'rinlarini topishlari, jamiyat va Vatan ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilishlari, fidoyilik ko'rsatishlari nihoyatda zarur ekanligi to'g'risida ma'lumotlar berildi va ushbu yo'nalish bo'yicha fikrlar bildirildi. Pedagogika fakulteti dekani: N.X.Radjabov
Pedagogika kafedrasi mudiri: P.f.d., prof. Sh.Sh.Olimov