Tasdiqlayman” 48-maktab direktori: A. Maxmudov



Download 0,62 Mb.
bet144/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#786476
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   151
Bog'liq
8-sinf-Adabiyot maktabim.uz

Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik. 2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:

«DOG‘LAR KETMISH
MAJRUH KO‘NGILDAN...»
Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan,
Mast vasvasa qo‘zg‘amas tug‘yon.
Men dardimga Tehron gulidan
Choyxonada topoldim darmon.
Choyxonachi - barvasta, o‘ktam,
Qoyil qolsin rus, deb, choyimga,
O‘tkir aroq, may o‘rniga ham
Achchiq-achchiq choy tutar menga.
Quy, mezbonim, ammo had bilan,
Bog‘ing aro turfa gullar bor.
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko‘zin suzdi gulruxsor.
Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar bo‘sa bizlarni
Bexanjar-u bemakr-u bezar.
Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro‘mol solgum boshiga,
Yo‘llariga sheroziy gilam.
Mezbon, choy quy menga lolagun,
Shoir senga so‘ylamas yolg‘on.
Ehtiyot bo‘l o‘zingga bugun,
So‘ngra mendan qilmagin gumon.
Eshikka ko‘p qarayberma san,
Gulbog‘ingga, baribir, yo‘l bor...
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko‘zin suzdi gulruxsor.



She’r yetti banddan tashkil topgan. Bu xuddi aksar g‘azallar yetti baytli bo‘lishini eslatadi. Chunki bu ham Sergey Yeseninning «Fors taronalari» turkumidan. Mavzu ham o‘sha-o‘sha -rus yigitining Eron go‘zaliga sevgisi kuylanadi. Buni ochiq bildirish uchun «Tehron», «sheroziy gilam», «Rossiya», «rus» so‘zlari maxsus qo‘llanadi. Bundan tashqari, she’r mazmunida Eron bilan Rossiyada ayollarga munosabat masalasidagi farqlar aytib o‘tiladi ham. Satrlardagi «choyxona», «choy», «tong yuzli dildor», «shohi ro‘mol», «ohu ko‘z», «lolagun» so‘z-timsollari ham Sharqni eslatib turadi.
Birinchi bandda oshiq ko‘ngildan dog‘lar ketgani, mast vasvasa bezovta qilmayotganiga sabab ko‘rsatiladi: u choyxonada Tehron gulidan darmon topgan. Bu yerda gul sevikli yorni ifodalab kelgan.
Ikkinchi bandda choyxona atroflicha tasvirlanadi. Choyxonachi rus choyimga qoyil qolsin deb unga o‘tkir aroq, may o‘rniga ham achchiq-achchiq choy tutadi. Uchinchi bandda «gullar» timsoli yana tilga olinadi-da, endi buning zamirida nima ko‘zda tutilayotgani oshkor etiladi — oqshom niqob ostidan bir gulruxsor ohu ko‘zini suzgan!
Shu niqob ajnabiy lirik qahramonni qiyosga chorlaydi. Rossiya bunday emas, erlar gulday qizlarni tutqunlikda saqlamaydi, ya’ni niqobga o‘ramaydi, bizlarni bo‘sa xanjarsiz, makrsiz, zar-zevarsiz mast etadi... Lekin lirik qahramon ishqining zo‘ridan o‘z yurtidagi qoidalardan voz kechib, bu yerning talablariga ko‘nmoqchi. Mayli, deydi u, agar bu tong yuzli dildor noz bilan qoshimda bir bor xirom etsa, boshiga shohi ro‘mol solib, yo‘llariga Sheroz gilamlaridan to‘shar edim... Choyxonachi esdan chiqqan emas. Keyingi band bevosita unga «mezbon» deb murojaat qilishdan boshlanadi. Lolagun choy quy, shoir senga yolg‘on gapirmaydi, faqat o‘zingga ehtiyot bo‘l-da, keyin mendan gumon qilib yurma, deydi. Xo‘sh, bu bilan nima demoqchi? Aytmoqchiki, eshikka ko‘p qarayverma, baribir, gulbog‘ingga yo‘l bor, chunki gulruxsor ko‘z suzgan.
She’r uchinchi band oxiridagi ikki misra takrori bilan tugaydi:
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko‘zin suzdi gulruxsor.
Bu she’r lirikaning eng yuksak talablariga javob beradi. Holat, manzara, makon va zamon bor. Ularning bari lirik qahramon his-tuyg‘usi, tasavvuroti, kayfiyati, ruhidagi o‘zgarishlar, uning istagi va niyatiga yetish ilinji orqali ifodalanadi.
Satrlar mag‘ziga ijtimoiylik ham singdirilgan. Bu Sharq va G‘arb qiyosi, xotin-qizlarga munosabatning, ayollar erkining turlichaligini solishtirish orqali aks etgan. Shular zamirida umuminsoniylik ham bor. Shoirning g‘oyasiga ko‘ra, sevgi-muhabbat uchun bu tafovutlar to‘siq bo‘lolmaydi. Axir, bu - dil mulki, ko‘ngilning ishi.




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish