Tasdiqlayman” 48-maktab direktori: A. Maxmudov



Download 0,62 Mb.
bet88/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#786476
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   151
Bog'liq
8-sinf-Adabiyot maktabim.uz

Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik.
2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:

YURAK
Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding.
Ko‘zimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim

Senga tor keldi bu ko‘krak,


Sevinching toshdi qirg‘oqdan.
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan.

Sen ey, sen — o‘ynoqi dilbar,


Zafardan izla yoringni.
To‘lib qayna, toshib o‘yna,
Tirikman, kuyla boringni.

Itoat et!


Agar sendan
Vatan rozi emas bo‘lsa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!..
1933, Samarqand



Usmon Nosirning «Yurak» she’ri shoirning insoniy xarakterini va ijodiy taqdirini o‘zida mujassam etgan she’rlar sirasiga kiradi. Ijodkor tarjimai holidan o‘rin olgan shoir Turob To‘laning unga bergan ta’rifi yodingizdami? «Yurak» she’ridan xuddi shu bo‘ronday shiddatni, to‘polonni, to‘lqinni his qilmaymizmi? Shoir Yurak obrazini o‘zining ilhomi, ijodiy intilishlari, his-tuyg‘ulari, orzu-o‘ylarining mujassam timsoli deb biladi. Ya’ni uning Yurakka murojaati, aslida, o‘z shaxsiga, ijodiga murojaatidek yangraydi. Qalbida ilhom bulog‘i jo‘sh urgan shoirgina:
Senga tor keldi bu ko‘krak,
Sevinching toshdi qirg‘oqdan.
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan, —

deyishi mumkin.


Qarang, Yurakning xuddi qaldirg‘och jivir-jiviridek, bulbul chax-chaxidek kuyini, zavq-u shijoatini shoirning tili bor-yo‘g‘i tarjima qilishga zo‘rg‘a ulguradi. Chunki, ichingizda ozmi-ko‘pmi: she’r, hikoyalar yozishga ishtiyoqmand o‘quvchilar bo‘lsa guvohlik berishlari mumkinki, ilhom degan to‘lqin hech bir ogohlantirishsiz egasini qalam-qog‘oz olishga-da ulgurtirmay, toshib keladi. Usmon Nosir bir she’rida aytganiday «Ilhomning vaqti yo‘q, selday keladi...»
Shoir fikricha, Yurakka faqat bir o‘rinda buyruq bermoq, uni itoatga ko‘niktirmoq, balki majburlamoq ham qiynamoq mumkin: agar undan «Vatan rozi emas bo‘lsa...»
Usmon Nosir ham ko‘ziga oyni berkitib, u bilan ishqibozlik qilishiga-da yo‘l qo‘yib bergani Yurakdan avvalo Vatan rozi bo‘lishini talab qiladi. Aks holda «Yoril, chaqmoqqa aylan sen, Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!..» deya yurtga nafi tegmaydigan ijoddan o‘limni afzal biladi.




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish