BEMORLARNI TEKSHIRISH USULLARI
Rentgenologik tekshirish usullari Tashxis qo‘yishda miya qutisi yoki umurtqa pog‘onasini rentgeno logik tekshiruvlar (kraniografi ya, spondilografi ya)katta yordam beradi.Spondilografi yada bemorning umurtqasidagi, uni o‘zaro bog‘lov chi qism laridagi, orqa miya va vertebrobazillar tizimidagi qon aylanishining buzilishi va turli xil og‘riqlarga sabab bo‘luvchikasallik belgilari aniq lanadi.Kraniografi yakalla suyagining rentgen tasviridir. Har bir
kasallik uchun o‘ziga xos kraniogramma belgilari mavjud. Masalan, miya qutisi ichining gipertenziyasida panja barmoqlar botirilganligi, turk egarining silliqlanishi yoki kengayishi, bolalarda miya qutisi choklarining bir-biridan ajralishi, miya qutisi hajmining kattalashishi xosdir.Gipofi z o‘smasida turk egari kattalashadi, orqa, old devori tekislanib qoladi.Kompyuter tomogram pog`onasida amalga oshiriladi. Bunda kristall va gazli detektorli skaner qurilmasi yordamida miyadagi kasallangan joy o‘rganiladi. 20, 40, 60 soniya davomida skaner bemor boshini bir marta aylanib o‘tib, ma’lum masofada miya qatlamlarining rentgen nurlarini yutish xususiyatini 160, 256, 512 marta o‘lchaydi. Bu axborot EHM qurilmaga uzatiladi va miyaning har bir qatlamlaridagi tasvir ekranda paydo bo‘ladi. Tasvirni juda qisqa vaqt (40–50 soniya) davomida olish mumkin. Bu usulning yana bir afzalligi shundaki, tasvirga tushirish ham mumkin. Kompyuter tomografi ya usuli ko‘pgina tug‘ma qiyshayishlar, o‘smali jarayonlar, qon quyilish o‘choqlari, yiringli jarayonlar, miya qorinchalarining kengayishi, gidrosefaliya haqidagi juda noyob ma’lumotlarni beradi.Yad romagnit rezonans usu li . Bu yangi usullardan biri bo‘lib, keyingi vaqt larda qo‘llanila boshlandi. Bunda ba’zi kimyoviy elementlar atomlari (vodo rod, fosfor va boshq.) kuchli magnit maydonida rezonans hodisaga uchraydi. Paydo bo‘lgan elektromagnit impulslar har bir to‘qimaning o‘ziga xos tovushni beradi, bu tovush kompyuterda qayd etiladi, qayta ishlanib, ekranga tasviri tushiriladi.Yadro-magnit rezonans usuli ichki a’zolardagi va asab tizimidagi organik jarohatlar, o‘smali jarayonlar, parazitlar, qon tomirlardagi
atero sklerotik o‘zga rishlarni aniqlashda, ularga tashxis qo‘yishda katta
yordam beradi. Bu usul orqali insultni boshdan kechirgan bemorlarda
bosh miya to‘qimasining tiklanish xususiyati ham aniqlanadi.Elektromiografi
ya (EMG) – mushaklar biopotensiallarini tekshirish orqali harakat apparati holatini aniqlash usulidir.EMG mushakning harakat sohasidagi o‘zgarishni, aniqrog‘i, uning markaziy yoki periferik asab qismida yoki mushakning o‘z holatini aniqlashda yordam beradi. EMG orqali bu o‘zgarishlarni dastlabki bosqichda, ya’ni hali klinik belgilar yuzaga chiqmasdanoq aniqlash mumkin. Bu usul kasallikning kechishida, harakat buzilishining periferik falajlik xilida boshqa o‘xshash kasalliklar bilan qiyosiy tashxis o‘tkazishda aniq ma’lumotlar beradi.Bemordagi mushaklar faoliyatini tekshirish uchun elektromiografi ya qo‘llaniladi. Elektromiografiya elektron kuchaytirgich va qayd qiluvchi tuzilmadan iborat asbobdir.Elektroensefalografi ya (EEG) – miya biopotensiallarini qayd qilishga asoslangan zamonaviy tekshirish usuli. Elektroensefalografiya orqali bosh miya potensiallari qayd etiladi va ularning tasvirlari qog‘ozga tushiriladi. Hozirgi vaqtda bir vaqtning o‘zida miyaning turli so ha laridan biotoklar qayd etuvchi 4, 8, 16 kanalli elektroensefalografi ya keng qo‘llaniladi. Miya biotoklarini qayd qilish usuli elektro ensefalogramma deyiladi. Bu usul orqali epilepsiya, o‘sma kasal lik lari aniqlanadi Reoensefalografi ya (REG) – miya qutisi ichiga yuqori chastotali o‘z garuvchan tok yuborish natijasida qon aylanish holatini aniqlash. Tirik to‘qimaning elektr qarshiligi miyaning qon aylanishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. REG tekshirilayotgan sohadagi tomirlarning holatini, ularning tonusini aniqlaydi.Exoensefalografi ya (Exo-EG) – bosh miyani ultratovush nurlari yordamida tekshirish. Ultratovush nurlari bemorning boshiga tik holatda yuboriladi. Boshdan o‘tayotgan tovush nurlari o‘z yo‘nalishida har xil qarama-qarshiliklarga uchraydi va aks sadolar hosil bo‘ladi. Shu jumladan, bosh suyagi bilan miya chegarasida hosil bo‘luvchi qarshilik aks sadosi ham. Aks sado tovushlari tik holatda otilib chiqqan chiziqni hosil qiladi. Bu aks sado tovushlari ichida o‘rta chiziqdagi (III qorincha, epifi z, gipofi zdan akslangan) tovushlar katta ahamiyatga ega. Bunday o‘rta chiziq aks sadosi M-exo deyiladi. Me’yoriy holatda M-exo o‘rta qismda joylashgan bo‘ladi. M-exoni o‘lchash tashxis qo‘yish uchun muhim ahamiyatga ega. Bosh miya o‘smasi, abssessi, parazitar kasalliklari, gematomasi, tuberkulomasi va boshqalarda miya o‘rtasida joylashgan III qorincha va epifi z joyidan qo‘zg‘algan, o‘ng yoki chap tomonga surilgan holatda bo‘ladi. Bu hol M-exoning ham surilishiga olib keladi. xoensefalografiya bosh miyadagi kasallik jarayonini topishda katta ahamiyatga ega.Asab tizimi anatomiyasi, fiziologiyasi va gistologiyasi.Asab kasalliklarining umumiy simptomatologiyasi.Asab to‘qimasiNerv tizimining struktura – funksional birligi neyron deb ataladi. Nerv hujayralari, asosan, asab tizimining markaziy qismida (bosh va orqa miyalarda) joylashgan bo‘lib, uning tolalari periferik nervlarni hosil qiladi. Nerv hujayrasi yoki neyroni bir qancha o‘simtalar va tanadan iborat Neyronni tana, akson va dendrit tashkil etadi. Nerv hujayrasining o‘simtalari kalta va uzun bo‘ladi. Hujayraning asosidan ketgan uzun o‘simtasi akson,kalta daraxt shoxlariga o‘xshash o‘simtalari esa dendrit deb ataladi. Dendritlar nerv impulslarini qabul qilib, nerv hujayrasi tanasiga o‘tkazadi, so‘ng akson bo‘ylab hujayradan periferiyaga (sirtga) o‘tadi. Nerv impulslari har doim bir tomonga yo‘naladi, ya’ni dendritdan hujayra tanasiga, keyin aksonga o‘tadi, bu dinamik polarizatsiya qonuni deb ataladi. Akson tugagandan so‘ng dendritlarga yaqinlashadi yoki keyingi hujayra tanasiga boradi, bunda neyronlar zanjiri hosil bo‘ladi. Nerv hujayralarining bir-biri bilan tutashgan joyiga sinaps deb ataladi. Nerv hujayrasining dendritlari retseptorlar vazifasini bajaradi. Retseptorlar tashqaridan va ichkaridan kelayotgan ta’sirlarni qabul qilib, nerv impulslariga aylantiradi va hosil bo‘lgan impulslarni hujayra tomon yo‘naltiradi. Sinapslar yordamida axborot birinchi neyronning aksoni orqali ikkinchi neyron dendritiga o‘tishida mediatorlar yordam beradi. Har bir asab hujayrasi yadro, protoplazma, neyrofi bril apparat, xromatin modda va boshqalardan tashkil topgan.Nerv hujayralarida ikki xil pigment uchraydi:L i p o f u t s i n – sariq rangda bo‘lib, oqsil va lipoiddan tuzilgan, hujayra yadrosi yonida joylashgan. Yoshlarning nerv hujayralarida lipofutsin miqdori kamroq bo‘lib, keksaygan sari ko‘payib boradi.M e l a n i n – markaziy asab tizimining ma’lum bir qismidagi hujayralarda uchraydigan qora rangli pigment (masalan, bosh miya po‘stloqosti sohasida joylashgan – qora modda).Nerv tolasi nevrofibril- lardan tuzilgan o‘q silindrdan iborat bo‘lib, asab impulslarini o‘tkazishda ishtirok etadi. O‘q silindr ikki parda bilan qoplangan, bu pardalar miyelin pardalar deyiladi. Miyelin pardalar o‘q silindrini butunlay o‘ray olmaydi, ba’zi joylari ingichkalashib qoladi, bu holat Ranve qisishmalari deyiladi. Ikki qisishma orasida joylashgan nerv tolasi bo‘lagiga nerv tolasining segmenti deyiladi. Miyelin pardaning ustidan o‘rab turuvchi pardaga. Shvann pardasi deyiladi. Shvann pardasining farqi, u qisishma hosil qilmaydi va uning hujayralari bo‘ladi.Periferik asab tizimida ikki xil nerv tolalari uchraydi:Miyelinli nerv tolalari – miyelin va Shvann pardalari bilan o‘ralgan nerv tolalari.Miyelinsiz nerv tolalari – faqat Shvann pardasi bilan o‘ralgan nerv tolalari. Bunday nerv tolalarida miyelin parda bo‘lmaydi.Asab sohasi ikkita katta tizimdan iborat.Markaziy asab tizimiga bosh miya va orqa miya kiradi. Chunki, bu ikkala miya ichkarida (kalla suyagi va umurtqa pog‘onasining ichida) – markazda joylashgan.Periferik asab tizimiga tashqarida joylashgan tuzilmalar kiradi. Bu tizim o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
– ildizlar (oldingi – harakat ildizi, orqadagi – sezgi ildizi);
– umurtqalararo gangliyalar (tugunchalar);
– chigallar (yelka, bo‘yin, bel va dumg‘aza chigallari);
– alohida periferik nervlar (qo‘llarda – bilak, tirsak nervlari,
oyoq larda – son, quymich nervlari va boshq.).
Markaziy asab tizimi.Orqa miya. Orqa miya umurtqa pog‘onasining uzunasiga ketgan kanalida joylashgan. U kattalarda 41–45 sm, yo‘g‘onligi 1–1,5 sm, og‘irligi 34–38 g. ni tashkil qiladi. Orqa miya birinchi bo‘yin umurtqasining yuqori qismidan boshlanib, pastki qismi ikkinchi bel umurtqasining yuqori qismida tugallanadi. Yangi tug‘ilgan bolalarda ikkinchi va uchinchi bel umurtqa segmentlarining o‘rtasida tugallanadi. Orqa miyada bo‘yin va bel kengligi bo‘lib, bu qo‘l va oyoqda asab tolalarining ko‘pligi natijasida paydo bo‘ladi. Orqa miya segmentlarga bo‘lingan. Segment deb – orqa miyaning ikki juft ildizlariga aytiladi. Orqa miya 31–32 juft
segmentdan tuzilgan. Bular: 8 ta bo‘yin, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza, 1–2 ta dum segmentlaridir. Orqa miyaning har bir segmentida 2 juftdan ildizlar bo‘lib, ularning oldingi jufti harakat ildizlari, orqadagi juftlari esa sezuvchi ildizlardir.Orqa miyaning ichki tuzilishini uning ko‘ndalang kesimida ko‘rish mumkin Bunda ko‘ndalang kesim markazida kapalaksimon shakldagi kulrang modda joylashgan, uning atrofi oq moddalardan iborat. Kulrang modda nerv hujayralari va uning aksonlaridan iborat. Bosh miyaning 3 ta yuzasi bor:– tepa qismi – konveksital qism;– ichki qismi;– bazal qismi yoki miya asosi.Bosh miya yarimsharlari peshana, tepa, chakka va ensa qismlari-dan iborat. Bu joylarda markazlar joylashgan bo‘lib, har bir qismning o‘z vazifasi bor. Peshana qismi – harakat uchun, tepa qismi – sezgi uchun, chakka qismi – eshitish, ta’m, hid bilish uchun, ensa qismi – ko‘rish uchun xizmat qiladi Yon qorinchalarbosh miya yarim sharlarining bo‘shlig‘i bo‘lib, hisoblanadi. Ikkita yarimsharlar bir-biri bilan qadoqsimon tana orqali bog‘langan. Gistologik jihatdan bosh miya 2 qismdan iborat. Oq modda o‘tkazuvchi yo‘llardan, kulrang modda nerv hujayralaridan tuzilgan. Bosh miyaning oq moddasi bu – o‘tkazuvchi yo‘llardir. Bu joylardan ham sezgi, harakat yo‘llari o‘tadi. Bular, o‘z navbatida, quyidagilarga bo‘linadi:
• assotsiativ tolalar – bu tolalar bitta yarimshardagi markazlarni bir-biri bilan bog‘laydi;
• komussural tolalar – ikkita yarimshardagi markazlarni bir-biri bilan bog‘laydi;
• proyeksion yo‘llar – bosh miya po‘stlog‘idagi markazlarni orqa miya bilan bog‘laydi.Oq moddada yana ichki kapsula joylashgan bo‘lib, undan pastga va tepaga ko‘tariluvchi o‘tkazuvchi yo‘llar o‘tadi. Ichki kapsulaning oldingi sonidan – bosh miya peshana-ko‘prik yo‘llari; orqa sonidan – bosh miya po‘stlog‘i orqa miya yo‘llari (harakat, sezgi, ko‘rish, eshitish yo‘llari); tizza qismidan esa kalla bosh miya nervlarining harakat yo‘llari o‘tadi Bosh miyaning kulrang moddasi faqat nerv hujayralaridan iborat. Bu kulrang modda bosh miya po‘stlog‘i deb ataladi, uning qalinligi
Do'stlaringiz bilan baham: |