Tasdiqlayman” 48-maktab direktori: A. Maxmudov



Download 0,62 Mb.
bet96/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#786476
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   151
Bog'liq
8-sinf-Adabiyot maktabim.uz

Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik.
2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Asqad Muxtor romanlari ichida, ayniqsa, «Chinor» asari muallifga katta shuhrat keltirgan. Bu asar o‘ziga qadar yaratilgan o‘zbek romanlaridan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi.
Avvalo, romanning kompozitsion tuzilishi - asar voqea-hodisalarining o‘zaro shaklan joylashuvi boshqa asarlardan keskin farq qiladi. Unda go‘yo bir-biri bilan bog‘lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar, hatto qissalar aralash tartibda kelaveradi. Ularda tasvirlangan voqea-hodisalar ham zamon, vaqt nuqtayi nazaridan izchil tizimga bo‘ysunmaydi. Masalan, roman yaratilgan davr (o‘tgan asrning 60-yillari) hodisalari hikoya qilib borilib, birdaniga asrning boshida yuz bergan fojialar tafsilotiga o‘rin beriladi...
Aytishimiz kerakki, bu «g‘alatilik» faqat tashqi tomondan -yuzaki qaragandagina shundaydir. Aslida, romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz- 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog‘lanadi.
Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo‘shilishib muallif (demak, o‘quvchi ham!) olis safarga chiqadi. Mana shu o‘ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz.
Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog‘lanib, yagona shajarani - azim Chinorni vujudga keltiradi... «Chinor» romanining o‘ziga xos jihatlaridan yana birini Sizga eslatib o‘tmaslikning iloji yo‘q.
Bu romandan o‘rin olgan hikoya va qissalar, ko‘p asarlarda bo‘lgani singari, albatta, yaxshilik bilan, ezgulikning yovuzlik ustidan qozonadigan g‘alabasi bilan tugayvermaydi. Asarda o‘nlab insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo‘roni ularni xuddi choldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi.
Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni «to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish»dan o‘zini tiyadi. Ortiqcha hayajon, chuchmal emotsionallik Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani «Chinor» romanida yaqqol o‘zini ko‘rsatgandi. Bu jihatdan, yozuvchi yoshligidan o‘qib-o‘rgangani rus va g‘arb adabiyoti tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo‘llashdan cho‘chimaganiga guvoh bo‘lamiz. Hozirgi paytda o‘zbek adabiyotshunosligida ko‘p tilga olinayotgan «shafqatsiz realizm» ko‘rinishlarini Asqad Muxtor o‘tgan asrning 60-yillaridayoq romanchiligimizga olib kirgani ham uning ijodiy tashabbuskorligi (novatorligi)dan yana bir nishonadir...
Endi, Ochil bobo - Chinor shajarasida unib qolgan ana shunday «mo‘rt bir barg» - Akbarali ismli konchi yigit taqdiridan hikoya qiluvchi mungli qissani birgalikda o‘qiylik-da, keyin suhbatimizni davom ettiraylik.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish