Baholash mezoni:
Jadval mavzu mazmunini o‘zida to‘liq mujassamlashtirgan, to‘rtala ustun ham to‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa «5»;
Jadval mavzu mazmunini mujassamlashtirgan, to‘rtinchi ustun qisman to‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa «4»;
Jadval mavzu mazmunini o‘zida qisman mujassamlashtirgan, to‘rtinchi ustun to‘ldirilmagan bo‘lsa «3»;
Jadval mavzu mazmunini o‘zida mujassamlashtirmagan, to‘rtinchi ustun to‘ldirilmagan bo‘lsa «2».
2-auditoriyadan tashqari mustaqil ish
2-mavzu. Hujayra biologiyasini o‘rganishda qo‘llanidigan usullar. Hujayra tiplari
Ishning maqsadi: topshiriqlarni bajarish mobaynida ushbu mavzu bo'yicha olingan nazariy bilimlardan foydalanа olish.
Xisobot shakli: klaster ва “Venn” diagrammasi.
Bajarish uchun sarflanadigan vaqt: 8 soat
2-mustaqil ish topshirig‘i:
Topshiriq №1: Hujayra biologiyasini o‘rganishda qo‘llaniladigan usullar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganish va klasterda ifodalash
Topshiriqni bajarish uchun metodik ko‘rsatmalar: Klaster – o‘quv axborotini sxema (chizma) ko'rinishida tizimlashtirish usuli. Bunda matndagi ma’lumotlar mazmunan birliklar- tushunchalarga ajratib ko'rsatiladi va ular orasidagi barcha aloqalarni belgilagan holda grafik shakl chiziladi. Klaster mavzuni, tasvirni konkretlashtirishga, nutq, fikrlash, tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi. U o'quv materialini tizimlashtirish va umumlashtirishga yordam beradigan tasvirdir.
Klaster yaratish uchun quyidagilarni bajaring:
I. Badalxo‘jayev va T. Madumarovlar muallifligidagi Sitologiya darsligi (24-43 betlar) va I.A. Abdulov, X. Xalbekovalar muallifligidagi Hujayra biologiyasi nomli uslubiy qo‘llanma (15-20 betlar)dan mavzuga oid ma’lumotlarni sinchiklab o‘qing;
https://youtu.be/INZ2mCUkyLg URL manzildagi videorolikni tomosha diqqat bilan tomosha qiling;
Varaqning o'rtasiga mavzuni, g'oyani ochish uchun asosiy bo'lgan kalit so'z yoki jumla yozing (masalan, hujayrani o‘rganish usullari);
Ushbu so'z atrofidagi doirachalarga ushbu mavzuga mos keladigan navbatdagi tartibli so'zlar yoki jumlalar, ya’ni hujayrani o‘rganish usullarining guruhlashtirilgan nomlari yozing (masalan, optik, sitokimyoviy, gomogenatlarni fraksiyalash va hokazo);
Navbatdagi tartibli doirachalar ichiga har qaysi guruhga kiruvchi usullarni yozish mumkin;
Navbatdagi tartibli doirachalarga esa tegishli usuldan foydalanish maqsadi yoki bir xil mazmunga ega bo‘lgan boshqa bir ma’lumotlarni yozish mumkin;
Bir xil darajaga ega bo'lgan so'zlar bir xil rang bilan to'ldirilishi va barcha so'zlar kalit so'z bilan bog'langan bo‘lishi kerak;
Shunday qilib, har bir yo'ldosh so'zining o'z yo'ldosh so'zlarini ifodalang va natijada mavzuni mazmunini o‘zida mujassamlashtirgan struktura hosil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |