Tasdiqlayman” Angren tibbiyot kolleji direktori G’. A. Tojiyev
KATTALARDA PARVARISH XUSUSIYATLARI
Mavzu:№ 1 Kattalarda parvarish xususiyatlari fanining rivojlanish tarixi, uning tibbiyotdagi o‘rni. Reja : Kattalarda parvarish xususiyatlari fanining rivojlanish tarixi. Kattalarda uchraydigan kasalliklarning etiologiya, patogenez, klinikasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot. Kattalarda uchraydigan kasalliklar diagnostikasi va ularni parvarishlar. Tibbiyot— kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmuyi. Tibbiyot insoniyatning nazariy va amaliy faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Har bir kishi o ‘z sog‘lig‘ini saqlash va uni mustahkamlash, shuningdek, betob bo‘lib qolganida tezda tuzalishni istaydi. Kasallikni aniqlash, uning oldini olish va davolashda zamonaviy usullarni qo'llash inson hayotini saqlab qolish, shuningdek, ilgari davolab bo'lmaydigan kasalliklarni davolash imkonini berdi. Lekin tibbiyot o ‘z oldiga qo'ygan hamma maqsadlariga erishdi, deb bo‘lmaydi. Hali ham kishilar orasida uzoq umr ko‘rmay, og‘ir xastaliklar va uning yomon oqibatlaridan bevaqt nobud bo'lish, barvaqt qarish hollari uchrab turibdi. Ma'lumki, kishining sog‘lig‘i ko‘p jihatdan uning o'ziga bog'liq, chunki kasallikka ko'pincha kishi hayot tarzining noto'gri yo‘lga qo‘yilganligi, o‘z salomatligini himoya qila bilmaslik, saiomatlikka zararli omillarga bilar-bilmay ruju etish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, noto‘g‘ri ovqatlanish kabi omillar sabab bo'ladi. Tibbiyotning qanday ahvolda bo'lishi va rivojlanish darajasi, mazmuni va usullari, avvalo, ijtimoiy tuzum va moddiy sharoitlar bilan belgilanadi. Tibbiyot fanlari umumiy biologiya, genetika, anatomiya, fiziologiya kabi tabiiy fanlar va shuningdek, fizika, kimyo fanlari bilan chambarchas bog‘langan. Tibbiyot o‘zining ko‘p asrlik tarixida juda murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Bu asosan, kasailikni aniqlash, oldini olish, davolash, uning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlarini o‘rganish, shuningdek, har bir shaxs yoki butun jamoa sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan tadbirlami ishlab chiqish va uiami takomillashtirishga oid taiaygina biiim va tajribalardan iboratdir. Zamonaviy tibbiyotning kelib chiqishi uzoq tarixiy davrlarni va turli qarashlarni o‘z ichiga olib, turli kasallikiar, ularni davolash kutubxonasi va oldini olish haqidagi hilimlar asosi qadimdan xalq ommasining tajriba va kuzatishlariga bog'liq bo‘ladi. Tabobat kurtaklari odam paydo bo‘lgan davrdan boshlab vujudga kelgan. «Tibbiy faoliyat — dastlabki odam bilan tengdosh», deb yozgan edi I.P. Pavlov. Ihridoiy odam yashagan davr tibbiyoti. Ibtidoiy odam yashagan joylar va qabrlarni qazish, tarixiy davrni o'ziga xosligt tufayli hozir ham taraqqiyotning eng oddiy bosqichida bo'lgan ayrim etnik guruhlarni o‘rganish uzoq o‘tmishdagi kasallik va uni davolash haqidagi bilimlar manbayi bo'lib xizmat qiladi. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan minglarcha yillik kuzatish va tajribalar evaziga tabiblik yuzaga kelgan. Og‘riqni qoldirish, qon oqishini to‘xtatish, qayd qildirish kabi tasodifiy qilingan muolaja va vositalarning nafi bo'lgan. Qo'llanilgan vositadan og‘riq qolgan, qon oqishi to‘xtagan yoki qayd qildirilgan bemor biroz yengil tortgan, bora-bora odamlar bu ishni bajargan tabibdan yordam so‘rashga odatlanishgan. Kasallikni davolash va undan saqlanishga oid topilgan empirik muolajalar ibtidoty odamning odatiy tusiga kira bot^an, natijada sekin-asta xalq tabobati shakllangan. Ana shu davo va oldini oluvchi tadbirlar ichida dorivor o'simliklar va tabiiy omillar (suv, havo, quyoshjdan foydalanish, uncha katta bo‘lmagan jarrohlik (badanga kirgan yot jismlarni olib tashlash, qon chiqarish) usullari va boshqalarni qo‘llash rusum bo‘lgan. II davr. Quldorlik jamiyatidagi tihbiyot. Quldorlik jamiyatida, asosan, uqalash, suv muolajalari, badantarbiya va boshqalarga ko‘proq e'tibor berilgan. Jarrohlik usullari, masalan, kesarcha operatsiya (qorin devori va bachadonni yorib homilani olish) hamda boshqa uncha og‘ir boMmagan operatsiyalar qilingan. Bu davr shifokorlik san'atining shakllanishida tibbiyotning otasi sanalmish Gippokratning (milloddan avvalgi 460—377-yil) hissasi nihoyatda katta, u ko‘pgina kasalliklarning tashqi belgilarini, xastalikning kelib chiqishida turmush tarzi, atrof-muhit va iqlimning ta'sirini tavsifetdi. Temperament va gavda tuzilishi tiplari haqidagi ta'limoti bilan bemorni davolash va unga tashxis qo‘yishda individual yondashishga asos soldi. Albatta, o‘sha davrda davo ishlari hali ilmiy asosda bolmagan, davo ayrim organlar va ularning fiziologik funksiyasini aniq bilishga asoslanmay, organizmdagi to‘rt xil xilt (shilliq, qon, sariq va qora safro)ning o‘zgarishiga qarab belgilangan. Odam tanasining tuzilishi va funksiyasini oTganishga oid dastlabki o'rganishlar miloddan avvalgi 111 asrdayoq paydo bolgan. Aleksandriyalik hakim Gerofil va Erasistrat murdani yorib ko‘rishib, hayvonlarda turli tajribalar 0‘tkazishgan, Tibbiyotning taraqqiyotida Rim hakimi Galenning xizmatlari nihoyatda katta. U anatomiya, fiziologiya, umumiy patologiya, terapiya, akusherlik, gigiyena, dorishunoslikka oid ma'lumotlar to'plagan va tibbiyotni ilmiy tizimga solishga harakat qilgan. O'rta asr taraqqiyotida tibbiyot. o‘rta asrlarda G'arbiy Yevropada tibbiyot ilmiy tomondan deyarli taraqqiy etmadi. Ru davrda jamiyatda nasroniylik cherkovining mavqeyi ortdi. Toat-ibodat dori-darmonlarga qaraganda samaraliroq davolash vositasi deb qaralar, jasadni yorib o'rganish esa gunohi azim hisoblanar edi. Lekin shunga qaramay, bu davrda ham tibbiyotga oid amaliy tajribalar to'plana bordi. O'rta asrlarda tabohat ilmi Sharqda, jumladan. O'rta Osiyoda rivojlana boshladi. Yunon. sanskrit va boshqa qadimiy sharq tillarida yozilgan tibhiy asarlarni ko'pchiligi, jumladan, Aristotcl, Dioskorid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari shu davrda suryoniy va arab liliga tarjima qilindi. Abu Hanifa ad-Dinavoriy, Abu Mansur Somoniy, Muhammad ibn Yusuf Iloqiy, Muhammad ibn Bahrom Kolonisiy, Ali ibn Umar Najibuddin Samarqandiy kabi mashhur tabib va hakimlar turii kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davosiga hamda dorishunoslikka oid ilmiy asarlari va amaliy ishlari bilan Sharqda tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar. Sharqning mashhur tabibi, ensiklopcdist olimi Abu Bakr arRoziy (865—925)ning tabobat sohasidagi asarlari, umuman, jahon tibbiyotining rivojlanish va boyishida g'oyaida ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tabobal qobusnomasi hisoblangan 25 jildli «AI-Hoviy» nomi bilan tanilgan katta to'plam («AI-Jomi’ al-Kabir va qad urifa bi-i Hoviy») kitobi hozirgacha G'arb va Sharq tibbiyotida mashhurdir. Abu Rayhon Beruniy (973—1048)ning «Tibbiyotda dorishunosliU («Kitob al-saydana fi-t-tib») asari esa o'sha davr tabobatining eng katta yutug'idir. Bu asar O'rta Osiyo dorishunoslik ilmiga asos bo'ldi. 0 ‘rta asrning buyuk tabibi, qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (Abu Ali ai-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali) (980—1037) G'arbda Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sinoning tabobatda qilgan ishlari uning nomini bir necha asrlarga shu fan sohasi bilan chambarchas bog'ladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u o'zigacha o'tgan turli xalq namoyandalari kutubxonasi tom onidan asrlar davom ida tib ilmi sohasida to ‘plangan ma'lumotlarni saralab, muayyan hir tartibga soldi va ularni o'z tajribalari bilan boyitgan holda ma'lum nazariya va qonun-qoida asosida umumlashtirdi. Bunga uning «Tib qonunlari» va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqeyi hamda qozongan shuhrati yorqin dalildir. Ibn Sinoning ilmiy ishlari o‘sha davr tabobatini bir necha asrlarga ilgarilatib, ayrim sohalarda, hatto hozirgi zamon tibhiyotiga yaqinlashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning, xususan, Gippokrat, Galen Diaskorid va boshqalarning ta'limoti ustuvoredi. lbn Sino o‘tkir diagnost sifatida nom qozondi. Uning ba'zi tashxis usullari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Perkussiyani, xususan, assit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda qo‘ilangan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger (1722—1809) tom onidan qayta kashf qilinib, yana 50 yildan so'ng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur o'rganib, ulardan tashxisda foydalangan. Ibn Sino turli kasalliklarning differensial diagnostikasida va gavdaning umumiy holatini aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan helgilarga katta e'tibor beradi. Masalan, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashxis qiladi. Diabet kasalligida siydikda qand moddasi boMishini 1775-yilda inglizolimi Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida birinchi boMib Ibn Sino vabo bilan oMatni farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan ogTigan bemorlami boshqalardan ajralgan holda saqlash kerakligini ta'kidlagan. Meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit, moxov, zaxm, qizamiq. suvche chak, kuydiigi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayonini to‘g‘ri tasvirlab bergan. Bemorlami davolashda olim uch narsaga — tartib (parhez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qoMlash (qon olish, banka qo'yish, zuluk solish, huqna va h.k.)ga ahamiyat berish kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda ovqatlanish, ya'ni parhezni muhim omiJlardan deb hisoblaydi va har bir kasallikka oid ovqatlanish tartibini beradi. Kasallikni davolashda Ibn Sino shaxsiy gigiyena, uyqu vajismoniy mashqlamingahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir kasallikni chaqirish yoMi bilan davolash usuli diqqatga sazovordir. Masalan, u tutqanoqni davolashda to'rt kunlik isitma bilan og‘rishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr Y. Vagner-Yaureg (1857—1940) shunday usulni qo'llab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan. Ibn Sino dorishunoslik sohasida chuqurtadqiqotlar olib borgan. U antik olimlaming farmatsiyasi asosida musulmon Sharqida paydo bo'lgan yangi farmatsiyaning shakllanishiga yakun yasadi. Tabobatda sano, kofur (kamfora), rovoch, tamrhindiy (Hind xurmosi) kabi dorilaming ishlatilishi, asal oTnida ko'p dorilarning qand (shakar) asosida tayyorlanishi ham Ibn Sinoning xizmatidir. Uningdorivor o'sim liklam i yig'ish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirgi dorishunoslikdagi usullaiga juda yaqindir. Dori tayinlashda bemoming mizoji (issiq, sovuq, ho‘l, qumq), yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini ta'minlaydi. Ibn Sinoning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortig'i bizgacha yetib kelgan, ulaming orasida «Qonun» kabi tibbiy ensiklopediya bilan bir qatorda, tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan turli hajmdagi «Uijuza fi-t-tibb» («Tibbiy utjuza»), «Daf al-madorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya» («lnson badaniga yetishgan barcha zararlarni yo‘qotish»), «Kitob al-qulanj» («Qulanj haqidagi kitob»), «Maqola fi-n-nabz» («Tomir urishi haqida maqola»), «Risola fi-l-boh» («Shahvoniy quwat haqida risola»), «Risola fi tadbiri al-musofirin» («Safardagilaming tadbiri haqida risola»), «Risola fi xifz as-sihha» («Sog‘liqni saqlash haqida risola»), «Risola fi-s-sikanjubin» («Sikanjubin haqida risola»), «Risola fi-lfasd» («Qon olish haqida risola»), «Risola fi-l-hindabo» («Sachratqi haqida risola») kabi risolalari ham bor. Sulton Ali tabib Xurosoniy «Kasalliklarni davolash bo'yicha qo‘llanma» («Dastur al-iloj») asari bilan hirotlik tabib Muham mad ibn Yusuf Yusufly al-Haraviy ham qator tibbiy asarlari va amaliy ishlari bilan, Abdulg'oziyxon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiy muhim tibbiy asarlari, jumladan, «lnson uchun foydali dorilar» («Manofi’ al-inson») asari bilan XV—XVI asrlarda tabobat ilmini rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. IV davr. Kapitalistik davrdagi iibbiyot. XVI—XIX asrlarda tibbiyot G'arbiy Yevropada yangidan rivoj topdi. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib tekshirish bilan odam organizmining tuzilishi, organlar funksiyasini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz shifokori U. Garvey odamning qon aylanish sistemasi haqidagi ta'limotni yaratib (1628-yil) fiziologiyaga poydevor qo'ydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida mikroskop kashfetildi va hujayra, Download 4,02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |