TASDIQLAYMAN:
39-МТМ mudirasi: №___ «____»
F.I.SH
Mavzu: “Koinot sirlari”
Rivojlanish sohalariga oid maqsadlar.
A)Bolaning aqliy ,ruhiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash.Kun tartibini yaxshi tashkil etgan holda sog`lom turmush tarzini tarbiyalash
B)Shaxsning hissiy- irodaviy sifatlarini takomillashtirish, ijobiy hayrihohlik muhitini yaratish.
V)Mavzuga doir so`zlar bilan lo`g`at boyligini faollashtirish.
G)Diqqat, xotira, tafakkurni rivojlantirish. Kosmas haqida bilimlarga qiziqtirish, mavzu asosida yangi ma`lumotlar berish. Bolalarning kosmanavtika, kosmik fazo, quyosh tizimidagi sayyoralar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
E)Ijodiy tasavvurlar, fantaziyani rivojlantirish, badiy estetik didning konstiriktiv o`ziga xosligini shakllantirish.
KIRISH:
Tarbiyachi:
Salom-salom bolalar.
Oy yuzli gullolalar!
BOlalar:Assalomu alaykum!
T:Qani-qani bolalar
Tezda tayyor bo`linglar.
Mashg`ulotni boshlaymiz!!!
Bolalar ushbu topishmoqni topingchi?
Sirli sandiq ochildi,ichidan zar sochildi.
Bolalar:QUYOSH
T:-juda to`g`ri aytdingiz topishmog`imning javobi haqiqatdan ham quyosh edi. Bolalar bugun quyosh xonamizda mehmon bo`lib turibdi. Ammo uni kimdir hafa qilibdi, balki uni xursand qilishga harakat qilib ko`rarmiz!nima deb o`ylaysizlar qanday qilib quyoshni xursand qilsak ekan?
Bolalar: unga eng yaxshi narsalar su`ratini chizib bersak-chi, shunda u xursand bo`lar.
T:juda yaxshi fikr.
Bolalar tarbiyachi tarqatgan quyosh nuri shaklidagi sariq qog`oz orqasiga xar xil narsalar rasmini chizishadi va tarbiyachiga ko`rsatib quyosh doirasi atrofiga yopishtirishadi. Natijada quyosh nur socha boshlaydi.
T:Bolajonlar sizlarning sovg`angiz quyoshga juda yoqibdi va u nur tarata boshladi. Qaranglar ammo tabassum qilmayapti. Ko`zlaringizni qo`llaringiz bilan yumib 20dan 0 gacha teskari sanab beringchi zora tabassum qilsa.
(Bolalar kozlarini yumib teskari sanayotganga tarbiyachi quyoshning xafa ko`rinishini tabassum qilayotganiga alishtirib qo`yadi)
Bolalar:- Voy ustoz haqiqatdan ham u tabassum qilyapti.
T:Ha bolalar mehr va e`tibor har doim nafaqat insoniyatga balki tabiatga ham zarurdir.
Bolalar hor bo`lib Quyosh sherini aytib berishadi.
Quyosh bizdan ko`p yiroq.
Udir olamga chiroq
Yog`du oladi qaydan?
Yoki olarmi oydan!
U temulib yiroqdan,
Nur olar har yurakdan.
Til va nutq savodxonlikka tayyorlash markazi(kichchik ma`ruza 5daqiqa)
T:Bugun bolalar, biz sizlar bilan Koinotga sayr qilamiz.
T:Koinot- yer atrofidagi fazodir. Koinot yerdan tashqarida bo`lgan kosmik fazo, sayyoralar va yulduzlardan tashkil topgan. Fazokor-uchuvchi deb kosmik kemada kosmosga parvoz qilib, kosmik kemani sinovchi va ishlatuvchiga aytiladi.Kosmik kema esa- kishilarning kosmosga parvoz qilish uchun muljallangan apparat, ya`ni fazokor uchuvchilar yashaydigan va ishlaydigan shinamgina xona, ilmiy ishlar bajarish uchun muljallangan, yaxshi jihozlangan xona desak ham bo`ladi. Bolalar agar siz sog`lom, irodali, bilmdon bo`lsangiz fazokor uchuvchi bo`lish orzuingizga erishasiz. Birinchi bo`lib fazokoruchuvchi Yu. Gagarin Kosmosga parvoz qilgan.
Maruzadan so`ng tarbiyachi bolalarga quyosh sestimasidagi sayyoralar haqida ma`lumot beradi va “Sayyoralar” ta`limiy o`yinini o`ynashga ta`klif qiladi.
Syujetli-rolli va o`yinlar markazi
“Sayyoralar” ta`limiy oyini
O`yinda 8 ta bola ishtirok etadi va ularning qo`llariga sayyoralarning rasmlari beriladi bolalarga tarbiyachi raqamlar bilan murojaat qiladi. Masalan;
T:Bolalar aytingchi 4- sayyora qaysi desa, 4- sayyora-ya`ni Mars Sayyorasini ko`tarib olgan, uni boshlari o`zra balandroq ko`taradi. Agar o`zi kotarib to`rgan sayyora nomini bilmasa o`yinni tark etib o`rniga boshqa bola kiradi. Oyin shu tariqa davom etadi. O`yinda yaxshi ishtirok etgan bolalar rag`batlantiriladi.
“Koinot yulduzlari” ta`limiy o`yini.
Maqsad: jismonan chiniqtirish va mayda qo`l matorikasini rivojlantirish.
O`yinnig borishi:Bolalar ikki guruhga bo`linadi va qo`llariga kiliy beriladi. Bolalar oldindan tayyorlangan ko`k tangli qog`ozga yulduzchalarni yopishtirib qaytishlari kerak bo`ladi. Qaysi guruh ko`proq yulduzcha yopishtirsa va tez bajarsa o`sha guruh g`olib deb e`lon qilinadi.
Golib guruhga yulduzchali medallar beriladi.
T:Bolajonlarim o`yinda juda faol ishtirok etdingiz endi esa kichchik guruhlarga bo`linib amaliy ishlar bajaramiz.
Kichchik guruhlarda ishlash:
Bolalar avvaldan tayyorlangan sutlchalarga o`tirishadi va 1- stol atrofiga o`tirgan bolalar aplikatsiya usulida rakita ko`rinishini yasashadi.
Ikkinchi stulcha atrofiga joylashgan bolalar esa tarbiyachi yordamida” fazoga maktub” mavzusida xat yozish uchun maxsus otkiretka yasashadi.n
Uchi stolcha atrofiga o`tirgan bolalar esa “Soyasini top” dedaktik o`yinini o`ynashadi
To`rtinchi stol atrofidagi bolalar “Ozing bo`ya” metodi asosida jamoa bo`lib bo`yashadi.
Bolalar amaliy mashgulot bajarayotgan vaqtda guruhdagi 6ta qizch “Koinot” musiqasiga raqs tushib berishadi
Amaliy vazifani yaxshi bajargan bolalar rag`batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |