Tasdiqlayman” 48-maktab direktori: A. Maxmudov



Download 0,62 Mb.
bet112/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#786476
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   151
Bog'liq
8-sinf-Adabiyot maktabim.uz

Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik. 2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:

ILTIJO
Bahor kelsa boshlanar bog‘da bulbul xonishi,
Sa’va, qumri nag‘masi, suralay tovlanishi.
Qirlarda lola sayli, qishlovlarda yilboshi,
To‘xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi —
Bahor, ketma mening bog‘imdan.

Qilmishi qing‘ir zotga davr qayda, davron qayda?


Vatangado kimsaga beminnat makon qayda?
Yolg‘iz otga olamda nom qayda, nishon qayda?
Bahor, sensiz sahro-yu tog‘-u toshga jon qayda?
Ketma, bahor, mening bog‘imdan.

O‘lmaslikka ishora — o‘langa oshiqligim,


Saodatga ishora — zamonga oshiqligim,
Teranlikka ishora - ummonga oshiqligim,
Go‘zallikka ishora — bo‘stonga oshiqligim —
Bahor, ketma mening bog‘imdan.

Bukun qay bir yerda qish, qayda xazonrezgilik,


Qaylarda yoz, qayda kuz, qayda jondan bezgilik,
Ko‘klamning har nafasi umrga arzigulik,
Bog‘siz, bog‘bonsiz yerda ne ham qilsin ezgulik...
Ketma, bahor, mening bog‘imdan.

Giyoh bilan qoplanmish ko‘hna qabr boshlari,


Maysadagi shudringlar kimlarning ko‘zyoshlari?
Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlari,
Har bahor eslar uni qavmi qarindoshlari —
Bahor, ketma mening bog‘imdan.

Yoz bo‘yi qorga zorman, qishda bahorga zorman,


Chamanda gul bo‘yiga intiqman, intizorman,
Kuz kelmay xazon bo‘lgan sevgi, guldan bezorman,
Bahorsiz ham diyorsiz el ichra benazarman –
Bahor, ketma mening bog‘imdan.



She’riyatda milliy badiiy tafakkurning noyob jilvalarini namoyish qilgan G‘afur G‘ulomning «Vaqt» she’ri tahlili yodingizda bo‘lsa kerak. Unda shoirning kichik hayotiy detallardan katta umumlashmalar yasay olish fazilatiga urg‘u bergan edik. Shoir, tomchida dengiz aks etganidek, lahzada abadiyat suratini chizgan edi.
To‘ra Sulaymonning «Iltijo» she’ri, chetdan qaraganda, yil fasllaridan biri-go‘zal bahorga bag‘ishlangan. She’rning dastlabki bandida, darhaqiqat, kelinchak bahor kelishi bilan tabiatda yuz beradigan o‘zgarish va jonlanishlar tasvirlanadi.
Biroq ikkinchi banddan shoirning bahorga iltijosi tobora kengroq ko‘lam, borgan sari chuqurroq mazmun kasb eta boshlaydi. Endi bahor bir fasl nomigina emas, balki tansiq tuyg‘ular mujassam, ezgulikning ramzi bo‘lib gavdalanadi. Shoir «Bahor, sensiz sahro-yu tog‘-u toshga jon qayda?» der ekan, bu sahro - beminnat makon qidirib sargardon kezgan vatangado kimsalarning, tog‘-u toshlar — qilmishi qing‘ir zotlarning ramziy ifodasi ekanini ilg‘aymiz. Demak, bu zotlarning bahori yo‘q. Ular o‘z umri bahoriga mensimay qaragan, noshukrlik qilgan, bahorini toptagan kimsalardir.Ular hayot bahorini xazonga almashganlar. Agar hayotiy qiyoslarga o‘tadigan bo‘lsak, beminnat makon ilinjida tog‘-u toshlarda uya qurgan, sahrolarda kezib yurgan, o‘z yurti va yurtdoshlari hayotiga zomin bo‘layotgan jangari – terroristik guruhlar vakillari xuddi shunday kimsalar emasmi? Agar shunday desak, To‘ra Sulaymon she’ridagi Bahor - Vatan, barcha tiriklikka jon ato etguchi muqaddas yurt timsoli hamdir! Shu nuqtayi nazardan she’rning to‘rtinchi bandini qayta o‘qisak, unda eslangan har bir fasl nomida ham ramziy ma’no borligiga shohid bo‘lamiz. Yurtida va yuragida bahor kezib yurgan shoir uchun esa «ko‘klamning har nafasi umrga arzigulik!» Bu bahor ko‘hna qabr toshlarini ham yam-yashil giyoh bilan qoplaydi. Jonsiz xotiralar tirilib, dalalar bag‘ridan o‘tmish otalar mingan ot dupurlari sadosi eshitiladi. Maysalarga qo‘ngan shudring — shudring emas, balki armonli umr egalarining ko‘zyoshlaridir.
Yuqorida jazm etib chiqargan xulosalarimiz to‘g‘ri ekanini she’rning so‘nggi bandi yana bir bor tasdiqlaydi. Shoirning «Bahorsiz ham diyorsiz el ichra benazarman” degan e’tirofi she’rda bahor obraziga jo qilingan teran mazmun-mohiyatga ishoradir.






Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish