Tasdiqlayman” 307- dium rahbari



Download 0.5 Mb.
Sana28.06.2017
Hajmi0.5 Mb.
Tasdiqlayman”

307- DIUM rahbari

___________S.A.Bochkaryova


Toshkent shahar Yashnobod tumani

307-DIU maktab ona tili va adabiyoti fan o’qituvchisi Axmedova F.G.ning

M.Shayxzodaning “Iskandar Zulqarnayn”

dramasi mavzusidagi fan oyligi uchun

tayyorlagan dars ishlanmasi

Toshkent 2016



Mavzu: M.Shayxzodaning “Iskandar Zulqarnayn” dramasi

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad : DTS talablari asosida dars o’tish va o’quvchilarning mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash.

2.Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash .Ajdodlarimiz merosini o’rganishga undash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning hamkorlikda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish va o’z ustida ishlash, mustaqil fikrlay olish malakalarini shakllantirish.

Dars turi: Aralashgan

Dars metodi: suhbat, bahs-munozara,guruhda ishlash,”aqliy hujum”,klasster

Darsning jihozi: Darslik ,tarqatma materiallar, kompyuter,
Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism : a)salomlashish , b)davomatni tekshirish , s) sinf tozaligini tekshirish

Darsning blok chizmasi

T/R

Bajariladigan ishlar mazmuni

Vaqti

1

Uy ishini so’rash . O’tilgan mavzuni mustahkamlash

12

2

Yangi mavzu bayoni ,,Aqliy hujum”

20

3

Yangi mavzuni mustahkamlash ,,Marra meniki’’(guruhlarda ishlash)

10

4

Uyga vazifa topshirish.

O’quvchilar bilimini baholash



3


II. Uy ishini so’rash . O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

O’tilgan mavzu yuzasidan savollar qo’yiladi. (”Aqliy hujum ), o’quvchilar javob berishadi va to’g’ri javob bergan o’quvchiga harflar beriladi. O’quvchilar harflardan so’z yasashadi. Shu so’z izohlanadi .Masalan:




1. Xalqimizda «Uzukka ko‘z qo‘ygandek» degan ibora bor. Shu iborani Oygul bilan Baxtiyorga nisbatan ishlatsa bo‘ladimi?

2. Oygul zolim podshoh qo‘lidan qutulish uchun o‘zini tashlagan daryo qaysi daryo bo‘lishi mumkin?

3. Baliq qornidan tirik chiqqan Oygulning o‘zi Baxtiyorning otasiga unga kelin bo‘lmoq niyatida ekanini aytadi. Shu holatni qanday izohlaysiz?

4. Asarning qaysi qahramoni o‘z ozodligi, baxt-u saodati yo‘lida ko‘proq harakat qiladi? Buning sababi nimada, deb o‘ylaysiz?

5. Ertak-dostondan o‘zingizga eng ma’qul bo‘lgan lavhani yod oling.

6. H.Olimjon qachon va qayerda tavallud topgan?


Topshiriq: Quyidagilarga izoh bering!





III. Yangi mavzu bayoni :


MAQSUD SHAYXZODA

(1908-1967)





  • Maqsud Shayzoda 1908-yili Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan.



  • Otasining kasbi shifokorlik bo‘lib, she’riyatni nihoyatda sevgan, farzandlariga ham adabiyotga muhabbat tuyg‘usini singdirgan inson edi.

  • 1928-yili u hurfikrliligi, ya’ni Ozarbayjonni mustaqil davlatga aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun ayblanib, Toshkentga badarg‘a qilinadi.

  • Ayni shu davrdan boshlab to umrining so‘ngiga qadar Shayxzodaning butun hayoti O‘zbekiston bilan bog‘lanadi.

  • Ijodkor avval turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida muharrir, 1935-1938-yillarda O‘zbekiston Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938-yildan hayoti so‘ngigacha (umrining oxirigacha) Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishladi.

  • Shayxzodaning dastlabki ijod namunalari 1929-yildan e’lon qilina boshlandi. 30-yillarda shoirning «O‘n she’r», «Undoshlarim», «O‘n ikki», «Loyiq soqchi»,

  • «Yangi devon», «Saylov qo‘shiqlari», «Uchinchi kitob», «Jumhuriyat» nomli to‘plamlari dunyo yuzini ko‘radi.

  • Maqsud Shayxzoda urushdan so‘nggi tinch qurilish yillari yana qaytadan nohaq qatag‘on qilinganiga qaramay, farovon hayot va bunyodkorlik zavqini tarannum etuvchi she’rlardan iborat «O‘n besh yilning daftari», «Olqishlarim», «Zamon torlari», «Shu’la», «Chorak asr devoni» kabi to‘plamlarini nashr ettiradi.

  • Zabardast olimimiz o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, xalq og‘zaki ijodining ajoyib vakili Fozil shoir, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, A. S. Pushkin, N. A. Nekrasov, A. N. Ostrovskiy, T. G. Shevchenko, A. P. Chexov kabi namoyandalariga bag‘ishlangan asarlar yaratgan.

  • Shayxzoda mohir tarjimon sifatida Sh. Rustaveli,

  • V. Shekspir, A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dargan.

  • Shoir 1967-yilning 19-fevralida xastalikdan vafot etadi.

  • Uning vafotidan so‘ng 6 jildlik «Asarlar»i nashr etiladi.

  • 2001-yili «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

ISKANDAR ZULQARNAYN” ERTAK-DOSTONI



  • Aleksandr Makedoniya poytaxti Pelleda mil. avv. 356-yilda tug’ildi.

  • Otasi Makedoniya shohi Filipp II.

  • Onasi Olimpiada – Molos shohi Iprning qizi.

Aleksandrning yoshlik yillari haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Antik manbalarda qayd qilinishicha, u bolaligida tengdoshlari orasida o’zining alohida qobiliyati bilan ajralib turardi. Aqlli, jasur, mag’rur va izzattalab bo’lgan. 16 yoshida Aleksandr janglarda qatnashib harbiy qobiliyati va jasorati bilan hammani lol qoldirgan.

  • Maqsud Shayxzoda aynan xalq tomonidan berilgan sifat — «Iskandar Zulqarnayn», ya’ni shoxli Iskandar haqidagi rivoyatni o‘rganib, uni g‘oyaviy va badiiy jihatdan boyitib she’riy doston yaratadi.

  • Unga ko‘ra, Iskandarning boshida shoxi bor ekan. Uni hech kim bilmas ekan. Qaysi sartarosh sochini olsa, ertasiga gumdon qilinar ekan. Oxiri ish shungacha boribdiki, mamlakatda sartarosh qolmabdi. Oxirgisini olib kelibdilar…


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash ,
1.,Marra meniki’’(guruhlarda ishlash) O’quvchilar o’tilgan mavzuni o’z fikr mulohazalari bilan klaster usulida yoritib beradilar.
1-guruh: I.Zulqarnayn- buyuk shoh va sarkarda.

2-guruh: I.Zulqarnayn -olim.


3-guruh: I.Zulqarnayn-mehribon ota

2.Topshiriq.



V. Darsni yakunlash :

1.O’quvchilar bilimini baholash .


2.Asar muallifi mashhur rivoyatni she’riy shaklga solarkan, dunyoda hech bir yomonlik jazosiz qolmaydi, tuban ishlarni qanchalik yashirmang, u baribir bir kuni oshkor bo‘ladi, degan ibratli g‘oyani ilgari suradi. Bu fikrni biz ertakda simi oshkor etgan nay misolida, uning mohiyatidagi ramziy ma’nodan anglaymiz. Nafaqat bu g‘oya, yana o‘z haddini bilmay, nafs balosiga berilgan, zulm, zo‘rlik bilan ezgulikni mahv etib, o‘z maqsadiga erishmoqchi bo‘lgan yovuz kishilar pirovardida xalq la’natiga uchrab, avloddan avlodlarga yomon nom bilan o‘tadi, har xil xunuk laqab orttirib mazax bo‘ladi, degan fikr ham ertak-dostonning ibratli xulosasidir.
VI. Uyga vazifa: matnni ifodali o’qish va qayta hikoyalash




.



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa