O’tkir kasalliklarda hamshiralik parvarishi:
Hayotini qayta tiklash va nazorat qilishda, hamshira parvarishida, og’ir kasallar davolanishida yordamlashish va shoshilinch yordam ko’rsatish;
Kerakli extiyojlarini qondirishda yordamlashish;
Kasallar qiynalishiga sabab bo’layotgan simptomlarni kamaytirish va yoqotish;
Krizis vaqtida psixologik turg’unlikka erishishga yordamlashish;
Asoratlar, ikkilamchi buzilishlarning oldini olish;
Kundalik hayotini qayta tiklashda yordamlashish;
Oila a’zolarini qo’llab quvvatlash;
Bemor, oila a’zolari va tibbiyot hamshiralari o’rtasidagi munosabatni boshqarib borish.
5.Surunkali kasalliklarning kechishi va hamshiralik parvarishi
Surunkali kasallik tashxisi qo’yilganidan keyin surunkali kasallik bilan birga hayot boshlanadi. Bemorda biror bir simptom yuzaga chiqqach tashis qo’yish va davolash maqsadida bemor bir qancha tekshiriluvlardan o’tadi. Bemor o’z simptomlarini nazorat qilishni o’rgangach, kasallikning turg’un davrida o’zini jamoaning normal a’zosidek tutib yashaydi yoki uy sharoitida parvarish qilinadi. Kasallik qo’ziganida kasalxonada davolaniladi. Surunkali kasalliklari bor bemorlarda kasallik boshlanganidan bir necha yil yoki o’nlab yil o’tgach asoratlar yuzaga chiqadi ular terminal davrgacha bo’lishi mumkin.
Klinik va bioximik tekshiruvlar ahamiyati.
Klinik va bioximiktеkshirishdаn mаqsаd, kаsаllikni bоshlаng’ich dаvridа aniqlash va aniq tashxis qo’yish, o’z vaqtida va to’g’ri davolash, kasallik dinamikasini kuzatish, surunkаli kаsаlliklаrning oldini olish, shuningdеk, хаvfli аsоrаtlаrni, ya’ni surunkali yetishmovchiliklarning оldini olishdan iborat.
Bemorni ruxan tayyorgarligi tekshiruvlarda juda ahamiyatlidir. Bemorda tekshiruv o’tkazish usullarini bilmasligi natijasida qo’rquv holati bo’lishi mumkun. Hamshira bemorni tekshiruvga tayyorlash jarayonida unga tekshiruv mohiyatini tushuntiradi. Qo’rquv xissi tekshiruv jarayonida bemorni zo’riqishga olib kelib, bu holat tekshiruvni to’g’ri olib borishga va tugatilishiga to’sqinlik qiladi. Hamshira bemorga tekshiruv jarayonida tinchlanishini tushuntiradi.
Tinchlantirilgan bemor tekshiruv davomida shifokorning hamma talablarining to’g’ri bajaradi, bu esa tekshiruvni sifatli o’tishiga yordam beradi.
Olingan natijalariga ko’ra klinik tekshiruvni keyingi natijalarini davolashda
qo’ llash mumkinligini ko’rsatadi.Klinik tekshirishlarning axamiyati endokrin a'zolaridagi patologik o’zgarishlarni aniqlash. Organizmdagi disgormonal o’zgarishlarni o’sishni to’xtatadi. Chunki bitta endokrin bezdagi o’zgarish butun organizmdagi ichki sekretsiya bezlarni ishini navbatma-navbat ishdan chiqaradi. Qondagi gormonlarni aniqlangandan so’ng, to’g’ri va aniq tashxis qo’yiladi. Bu esa gormonal davolash o’z vaqtida boshlashga hamda barcha ichki sekretsiya bezlarni normal faoliyatini saqlashga yordam beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |