3. Yangi mavzuni tushuntirish. Aziz, o`quvchilar, biz sizlar bilan sonlarni yaxlitlash mavzusini o`tganmiz. Shu jihatdan yana bir bor yaxlitlash qoidalarini eslaymiz. Diqqatingizni slaydlarga qarating:
1-slayd orqali kaslar haqidagi bilimlarimizni eslaymiz.
Konfutskiy 3500 yil oldin:
Eshitganimni yoddan chiqaraman,
Ko`rganimni eslab qolaman,
Mustaqil bajarsam, tushunib yetaman.
Shunday ekan, quyidagi masalani har bir guruh mustaqil bajarishadi. Men esa ularning masalani yechishlari uchun blok sxemasini tuzib beraman:
Dunyoda aholisi eng ko`p davlat Xitoy hisoblanadi. Bu mamalakatda 1 338 094 400 kishi istiqomat qiladi. Bu mamlakat aholisini :
1 -guruh: minglargacha;
2-guruh:millionlargacha;
3-guruh:millardlargacha;
4-guruh:yuz millionlargacha yaxlitlang.
Matematika tarixiga oid lavhalar:
Har bir guruh o`zlariga berilgan masalalarni yechib taqdimot qilishadi. Natijada o`zaro fikr almashib, bir necha xil o`lchov birliklari bilan tanishadilar.
1-guruh:
Dengizda masofa dengiz milida o`lchanadi. 1 dengiz mili 1,853 km. ga teng. Bu sonni a)o`ndan birgacha; b) birlargacha yaxlitlang. 1 dengiz mili taxminan necha kilomatrga teng?
2-guruh:
Qadimda yurtimizda masofa chaqirimlarda o`lchangan. 1 chaqirim taxminan 1,0688 km. ga teng bo`lgan. Bu sonni: yuzdan birgacha; b) ondan birgacha; d) birlargacha yaxlitlang.
1 chaqirim taxminan necha kilometrga teng?
3-guruh:
Qadimda dorixonalarda dorilar maxsus dorixona unsiyasida o`lchangan. 1 dorixona unsiyasi 31,1035 grammga teng bo`lgan. Bu sonni a) yuzdan birgacha; b)o`ndan birgacha; d) birgacha yaxlitlang. 1 dorixona unsiyasi taxminan necha grammga teng?
4-guruh:
Angliyada massa o`lchov birligi sifatida funt ham ishlatiladi. 1 ingliz funti 0,45359237 kg.ga teng. Bu sonni a) mingdan birgacha; b) yuzdan birgacha ; d) birgacha yaxlitlang.
1 funt taxminan necha grammga teng ?
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Guruhlar quyidagi masalalarni yechadilar:
Javoblar aniqlik darajaji, o`quvchilarnin ijodkorligi, fikrlashlariga ko`ra quyidagi ballar bilan ballanadi.
Guruhlar uchun masalalar:
1-masala:
Stansiyadan 50 km/soat tezlik bilan yuk poezdi jo`nadi.3 soat o`tgach shu stansiyadan uning ketidan 80 km/soat tezlik bilan elektropoezd jo`nadi.Elektropoezd jo`naganidan necha soat keyin yuk poezdni quvib yetadi?
2-masala:
Uchburchakning bir tomoni 83,6 sm, ikkinchi tomoni birinchisidan 14,8 sm, uchinchisi ikinchisidan esa 8,6 sm ortiq. Uchburchakning perimetrini toping?
3-masala:
Daryoning chuqurligi 5,78 m. Ko`prik qurish uchunishlatiladigan ustun daryo tubidagi yerga 2,1 m qoqilgan bo`lib, u suv sathidan 5,41 m chiqib turadi. Ustunning uzunligini toping?
4-masala:
Ikki maydondan kartoshka hosili yig`ib olindi.Birinchi maydondan 195,7 tonna, ikkinchi maydondan esa birinchi maydonga qaraganda 72,8 tonna ko`p kartoshka yig`ildi.Ikkala maydondan necha tonna kartoshka yig`ib olindi?
5-masala:
Sirdaryo viloyatining hududi 5,1 ming km 2 ni tashkil qiladi. Bu Navoiy viloyatining hududidan 105,8 ming km2 , Qoraqolpog`iston Respublikasi hududidan esa 159,8 ming km2 ga kam. Navoiy viloyati va Qoraqolpog`iston Respublikasi hududlari necha ming kvadrat kilometr?
6-masala:
a) Yerning diametri 12 756 km bo`lib, bu Quyoshning diametridan taxminan 109 marta qisqa. Quyoshning diametrini toping.
b) Yerning diametri 12 756 km bo`lib, Oyniki esa 3474 km. Yerning diametri Oy diametridan taxminan necha marta uzun?
d) Yerdan Quyoshgacha bo`lgan masofa 150 000 000 km. Oygacha bo`lgan masofa esa 384 400 km. Oy Quyoshga qaraganda Yerga taxminan necha marta yaqin?
5.Guruhlarning umumiy balllarini, guruh a`zolarining faolligini ballab chiqaman. Shu asosida oi`quvchilarning ballari jurnalga qo`yiladi va faol guruh va o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa: 174-bet. 1-2 qiziqarli masalalar 176-bet dagi 23-masala
Yechish:
1-masala:
4*5 yozuvidagi yulduzcha o`rniga nima qo`yilsa, 4 dan katta, lekin 5 dan kichik son hosil bo`ladi?
Javob: Vergul qo`yilsa. U holda 4,5 soni hosil bo`ladi.
2-masala: 1001*1002*1003*1004*1005*-1006*1007*1008*1009 ko`paytma qanday raqam bilan tugaydi?
Yechish : Buning uchun hamma sonlarning oxirgi raqamlarini o`zaro ko`paytirib chiqamiz. Ular orasida 2 va 5 bor. Ularning ko`paytmasi nolga teng. Nolni harqanday songa ko`paytirsak ham nol bo`ladsi. Demak, ko`paytma nol bilan tugaydi.
23-masala. Masala sharti: O`quvchi matematika fani olimpiadasiga tayyorlanish uchun 150 ta masala berildi. O`quvchining yechgan masalalari yecholmaganlaridan 4 marta ortiq bo`lsa,u nechta masala yechgan?
Yechish: 150:5*4=30*4=120 (ta)
Javob: O`quvchi 120 ta test yechgan.