Dars o’tish metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, 5-sinf darsligi, grafiklar, jadvallar.
Texnik jihozlar: kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proyektor.
Darsning blok chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Usullar
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O’tilganlarni takrorlash
|
7 daqiqa
|
Savol-javob, klasster, test
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
17 daqiqa
|
Ma’ruza, aqliy hujum
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
Mashq, savollar va topshiriqlar, klasster, blits-savollar, test
|
5
|
Yangi vazifa
|
3 daqiqa
|
|
Dars borishi:
I. Tashkiliy qism:
1) Salomlashish.
2) Davomatni aniqlash.
3) Sinf jurnalini to’ldirish.
II. Takrorlash.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
BILIMINGIZNI TEKSHIRIB KO‘RING !
Aziz o‘quvchiIar, bloklar orasidan Robotchaga to‘g‘ri javobni topishga yordam bering:
1. Kompyuterda ishlash jarayonida nimalar qilish mumkin emas?
2. Kompyuter xonasiga kirganda har bir o‘quvchi qanday qoidalarga rioya qilishi shart?
3. Elektr toki bilan bog‘liq qanday qoidalarni bilasiz?
4. Nima uchun kompyuterda to‘g‘ri o‘tirish qoidasiga amal qilish lozim?
5. Monitor oldida me’yoridan ortiq o‘tirish inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi
mumkin?
6. Inson o‘z salomatligini asrashi uchun nimalar qilishi kerak?
III. Yangi mavzuni bayoni:
Informatikaga fan sifatida XX asrning 50-yillarida Fransiyada asos solingan. “Informatika” atamasi fransuzcha informatique va avtomatique so‘zlaridan tashkil topgan.
Bu davrda Amerika va Janubiy Yevropa mamlakatlariga inson imkoniyatlaridan bir necha pog‘ona yuqori turgan, axborotni katta tezlikda qayta ishlay oladigan elektron hisoblash mashinalari (EHM) kirib kelgan va inson kundalik faoliyatining ajralmas qismiga aylangan. Yevropa mamlakatlarida bu fan “informatics” sifatida taqdim etilgan. Amerikada u “computer science”, ya’ni kompyuter ilmi nomi bilan mashhur bo‘lgan.
XX asrning 70–80-yillariga kelib kompyuter ilmi faqat olimlarni emas, balki butun jahon jamoatchiligini qamrab oldi. Ishlab chiqarish korxonalari hamda jamiyat hayotining turli sohalarida faol qo‘llanila boshlandi.
Chunki bu davrda rivojlanish murakkab bosqichga yetdi. Yig‘ilib qolgan ulkan hajmdagi axborotni saqlash, qayta ishlash, uzatish va tezkorlik bilan almashishda jiddiy muammolar yuzaga keldi.
O‘z davri ilm-u fanining yangi yo‘nalishi sanalgan “kompyuter ilmi” bu muammollarni o‘rgandi, ularni zamonaviy kompyuter va aloqa texnologiyalari yordamida yechish imkoniyatini yaratdi.
––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Do'stlaringiz bilan baham: |